Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-3665-son)
05.10.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar belgilansin:
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar koʻrsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qatʼi nazar, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik subyekti roʻyxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari boʻyicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va toʻliq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penyani toʻlagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
2. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qoʻyilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning oʻrni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish borasida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur Farmon bilan muvofiqlashtirsinlar.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-oktabr,
PF-3665-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi
TARKIBI
Aripov A.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi Qoʻchkorov J.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari Parpiyev B.R. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari Abdukadirov R.V. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Kasimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Samadov S.I. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili Kurmanov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Shadmanov A.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi Abdullayev I.B. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ikramov M.M. — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Xodjayev B.A. — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Saidova G.K. — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot �aziri lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri Nazarmuxamedov D.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Gulyamov R.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari Saidaliyev S.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh Davlat sanitariya vrachi Ikramov A.I. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Joʻrayev E.N. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, Kengash kotibi.
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
