# Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3386-3-son)

- URL: https://neolex.uz/uz/laws/law-8587117
- lex.uz dagi asl nusxa: https://lex.uz/docs/8584227
- Sana: 11.11.2026
- Amalda
- Language: uz

> Matn manbasi: O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasidan (lex.uz) hujjatning rasmiy matni, so'zma-so'z, avtomatik yangilanadi. Yuridik kuchga lex.uz dagi nashr ega: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun u yerdagi amaldagi tahrirni tekshiring.

---

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining

buyrug'i

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3386-3]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son “Mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 7-sentabrdagi 472-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 27-iyuldagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3386, 2022-yil 12-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2022-y., 10/22/3386/0820-son) bilan tasdiqlangan Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Vazir E. ADILOV

Toshkent sh.,

2026-yil 3-noyabr,

32-son

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 3-noyabrdagi 32-son buyrugʻiga ILOVA

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 15-bandda:

“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “3-sxemasi” degan soʻzlar “1S sxemasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “7 va 8-sxemalari” degan soʻzlar “3S va 4S sxemalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2. 38-band va 45-bandning birinchi xatboshisidagi “3-sxemasida” degan soʻzlar “1S sxemasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

3. 1-ilovada:

2-ustundagi “3-sxema” degan soʻzlar “1S sxema” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3-ustundagi “7-sxema” degan soʻzlar “3S sxema” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4-ustundagi “8-sxema” degan soʻzlar “4S sxema” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
