36-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarining kafolatlari
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Tadbirkorlik faoliyati subyekti mol-mulkining mulkdori oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega.
Mol-mulkning mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan konunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki qonun bilan muhofaza etiladi.
Mulkdor boʻlmagan Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari buzilishdan qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mol-mulkni olib qoʻyishga, shuningdek uning vakolatlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
