23-modda. Mehnatga oid munosabatlar
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorning, yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhining, uning (ularning) oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etuvchi yakka tartibdagi tadbirkor, yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhi, uning (ularning) oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga badallarni toʻlasalar, davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorning, yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhining, uning (ularning) oila aʼzolarining ishlagan vaqti davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida, mehnat daftarchasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan boʻlsa mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
