Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻzi ishlab chiqarayotgan mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olgan tovarlarni qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday usulda va ayni shuning uchun belgilangan joyda realizatsiya qilishga haqli.
Savdo faoliyatini doimiy savdo doʻkonlari orqali amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishi va naqd tushumni bank muassasalariga har kuni topshirishi shart.
Bank muassasalari yakka tartibdagi tadbirkorning talabiga binoan uning hisobvaragʻidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlarini berishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2081
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 21-modda. Savdo-vositachilik faoliyati Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-8582/21 (lex.uz/docs/-2081)