Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimini toʻlaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi bank muassasalari yoki aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi boshqa muassasalar orqali toʻlanadi. Toʻlangan roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi qaytarilmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi stavkasining meʼyoriy miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yigʻimning aniq miqdorlari, uni undirish tartibi va toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish qonun hujjatlarida belgilanadi.
Yigʻim summasi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi mahalliy budjet hisobiga oʻtkaziladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2081
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 18-modda. Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-8582/18 (lex.uz/docs/-2081)