13-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish rejali tartibda qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli organning qaroriga binoan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda toʻlab turadigan, auditor (auditorlik firmasi)ning har yillik tegishli xulosalariga ega boʻlgan hamda Tadbirkorlik faoliyatining boshqa norma va qoidalariga rioya etadigan Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar oʻtkazadigan Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish oʻttiz kalendar kundan oshib ketmasligi va Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga xalaqit bermasligi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi organlarning vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va tekshirish mavzuiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga egadirlar.
Tekshirish natijalari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga maʼlum qilinadi.
Nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlar (auditorlik firmalari) Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va taftish qilish munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlgan, tijorat siri hisoblanuvchi maʼlumotlarni oshkor etganlik uchun konunga muvofiq javobgar boʻladilar.
