# Migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisida

- URL: https://neolex.uz/uz/laws/law-8578321
- lex.uz dagi asl nusxa: https://lex.uz/docs/8578319
- Sana: 07.05.2026
- Amalda
- Language: uz

> Matn manbasi: O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasidan (lex.uz) hujjatning rasmiy matni, so'zma-so'z, avtomatik yangilanadi. Yuridik kuchga lex.uz dagi nashr ega: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun u yerdagi amaldagi tahrirni tekshiring.

---

Hujjat hali kuchga kirgan emas

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida

BITIM

[Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari davlat reyestrida 2026 yil 7 mayda 4616-AT-2026-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi]

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Avstriya Federal Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar;

Tomonlar oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik va hamkorlik aloqalarini eʼtiborga olib;

2001-yil 2-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Respublikasi Federal Hukumati oʻrtasida xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimga, shuningdek, 1997-yil 11-fevralda imzolangan Noqonuniy migratsiya, migrantlarni noqonuniy olib kirish va odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Anglashuv memorandumiga binoan Tomonlar oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi doʻstona ikki tomonlama hamkorlikni inobatga olib;

Malakali ishchilarni axloqiy jihatdan masʼuliyatli yollash boʻyicha xalqaro tamoyillarga rioya etish va rivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xodimlarni “ogʻdirib olish” holatlarining oldini olishga intilib;

Migratsiyaning barcha bosqichlarida inson huquqlari va kamsitmaslik tamoyiliga rioya etilishi zarurligini, migrantlarning ehtiyojlari va ularning turli tajribalarini inobatga olish lozimligini, shuningdek, gender tengligi hamda barcha ayollar va qizlarning mustaqilligi, salohiyati va yetakchiligini ragʻbatlantirishga doir tamoyillarni eʼtirof etib;

Xalqaro mehnat tashkilotining “Adolatli yollash boʻyicha umumiy tamoyillar va operativ qoʻllanma”sini ilgari surish, xususiy sektorda adolatli, axloqiy va barqaror yollashni taʼminlash, shuningdek, oʻz mamlakatlaridagi manfaatdor tomonlarni qonuniy tan olingan sifat belgilari toʻgʻrisida xabardor qilish istagidan kelib chiqib;

Tomonlar oʻrtasida mehnat migratsiyasini ragʻbatlantirish va osonlashtirish istagi bilan harakat qilib;

Migratsiya va migratsiya siyosati boʻyicha sheriklik ruhidagi hamkorlik ikki mamlakat va ularning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalari uchun foyda keltirishini inobatga olib;

Insonlar oʻrtasidagi aloqalar va migratsiya oqimlari xalqlarni yaqinlashtirishini, mobillikni sheriklik asosida boshqarish har ikki davlat uchun iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish omili boʻlishini qatʼiy ishonch bilan qayd etib;

Xalqaro huquq va milliy qonunchilikka muvofiq, noqonuniy migratsiya, migrantlarni noqonuniy olib kirish va odam savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida birgalikda tegishli chora-tadbirlarni koʻrishga intilib;

Migratsiya oqimlarini boshqarish boʻyicha ilgʻor, amaliy va samarali yechimlarni aniqlashda birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirish niyatini bildirib;

Ikkinchi Tomon hududiga kirish yoki unda yashash shartlarini bajarmagan yoki bajarishni toʻxtatgan shaxslarni aniqlash va qaytarishning tezkor va samarali tartib-taomillarini joriy etish hamda bunday shaxslarni qaytarishni hamkorlik ruhida osonlashtirish istagidan kelib chiqib;

Oʻzlarining milliy qonunchiliklari, Yevropa Ittifoqi qonunchiligi, shuningdek, tegishli xalqaro shartnomalar va konvensiyalarda nazarda tutilgan huquq va kafolatlarga rioya qilgan holda;

Malakali ishchilarni yangi hayotga tayyorlash maqsadida tegishli Tomon hududida (onlayn) oʻquv dasturlari, xususan, mehnat bozori, mehnat huquqlari va diplom hamda malakalarni tan olishning mumkin boʻlgan yoʻllari toʻgʻrisida umumiy (onlayn) maʼlumotlarni taqdim etish zaruriyatini tan olgan holda;

Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:

## 1-modda Bitimning qoʻllanish doirasi

Mazkur Bitimning maqsadlari Tomonlar oʻrtasida quyidagi sohalarda hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirishdan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi yoki Avstriya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni maqsad qilgan malakali ishchilarning adolatli mobilligini ragʻbatlantirish;

har ikki Tomon fuqarolarining mobilligini osonlashtirish maqsadida tegishli tartib-taomillar boʻyicha axborot almashishni ragʻbatlantirish;

har ikki Tomon fuqarolarining haq toʻlanadigan mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida uzoq muddatli yashashini ragʻbatlantirish;

noqonuniy migratsiya va migrantlarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish;

mehnat ekspluatatsiyasi, majburiy mehnat va odam savdosinining oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek jabrlanuvchilarni himoya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi yoki Avstriya Respublikasi fuqarolarini, ular ikkinchi Tomon hududida kirish yoki yashash shartlarini bajarmagan yoki bajarishni toʻxtatgan boʻlsa, qaytarishni osonlashtirish; va

Migratsiya, mobillik va readmissiya masalalari boʻyicha Qoʻshma ishchi guruhni tuzish.

## 2-modda Qisqa muddatli koʻp martalik vizalar

1. Tomonlar, oʻzlarining tegishli majburiyatlariga muvofiq hamda milliy va Yevropa Ittifoqi qonunchiligi doirasida, boshqa Tomon fuqarolariga chet elliklarning kirishi, boʻlishi va ishlashi boʻyicha belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, qisqa muddatli, koʻp martalik vizalarni rasmiylashtiradilar.

2. Bunday fuqarolarga, shu jumladan, quyidagi toifadagi shaxslar kiradi: malakali ishchilar, biznes maqsadlarida tashrif buyuruvchilar, akademiklar, olimlar, tadqiqotchilar, ziyolilar, mutaxassislar va sportchilar.

3. Avstriya Tomoni uchun, Shengen qonunchiligi bazasi talablarini toʻliq qoʻllagan holda, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar hududida har 180 (bir yuz sakson) kunlik davr ichida 90 (toʻqson) kundan oshmaydigan rejalashtirilgan boʻlish muddatiga vizalar berish tartib-taomillari va shartlarini, shuningdek, 5 (besh) yilgacha amal qilish muddatiga ega koʻp martalik vizalar berish shartlarini belgilovchi, Yevropa Parlamenti va Kengashining vizalar boʻyicha Jamiyat Kodeksini (Viza Kodeksi) belgilagan 810/2009-sonli (EK) Reglamenti (OJ L 243, 15.9.2009, 1-bet) huquqiy jihatdan majburiy kuchga ega hisoblanadi.

4. Oʻzbekiston Tomoni, amaldagi milliy qonunchilikka muvofiq, bunday koʻp martalik vizalarni, har bir tashrifda 6 (olti) oygacha boʻlish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha boʻlgan, osonlashtirilgan tartibda berishni ijobiy koʻrib chiqishga tayyorligini bildiradi. Ushbu vizalarning amal qilish muddati taqdim etilgan hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasida rejalashtirilgan faoliyatning davomiyligiga va pasportning amal qilish muddatiga bogʻliq holda belgilanadi.

## 3-modda Talabalarni qabul qilish

Har ikki Tomon amaldagi milliy va Yevropa Ittifoqi qonunchiligi doirasida tan olingan oliy taʼlim muassasasida roʻyxatdan oʻtgan hamda Oʻzbekistonda yoki Avstriyada oʻqishni boshlashni yoki davom ettirishni istagan talabalarni almashinuvni amalga oshirish orqali oʻzbek-avstriya hamkorligini mustahkamlash majburiyatini oladilar. Shu maqsadda, talabalar uchun yashash ruxsatnomasi hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tan olingan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish maqsadida vaqtincha yashash imkonini beradi.

## 4-modda Talabalar almashinuvi

1. Tomonlar, amaldagi milliy va Yevropa Ittifoqi qonunchiligi doirasida, Oʻzbekiston yoki Avstriyada oʻqishni davom ettirish istagida boʻlgan va tan olingan oliy taʼlim muassasasiga roʻyxatdan oʻtgan talabalar mobilligini mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

2. Avstriya Tomoni “Study in Austria” (https://studyinaustria.at/en/) veb-sayti orqali Oʻzbekiston Tomoniga talabalar almashinuvi boʻyicha imkoniyatlar, shuningdek, milliy va Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan loyihalar doirasida stipendiya oluvchilar uchun mavjud dasturlar haqida maʼlumot beradi.

3. Tomonlar talabalar uchun kirish va yashash shartlari toʻgʻrisida bir-birini muntazam ravishda xabardor qilishga intiladilar.

4. Tomonlar oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni tegishli maʼlumotlar almashuvi orqali ragʻbatlantiradilar.

## 5-modda Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida migratsiya

1. Tomonlar oʻzlarining chet elliklar kirishi, yashashi va mehnat faoliyatini amalga oshirishiga oid tegishli qoidalariga muvofiq ikkala davlat oʻrtasida malakali ishchilarning xavfsiz, tartibli va qonuniy mobilligini ragʻbatlantirish majburiyatini oladilar hamda shu maqsadda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ish beruvchilar va ishchilar tashkilotlari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va bilim almashinuvini taʼminlash uchun qulay sharoitlar yaratadilar, shuningdek, joʻnab ketishdan oldin mavjud onlayn va raqamli axborot hamda integratsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadilar.

2. Avstriya Tomoni amaldagi kirish, yashash va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalariga muvofiq, malakali oʻzbekistonlik ishchilar uchun Avstriya mehnat bozoriga kirish boʻyicha keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etadi.

3. Tomonlar davlat agentliklari (Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi; Avstriya Hukumatining Avstriya biznes agentligi (ABA — Work in Austria Services)) faoliyatining ahamiyatini eʼtirof etadilar. Malakali ishchilar uchun Avstriya Biznes Agentligi (ABA) avstriya biznes joylashuvini maslahat idorasi sifatida oʻzining www.workinaustria.com axborot platformasida immigratsiya tizimi toʻgʻrisida Immigratsiya boʻyicha qoʻllanma (Immigration Guide), butun mamlakat boʻylab faoliyat yurituvchi “Talent Hub” ish platformasi va Avstriyada ishlash va yashash haqida shaxsiy maʼlumotlar taqdim etuvchi “Personal Guide” kabi raqamli vositalarni oʻz ichiga olgan holda keng qamrovli maʼlumotlarni taklif etadi. Shuningdek, Avstriya biznes agentligi ish taklifiga ega boʻlgan malakali ishchilar, ularning oila aʼzolari va kelajakdagi ish beruvchilariga migratsiya va yashash tartib-taomillari boʻyicha shaxsiy maslahat xizmatini taklif etadi. Mazkur agentlik hukumat tashkiloti sifatida barcha xizmatlarni bepul taqdim etadi. Ushbu modda bilan qamrab olingan shaxslar, milliy va Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq, mehnat shartlari, ijtimoiy sugʻurta, sogʻliqni saqlash, gigiyena, mehnat xavfsizligi kabi sohalarda mezbon davlat fuqarolari bilan teng munosabatlardan foydalanadilar. Ularning ish beruvchilari ularga mezbon davlat fuqarolari bilan bir xil sharoitlarda kamida shu darajadagi ish haqini toʻlashlari shart.

4. Tomonlar boshqa Tomonning fuqarosi boʻlgan malakali ishchilar tarafidan joʻnab ketishdan oldin mavjud tayyorlov va integratsiya xizmatlaridan foydalanilishini mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

## 6-modda Bandlik shartlari va ijtimoiy taʼminot

1. Ishga joylashish shartlari va mehnat sharoitlari, shu jumladan, ish haqi, ishdan boʻshatish, ish vaqti, taʼtil, bayram kunlari va gender tengligi, shuningdek, mehnat salomatligi va xavfsizligi mezbon davlatning amaldagi qonunchiligi, shu jumladan, xalqaro xususiy huquq normalari bilan tartibga solinadi.

2. Ishchilarning ijtimoiy taʼminoti mezbon davlat qonunchiligi hamda Tomonlar ishtirok etadigan xalqaro shartnomalarga muvofiq taʼminlanadi.

3. Ishchilarning pensiya taʼminoti masalalari Tomonlar davlatlarining qonunchiligi hamda Tomonlar oʻrtasida tuzilgan alohida xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.

4. Ishchilar tegishli davlatlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqiy himoyadan foydalanadilar. Bu ularga yetkazilgan zararni undirish uchun ish beruvchilarga qarshi daʼvo qoʻzgʻatish imkoniyatini ham oʻz ichiga oladi.

## 7-modda Kasbiy taʼlim va malaka oshirish sohasida hamkorlik

1. Tomonlar kasbiy taʼlim va malaka oshirish sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildiradilar va Oʻzbekiston-Avstriya hamkorligi Oʻzbekiston Tomonining innovatsion malaka rivojlantirish va kasbiy taʼlim tizimini shakllantirishdagi saʼy-harakatlarini ilgari surishini taʼkidlaydilar.

2. Mazkur hamkorlik, xususan, quyidagi faoliyatlarni oʻz ichiga olishi mumkin:

a. Tomonlar oʻzlarida mavjud boʻlgan kasbiy taʼlim va malaka oshirish tizimlari haqidagi axborot almashinuvi;

b. Tomonlar masʼul organlari oʻrtasida rasmiy va ekspert darajasidagi maslahatlashuvlarni oʻtkazish;

c. Oʻzbekiston hududida dual kasbiy taʼlim tizimi hamda yangi, innovatsion va barqaror texnologiyalar sohasida malaka rivojlantirishga qaratilgan ehtimoliy qoʻshma loyihalarni tayyorlash va ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish;

d. Maxsus masalalar boʻyicha oʻquv tashriflarini va seminarlarni tashkil etish.

3. Avstriya Tomoni Oʻzbekistonda dual kasbiy taʼlim va malaka oshirishni rivojlantirishga boʻlgan oʻzining davomiy majburiyatini qayd etadi va Oʻzbekistonning kasbiy hamda akademik malakalarini oʻzaro tan olishning muhimligini taʼkidlaydi. Xususan, Avstriya Tomoni ikkala davlat oʻrtasida malakali ishchilar mobilligini osonlashtirish maqsadida Milliy malaka doiralarini solishtirish, shuningdek, tasdiqlash va sertifikatlash tuzilmalarini taqqoslash yoʻlidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

## 8-modda Oila aʼzolari

1. Amaldagi milliy va Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq, turmush oʻrtoqlar hamda ularning voyaga yetmagan turmush qurmagan farzandlari, tegishli qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar asosida, kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkonini beruvchi yashash ruxsatnomasi olish huquqiga ega boʻladilar.

2. Yashash uchun ruxsatnomaning aniq turiga bogʻliq ravishda, til bilimiga qoʻyiladigan talab mavjud boʻlishi mumkin. Amaldagi milliy va Yevropa Ittifoqi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda til talabi bekor qilinishi mumkin.

3. Tomonlar malakali ishchilarning oila aʼzolari uchun joʻnab ketishdan oldin mavjud integratsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini davom ettirib taqdim etish majburiyatini oladilar, bunda ushbu xizmatlar tegishli yashash ruxsatnomasini olish uchun zarur koʻnikmalarni egallash va hujjatlarni olishda oila aʼzolarining oʻz shaxsiy tashabbusini koʻrsatishini talab qiladi.

## 9-modda Tadqiqotchilar va doktorantlar

1. Tomonlar, amaldagi milliy qonunchilik, Avstriya Tomoni uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligi doirasida, tegishli shartnoma yoki stipendiyaga ega boʻlgan tadqiqotchilar va doktorantlarning ikki davlat oʻrtasidagi mobilligini qoʻllab-quvvatlaydilar.

2. Oʻzbekiston Tomoni uchun Avstriyada tadqiqotchilar va doktorantlar uchun amal qiladigan tartiblar va talablarga doir maʼlumotlar “Study in Austria” (https://studyinaustria.at/en/) hamda https: //www.euraxess.at/ veb-saytlari orqali taqdim etiladi.

## 10-modda Chegara boshqaruvi sohasida tajriba almashish

1. Tomonlar chegara boshqaruvi boʻyicha keng qamrovli tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyadilar.

2. Taʼlim maqsadlarida Tomonlar eng yaxshi amaliyotlarni boʻlishadilar va oʻquv mashgʻulotlari hamda oʻquv tashriflarida oʻzaro ishtirok etish imkoniyatini yaratadilar.

3. Tomonlar ushbu sohada tegishli texnik yangiliklar va ularning amaliy qoʻllanilishi toʻgʻrisida axborot almashadilar.

## 11-modda Noqonuniy migratsiya, migrantlarni noqonuniy olib kirish va odam savdosiga qarshi kurash

1. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Respublikasi Federal Hukumati oʻrtasida xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim asosida noqonuniy migratsiya, migrantlarni noqonuniy olib kirish, odam savdosi, shaxsni tasdiqlovchi va sayohat hujjatlari sohasidagi firibgarlikka qarshi kurashda tajriba almashish va salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, oʻzaro tashriflar orqali bu sohadagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida birgalikdagi harakatlar dasturini ishlab chiqadilar.

2. Shaxsni tasdiqlovchi va sayohat hujjatlari sohasidagi firibgarlikka qarshi kurash borasida har ikki Tomon profilaktika natijalari, yangi tendensiyalar, soxta hujjatlarning tarqalishi va aniqlanishiga oid maʼlumotlar almashinuvini, shuningdek, qalbaki va soxtalashtirilgan hujjatlarga qarshi kurashish uchun hujjatlar namunalari almashinuvini ragʻbatlantiradilar hamda qalbaki va soxtalashtirilgan hujjatlarni aniqlash boʻyicha maxsus sohalarda mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydilar.

## 12-modda Tomonlarning oʻz fuqarolarini qaytarish va readmissiyasi

1. Soʻralayotgan Tomon, Soʻrayotgan Tomonning mazkur Bitim doirasida berilgan arizasiga binoan, Soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga kirish, unda boʻlish yoki unda yashash shartlarini bajarmagan yoki bajarishni toʻxtatgan barcha shaxslarni, basharti bunday shaxs Soʻralayotgan Tomon fuqarosi ekanligi aniqlangan taqdirda hamda mazkur Bitimda nazarda tutilganlardan boshqa qoʻshimcha rasmiyatchiliklarsiz, oʻz davlati hududiga qayta qabul qiladi.

2. Tomonlar tegishli shaxsning oʻz irodasidan qatʼi nazar, qaytarish va readmissiyani qabul qilishga va qoʻllab-quvvatlashga rozilik bildiradilar.

3. Har ikki Tomon, basharti shaxsning boshqa Tomonga qaytarilishini izdan chiqaruvchi sabablar mavjud boʻlmasa, ixtiyoriy qaytarishlarga ustuvor ahamiyat beradilar. Har ikki Tomon ixtiyoriy qaytish va reintegratsiya dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydilar.

## 13-modda Uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish

1. Tomonlar uchinchi davlat fuqarosi, qoida tariqasida, u qaysi davlatning fuqarosi boʻlsa, shu davlatga readmissiya qilinishi lozim, degan tamoyildan kelib chiqadilar.

2. Shuningdek, Tomonlar fuqaroligi boʻlmagan shaxs u doimiy yashash joyiga ega boʻlgan davlatga yoki unga sayohat hujjatini bergan davlatga qaytarilishi lozim, degan tamoyildan kelib chiqadilar.

3. Soʻralayotgan Tomon, Soʻrayotgan Tomonning arizasiga binoan va mazkur Bitim doirasida, Soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga kirish, unda boʻlish yoki unda yashash shartlarini bajarmagan yoki bajarishni toʻxtatgan har qanday uchinchi davlat fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni, basharti bunday shaxsga oid quyidagi holatlardan biriga doir dalillar taqdim etilgan taqdirda, oʻz davlati hududiga qayta qabul qiladi:

a. tegishli shaxs Soʻralayotgan Tomon davlatining hududida boʻlgan yoki ushbu davlat hududi orqali tranzit oʻtgan holda Soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga noqonuniy va bevosita kirgan boʻlsa; yoki

b. readmissiya toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan paytda tegishli shaxs Soʻralayotgan Tomon tarafidan berilgan yashash ruxsatnomasiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun sayohat hujjatiga ega boʻlsa; yoki

c. readmissiya toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan paytda tegishli shaxs Soʻralayotgan Tomon tarafidan berilgan amaldagi vizaga ega boʻlsa va Soʻrayotgan Tomon hududiga Soʻralayotgan Tomon hududidan bevosita kirgan boʻlsa.

4. Mazkur moddaning 1-bandidagi readmissiya majburiyati qoʻllanilmaydi, basharti:

a. uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Soʻralayotgan Tomon davlatining hududidagi xalqaro aeroportning faqat tranzit zonasida boʻlgan boʻlsa; yoki

b. Soʻrayotgan Tomon uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga oʻz davlati hududiga kirishidan oldin yoki keyin viza yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini bergan boʻlsa, bundan quyidagi holatlar mustasno:

i. tegishli shaxs Soʻralayotgan Tomon tarafidan berilgan, amal qilish muddati uzoqroq boʻlgan vizaga yoki yashash ruxsatnomasiga ega boʻlsa; yoki

ii. Soʻrayotgan Tomonning vizasi yoki yashash ruxsatnomasi qalbaki yoki soxtalashtirilgan hujjatlar yordamida yoxud yolgʻon bayonotlar asosida olingan boʻlsa; yoki

iii. tegishli shaxs vizani olish uchun belgilangan talablarga javob bermasa.

5. Soʻralayotgan Tomon tarafidan berilgan ijobiy javob olingandan soʻng, Soʻrayotgan Tomon readmissiyasi qabul qilingan shaxsga Soʻralayotgan Tomon tarafidan tan olinadigan sayohat hujjatini rasmiylashtiradi.

## 14-modda Readmissiya toʻgʻrisidagi ariza

1. Mazkur moddaning 2-bandiga daxl qilmagan holda, mazkur Bitimning 12 va 13-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlardan biriga asosan readmissiya qilinishi lozim boʻlgan shaxsni topshirish Soʻrayotgan Tomonning Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organiga yozma ravishda readmissiya toʻgʻrisidagi ariza yuborishini talab etadi.

2. Basharti readmissiya qilinishi lozim boʻlgan shaxs Soʻralayotgan Tomon fuqarosi boʻlsa va amaldagi sayohat hujjati yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlsa, readmissiya toʻgʻrisidagi ariza yuborish talab qilinmaydi.

3. Readmissiya toʻgʻrisidagi ariza, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

a. readmissiya qilinishi lozim boʻlgan shaxsning barcha mavjud maʼlumotlari;

b. mazkur Bitimning 15 yoki 16-moddalariga muvofiq dalillar;

c. zarur hollarda, readmissiya toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek, topshirilishi lozim boʻlgan shaxs yordamga yoki tibbiy parvarishga muhtoj boʻlishi mumkinligini koʻrsatuvchi bayonotni oʻz ichiga olishi kerak.

4. Mazkur moddaga muvofiq readmissiya toʻgʻrisidagi ariza mazkur Bitimga 5-ilova sifatida biriktirilgan namuna boʻyicha taqdim etiladi.

## 15-modda Fuqarolikni tasdiqlovchi dalillar va readmissiya tartib-taomillari

1. Mazkur Bitimning 12-moddasida nazarda tutilgan fuqarolik ushbu Bitimning 1-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlardan kamida bittasi taqdim etilishi orqali aniqlanishi mumkin. Basharti bunday hujjatlar taqdim etilsa, Tomonlar fuqarolikni ushbu Bitimda nazarda tutilganlardan tashqari boshqa rasmiyatchiliklarsiz oʻzaro tasdiqlaydilar.

2. Basharti mazkur Bitimning 1-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlardan hech biri taqdim etilmasa, mazkur Bitimning 12-moddasiga muvofiq fuqarolik mazkur Bitimga 2-ilovada koʻrsatilgan hujjatlardan kamida bittasi orqali, amal qilish muddati tugagan boʻlishiga qaramasdan, aniqlanishi mumkin. Bunday hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, Tomonlar fuqarolikni aniqlangan deb hisoblaydilar, basharti bundan aks hol isbotlanmaguncha.

3. Fuqarolik qalbaki hujjatlar asosida tasdiqlanishi mumkin emas.

4. Basharti ushbu Bitimning 1 yoki 2-ilovalarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa, Soʻralayotgan Tomonning diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi, readmissiya toʻgʻrisidagi ariza kelib tushganidan soʻng, shaxsning fuqaroligini aniqlash maqsadida darhol shaxsiy suhbat (intervyu) oʻtkazadi. Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan intervyu masofaviy vositalar orqali ham oʻtkazilishi mumkin.

5. Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlari readmissiya toʻgʻrisidagi arizalarga bunday ariza topshirilgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kalendar kundan kechiktirmay, har qanday aloqa vositalari, shu jumladan, elektron vositalar orqali yozma ravishda tezkorlik bilan javob beradilar.

6. Fuqarolik aniqlangandan soʻng, diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi sayohat hujjatini 7 (yetti) kalendar kun ichida bepul rasmiylashtiradi va mazkur sayohat hujjati faqat tegishli Tomon hududiga sayohat qilish uchun ishlatiladi. Basharti vakolatli diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi sayohat hujjatini 7 (yetti) kalendar kun ichida rasmiylashtirmasa, u “Qaytarish uchun Yevropa sayohat hujjati”ni qabul qilgan deb hisoblanadi.

7. Sayohat hujjati kamida 6 (olti) oy amal qilishi lozim va uning amal qilish muddati tugagan taqdirda, sayohat hujjati soʻrov olinganidan boshlab kamida 7 (yetti) kalendar kun ichida kechiktirmasdan xuddi shu amal qilish muddati bilan yangilanadi. Basharti vakolatli diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi sayohat hujjatini 7 (yetti) kalendar kun ichida yangilamasa, u “Qaytarish uchun Yevropa sayohat hujjati”ni qabul qilgan deb hisoblanadi.

## 16-modda Uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish uchun dalillar va tartib-taomillari

1. Mazkur Bitimning 13-moddasiga muvofiq uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish uchun asoslar mazkur Bitimning 3-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlardan kamida bittasi orqali tasdiqlanishi mumkin. Bunday dalillar taqdim etilgan taqdirda, readmissiya uchun asoslar Tomonlar tarafidan mazkur Bitimda nazarda tutilganlardan boshqa qoʻshimcha rasmiyatchiliklarsiz oʻzaro tan olinadi.

2. Mazkur Bitimning 13-moddasiga muvofiq uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish uchun asoslar mazkur Bitimning 4-ilovasida koʻrsatilgan hujjatlardan kamida bittasi orqali bilvosita dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin. Bunday dalil vositalari taqdim etilgan taqdirda, Tomonlar ushbu asoslarni aniqlangan deb hisoblaydilar, basharti bundan aks hol isbotlanmaguncha.

3. Readmissiya asoslari qalbaki hujjatlar asosida tasdiqlanishi mumkin emas.

4. Basharti taqdim etilgan dalillar qaytarish va readmissiyani amalga oshirish uchun yetarli boʻlmasa, Soʻralayotgan Tomonning tegishli diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi ushbu shaxs bilan bevosita suhbat oʻtkazadi. Soʻralayotgan va Soʻrayotgan Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan suhbatlar masofaviy aloqa vositalari orqali ham oʻtkazilishi mumkin.

5. Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlari readmissiya toʻgʻrisidagi arizalarga bunday ariza topshirilgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kundan kechiktirmay, har qanday aloqa vositalari, shu jumladan, elektron vositalar orqali yozma ravishda tezkorlik bilan javob beradilar. Mazkur Bitimning 13-moddasida belgilangan shartlar bajarilganligi aniqlangandan soʻng, favqulodda sayohat hujjati diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari tarafidan 7 (yetti) kalendar kun ichida bepul rasmiylashtiriladi va mazkur hujjat faqat tegishli Tomon hududiga sayohat qilish uchun ishlatiladi.

6. Basharti vakolatli diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi sayohat hujjatini 7 (yetti) kalendar kun ichida rasmiylashtirmasa, u “Qaytarish uchun Yevropa sayohat hujjati”ni qabul qilgan deb hisoblanadi.

## 17-modda Readmissiya boʻyicha muddatlar

1. Basharti Tomonlarning vakolatli organlari muayyan ish boʻyicha boshqacha tarzda kelishib olmagan boʻlsalar, Soʻralayotgan Tomon tarafidan readmissiyaga rozilik berilgan shaxslarning topshirilishi Soʻrayotgan Tomon ushbu rozilikni olgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kalendar kun ichida amalga oshiriladi.

2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan muddat, readmissiya qilinishi lozim boʻlgan shaxsning jiddiy kasalligi, Soʻrayotgan Tomon davlati hududida bunday shaxsning yashash joyini oʻz vaqtida aniqlashning imkoni boʻlmasligi yoki qaytarishni qiyinlashtiradigan boshqa toʻsiqlar kabi qaytarilishiga obyektiv ravishda toʻsqinlik qiladigan holatlar sababli qaytarilishi imkoni boʻlmasa, uzaytiriladi.

## 18-modda Oʻtkazish tartibi va transport vositalari

1. Tomonlarning oʻz fuqarolari, uchinchi davlat fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning qaytarilishi, qoida tariqasida, havo orqali amalga oshiriladi, biroq alohida holatlarda va zarur boʻlgan taqdirda boshqa transport vositalari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

2. Havo orqali qaytarish Tomonlarning aviakompaniyalaridan yoki Soʻrayotgan Tomonning xavfsizlik xodimlaridan foydalanish bilan cheklanmaydi. Qaytarish doimiy va charter reyslari orqali amalga oshirilishi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar va tranzit reyslarni oʻz ichiga olishi mumkin.

3. Havo orqali qaytarish faoliyatlari muayyan ish sharoitlari talab qilgan va Tomonlarning amaldagi qonunlari hamda tartib-taomillariga muvofiq holatlarda, vakolatli tarzda tayinlangan xodimlar, shu jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, tarjimonlar yoki boshqa kuzatuvchilar tarafidan kuzatilishi mumkin.

## 19-modda Readmissiyada xatolik

Soʻrayotgan Tomon, basharti tegishli shaxs topshirilganidan soʻng 6 (olti) oy ichida mazkur Bitimning 13 yoki 14-moddalarida belgilangan talablar bajarilmaganligini aniqlasa, Soʻralayotgan Tomon tarafidan readmissiya qilingan har qanday shaxsni qayta qabul qiladi. Bunday holatlarda mazkur Bitimning 15 va 16-moddalaridagi protsessual qoidalar mutatis mutandis qoʻllaniladi va Soʻralayotgan Tomon qaytarib olinishi lozim boʻlgan shaxsning shaxsi va fuqaroligiga oid barcha mavjud maʼlumotlarni taqdim etadi.

## 20-modda Tranzit tamoyillari

1. Soʻralayotgan Tomon uchinchi davlat fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning tranzitiga, basharti bunday shaxslarning boshqa tranzit davlatlar hududi orqali keyingi sayohati va manzil davlatiga qabul qilinishi kafolatlangan boʻlsa, ruxsat beradi.

2. Soʻralayotgan Tomon quyidagi hollarda tranzitni rad etishi mumkin:

a. basharti uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs manzil davlatida yoki boshqa tranzit davlatda qiynoqqa solinish, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor boʻlish, oʻlim jazosi yoki irqiy kelib chiqishi, dini, millati, maʼlum bir ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy qarashlari sababli taʼqib ostiga olinish xavfi mavjud boʻlsa; yoxud

b. basharti uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Soʻralayotgan Tomon davlatida yoki boshqa tranzit davlatda jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki jazolanishi mumkin boʻlsa; yoki

c. Soʻralayotgan Tomon davlatining jamoat salomatligini himoya qilish, ichki xavfsizlik, jamoat tartibi yoki boshqa milliy manfaatlariga asosan.

3. Soʻralayotgan Tomon, basharti mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan va tranzit faoliyatiga toʻsqinlik qiladigan holatlar keyinchalik yuzaga kelsa yoki aniqlansa yoxud boshqa tranzit davlatlar hududi orqali keyingi sayohat yoxud manzil davlatiga qabul qilinishining kafolati yoʻqolgan boʻlsa, berilgan har qanday ruxsatnomasini bekor qilishi mumkin. Bunday holda Soʻrayotgan Tomon uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni darhol qayta qabul qiladi.

## 21-modda Tranzit tartibi

1. Tranzit toʻgʻrisidagi ariza Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organiga, rejalashtirilgan tranzit boshlanishidan kamida 15 (oʻn besh) kalendar kun oldin yozma ravishda yuborilishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:

a. tranzit turi (rejalashtirilgan yoki charter reysi, quruqlik yoki havo orqali), tranzit yoʻnalishi, basharti mavjud boʻlsa boshqa barcha tranzit davlatlar va manzil davlati;

b. tranzit qilinishi lozim boʻlgan shaxsga oid barcha mavjud maʼlumotlar (ism, familiya, qizlik familiyasi, ishlatiladigan boshqa ismlar/boshqacha tanilgan ismlar yoki taxalluslar, tugʻilgan sana va iloji boʻlsa tugʻilgan joy, fuqaroligi, tili, sayohat hujjatlarining turi va raqami);

c. belgilangan kirish joyi, topshirish vaqti va kuzatuvchi xodimlardan foydalanish ehtimoli;

d. basharti taalluqli boʻlsa, jismoniy/tibbiy holat toʻgʻrisida maʼlumot (masalan, yuqumli aniqlanadigan kasalliklar), oldingi muvaffaqiyatsiz deportatsiya urinishlari, uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning sudlanganlik tarixi;

e. Soʻrayotgan Tomonning fikriga koʻra, mazkur Bitimning 20-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan shartlar bajarilganligi va mazkur Bitimning 20-moddasi 2-bandiga binoan tranzitni rad etish asoslarining mavjud emasligi haqidagi bayonot.

Mazkur moddaga muvofiq tranzit toʻgʻrisidagi ariza mazkur Bitimga 6-ilova sifatida biriktirilgan namuna boʻyicha taqdim etiladi.

2. Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlari tranzit toʻgʻrisidagi arizaga, ariza olinganidan soʻng 10 (oʻn) kalendar kun ichida yozma ravishda javob beradilar va Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organlarini tranzit faoliyatiga rozilik berilganligi, kirish joyi va shaxsni topshirishning rejalashtirilgan vaqti tasdiqlanishi yoki tranzit rad etilganligi va rad etish sabablari toʻgʻrisida xabardor qiladilar.

3. Basharti tranzit havo orqali amalga oshirilsa, tranzit qilinishi lozim boʻlgan shaxs va mumkin boʻlgan kuzatuvchi xodimlar tranzit vizasini olish majburiyatidan ozod qilinadi.

4. Basharti shaxslarning havo orqali tranzitining imkoni boʻlmasa, Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organlari tranzit qilinishi lozim boʻlgan shaxsni Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlariga chegara oʻtish punktida topshiradilar. Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlari shaxsning manzil davlatiga yoki boshqa tranzit davlatiga topshirilishini taʼminlaydilar.

5. Soʻrayotgan Tomon rejalashtirilgan tranzitdan kamida 1 (bir) ish kuni oldin, topshirish vaqti va/yoki rejalashtirilgan kirish joyidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Soʻralayotgan Tomonni iloji boricha tezroq yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Soʻralayotgan Tomon oʻzgartirilgan topshirish vaqtini va/yoki oʻzgartirilgan kirish joyini imkon qadar tez tasdiqlaydi.

6. Vakolatli organ kuzatuvchi xodimlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi: ism, familiya; kuzatuvchi xodimlarning unvoni/darajasi, basharti mavjud boʻlsa; pasport turi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati; reys raqami; kelish va ketish sanasi hamda vaqti.

7. Kuzatuvchi xodimlar kuzatib borish bilan bogʻliq readmissiya yoki tranzit jarayonida istalgan vaqtda oʻzini tanishtira olishi, oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni va readmissiya yoki tranzit bilan bogʻliq vazifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.

8. Soʻrayotgan Tomonning kuzatuvchi aʼzolari Soʻralayotgan Tomonning tranzitga roziligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini olib yurishlari lozim.

9. Soʻrayotgan Tomonning kuzatuvchi aʼzolari Soʻralayotgan Tomon davlatining hududida davlat hokimiyati vakolatlarini amalga oshira olmaydilar va qurollangan boʻlishlari mumkin emas. Kuzatuvchi xodimlar faqat oʻzini himoya qilish va favqulodda yordam koʻrsatish holatlarida harakat qilishlari mumkin. Kuzatuvchi xodimlar tranzit tartib-taomilini fuqarolik kiyimida amalga oshiradilar va xavfsizlik vositalarini faqat oʻzini himoya qilish va favqulodda yordam koʻrsatish maqsadida olib yurishlari mumkin.

10. Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organlari, oʻzaro kelishuv asosida, Soʻralayotgan Tomon hududida tranzit faoliyatini amalga oshirishda tegishli shaxsni qoʻriqlash va shu maqsad uchun tegishli sharoitlar yaratish orqali koʻmaklashadilar.

## 22-modda Migratsiya, mobillik va readmissiya masalalari boʻyicha Qoʻshma ishchi guruh

1. Har ikki Tomonning vakillaridan iborat Qoʻshma ishchi guruh tuziladi. Qoʻshma ishchi guruhi mazkur Bitimda belgilangan qoidalarning bajarilishini nazorat qiladi, mazkur Bitimning bir xil qoʻllanilishi uchun zarur boʻlgan ijro tartiblarini tavsiya etadi va zarur hollarda, uni takomillashtirish boʻyicha barcha tegishli takliflarni muhokama qiladi.

2. Qoʻshma ishchi guruh har ikki Tomonning xohishiga koʻra zarur deb topilgan hollarda Tomonlardan birining hududida navbatma-navbat yigʻiladi. Har ikki Tomon kelishib olgan taqdirda, yigʻilishlar videokonferensiya yoki boshqa virtual formatlar orqali ham oʻtkazilishi mumkin. Qoʻshma ishchi guruhning kun tartibi va tarkibi har bir yigʻilish uchun oʻzaro maslahatlashuvlar asosida belgilanadi.

## 23-modda Vakolatlar

Har ikki Tomon diplomatik kanallar orqali bir-birini mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar, tegishli vakolatli organlarning aloqa maʼlumotlari va ularga keyinchalik kiritilgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi. Vakolatli organlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardagi oʻzgarishlar mazkur Bitimning 33-moddasiga muvofiq rasmiy oʻzgartirish sifatida qaralmaydi.

## 24-modda Chegara oʻtish punktlari

1. Bitimni amalga oshirish uchun quyidagi chegara oʻtish punktlaridan foydalaniladi:

Oʻzbekiston Respublikasi uchun: Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti;

Avstriya Respublikasi uchun: Vena xalqaro aeroporti.

2. Har bir Tomon ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan chegara oʻtish punktlari roʻyxatiga kiritilgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida boshqa Tomonni asossiz kechiktirishlarsiz xabardor qiladi.

3. Basharti readmissiya yoki tranzit qilinishi lozim boʻlgan shaxsni havo orqali tashishning imkoni boʻlmasa, Tomonlarning vakolatli organlari har bir muayyan topshirish holatida Soʻralayotgan Tomon davlati chegarasidagi chegara oʻtish punkti toʻgʻrisida kelishadilar.

## 25-modda Ilovalar

1. Ilovalar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va 33-moddaning 3-bandiga muvofiq oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.

2. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq ilovalarga kiritilgan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar ijobiy diplomatik nota olinganidan soʻng 15 (oʻn besh) kalendar kun oʻtgach kuchga kiradi.

## 26-modda Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish

1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun “shaxsga doir maʼlumotlar” tushunchasi aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin boʻlgan jismoniy shaxsga (keyingi oʻrinlarda “maʼlumotlar subyekti” deb ataluvchi) oid barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi; aniqlanishi mumkin boʻlgan shaxs bu bevosita yoki bilvosita, xususan, identifikatsiya raqami kabi identifikator yordamida yoki mazkur jismoniy shaxsning jismoniy, fiziologik, aqliy, iqtisodiy, madaniy yoki ijtimoiy shaxsiga xos boʻlgan bir yoki bir nechta omillar asosida aniqlanishi mumkin boʻlgan shaxsdir.

2. Tomonlar oʻrtasida shaxsga doir maʼlumotlarni (keyingi oʻrinlarda “maʼlumotlar” deb ataluvchi) oʻzaro uzatish tegishli milliy qonunchilikka muvofiq, uzatuvchi organ tarafidan belgilangan har qanday shartlarga rioya etilgan holda va maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan hamda avtomatlashtirilmagan vositalar orqali ishlov berishga nisbatan qoʻllaniladigan quyidagi tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:

a. Uzatilgan maʼlumotlar qonuniy va adolatli tarzda toʻplanadi hamda ishlov beriladi. Ular muayyan, aniq ifoda etilgan va qonuniy maqsadlar uchun toʻplanadi hamda ushbu maqsadlarga mos kelmaydigan tarzda ishlov berilmaydi. Ular ishlov berish maqsadlari nuqtai nazaridan yetarli, tegishli va ortiqcha boʻlmasligi lozim.

b. Irqiy yoki etnik kelib chiqishni, siyosiy qarashlari, diniy yoki boshqa eʼtiqodlarni, kasaba uyushmasiga aʼzolikni, genetik maʼlumotlarni, shaxsni yagona tarzda identifikatsiya qilish maqsadidagi biometrik maʼlumotlarni, salomatlikka oid maʼlumotlarni yoki shaxsning jinsiy hayoti yoki jinsiy yoʻnalishiga oid maʼlumotlarni oshkor etuvchi maʼlumotlar faqat ishlov berish mutlaqo zarur boʻlgan taqdirdagina ishlov berilishi mumkin hamda bundan tashqari milliy amaldagi qonunchilik maʼlumotlar subyektining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun yetarli kafolatlar belgilaganligini taʼminlashi shart. Xuddi shu qoida jinoiy faoliyatga shubha qilish, jinoiy sudlanganlik va profilaktik choralar kabi jinoiy huquqbuzarliklar bilan bogʻliq maʼlumotlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

c. Uzatilgan maʼlumotlar uzatuvchi organ tarafidan oldindan yozma ravishda ruxsat berilmasdan uzatish maqsadlaridan boshqa maqsadlar uchun ishlov berilishi yoki keyingi topshirilishi mumkin emas. Bunday ruxsat faqat ushbu boshqa maqsadlar uchun ishlov berish yoki keyingi topshirish uzatuvchi Tomonning milliy amaldagi qonunchiligi bilan ruxsat etilgan taqdirdagina berilishi mumkin. Tegishli shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ism, familiya, tegishli hollarda avvalgi ism, epitetlar yoki laqablar, sinonimlar yoki taxallus ismlar, tugʻilgan sanasi va joyi, jinsi, hozirgi va avvalgi fuqaroliklari);

d. Uzatilgan maʼlumotlar quyidagi hollarda zudlik bilan oʻchiriladi yoki tuzatiladi:

i. maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligi maʼlum boʻlganda, yoki

ii. uzatuvchi organ uzatilgan maʼlumotlar noqonuniy tarzda olingan yoki uzatilganligini yoxud qonuniy tarzda uzatilgan maʼlumotlar uzatuvchi Tomonning milliy amaldagi qonunchiligiga muvofiq keyinchalik oʻchirilishi zarurligini xabardor qilganda, yoki

iii. maʼlumotlar uzatilish maqsadi uchun endi zarur boʻlmasa, bundan maʼlumotlarni boshqa maqsadlarda ishlov berishga aniq ruxsat berilgan hollar mustasno; yoki

iv. mazkur Bitim kuchini yoʻqotgan taqdirda.

e. Uzatuvchi organining soʻroviga binoan, qabul qiluvchi organ qabul qilingan maʼlumotlarga har qanday ishlov berish va shu orqali erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.

f. Uzatuvchi organ uzatilgan maʼlumotlarning aniqligi va dolzarbligini taʼminlaydi. Uzatuvchi organ, bundan tashqari, uzatishning uzatish maqsadlari nuqtai nazaridan zarurligini va mutanosibligini taʼminlaydi hamda tegishli milliy amaldagi qonunchilik bilan belgilangan uzatishga qoʻyilgan har qanday cheklovlarga rioya qiladi. Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki noqonuniy uzatilgan maʼlumotlar uzatilganligi yoxud qonuniy tarzda uzatilgan maʼlumotlar uzatuvchi Tomonning milliy amaldagi qonunchiligiga muvofiq keyinchalik oʻchirilishi zarurligi maʼlum boʻlganda, qabul qiluvchi organ zudlik bilan xabardor qilinadi. Qabul qiluvchi organ zarur tuzatish yoki oʻchirishni zudlik bilan amalga oshiradi.

g. Basharti qabul qiluvchi organda uzatilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki oʻchirilishi zarur deb hisoblashga asos boʻlsa, uzatuvchi organ zudlik bilan xabardor qilinadi.

h. Tomonlar maʼlumotlar faqat uzatish jarayonida uchinchi shaxslar tarafidan ruxsatsiz kirish yoki oʻzgartirishdan yetarli darajada himoyani kafolatlaydigan aloqa vositalari orqali uzatilishini taʼminlaydilar. Uzatish usuli maʼlumotlarning maxfiylik darajasiga mos kelishi lozim. Tomonlar ishlatiladigan aloqa vositalariga kirishni faqat vakolatli shaxslar bilan cheklanishini taʼminlaydilar va avtomatlashtirilgan ishlov berish tizimlaridagi maʼlumotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish huquqi bermaydilаr.

i. Qabul qiluvchi organ uzatilgan maʼlumotlarni ruxsatsiz yoki noqonuniy ishlov berishdan, shuningdek tasodifiy yoʻqotish, tasodifiy oʻchirish yoki tasodifiy yoʻq qilishdan himoyani oʻz ichiga olgan holda maʼlumotlarning yetarli xavfsizligini taʼminlaydigan tarzda ishlov berish majburiyatini oladi.

j. Uzatuvchi organ va qabul qiluvchi organ har bir uzatish, keyingi uzatish, qabul qilish va maʼlumotlarni oʻchirish toʻgʻrisida yozuv yuritadi. Mazkur yozuvlar uzatish va oʻchirishning maqsadini va vaqtini, uzatuvchi va qabul qiluvchi organlarni, shuningdek, soʻrov yoki uzatishni amalga oshirgan va buyurgan mansabdor shaxslarning identifikatorini oʻz ichiga oladi. Yozuvlar faqat amaldagi maʼlumotlarni himoya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida ishlatiladi. Yozuvlar ruxsatsiz foydalanish va notoʻgʻri foydalanishning boshqa shakllaridan himoya qilish uchun tegishli choralar bilan muhofaza qilinadi va 3 (uch) yil davomida saqlanadi. Ushbu muddatdan soʻng yozuvlar hech qanday kechiktirishsiz oʻchirib tashlanadi.

k. Maʼlumotlarni buzishga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, qabul qiluvchi organ zudlik bilan tegishli zarar bartaraf etish choralarini koʻradi. U jamoat xavfsizligi yoki milliy xavfsizlikka zarar yetkazilmaydigan taqdirda uzatuvchi organni xabardor qiladi.

l. Har bir maʼlumotlar subyekti oʻz shaxsini tasdiqlagandan soʻng, maʼlumotlarga ishlov berish uchun masʼul organidan mazkur Bitim doirasida uzatilgan yoki ishlov berilgan har qanday maʼlumotlar, ularning manbalari, har qanday oluvchilar yoki oluvchilar toifalari, koʻzlangan maqsad va huquqiy asoslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetarli, tushunarli shaklda, bepul va asossiz kechiktirishsiz olish huquqiga ega boʻladi.

3. Bundan tashqari, har bir maʼlumotlar subyekti notoʻgʻri maʼlumotlarni tuzatish va noqonuniy ishlov berilgan maʼlumotlarni oʻchirish huquqiga ega boʻladi. Bundan tashqari, Tomonlar har bir maʼlumotlar subyektining maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha huquqlari buzilgan taqdirda qonun asosida tashkil etilgan mustaqil va xolis sud yoki tribunal oldida samarali shikoyat berish huquqiga ega boʻlishini, shuningdek, maʼlumotlar subyektiga sud oldida samarali himoya vositalarini va zarur hollarda, kompensatsiya olish imkoniyati berilishini taʼminlaydilar. Ushbu huquqlarni amalga oshirish tartibiga oid batafsil qoidalar maʼlumotlar subyekti oʻz huquqlarini talab qiladigan Tomon tarafidan tegishli milliy amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ushbu huquqlarni talab qilish boʻyicha soʻrov tushgan taqdirda, tegishli maʼlumotlarni oʻz ixtiyorida tutuvchi organ qaror qabul qilinishidan oldin uzatuvchi organga fikr bildirish imkoniyatini beradi.

## 27-modda Til

Boshqacha tarzda kelishilmagan boʻlsa, Tomonlar ingliz tilidan foydalanadilar.

## 28-modda Xarajatlar

1. Boshqacha tarzda kelishilmagan boʻlsa, Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirishdan kelib chiqadigan xarajatlarni oʻz zimmasiga oladilar.

2. Mazkur Bitimga muvofiq readmissiya va tranzit faoliyatlari bilan bogʻliq manzil davlati chegarasiga qadar yuzaga keladigan barcha transport xarajatlari Soʻrayotgan Tomon tarafidan qoplanadi.

## 29-modda Nizolarni hal qilish tartibi

Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq nizolar tegishli vakolatli organlar tarafidan hal qilinadi. Basharti buni amalga oshirishning imkoni boʻlmasa, Migratsiya, mobillik va readmissiya masalalari boʻyicha Qoʻshma ishchi guruh ushbu masalani koʻrib chiqadi. Zarur hollarda, nizo diplomatik kanallar orqali hal qilinadi.

## 30-modda Boshqa xalqaro shartnomalar bilan munosabat

1. Mazkur Bitim Tomonlarning ular ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.

2. Mazkur Bitim qoidalari 2001-yil 2-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Respublikasi Federal Hukumati oʻrtasida xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga daxl qilmaydi.

## 31-modda Qoʻllaniladigan huquq

1. Tomonlar ushbu Bitimda nazarda tutilgan barcha choralarni oʻzlarining amaldagi milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradilar.

2. Mazkur Bitim Tomonlar oʻrtasida oʻzlarining tegishli vakolatlari doirasida, milliy qonunchiliklari, tartib-taomillari va resurslariga muvofiq hamda xalqaro qoidalar va standartlarga toʻliq rioya qilgan holda migratsiya va mobillik sohasida sheriklikni belgilaydi.

3. Mazkur Bitim doirasida amalga oshiriladigan barcha harakatlar Tomonlarning tegishli xalqaro huquq normalariga muvofiq boʻlishi shart.

## 32-modda Kuchga kirish

Mazkur Bitim Tomonlar diplomatik kanallar orqali bir-birini mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan tegishli milliy talablarning bajarilganligi toʻgʻrisida xabardor qilgan sanadan keyingi ikkinchi oyning birinchi kunida kuchga kiradi. Tegishli sana soʻnggi xabarnoma olingan kun hisoblanadi.

## 33-modda Bitimning amal qilish muddati, tugatilishi va oʻzgartirilishi

1. Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab nomuayyan muddat davomida amal qiladi.

2. Mazkur Bitim har qaysi Tomon tarafidan diplomatik kanallar orqali 6 (olti) oylik oldindan yozma shaklda yetkazilgan xabarnoma orqali tugatilishi mumkin. Bitimning bunday tugatilishi, basharti Tomonlar boshqacha kelishib olmagan boʻlsalar, mazkur Bitimni amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan Tomonlarning huquqlari va majburiyatlariga daxl qilmaydi.

3. Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va 32-modda bilan belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar shaklida rasmiylashtiriladi.

Tegishli tartibda vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, mazkur Bitimni imzoladilar.

Toshkent shahrida, 2026-yil 7-may kuni, ikki asl nusxada, oʻzbek, nemis va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 1-ILOVA

Fuqarolikni tasdiqlovchi umumiy hujjatlar roʻyxati

(mazkur Bitimning 15-moddasi 1-bandiga muvofiq)

Oʻzbekiston Respublikasi uchun:

diplomatik pasport;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;

16 (oʻn olti) yoshgacha boʻlgan bolalar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi;

Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi.

Avstriya Respublikasi uchun:

Avstriyaning har qanday turdagi pasportlari (milliy pasportlar, diplomatik pasportlar, xizmat pasportlari va favqulodda pasportlar);

Avstriya tomonidan berilgan sayohat hujjati;

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (shu jumladan, vaqtinchalik shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar);

Harbiy guvohnomalar;

Fuqarolikni aniq koʻrsatuvchi yoki fuqarolikka oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa rasmiy hujjatlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 2-ILOVA

Fuqarolikni prima facie tasdiqlash uchun umumiy hujjatlar roʻyxati

(mazkur Bitimning 15-moddasi 2-bandiga muvofiq)

mazkur Bitimning 1-ilovasida koʻrsatilgan har qanday hujjatning fotonusxalari;

fuqarolik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki uning fotonusxasi;

dengizchining roʻyxatga olish kitobi yoki uning fotonusxasi;

haydovchilik guvohnomasi yoki uning fotonusxasi;

tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki uning fotonusxasi;

fuqarolikni koʻrsatuvchi yoki fuqarolikni taxmin qilishga asos beruvchi har qanday rasmiy hujjat yoki uning fotonusxasi;

korporativ (kompaniya) identifikatsiya kartasi yoki uning fotonusxasi;

guvohlarning bayonotlari;

tegishli shaxsning bayonoti;

harbiy xizmat guvohnomasi, harbiy xizmat maʼlumotnomasi, harbiy xizmat kitobi, harbiy identifikatsiya hujjati yoki ularning fotonusxalari;

Tomonlar davlatlarining fuqaroligini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday hujjat;

Soʻralayotgan Tomon tarafidan, soʻrov asosida, tegishli shaxs bilan oʻtkazilgan intervyu natijasi;

barmoq izlari yoki boshqa biometrik maʼlumotlar;

tegishli shaxs gaplashadigan til, shuningdek har qanday rasmiy imtihon natijalari.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 3-ILOVA

Uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati

(Mazkur Bitimning 16-moddasi 1-bandiga muvofiq)

Soʻralayotgan Tomon davlati tarafidan berilgan amaldagi viza va/yoki yashashga ruxsat beruvchi hujjat;

Shaxsning sayohat hujjatida Soʻralayotgan Tomon davlatining kirish/chiqish shtamplari yoki kirish/chiqish boʻyicha boshqa dalillar;

Shaxsning Soʻralayotgan Tomon davlatining hududidan Soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga bevosita yoʻl olganligini tasdiqlovchi xalqaro avia, temir yoʻl yoki avtobus chiptalari;

Shaxsning Soʻralayotgan Tomon davlatining hududidan Soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga bevosita yoʻl olganligini tasdiqlovchi avia, temir yoʻl yoki avtobus yoʻlovchilar roʻyxati;

Shaxsning Soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga Soʻralayotgan Tomon davlatining hududidan bevosita kirganligini tasdiqlashi mumkin boʻlgan Soʻrayotgan Tomonning chegara organlari xodimlari tarafidan berilgan rasmiy bayonotlar;

Oʻzbekiston Respublikasi uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxsga berilgan biometrik sayohat hujjati;

Avstriya Respublikasi uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxsga berilgan sayohat hujjati;

Avstriya Respublikasi uchun — Viza axborot tizimi (VIS)da qidiruv natijasida aniqlangan shaxsni tasdiqlash maʼlumotlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 4-ILOVA

Uchinchi davlat fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish asoslarini bilvosita isbotlovchi hujjatlar roʻyxati

(mazkur Bitimning 16-moddasi 2-bandiga muvofiq)

mazkur Bitimning 3-ilovasida koʻrsatilgan har qanday hujjatning fotonusxalari;

xalqaro chiptalar;

har qanday turdagi hujjatlar, sertifikatlar va hisob-kitoblar (masalan, mehmonxona hisoblari, shifokor/tish shifokori qabul kartalari, davlat yoki xususiy muassasalarga kirish kartalari, avtomobil ijarasi shartnomalari, kredit karta kvitansiyalari va boshqalar), basharti ular tegishli shaxsning Soʻralayotgan Tomon davlatining hududida boʻlganligini aniq koʻrsatsa;

sud yoki maʼmuriy jarayonlarda tegishli shaxs tarafidan berilgan rasmiy bayonot;

tegishli shaxs chegarani kesib oʻtganligini tasdiqlashi mumkin boʻlgan guvohning rasmiy bayonoti;

tegishli shaxs kuryer yoki sayohat agentligi xizmatlaridan foydalanganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 5-ILOVA

(Gerb) _________________________________________________________________________________________ (Joy va sana) ____________________________________________ (Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi nomi) Havola: ____________________________________________ ____________________________________________ ____________________________________________ ____________________________________________ (Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi nomi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimning 15-moddasiga muvofiq READMISSIYA TOʻGʻRISIDA ARIZA A. SHAXSGA OID MAʼLUMOTLAR Rasm 1. Toʻliq ism (familiyani tagiga chizing): _______________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan paytdagi ism: _______________________________________________________________________ 3. Tugʻilgan sana va joyi: _______________________________________________________________________ 4. Jinsi va tashqi belgilar (boʻyi, koʻz rangi, ajralib turuvchi belgilari va boshqalar): _________________________________________________________________________________________ 5. Taxalluslar (avvalgi ismlar, ishlatgan boshqa ismlar yoki tanilgan nomlar): _________________________________________________________________________________________ 6. Fuqaroligi va tili: 7. Fuqarolik holati: □ turmush qurgan □ yolgʻiz □ ajrashgan □ beva/boydoq Basharti turmush qurgan boʻlsa, turmush oʻrtogʻining ismi: _________________________________________________________________________________________ Farzandlari (basharti mavjud boʻlsa) ismi va yoshi: _________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ 8. Soʻrayotgan Tomonda oxirgi manzili: _________________________________________________________________________________________ B. TURMUSH OʻRTOGʻIGA OID MAʼLUMOTLAR (BASHARTI TALAB ETILSA) 1. Toʻliq ism (familiyani tagiga chizing): _________________________________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan paytdagi ism: _________________________________________________________________________________________ 3. Tugʻilgan sana va joyi: _________________________________________________________________________________________ 4. Jinsi va tashqi belgilar (boʻyi, koʻz rangi, ajralib turuvchi belgilari va boshqalar): _________________________________________________________________________________________ 5. Taxalluslar (avvalgi ismlar, ishlatilgan/maʼlum boʻlgan boshqa ismlar): _________________________________________________________________________________________ 6. Fuqaroligi va tili: _________________________________________________________________________________________ C. FARZANDLARGA OID MAʼLUMOTLAR (BASHARTI TALAB ETILSA) 1. Toʻliq ism (familiyani tagiga chizing): _________________________________________________________________________________________ 2. Tugʻilgan sana va joyi: _________________________________________________________________________________________ 3. Jinsi va jismoniy tavsifi (boʻyi, koʻz rangi, farqlovchi belgilar va boshqalar): _________________________________________________________________________________________ 4. Fuqaroligi va tili: _________________________________________________________________________________________ D. QAYTARILISHI LOZIM BOʻLGAN SHAXSGA OID MAXSUS HOLATLAR 1. Sogʻligʻi holati (masalan: maxsus tibbiy parvarish haqida maʼlumot; yuqumli kasallikning lotincha nomi): _________________________________________________________________________________________ 2. Maʼlum xavfli shaxs ekanligi haqida maʼlumot (masalan: ogʻir jinoyatda gumon qilinishi; agressiv xulq): _________________________________________________________________________________________ E. QOʻLLAB-QUVVATLAYDIGAN DALILLAR ILOVA QILINADI 1. _________________________________________ _________________________________________ (Pasport raqami) (Berilgan sana va joyi) ___________________________________________ _________________________________________ (Beruvchi organ) (Amal qilish muddati) 2. _________________________________________ _________________________________________ (Shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami) (Berilgan sana va joyi) ___________________________________________ _________________________________________ (Beruvchi organ) (Amal qilish muddati) 3. _________________________________________ _________________________________________ (Haydovchilik guvohnomasi raqami) (Berilgan sana va joyi) ___________________________________________ _________________________________________ (Beruvchi organ) (Amal qilish muddati) 4. _________________________________________ _________________________________________ (Boshqa rasmiy hujjat raqami) (Berilgan sana va joyi) ___________________________________________ _________________________________________ (Beruvchi organ) (Amal qilish muddati) F. INTERVYU OʻTKAZISH / SAYOHAT HUJJATI BERISH TOʻGʻRISIDA SOʻROV □ 1-ilovada koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi sababli fuqarolikni aniqlash uchun intervyu oʻtkazish soʻrovi. □ 1 va 2-ilovalardagi hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa-da, ularning toʻgʻriligi shubha ostida boʻlgani sababli fuqarolikni aniqlash uchun intervyu oʻtkazish soʻrovi. □ 3 va 4-ilovalarga muvofiq uchinchi davlat fuqarolarini readmissiya qilishni osonlashtirish uchun intervyu oʻtkazish soʻrovi. □ Sayohat hujjatini / favqulodda sayohat hujjatini berish toʻgʻrisida soʻrov. G. KUZATUVLAR _________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ ___________________________________________ (Imzo) (Muhr/Tamgʻa) ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ (Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi nomi) (Joy va sana) Havola: ________________________________________________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________ (Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 6-ILOVA

(Gerb) _________________________________________________________________________________________ (Joy va sana) ____________________________________________ (Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi nomi) Havola: ____________________________________________ ____________________________________________ ____________________________________________ ____________________________________________ (Soʻralayotgan Tomonning vakolatli organi nomi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimning 21-moddasiga muvofiq TRANZIT TOʻGʻRISIDAGI ARIZA Tranzit qilinayotgan shaxsga oid umumiy maʼlumotlar familiya ism Jinsi (E/A) tugʻilgan sana tugʻilgan joy 1. 2. millati sayohat hujjati raqami / turi / amal qilish muddati uchinchi davlat tarafidan berilgan viza (basharti talab qilinsa) 1. 2. Parvoz tafsilotlari reys raqami qayerdan joʻnash sanasi joʻnash vaqti qayerga kelish sanasi kelish vaqti Maxsus maʼlumotlar: Tranzit qilinayotgan shaxs kuzatuvchi xodimlar tarafidan kuzatiladimi? □ Ha □ Yoʻq Kuzatuvchilar: Tibbiy parvarish talab qilinadimi? □ Ha □ Yoʻq Basharti shunday boʻlsa, koʻrsating: Yuqumli aniqlanadigan kasalliklar bormi? □ Ha □ Yoʻq Basharti shunday boʻlsa, koʻrsating: Oldingi deportatsiya (chiqarib yuborish) urinishlari muvaffaqiyatsiz boʻlganmi? □ Ha □ Yoʻq Basharti shunday boʻlsa, sababini koʻrsating: Jinoiy sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotingiz bormi? □ Ha □ Yoʻq Basharti shunday boʻlsa, koʻrsating*: * Zarurat tugʻilganda, quyidagi “Qoʻshimcha izohlar” boʻlimidan foydalaning. Qoʻshimcha izohlar: Soʻralayotgan Tomonning qarori: Tranzitga ruxsat berildi. □ Ha □ Yoʻq Basharti ruxsat berilmasa, asoslar: Ism / imzo / sana

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimga 7-ILOVA

Yevropa Parlamenti va Kengashining 2016/1953-sonli Reglamentiga muvofiq, noqonuniy boʻlib kirgan uchinchi davlat fuqarolarini qaytarish uchun ishlatiladigan Yevropa standart sayohat hujjati namunasi

Quyidagi namuna, u qaysi tilda berilishidan qatʼiy nazar, amal qiladi:
