# “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-330-V-son)

- URL: https://neolex.uz/uz/laws/law-8574353
- lex.uz dagi asl nusxa: https://lex.uz/docs/8574351
- Sana: 08.08.2026
- Amalda
- Language: uz

> Matn manbasi: O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasidan (lex.uz) hujjatning rasmiy matni, so'zma-so'z, avtomatik yangilanadi. Yuridik kuchga lex.uz dagi nashr ega: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun u yerdagi amaldagi tahrirni tekshiring.

---

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining

qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 28-aprel kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy muddatda:

Qonun ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishini;

hukumat qarorlarining ushbu Qonunga muvofiqlashtirilishini;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga muvofiq oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot kiritsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi mazkur Qaror ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborotini koʻrib chiqib, natijalari yuzasidan ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritsin.

4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

Toshkent sh.,

2026-yil 8-avgust,

SQ-330-V-son
