Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-7-son)
22.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 5-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda) 10-moddasining birinchi qismidagi va 16-moddasining birinchi qismidagi “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
22-sentabr 2005-yil,
OʻRQ-7-son
