Baʼzi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-5-son)
15.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 8-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678–I-sonli Qonuni (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda) 5-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi, 7-moddasining birinchi qismidagi, 10-moddasining birinchi qismidagi va 17-moddasining ikkinchi qismidagi “Madaniyat ishlari vazirligi”, “Madaniyat ishlari vazirligining” degan soʻzlar tegishincha “Madaniyat va sport ishlari vazirligi”, “Madaniyat va sport ishlari vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 5-moddasi matnidagi, 7-moddasining nomi va birinchi xatboshisidagi, 12-moddasining birinchi va beshinchi qismlaridagi, 14-moddasining birinchi qismidagi, 15-moddasining ikkinchi qismidagi, 18-moddasi matnidagi, 20-moddasining oltinchi qismidagi, 21-moddasining ikkinchi qismidagi, 22-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi, 24-moddasining uchinchi xatboshisidagi, 25-moddasining birinchi qismidagi va 31-moddasining birinchi qismidagi “Madaniyat ishlari vazirligi”, “Madaniyat ishlari vazirligining”, “Madaniyat ishlari vazirligiga” degan soʻzlar tegishincha “Madaniyat va sport ishlari vazirligi”, “Madaniyat va sport ishlari vazirligining”, “Madaniyat va sport ishlari vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-sentabr,
OʻRQ-5-son
