# Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3965-son)

- URL: https://neolex.uz/uz/laws/law-8572531
- lex.uz dagi asl nusxa: https://lex.uz/docs/8565924
- Sana: 31.10.2026
- Amalda
- Language: uz

> Matn manbasi: O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasidan (lex.uz) hujjatning rasmiy matni, so'zma-so'z, avtomatik yangilanadi. Yuridik kuchga lex.uz dagi nashr ega: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun u yerdagi amaldagi tahrirni tekshiring.

---

Hujjat hali kuchga kirgan emas

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining

buyrugʻi

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 31 oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3965]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 337-son “Oʻzbekiston Respublikasida prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish va uzluksiz nazoratni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 2-iyuldagi 359-son “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq 2027-yil 12-yanvardan kuchga kiradi.

Vazir E. ADILOV

Toshkent sh.,

2026-yil 12 oktabr,

31-son

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 12-oktabrdagi 31-son buyrugʻiga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 29-apreldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3430, 2023-yil 4-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2023-y., 10/23/3430/0253-son) bilan tasdiqlangan Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 359-son “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar roʻyxatlariga kirmaydigan dori vositalari;”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3604, 2025-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 10/25/3604/0089-son) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan, shuningdek, sanoat, farmatsevtika va boshqa sohalarda qoʻllanadigan kimyoviy moddalar.”;

b) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 337-son “Oʻzbekiston Respublikasida prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish va uzluksiz nazoratni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 2-iyuldagi 359-son “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan belgilanadigan yuridik shaxslarning ehtiyoji doirasida amalga oshiriladi.”.

d) 65-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga” degan soʻzlar “davlat muassasasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
