Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1444-1-son)
16.07.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-iyulda 1444-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 28-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2005-yil 18-yanvar, roʻyxat raqami 1444) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-iyun,
13/7-son
