Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3963-son)
23.10.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3963]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son “Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-oktabr,
233-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 4-oktabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 22-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2026-yil 17-oktabrdagi 233-son buyrugʻiga ILOVA
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
