“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-277-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2560-V-son)
28.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-277-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 18-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi QL-277-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-sentabr,
2560-V-son
