Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularning ayrimlariga yangi nom berish toʻgʻrisida (587-son)
22.10.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularning ayrimlariga yangi nom berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nomi davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilgan nasos stansiyalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Yangi nom berilgan nasos stansiyalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, normativ-huquqiy hujjatlar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.
3. Suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda nasos stansiyalari nomlarining davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi hamda ularning ayrimlariga yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirishlar kiritilishini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda nasos stansiyalarida oʻrnatilgan peshlavhalar hamda axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-oktabr,
587-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi 587-son qaroriga 1-ILOVA
Nomi davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilgan nasos stansiyalarining
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi 587-son qaroriga 2-ILOVA
Yangi nom berilgan nasos stansiyalari
ROʻYXATI
