Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1123-4-son)
05.10.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1123-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23, 24-son, 168-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 28-yanvardagi 26 va 2002-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1123. Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son, 2003-yil, 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 124-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
92-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
2005-56-son
