“197-modda. Taʼlim tashkilotlariga, tarbiya muassasasiga va ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi muassasaga joylashtirish — Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1180-son)
“197-modda. Taʼlim tashkilotlariga, tarbiya muassasasiga va ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi muassasaga joylashtirish
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1180-son) · Sana: 14.10.2026 · Amalda
Voyaga yetmagan shaxslar qonunchilikka muvofiq joylashtirilishi belgilangan taʼlim tashkilotlariga, tarbiya muassasalariga va ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Voyaga yetmagan shaxslarning qonunchilikka muvofiq joylashtirilishi belgilangan taʼlim tashkilotlarida, tarbiya muassasalarida va ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarda boʻlishi tartibi va shart-sharoitlari, ulardagi oʻquv jarayonlarini va tarbiyaviy taʼsirga oid ishlarni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-263-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 5-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda; 2024-yil, № 8, 823-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan yoxud” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 12-modda:
birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining:
uchinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
5) 14-modda chiqarib tashlansin;
6) 16-modda birinchi qismining:
toʻqqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻninchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7) 171-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 19-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 20-modda birinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida” degan soʻzlar “Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 5-bob chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-378-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-445-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 509-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 9, 964-modda; 2026-yil, № 5, 497-modda) 27-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxsiga kelib tushgan hamda joyida hal etilgan ogʻzaki murojaatlarga, shuningdek xotin-qizlarga va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatchining javob xati yubormaslik haqidagi talabi mavjud boʻlgan murojaatlarga yozma javob yoki elektron shakldagi javob talab etilmaydi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-406-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 271-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 5-modda; 2024-yil, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda; 2026-yil, № 6, 626-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 22-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “va ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “va ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 27-modda ikkinchi qismining:
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshisidagi “va ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar; 2024-yil, № 12, 1291-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda; 2026-yil, № 1, 2-modda, № 4, 355-modda, № 5, 499-modda, № 8, 927-modda) 16-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
yigirma ikkinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻttizinchi xatboshidagi “yashash, tarbiyalanish va taʼlim olish uchun alohida sharoitlarga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil № 2, 193-modda, № 6, 730-modda, № 11, 1233-modda, № 12, 1321, 1329-moddalar; 2026-yil, № 6, 621-modda, № 7, 747-modda) 161-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51) bolani tarbiyalash va unga taʼlim berish borasidagi majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan taʼlim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-848-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 6, 447-modda; 2026-yil, № 4, 358-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 9-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalar — ular tegishli protsessual harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran”;
2) 11-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda koʻrsatiladi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi OʻRQ-917-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 2, 117-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 12-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 20-moddaning birinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 27-moddaning:
nomidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-oktabr,
OʻRQ-1180-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “197-modda. Taʼlim tashkilotlariga, tarbiya muassasasiga va ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi muassasaga joylashtirish Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1180-son). neolex.uz/uz/laws/law-8543240/197 (lex.uz/docs/-8537661)