Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida (O‘RQ-1181-son) · Sana: 14.10.2026 · Amalda
Taraflarning tushuntirishlari eshitilganidan va ish materiallari tekshirilganidan keyin maʼruzachi sudya ekspertning xulosasini oʻqib eshittiradi, shundan soʻng ekspertga xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida savollar berilishi mumkin.
Mutaxassisning sud majlisida bergan fikrini tushuntirish va toʻldirish maqsadida unga savol beriladi.
Taraflar raislik qiluvchining ruxsati bilan ekspertga va mutaxassisga savollar berishga haqli.
Sud majlisida raislik qiluvchi va sudyalar ekspertga hamda mutaxassisga istalgan paytda savollar berishga haqli.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-8536927
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 75-modda. Ekspertga va mutaxassisga savol berish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida (O‘RQ-1181-son). neolex.uz/uz/laws/law-8543217/75 (lex.uz/docs/-8536927)