Olimpiya va terma jamoalar sportchilari uchun tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari (0264-09-son)
23.02.2009
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
1-bob. Qoʻllanish sohasi
Ushbu gigiyenik meʼyorlarning asosiy maqsadi Oʻzbekiston olimpiya va terma jamoalarining sport salohiyatini yanada takomillashtirish, sport mahoratining uzluksiz oʻsishini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston sportchilarining 2012-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) oʻtkaziladigan XXX yozgi Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarligini va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashdan iborat.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
oziq-ovqat qoʻshimchalari — oziq-ovqat mahsulotlariga muayyan xususiyatlar berish va (yoki) ularning sifatini saqlash maqsadida tayyorlash jarayonida maxsus qoʻshiladigan tabiiy yoki sunʼiy moddalar hamda ularning birikmalari;
biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) — ovqat bilan birga isteʼmol qilish yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiritish uchun moʻljallangan tabiiy (tabiiyga oʻxshash) biologik faol moddalar;
BFQ oziq-ovqat va biologik faol moddalarning qoʻshimcha manbai sifatida, turli funksional holatlarda uglevod, yogʻ, oqsil, vitamin va boshqa moddalar almashinuvini maqbullashtirish, inson organizmi aʼzolari va tizimlarining funksional holatini meʼyorlashtirish va/yoki yaxshilash uchun qoʻllaniladi;
ovqatlanish ratsionlarining ozuqaviy qiymati — insonning zarur moddalar va energiyaga boʻlgan oʻrtacha kunlik fiziologik ehtiyojlarini qondiradigan oziq-ovqat xususiyatlari majmui;
biologik qiymat — tirik organizmga biologik taʼsir koʻrsatuvchi oziq-ovqat xususiyatlari majmui boʻlib, bunda organizmning biologik faol moddalarga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi.
3-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu gigiyenik meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud SanQvaM 0126-01-son “Professional sportchilar uchun tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari (yengil atletika)”, SanQvaM 0140-03-son “Professional sportchilar uchun tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari (kurash, erkin kurash, dzyudo, turon, rim kurashi, karate, sambo, boks va boshqa yakkakurash turlari)”, sportchilar ovqatlanishini meʼyorlash boʻyicha adabiyot maʼlumotlari asosida ishlab chiqilgan. Bu meʼyorlar maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga koʻra keyinchalik aniqlashtirilib, takomillashtirilishi lozim.
2. Tavsiya etilgan oʻrtacha sutkalik ovqatlanish meʼyorlari nettoga hisoblangan. Yaʼni, yil fasllari va xom ashyo holatiga qarab, texnologik yoʻriqnomalarda belgilangan tegishli hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
3. Boʻyi 190 sm dan baland boʻlgan sportchilarga tavsiya etilgan oʻrtacha sutkalik ovqatlanish meʼyorining 50% miqdorida qoʻshimcha oziq-ovqat nazarda tutiladi.
4. Oʻrtacha sutkalik tavsiya etiladigan ovqatlanish meʼyorlarini qoʻllashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
Ovqatlanish yuqori ish qobiliyatini saqlab qoladi, sportchi organizmining ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashish imkoniyatlarini kengaytiradi, atrof-muhitning salbiy taʼsirlaridan himoya qiladi;
Koʻp martalik mashgʻulotlar va haddan tashqari zoʻriqishli musobaqa yuklamalari sharoitida sportchi organizmida sezilarli fiziologik va biokimyoviy oʻzgarishlar yuz beradi;
Har bir sportchiga individual yondashuvga asoslangan holda, uning antropometrik koʻrsatkichlari, mashgʻulotlar jadalligi, ruhiy holati va mavjud mahsulotlarni inobatga olgan holda parhez boʻyicha tavsiyalar berish uchun taklif etilayotgan meʼyorlarga kundalik tuzatishlar kiritish zarurati;
Gumoral boshqaruvchilarning biosintezi va ularning taʼsirini amalga oshirish uchun qulay boʻlgan metabolik muhitni yaratishda oziq-ovqat moddalarining taʼsir darajasi;
Sportchining kundalik ovqatlanish ratsioni tahlili asosida asosiy oziq-ovqat moddalari tarkibining nisbiy miqdori va energetik qiymatining oʻrtacha koʻrsatkichlari.
5. Mashgʻulot bazalarida sportchilarning ovqatlanishini tashkil etishda umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga hamda oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatlariga qatʼiy rioya qilish lozim.
6. Sportchilarda siydik va ter orqali mineral moddalarning muqarrar yoʻqotilishini hisobga olgan holda, ayniqsa yozgi mavsumda, jadal jismoniy zoʻriqish sharoitida tarkibida kimyoviy qoʻshimchalar va sunʼiy xushboʻylagichlar boʻlmagan chanqoqni qondiruvchi va minerallashgan ichimliklarni isteʼmol qilish boʻyicha individual tavsiyalarni belgilash zarur.
7. Sportchilarning yuqori energiya sarfi, shuningdek, ularning organizmining vitaminlar, makro va mikroelementlar hamda almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarga boʻlgan ehtiyojining yuqoriligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan oziq-ovqat mahsulotlariga biologik faol qoʻshimchalarni (BFQ) mahsulotlar toʻplami meʼyorlariga kiritish zarurligini taqozo etadi.
8. BFQlar quyidagi vazifalarni bajarish uchun qoʻllaniladi:
mashgʻulot va musobaqalardan soʻng organizmning tiklanish jarayonlarini tezlashtirish;
suv-tuz almashinuvi va tana haroratini boshqarish;
tana vaznini muvofiqlashtirish;
sportchi mushak massasini maqsadli rivojlantirish;
musobaqa davrida kunlik ovqatlanish hajmini kamaytirish;
mashgʻulot yuklamalari yoʻnalishiga qarab yoki musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda kunlik ovqatlanish sifatini oʻzgartirish;
ovqatlanishni individuallashtirish, ayniqsa kuchli asabiy-hissiy zoʻriqishlar sharoitida.
1-jadval
Tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari oʻq otish sporti turlari uchun (stend, oʻq otish, kamondan otish), grammda netto
2-jadval
Tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari yengil atletikachilar uchun (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab sakrash, nayza, disk, bolgʻa, yadro) grammda netto
3-jadval
Yengil atletikachilarning tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari (100-200 m, 110 m toʻsiqlar osha yugurish, 400 m, 800 m, yetti kurash (ayollar), oʻnkurash (erkaklar) sof grammda
4-jadval
Yengil atletikachilar uchun tavsiya etilgan ovqatlanish meʼyorlari (yugurish 3000 m, 5000 m, yarim marafon yugurish 2000 m yugurish, 3000 m yugurish, sportcha yurish 5 km, marafon), grammda netto
5-jadval
Sportchilar uchun tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari tezkor-kuch sport turlari (sport va badiiy) gimnastika, tramplin, akrobatika), grammda netto
6-jadval
Tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari yakkakurash turlari (ogʻir atletika, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, kurash boks, qilichbozlik), gramm netto
7-jadval
Tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari sportning oʻyin turlari (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, stol tennisi, katta tennis, badminton), grammda netto
8-jadval
Tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari sportning oʻyin turlari (shaxmat, shashka) sportchilari uchun, grammda netto
9-jadval
Sportchilar uchun tavsiya etilgan oʻrtacha kunlik ovqatlanish meʼyorlari chidamlilikka (velosport, velotrek, triatlon, suzish, eshkak eshish) akademik, slalom eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish), grammda netto
1-ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzaro almashinuvchanligi normalar
