Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-375-son)
14.10.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Bolalarning ijtimoiy himoyasini ularning eng ustun manfaatlarini hisobga olgan holda kuchaytirish, zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar bilan amalga oshiriladigan tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlari jarayonida ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash va qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik holatlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida ularni qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilishga qaratilgan ilgʻor xalqaro tajriba modellarini joriy etish;
(b) jinsiy zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni soʻroq qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, yuzlashtirish va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish;
(v) protsessual harakatlarga jalb etilgan zoʻravonlikdan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga malakali yuridik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.
II. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategisida bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashishda ilgʻor xalqaro tajriba modellarini (shu jumladan, “Barnaxus” modeli) joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Samarqand shahrida “Barnaxus” modeli asosida “Najot” bolalar markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
(a) Markaz Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
(b) Markaz faoliyatini tashkil etish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning mavjud shtat birliklari hisobidan 4 ta shtat birligi ajratiladi hamda Markaz xodimlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari boshqaruv xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
(v) Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi tomonidan Markaz faoliyatiga zarur hollarda, tarjimon, maxsus pedagog (defektolog), psixiatr, reabilitolog va boshqa tor soha mutaxassislari mehnatga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etiladi;
(g) Markaz faoliyati Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 20-oktabrdan boshlab:
(a) Jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegish), 119 (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish), 121 (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 128 (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), 1281 (oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish), 129 (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) moddalarida, 135-moddasi (odam savdosi)ning uchinchi qismi “b” bandida (jinsiy jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar) hamda 1413-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish)ning ikkinchi qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarni ishni sudga qadar yuritish jarayonida soʻroq qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish va zaruratga koʻra boshqa protsessual harakatlar (keyingi oʻrinlarda — protsessual harakatlar) Markazning ixtisoslashtirilgan xonalarida amalga oshiriladi;
(b) Markazda Samarqand viloyati hududida sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha protsessual harakatlar amalga oshiriladi;
(v) bolani Markazga olib kelish va xavfsizligini taʼminlash holat aniqlangan hududdagi ichki ishlar organlari tomonidan tashkil etiladi;
(g) protsessual harakatlar Markaz psixologining xulosasi asosida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan prokuratura organining xodimi (intervyuyer) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ushbu xodim jinoyat ishi boʻyicha tergov guruhi tarkibiga kiritilgan holda jalb qilinadi;
(d) protsessual harakatlar jarayonida bolaning qonuniy vakillari va advokati, tergovchi, ekspertlar va Markazning ijtimoiy xodimi hamda psixologi ishtirok etadi;
(j) Markazda amalga oshirilgan protsessual harakatlar majburiy tartibda audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va stenogramma shakli bilan birga jinoyat ishi hujjatlariga qoʻshiladi. Olingan audio- va videoyozuvlarni Markazda saqlash, uchinchi shaxslarga berish hamda har qanday shaklda tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(z) Markazda audio- va videoyozuv vositasida qayd etilgan protsessual harakatlar jinoyat ishi boʻyicha dalil deb eʼtirof etiladi hamda bolani sudga chaqirmasdan sud muhokamasida qoʻllanilishi mumkin;
(i) jabrlanuvchi bolaning qonuniy vakilining ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki ularning yaqinlari va himoyachilari bilan bevosita uchrashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. 2027-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarga bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi.
6. Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi:
(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
(i) Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrida bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlarning alohida roʻyxati yuritilishini taʼminlasin;
(ii) vakolatli organlar soʻrovlari asosida Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻysin;
(b) 2026-yil yakuniga qadar har bir hududdan kamida 10 nafar advokat xalqaro standartlar asosida bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus dasturlarga muvofiq oʻqitilishini taʼminlasin. Bunda qoida tariqasida ayol advokatlarga ustuvorlik berilishiga eʼtibor qaratilsin.
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Belgilansinki:
(a) “ishonch telefoni” bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga oid murojaatlarni tezkor qabul qilish va tegishliligi boʻyicha yoʻnaltirish maqsadida “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi;
(b) “ishonch telefoni” orqali qabul qilingan murojaat tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organiga yoʻnaltirilgan taqdirda, ushbu davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda majburiy tartibda koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha maʼlumot murojaat etuvchiga (uning qonuniy vakiliga), Ijtimoiy himoya milliy agentligiga hamda tegishli prokurorga taqdim yetiladi.
9. Bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev va ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov belgilansin.
11. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-oktabr,
PQ-375-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-375-son qaroriga ILOVA
Bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish1.Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni “Najot” bolalar markaziga yoʻnaltirish hamda tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov jarayonida ular bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirishni tashkillashtirish tartibini ishlab chiqish.Idoralararo qoʻshma qaror2026-yil oktabrBosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy sud2.“Najot” bolalar markazida zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga xizmat koʻrsatish standartini ishlab chiqish.Standart loyihasini ishlab chiqish2026-yil oktabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi3.“Najot” bolalar markazi xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan dastur asosida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish va malakasini oshirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabr — dekabrIjtimoiy himoya milliy agentligi4.Samarqand viloyatida kamida 2 nafardan prokuratura organining xodimi (intervyuyer sifatida), sud-tibbiy ekspertizasini amalga oshiruvchi mutaxassis, sudya va tergovchilarni xalqaro standartlarga asoslangan dastur asosida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish.Bunda maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazishda ayol xodimlarga ustuvorlik berilishiga eʼtibor qaratish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabr — dekabrBosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy sud5.Samarqand viloyati Samarqand shahar sudi binosida bolalar uchun ixtisoslashgan xona tashkil etish. Ushbu xonani bolalarning yoshi va ruhiy holatini inobatga olgan holda moslashtirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrOliy sud6.Ijobiy natijalarini inobatga olgan holda “Najot” bolalar markazi namunasidagi markazlarni respublikaning qolgan hududlarida tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.Axborot tahliliy maʼlumotnoma2028-yil dekabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Bosh prokuratura,Ichki ishlar vazirligi,Oliy sudII. Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh boʻlgan bolalarga huquqiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish7.Vakolatli organlar soʻrovlari asosida jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlash. Bunda:a) Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish hamda unda vakolatli organlar soʻrovlari asosida protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan zoʻravonlikdan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlash tartibini kiritish;b) “Yuridik yordam” axborot tizimida vakolatli organlar soʻrovlari asosida protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan zoʻravonlikdan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlash imkoniyatini yaratish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish2026-yil dekabrAdliya vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarIII. “Ishonch telefoni” faoliyatini tashkil etish8.Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrIjtimoiy himoya milliy agentligi9.Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning murojaatlarini tegishliligi boʻyicha prokuratura, sogʻliqni saqlash yoki ichki ishlar organlariga yoʻnaltirish (standart operatsion) tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.Idoralararo qoʻshma qaror2026-yil oktabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Ichki ishlar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi10.“1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Ijtimoiy himoya milliy agentligi11.Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni” media targʻibotini amalga oshirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrIjtimoiy himoya milliy agentligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
