Tamaki mahsulotlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0259-08-son)
27.11.2008
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur gigiyenik talablar “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi va “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur gigiyenik talablar respublikada ishlab chiqariladigan hamda xorijdan olib kelinadigan tamaki mahsulotlarining barcha turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
1.3. Tamaki mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya norma va qoidalariga rioya etilgan holda retsepturalar hamda texnologik yoʻriqnomalar boʻyicha standartlar talablariga muvofiq tayyorlanishi lozim.
1.4. OʻzR 082-98-sonli SanQvaM “Tamaki mahsulotlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. SIGARETALAR SIFATIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
2.1. Sigaretalar va oʻramlarning tashqi koʻrinishi nuqsonlarni baholashning balli tizimi boʻyicha aniqlanadi. Nuqsonlar ballarining umumiy yigʻindisi 130 dan oshmasligi kerak.
2.2. Namligi — 13±2%.
2.3. Diametri 0,55 mm boʻlgan elakdan oʻtadigan mayda tamaki fraksiyasining miqdori: atsetat filtrli 1-2-sinflar uchun — koʻpi bilan 2,5%; filtrli va filtrsiz 3-4-sinflar uchun — koʻpi bilan 3%; 5-sinf uchun — koʻpi bilan 3,5%; 6-sinf uchun — koʻpi bilan 4,0%; 7-sinf uchun — koʻpi bilan 4,5% boʻlishi kerak.
2.4. Filtrlovchi mundshtukning uzunligi kamida 15 mm boʻlishi kerak (filtrli sigaretalar uchun).
2.5. Filtrsiz sigaret tutunidagi qatronlar miqdori bir sigaret uchun 16 mg dan, filtrli sigaret tutunidagi qatronlar miqdori esa bir sigaret uchun 14 mg dan oshmasligi kerak.
2.6. Filtrsiz sigaret tutunidagi nikotin miqdori bir sigaret uchun 1,3 mg dan, filtrli sigaret tutunidagi nikotin miqdori esa bir sigaret uchun 1,2 mg dan oshmasligi kerak.
2.7. Radionuklidlar miqdori, Bk/kg, koʻpi bilan:
seziy-137 — 100;
stronsiy-90 — 30.
2.8. Tamakidagi mogʻor miqdori (KHM/g) 100 dan oshmasligi kerak.
2.10. Sigaret qutisida OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining "Sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: "Chekish sogʻliq uchun xavfli" degan ogohlantiruvchi yozuvi boʻlishi kerak.
2.11. Tashqi koʻrinish, namlik, mayda fraksiya miqdori, qatron va nikotinni sinovdan oʻtkazish usullari — OʻzDSt 1148:2008, ISO 10315, ISO 4387 va GOST 3935 boʻyicha.
2.12. Mogʻor va radionuklidlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan usullar boʻyicha tekshiriladi.
2.13. Sigaretlar va tamaki mahsulotlari tarkibida aromatizatorlar va boshqa qoʻshimchalardan foydalanishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruxsati bilan toksikologik-gigiyenik baholashdan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
3. TAMAKINING QAYTA ISHLANGAN TURLARIGA (HIDLAMA TAMAKI, FERMENTLANGAN, MAYDALANGAN TAMAKI) GIGIYENIK TALABLAR
3.1. Namlik darajasi 13±2%.
3.2. Xavfsizlik mezonlari (isteʼmolga tayyor mahsulot uchun):
Izoh: qoldiq miqdorlar va xomashyo ishlab chiqarishda qoʻllanilgan pestitsidlarni nazorat qilish zarur.
