“Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-312-V-son)
09.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 7-aprel kuni qabul qilingan “Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini ko'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ma'qullansin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran ikki оу muddatda:
hukumat qarorlarining ushbu Qonunga muvofiqlashtirilishini;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga muvofiq o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin;
amalga oshirilgan ishlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot kiritsin.
3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Budjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi mazkur Qaror ijrosi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborotini ko'rib chiqib, natijalari yuzasidan ikki hafta muddatda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyul,
SQ-312-V-son
