Fuqaro aviatsiyasi havodagi harakatni boshqarish boʻyicha dispetcherlar mehnatini tashkil etish va sharoitlariga sanitariya-gigiyena talablari (0363-18-son)
20.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari
1. Umumiy qoidalar va qoʻllanilish doirasi
1.1. Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, 2015-yil 26-avgustdagi OʻzRQ-393-sonli “Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, OʻzRQ-410-sonli 2016-yil 22-sentabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari havodagi harakatga xizmat koʻrsatish (boshqarish) bilan band boʻlgan (bundan buyon — HHB dispetcherlari) dispetcherlariga optimal mehnat sharoitlarini yaratish va salomatlik buzilishi xavfini kamaytirish, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti omillarini, noqulay boʻlgan taʼsirlarni oldini olishga yoʻnaltirilgan va havodagi harakatini boshqarish boʻyicha dispetcherlik punktlari xonalarini loyihalashtirilishi, ekspluatatsiya qilinishi, qurilishi va rekonstruksiya qilinishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga, davlat va boshqa organlar uchun moʻljallangan.
1.3. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari HHB dispetcherlari uchun mehnat jarayonini va profilaktikaga oid tadbirlarni tashkil etish, mehnat sharoitlariga asosiy gigiyenik talablarni belgilaydi.
1.4. Ish beruvchilar HHB dispetcherlarining mehnatini tashkil etish boʻyicha ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga muvofiq sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari talablarini bajarishi va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash boʻyicha sanitariya-gigiyena tadbirlarini, hamda mehnat sharoitlariga bogʻliq, umumiy va kasb faoliyatiga oid kasalliklarni oldini olish maqsadida xodimlarni maishiy xizmati va dam olishi, mehnat rejimi, ish joyini tashkil etish, jihozlar va ishlab chiqarish jarayonlariga Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy normativlarini amalga oshirishi shart.
2. HHB dispetcherlarining mehnat sharoitlari va ish joylarini tashkil etishga gigiyenik talablar
2.1. Dispetcherlik punktlarining xonalariga talablar
2.1.1. Dispetcherlik punktlarini ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy xonalarini hajm-planlashtirish va konstruktiv yechimlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlariga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
2.1.2. HHB dispetcherlari uchun moʻljallangan dispetcherlik punktlari video displeyli terminallar (bundan buyon — VDT) bilan jihozlangan, xonalardagi ish joylari esa gigiyenik talablarga javob beradigan darajada tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi shart.
2.1.3. Dispetcherlik punktlarining xonalarida qulay mehnat sharoitlarini taʼminlash maqsadida, ularni samarali oqma-soʻrma ventilyatsion (shamollatish) yoki havoni konditsiyalash hamda isitish tizimlari bilan jihozlash kerak.
2.1.4. Dispetcherlik punktlarining tovush izolyatsiyasi gigiyenik talablarga javob berib, HHB dispetcherining ish joyida shovqinning meʼyoriy parametrlarini taʼminlashi kerak.
2.1.5. Dispetcherlik punktlarini qurilishida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan materiallardan (laklar, boʻyoqlar, polimer materiallari va h.k. ) foydalanish kerak.
2.1.6. Dispetcherlik punktlari xonalarining ichki interyerlarini pardozlanishida diffuz aks etuvchi materiallar koʻllanishi bilan aks etish koeffitsiyenti: shift — 0,7-0,8; devorlar — 0,5-0,6; pol uchun — 0,3 — 0,5 boʻlishi kerak.
2.1.7. HHB dispetcherlari xonalarining rang berishga oid bezatilishi ishlab chiqarish binolari interyerlarini rang berish otdelkasi (pardozlanishi) loyihasiga muvofiq bajarilishi kerak.
2.1.8. Dispetcherlik punktlari xonalarining pol qoplamasi namlikka bardoshli, tozalashga qulay, oʻzi tekis va sirgʻanchik boʻlmagan, antistatik xususiyatlarga ega boʻlgan materiallardan boʻlishi kerak.
2.1.9. Sanitariya-maishiy xonalarning tarkibi texnologik asoslar va talablar boʻyicha korxonada ishlovchilarning (korxona ixtiyoridagi yoʻriqnomalar, meʼyorlarga asosan) va smenada ishlovchilarning (eng koʻp sonli smena boʻyicha yoki smenaning bir qismi boʻyicha) soniga muvofiq amaldagi meʼyorlarga asosan belgilanadi.
2.2. Ish joyiga talablar
2.2.1. HHB dispetcherining ish joyini tashkil etishda, video displey terminallari bilan jihozlangan ish joylariga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2.2.2. HHB dispetcherining oʻtirgan holda ishni bajarishi uchun ish joyining jihozlanishi ergonomik talablarga javob berishi kerak.
2.2.3. VDT bilan jihozlangan, HHB dispetcherlarining ish joylariga boʻlgan gigiyenik talablar:
VDT bilan bitta ish joyining maydoni 6 m2 dan kam boʻlmagan, hajmi esa 20,0 m3 dan kam boʻlmagan holda boʻlishi kerak;
VDT oʻrnatilgan xonalardagi derazalar jalyuzi turidagi boshqariluvchi moslamalar, pardalar, yorugʻlikni tarqatuvchi qalin darparda va boshqa zaruriyat boʻlganda shovqindan va koʻzni qamashtiruvchi yaltiroq narsalardan himoyalash, VDT bilan normal ishlash sharoitini taʼminlovchi va muomalada qulay boʻlgan boshqa materiallar bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
ish hujjatlarini va materiallarni saqlash uchun shkaf, seyf va stellajlar ishlash uchun qulay boʻlgan joylarga joylashtiriladi, yetarlicha maydon boʻlmaganda esa maxsus xonada joylashtirilishi mumkin;
VDT bilan jihozlangan HHB dispetcherining ish joyini tashkil etishda, dispetcherning asosiy ish holati, mehnatni tashkil etish shakli, texnik vositalarni jamlanganligi xamda bajariladigan faoliyat xarakterining hisobi bilan ergonomik talablarini oʻzaro bogʻliqligida va ish joyini (oʻrindiq, boshqaruv organlari, maʼlumotlarni aks ettirish vositalari va h.k.) barcha elementlardagi konstruksiyalar bilan muvofiqlikda taʼminlash zarur.
2.2.4. Ish stoli (pulti)ga boʻlgan gigiyenik talablar:
ish stoli (pulti)ning konstruksiyasi ish sathida zarur boʻlgan komplekt jihozlari, uning soni va konstruktiv oʻziga xos xususiyatlari (VDT oʻlchami, klaviaturasi, aloqa priborlari, telefonlar va h.k.) va hujjatlarni hisobga olib, bajariladigan ish xarakteriga bogʻliq ravishda optimal joylashgan boʻlishi kerak. Turli xil konstruksiyadagi, zamonaviy ergonomik talablarga javob beradigan ish stollaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
stol (pult)ning ish sathini balandligi 680 — 800 mm. chegarasida joylashtirilishi, bunday imkoniyat boʻlmasa, stolning ish sathini balandligi 680 mm. dan kam boʻlmasligi kerak. Ish stoli sathining balandligidagi ish moslamalari, oʻtirgan holatda ularga yengillik bilan yetadigan, mustahkam fiksatsiya va erkin boshqarishni taʼminlashi kerak;
konstruktiv oʻlchamlar asosida hisoblangan, ish stoli sathining modul oʻlchamlari — kengligi 1200 mm; chuqurligi 800 — 1000 mm. dan kam boʻlmasligi kerak;
videomonitor (displey) ekrani HHB dispetcherining koʻzi uchun optimal masofada (optimal masofa 600 — 700 mm), lekin 500 mm dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak;
kirish-chiqish maʼlumotlari moslamalarini joylashtirilishi ekranni optimal koʻrinishini taʼminlashi kerak;
texnologik dastgohlarni qoʻl bilan boshqarish moslamalari, boshqarishga qulay, motor maydoni zonasida joylashtirilishi, yaʼni: balandligi boʻyicha — 900 — 1300 mm, chuqurligi boʻyicha — 400 — 500 mm kerak;
ish stolida oyoq uchun boʻshliq boʻlib, balandligi 600 mm dan, kengligi — 500 mm dan, tizza sathi chuqurligida — 450 mm dan va oyoqlarni uzatish darajasidan — 650 mm dan kam boʻlmagan masofada boʻlishi kerak.
2.2.5. Dispetcherlik kreslosiga talablar:
ish harakatlari erkinligini taʼminlovchi va mehnat jarayonining sharoitlari, xarakteriga javob beradigan kreslolar turini tanlash, ergonomik talablardan kelib chiqqan holatda amalga oshiriladi;
HHB dispetcheri kreslosining konstruktiv va pardozlash materiallari mustahkam, olovbardosh, notoksik boʻlishi kerak. Oʻrindiq, suyanchiq, tirsakqoʻygich va boshqoʻygich qoplamalari havo oʻtkazmaydigan, elektrlanmaydigan, namlikni oʻziga tortmaydigan yumshoq materiallardan tayyorlanishi kerak;
kreslo toliqish rivojlanishini oldini olish va qoʻl-oyoqlarda qon aylanishi buzilishini istisno qilish uchun, bel va yelka-boʻyin sohasidagi mushaklarni statistik kuchlanishini pasaytirish maqsadida gavda holatini oʻzgartirish uchun sharoitlarni yaratish, mehnat sharoiti jarayonida HHB dispetcherining gavda ish holatini fiziologik ratsional saqlanishini taʼminlashi kerak;
kreslo koʻtarib-aylanadigan boʻlib, balandligi, suyanchiq va oʻrindiqni qiyalik burchagi hamda oʻrindiqni oldi qirrasi va suyanchiq oraliq masofasi boʻyicha sozlana oladigan boʻlishi kerak. Kresloning har bir parametrining sozlanishi mustaqil, yengil bajariladigan va mustahkam fiksatsiyaga ega boʻlishi kerak;
oʻrindiq sathi 400 mm. dan kam boʻlmagan kenglik va chuqurlikka ega boʻlishi, orqaga 5° gacha, oldinga 15° gacha ogʻish burchagi oʻzgarishini ehtimoli nazarda tutilgan boʻlishi va oʻrindiq sathi balandligi esa 400 dan 550 mm gacha oraliqda sozlanishi hamda oʻrindiqni oldingi sathining qirrasi dumaloqlangan shaklga ega boʻlishi kerak;
tayanch suyanchiq sathi 300 ± 20 mm balandlikka ega boʻlishi, 380 mm dan kam boʻlmagan kenglikka va gorizontal tekislik yassiligining egilganlik radiusi — 400 mm; suyanchiq vertikal yassiligining egilish burchagi 0° ± 30° gacha chegarada sozlanishi kerak. Suyanchiq va oʻrindiqning oldi qismi oraligʻi esa 260 dan 400 mm gacha sozlanishi kerak;
tirsakqoʻygichni uzunligi 250 mm dan kam boʻlmagan, kengligi — 50 — 70 mm boʻlishi kerak.
2.2.6. Oyoq tagiga qoʻyiladigan taglikka boʻlgan talablar:
oyoq tagiga qoʻyiladigan taglik 20° gacha tayanch ogʻish burchagi va 150 mm meʼyoridagi balandlik boʻyicha sozlanishi lozim;
taglikning tayanch sathining kengligi 300 mm dan kam boʻlmasligi, chuqurligi — 400 mm dan kam boʻlmasligi kerak;
oyoq tagiga qoʻyiladigan taglikning sathi taram-taram boʻlishi kerak. Oldingi qirrasi boʻyicha 10 mm balandlikda boʻrtik boʻlishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
2.2.7. Displeyga boʻlgan talablar:
HHB dispetcherining ish joyidagi displey bosh holatini (boshni koʻtarish yoki tushirish) oʻzgarishini zaruriyatisiz, undagi tasvirni har qanday qismidan farqlay oladigan darajada joylashtirilishi kerak;
dispetcher tomonidan ekranni kuzatish burchagi gorizontal yoʻnalishga nisbatan qarashi 30° dan oshmasligi kerak;
displey konstruksiyasi berilgan holatning fiksatsiyasi bilan ± 30° meʼyorida vertikal oʻqi atrofida gorizontal tekislikda gavdani aylanishi yoʻli bilan frontal ekranni kuzatish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
2.2.8. HHB dispetcherlarining ish joylarida oʻrnatilgan asboblar, dastgohlar, EHM va boshqa narsalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlariga muvofiq boʻlishi kerak.
2.3. Ish joyini yoritilganligi
2.3.1. HHB dispetcherlari uchun ishlash xonalarining tabiiy yoritilganligi yorugʻlik oʻrinlari orqali va aralash yoritish 3,0% dan kam boʻlmagan, yon tomonidan esa — 1,2 % kam boʻlmagan tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentini (TYOK) taʼminlanishi kerak.
2.3.2. Dispetcherlik xonalarining sunʼiy yoritilishi aralash yoki umumiy yoritish sistemasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Ular ish joyi sathini koʻzni qamashtiruvchi shuʼlani yuzaga kelishini yaratishi kerak emas. Mahalliy yoritish uchun moʻljallangan yoritgichlar turli xil yoʻnalishlar oriyentatsiyasida oʻzgarishi va yoritishni koʻpaytirish va kamaytirish imkoniga ega boʻlishi kerak. Toʻgʻridan toʻgʻri yorugʻlik oqimini koʻzga tushishi va koʻzni qamashtirish aksidan himoya qiluvchi yoritish armaturasiga ega boʻlishi kerak.
2.3.3. HHB dispetcherining ish hujjatlarini joylashtirish zonasida stol (pult)ning sathini yoritilganligi 300 — 500 lk, videomonitor ekrani — 200 lk; klaviatura — 400 lk ni tashkil etishi kerak.
2.3.4. Gazrazryadli lampalarda yuzaga keluvchi yoritish pulsatsiyasi koeffitsiyentining kattaligi 10% dan oshmasligi kerak.
2.3.5. Yoritilganlik darajasi uchun nazorat meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2.4. Ish zonasining mikroiqlimi va havosiga boʻlgan talablar
2.4.1. Dispetcherlik punktlaridagi ishlab chiqarish xonalari HHB dispetcherlarining ish joylarida, ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi gigiyenik talablarga muvofiq optimal koʻrsatkichlarni taʼminlashi lozim: yilning sovuq davrida havo harorati 22 — 24 °S, issiq davrida esa — 25 — 27 °S, yilning fasliga bogʻliq boʻlmagan ravishda nisbiy namlik — 40 — 60 %, havo harakatining tezligi — 0,1 m/s dan yuqori boʻlmasligi kerak.
2.4.2. Ish joylarida mikroiqlimni optimal darajada taʼminlash davrida, havo harorati balandlik va gorizontal yoʻnalish boʻyicha 3 °S gacha oʻzgarishi mumkin, smena davomida esa 4 °S gacha ruxsat beriladi, shu bilan birga havo harorati yoʻl qoʻyiladigan meʼyoridan chetlanishi mumkin emas.
2.4.3. HHB dispetcherlarining ish zonasida havodagi ijobiy va salbiy aeroionlarning tarkibi yashash, jamoat va ishlab chiqarish binolarida ionizatsiya darajasini yoʻl qoʻyilgan sanitariya normalariga muvofiq boʻlishi kerak (1-jadval).
2.4.4. Ish joylaridagi ish zonasida havodagi kimyoviy zararli moddalarning tarkibi amaldagi GOSTlar, hamda OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
2.5. Shovqin, vibratsiya, infratovush
2.5.1. HHB dispetcherlarining ish joylarida shovqin, ishlash jarayoni keskinligini hisobi, bilan ekvivalent darajasi boʻyicha 60dBA dan oshmasligi kerak.
2.5.2. HHB dispetcherlarining ish joylarida infratovush darajasi, ish joylarida infratovush sanitariya normalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak (2-jadval).
2.5.3. Vibratsiya korreksiyalangan normativ va korreksiyalangan ekvivalent koʻrsatgichlari boʻyicha-vibrotezlik 75 dB va vibrojadallik — 33 dBdan oshmasligi kerak.
2.6. Ionizatsiya nurlanishini va ionizatsiya qilinmaydigan elektromagnit nurlanishlarini va maydonlarini yoʻl qoʻyiladigan parametrlari
2.6.1. Rentgen nurlanishining ekvivalent dozasini quvvati ekran sathidan va asbob korpusining har bir tomonidan 10 sm masofada 1 mkZv/soat dan oshmasligi kerak.
2.6.2. HHB dispetcherining ish joyidagi elektrostatik maydon darajasi elektrostatik maydonida yoʻl qoʻyiladigan kuchlanishi sanitariya-gigiyenik normalariga muvofiq boʻlishi kerak. Ish kuni davomida xodimlarning ish joylarida elektrostatik maydonlarni kuchlanishini yoʻl qoʻyiladigan darajasi 20 kV/m ga tenglashtirilgan. Elektrostatik maydonining kuchlanishi 20 kV/m dan kam boʻlsa elektrostatik maydonlarda boʻlish vaqti reglamentlanmaydi.
2.6.3. Videomonitor sathining atrofidagi 50 sm masofada, elektromagnit maydonining elektrga oid kuchlanishi quyidagilardan ortiq boʻlmasligi kerak:
5 Gs-2 KGs — 25 V/m diapazon chastotasida;
2 KGs-400 KGs 2,5 V/m diapazon chastotasida;
2.6.4. Ish kuni davomida (8 soat) HHB dispetcherlarining ish joylarida 300 KGs dan 300 MGs gacha diapazon chastotasida elektromagnit maydoni (EMM) kuchlanishi quyidagi (PDU) qiymatlaridan oshmasligi kerak:
Elektrga oid, V/m:
0,06 dan 3 MGs gacha chastota uchun — 50;
3 MGs dan 30 MGs 30 gacha chastota uchun — 30;
30 MGs dan 300 MGs gacha chastota uchun — 10;
Magnitga oid, A/m, tarkib boʻyicha:
0,06 dan 3 MGs gacha chastota uchun — 5;
8 soatlik ish uchun ish joylarida PDU 300 MGs dan 300GGs gacha chastota diapazonlarida energiya oqimi zichligi boʻyicha 25 mkVt/sm2 ni tashkil etadi. Boshqa vaqtinchalik ish rejimlarida, PDU formula boʻyicha taʼsir koʻrsatish vaqti va yoʻl qoʻyiladigan energetik yuklanishlardan kelib chiqib aniqlanadi:
unda: EEppepdu — 200 mkVt/sm2 dan tashkil topgan, ish kuni davomida energetik yuklanishni oxirgi yoʻl qoʻyiladigan qiymati, T-taʼsir koʻrsatish vaqti.
3. Mehnat qilish va dam olish rejimlarini tashkil etishga boʻlgan gigiyenik talablar
3.1. HHB dispetcherlarini mehnat qilish va dam olish rejimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa amaldagi normativ huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
3.2. HHB dispetcherlarining ishi muntazam dam olish kunlari, ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini taʼminlovchi va smenali jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
3.3. Ish smenasi davomida HHB dispetcherlarini salomatligini va ishga layoqatliligini optimal taʼminlash uchun, oʻz ichiga ish vaqtini oladigan reglamentlangan tanaffuslar oʻrnatilishi zarur. Ish smenasi davomidagi reglamentlangan tanaffuslarning davomiyligi va vaqti, smena davomiyligi va ish keskinligi, ogʻirlik toifasiga bogʻliq ravishda belgilanishi lozim.
3.4. Videodispley terminali bilan jihozlangan, dispetcherlik pulti bilan bevosita havodagi harakatni boshqaruvchi dispetcherlarga, ikki soatlik uzluksiz ishidan keyin 15 daqiqadan kam boʻlmagan davomiylikda reglamentlangan tanaffus beriladi.
3.5. HHB dispetcherlariga tungi smena vaqtida, qoida boʻyicha ish boshlangandan soʻng 4 soat vaqt oʻtib, maxsus jihozlangan xonada bir soatlik tanaffusni berilishini nazarda tutish zarur.
3.6. HHB dispetcherlarini dam olish xonalari gigiyenik talablarga, shu jumladan, mikroiqlim va shovqin meʼyoriy koʻrsatkichlariga javob berishi kerak. Derazalar tovush yutish moslamalari va pardalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
3.7. Asab-hayajonlilik keskinligini, gipodinamiya va gipokineziya salbiy taʼsirini, koʻrish faoliyatini toliqishini oldini olish uchun, reglamentlangan tanaffuslarda kompleks jismoniy mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir (1, 2, 3 va 4-ilovalar).
3.8. HHB dispetcherining ishi jarayonida, faoliyat turini oʻzgartirgan xolda, noqulay monoton taʼsirni pasaytirish mumkin.
3.9. Ishni tugash va keyingi kunni (smenani) boshlanishi oʻrtasidagi har kunlik dam olish vaqti 12 soatdan kam boʻlmasligi kerak.
4. Davolash — profilaktika tadbirlarini tashkil etishga boʻlgan talablar
4.1. HHB dispetcherlari mehnat sharoitlari bilan bogʻliq kasallikni yuzaga kelishini oldini olish maqsadida belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
4.2. Oʻtkazilgan tibbiy koʻrik natijalari va mehnat faoliyatini oʻziga xosligini inobatga olib, HHB dispetcherlari uchun davolash-profilaktik va sogʻlomlashtiruvchi tadbirlar olib boriladi.
4.3. Ayollarni homiladorligi aniqlangan vaqtdan boshlab va farzandini koʻkrak orqali oziqlantirishi davrida video displey terminali bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
4.4. Ish joylarida, video displey terminal va orgtexnikalar bilan jihozlangan xonalarda chekish qatʼiyan man etiladi.
4.5. HHB dispetcherlarga ovqatlanish xonasi tashkil etilib, taomlarni isitish uchun moslama bilan jihozlangan hamda ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
1-ILOVA
Psixofiziologik yengillanish
Psixofiziologik yengillashishni oʻtkazilishi vaqtida autogen mashgʻuloti usulini baʼzi bir elementlarini kiritilishi tavsiya qilinadi.
Bu usul murakkab boʻlmagan, soʻz bilan oʻzini oʻzi ishontirish jismoniy mashqlari va ruhan oʻzini boshqarish bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan kompleks usullarni qoʻllash bilan ongli ravishda asoslangan usuldir; bu vaqtda eng muhim diqqat mushaklarni boʻshashish (relaksatsiya) mahoratini egallashga qaratiladi.
Tavsiya qilinadigan seansda tiklanish jarayoni fazalariga muvofiq,
3 ta davr ajralib turadi.
1-davr — xodimlarni ishlab chiqarish sharoitidan chalgʻitish.
Bu davr ortgan hayajonlanish fazasiga toʻgʻri keladi. Bu vaqtda sokinlik bilan xushohang musiqa yangraydi, qushlarni sayrashi eshitiladi. Psixofiziologik yengillashishda xonaning interyeri va rangiga oid jihozlanishi muhim ahamiyatga ega boʻladi. Gavdaning qulay boʻlgan vaziyatini egallab, xodimlar ruhan tayyorlanadi va moslashadi.
2-davr — xotirjamlanmoq — tormozlanishni (toʻxtashni) tiklash fazasiga muvofiq. Bu davr uchun gullayotgan maysazorlarni, qayinzorlarni, sokin hovuz sathini va h.k., fotoslaydlarni proyeksiyalash taklif qilinadi. Naushniklar orqali sokin musiqa eshittiriladi, uning fonida autogen mashqlari talaffuz qilinadi:
men toʻliq boʻshashdim, xotirjamman (3-marta),
mening nafas olishim ravon, xotirjamman (3-marta),
mening tanam ogʻir, issiq, boʻshashgan, men mutlaqo boʻshashganman, peshonam muzdek, boshim yengil (3-marta).
Ifoda xotirjam, sekin, asta talaffuz qilinadi. Funksional yoritish sifatida yashil rang qoʻllaniladi. Vaqt mobaynida yorugʻlik ravshanligi asta-sekin kamayib boradi, oxirida esa yorugʻlik 1-2 daqiqaga oʻchiriladi. Ekran ham oʻchadi.
3-davr — aktivlashish — yuqori hayajonlanish fazasiga muvofiq. Hayajonlanish xarakterida — oʻzgaruvchan qizil rangli yoritilish, tetik musiqa, quyidagi autogen mashgʻulot tadbirlari qoʻllaniladi:
(chuqur nafas olish, uzun chuqur nafas chiqarish) men bardam, sogʻ, xursandman, mening kayfiyatim yaxshi (3-marta),
(chuqur nafas olish, uzun chuqur nafas chiqarish) men energiyaga toʻlaman, men harakat qilishga tayyorman (3-marta).
Bu davrning boshida yorugʻlik oʻchirilgan, undan keyin ekranda qizil dogʻ paydo boʻlib, unda ravshanlik asta-sekin ortib boradi. Davr oxirida tetik musiqa yangraydi.
Bunday seanslar ikki sikldan iborat boʻlishi mumkin. Bunday hollarda musiqiy joʻrlik 10 daqiqa davomida yagona dastur boʻyicha oʻtkaziladi.
Bir qator psixofiziologik yengillashuv hollarida musiqiy dasturlar fonida dam olishga, yaxshi kayfiyat va yakuniy bosqichda tetiklikka chaqiruvchi iboralar yangraydi.
Psixofiziologik yengillashuv seanslari alohida shovqinsiz xonada oʻtkazilib, unda havo muhiti optimal darajada va sunʼiy yoritilishi yoyma yorugʻlik tarqatuvchi manbalari orqali tashkil etilishi kerak. Dam oluvchilar qulay boʻlgan kreslolarga joylashadilar.
Psixofiziologik yengillashuv seanslaridan soʻng xodimlarning charchash hissi kamayadi, tetiklik, yaxshi kayfiyat seziladi.
Umumiy holat sezilarli darajada yaxshilanadi.
2-ILOVA
Umumiy taʼsir koʻrsatuvchi jismoniy daqiqa
1. Dastlabki holat — rostlanib, oyoqlar kenglikda qoʻyiladi 1 — qoʻl orqaga. 2-3 — qoʻllar tomonlarga va yuqoriga, oyoq uchiga turish. 4 — yelka qismini boʻshashtirib, oldinga bir oz egilib qoʻllar pastga. 4-6-marta qaytarilsin. Sekinlik tempi bilan.
2. Dastlabki holat — rostlanib, oyoqlar kenglikda qoʻyiladi, qoʻllar oldinga bukilgan, panjalar mushtlangan. 1 — gavdani chapga aylantirish bilan oʻng qoʻl bilan oldinga “zarba”. 2-dastlabki holat, 3-4 shuning oʻzi, boshqa tomonga. 6-8-marta qaytarilsin.
3. Dastlabki holat — rostlanib, oyoqlar kenglikda qoʻyiladi, qoʻllar oldinga. 1 — gavdani oʻng tomonga aylantirish, oʻngga chap qoʻl bilan siltash, oʻngi bilan orqa belga. 2 — dastlabki holat, 3-4 — shuning oʻzi boshqa tomonga.
Mashqlar qoʻl va oyoqlar kengligida, dinamiklik bilan bajariladi.
6 — 8-marta qaytarilsin. Tezlik tempi bilan.
4. Dastlabki holat — rostlanib, oyoqlar kenglikda qoʻyiladi, qoʻllar belda. 1 — 3 — belgacha oldingi holatni saqlab, tos suyagi bilan oʻngga 3-marta prujinadek yigʻilib — choʻzilib harakatlanish.
4 — dastlabki holat. Har tomonga 4 — 6-marta takrorlanadi. Oʻrtacha tempda. Nafas olishni toʻxtatmasdan.
4 ta variantdan ikkitasi bajarilsin.
3-ILOVA
Koʻz uchun kompleks mashqlar
1. Koʻz mushaklarini qattiq kuchlab, koʻzlar yumilsin, 1 — 4 hisobdan soʻng, koʻzlar ochilsin, koʻz mushaklarini boʻshashtirib, 1 — 6 hisobiga uzoqqa qarash. Mashq 4-5-marta takrorlansin.
2. Ikki koʻz oʻrtasiga qarash va 1 — 4 hisobiga nigohni bir oz ushlab turish.
Koʻzni charchashga olib bormaslik. Undan keyin koʻzni ochib, 1 — 6 hisobiga uzoqqa qarash. Mashq 4-5-marta takrorlansin.
3. Diagonal boʻyicha nigoh tezlik bilan oʻtkazilsin: oʻngga yuqoriga — chapga pastga, keyin 1 — 6 hisobga toʻgʻriga uzoqqa, keyin chapga yuqoriga — oʻngga pastga 1 — 6 hisobiga uzoqqa qarash. Mashq 4-5-marta takrorlansin.
4. 1 — 4 hisobga koʻz mushaklari kuchlanmasdan koʻzlar yumilsin, koʻzlar keng ochilsin va 1 — 6 hisobga uzoqqa qaralsin. Mashq 4-5-marta takrorlansin.
5. Boshni burmasdan (bosh toʻgʻriga), sekinlik bilan aylanma harakat qilish kuz bilan yuqoriga — oʻngga — pastga — chapga va aksincha boshqa tomonga: yuqoriga-chapga-pastga-oʻngga. Keyin 1 — 6 hisobiga uzoqqa qarash. Mashq 4-5-marta takrorlansin.
6. 30 sm.gacha boʻlgan uzoqlashgan masofaga nigoh biron bir narsaga mustahkamlansin, 1 — 4 hisobiga nigoh uzoqqa oʻtkazilsin. Mashq 4-5-marta takrorlansin.
6 ta variantdan 3 tasi bajarilsin.
4-ILOVA
Miya qon aylanishini yaxshilash uchun jismoniy daqiqa
1. Dastlabki holat — stulda oʻtirib 1-2 bosh orqaga qayrilsin va mayinlik bilan orqaga egilsin. 3-4 — bosh oldinga egilsin, yelka koʻtarilmasin. Mashq 4 — 6-marta takrorlansin. Sekinlik tempi bilan.
2. Dastlabki holat — oʻtirib, qoʻllar ikki tomonga, kaftlar oldinga, barmoqlar yoyilgan. 1-oʻngga egilib va imkon darajada qoʻllar bilan yelka qismi quchoqlanadi. 2-shuning oʻzi chap tomonga qaytariladi. 4 — 6-marta takrorlansin. Tezlik tempi bilan.
3. Dastlabki holat — stulda oʻtirib, qoʻllar belda. 1-2 — oʻng qoʻlni orqaga aylantirib, gavdani va boshni oʻng tomonga burish. 3-4 — shuning oʻzi chap qoʻl bilan. Mashq 4 — 6-marta takrorlansin. Sekinlik tempi bilan.
4. Dastlabki holat — stulda oʻtirib, qoʻllar belda. 1-bosh oʻng tomonga aylantirilsin. 2-shuning oʻzi chap tomonga. Mashq 6 — 8-marta takrorlansin. Sekinlik tempi bilan.
4 ta variantdan 2 tasi bajarilsin.
