1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1408-1-son)
28.09.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-sentabrda 1408-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-sonli “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 5-6-son, 30-modda) qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2004-yil 20-avgustdagi 97, 258-V, 2004-53, 01-931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 14-sentabr, roʻyxat raqami 1408 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 414-modda) ilovaga* asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-avgust,
66-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-avgust,
258-V-1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-avgust,
2005-44-son
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-avgust,
01-1/966-son
