Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-10-son)
30.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 20-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 87-moddasining ikkinchi qismidagi “Uch” degan soʻz “Besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 207-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsha qilmishlar:
a) odam oʻlishiga;
b) giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarning koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishiga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
OʻRQ-10-son
