Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 58-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-9-son)
27.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 28-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
2-modda. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun amalga kiritilgunga qadar berilgan fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning shaxsi koʻrsatilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid qilishga va shu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga yoʻnaltiriladigan summasini soliq solishdan ozod qilishga doir imtiyozlar fuqarolar olgan kreditlari boʻyicha qarzlarini toʻliq uzishlariga qadar saqlanib qoladi.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-sentabr,
OʻRQ-9-son
