Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2428-V-son)
04.08.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida»gi QL-267-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida.
3. «Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2091-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida»gi QL-261-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga davlat tuzilmalari xodimlarining formali kiyim-boshidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida») (ikkinchi oʻqish).
4. «Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-247-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. «Intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasidagi aylanmasi oshirilishi va patent vakillarining huquqlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-263-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. «Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-264-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovga «Aholiga notariat sohasidagi xizmatlarning sifatli va shaffof tarzda koʻrsatilishini hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini taʼminlash holati toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-avgust,
2428-V-son
