Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimini tashkil qilish toʻgʻrisida (139-son)
16.03.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiy islohotning yangi bosqichi, xususiylashtirishni amalga oshirish, bu jarayonning borishi ustidan nazoratni taʼminlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot boʻlimining nodavlat iqtisodiyoti shuʼbasi negizida 8 nafar kishidan iborat Xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi tashkil etilsin.
Bosh vazir oʻrinbosarlari orasida vazifalarni taqsimlash tartibiga binoan boʻlim Bosh vazir oʻrinbosari V.A. Chjen tasarrufida deb belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-mart,
139-son
