Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kitob palatasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida (3-son)
07.01.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada nashriyot va matbuot sohasidagi standartlashtirishni, statistika qoidalarini takomillashtirish hamda uni xalqaro miqyosga olib chiqishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining Davlat kitob palatasining nomini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi deb oʻzgartirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 7-yanvar,
3-son
