150-modda. Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son) · Sana: 11.09.2026 · Amalda
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan (foster) oilaga) berilishi, bunday imkoniyat boʻlmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga (tarbiya, davolash, sogʻlomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga) tarbiyaga berilishi lozim.
Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun muqobil joylashtirish masalasi hal boʻlguniga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlarining zimmasiga yuklatiladi”;
9) 152-modda:
birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vasiylik yoki homiylik majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar, shuningdek tutingan ota-onalar, agar bolani tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisida ular bilan tuzilgan shartnoma ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlaganligi, oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilganligi, tarbiyasidagi bolalar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi, surunkali alkogolizmga yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi oqibatida bekor qilingan boʻlsa”;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida” degan soʻzlar “ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida” degan soʻzlar “ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi kerak”;
