6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-1171-son) · Sana: 09.09.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash va normal dam olishini buzish hollarining oldini olish uchun tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish holatlari yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqadi;
maishiy shovqinga qarshi kurashish talablarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
avtomototransport vositalarini davriy texnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning ichki va tashqi shovqin koʻrsatkichlarining qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi;
shovqin darajasi belgilangan normadan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiruvchi hamda ularda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
