4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-1171-son) · Sana: 09.09.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
davlat organlarining aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
shovqinning zararli taʼsiri uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
