Ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (479-son)
08.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, sohada zamonaviy ilmiy-texnik va innovatsion yechimlarni amalga oshirish orqali aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
iqtisodiyot obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavflarni boshqarish va texnogen avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimiga sunʼiy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion texnologiyalar, shuningdek, muhofaza vositalarini ishlab chiqish va joriy etish.
3. Belgilansinki, Dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi barcha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning budjet, budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda belgilangan ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Dastur ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har olti oy yakunida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-sentabr,
479-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 479-son qaroriga ILOVA
Ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish
DASTURI
T/rLoyiha nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbaiMasʼul ijrochilarI. Iqtisodiyot obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavflarni boshqarish va texnogen avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish1.Kimyoviy zararlanish ehtimoli boʻlgan hududlarni aniqlash uchun kimyoviy xavfli obyektlarning raqamli nusxalarini yaratish.1. Kimyoviy xavfli obyektlarda avariya ssenariylarining raqamli modellarini ishlab chiqish.2. Ishlab chiqilgan raqamli modellarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilish.2027-yil dekabr“Oʻzkimyosanoat” AJning mablagʻlari,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar“Oʻzkimyosanoat” AJ,Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognoz qilish uchun ushbu obyektlarning raqamli nusxalarini yaratish.1. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida avariya ssenariylarining raqamli modellarini ishlab chiqish.2. Ishlab chiqilgan raqamli modellarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilish.2027-yil dekabrAtom energiyasi agentligi mablagʻlari,Energetika vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarEnergetika vazirligi,Atom energiyasi agentligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar3.Xavfli ishlab chiqarish va potensial xavfli obyektlarning milliy Geoaxborot tizimi platformasini yaratish.1. Xavfli ishlab chiqarish va potensial xavfli obyektlarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish.2. Geoaxborot tizimi platformasini yaratish.3. Platformani Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilish.2028-yil oktabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar4.Koʻchki va sel xavfi mavjud hududlarni monitoring qilishning innovatsion tizimini (SmartGeoNazard) yaratish.1. Raqamli muhitda koʻchki va sel xavflari bilan bogʻliq ssenariylarning modellarini yaratish uchun texnik shartlarni ishlab chiqish.2. Raqamli muhitda koʻchki va sel xavflari bilan bogʻliq ssenariylarning modellarini yaratish va amaliyotga joriy etish.3. Modellarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilish.2028-yil avgustEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga hamdaFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi5.Suv omborlarida avariyalar va halokatlarning yuzaga kelish xavfi ehtimolini prognoz qilish uchun gidrotexnika inshootlarining raqamli nusxalarini yaratish.1. Suv omborlarining avariya xavfini prognozlash va avariyalar ssenariylarining raqamli modellarini ishlab chiqish.2. Ishlab chiqilgan raqamli modellarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilish.2028-yil noyabr“Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari,Suv xoʻjaligi vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar“Oʻzbekgidroenergo” AJ,Suv xoʻjaligi vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar6.Suv toshqini xavfi mavjud hududlarni monitoring qilishning innovatsion tizimini (FloodPredict AI) yaratish.1. Raqamli muhitda suv toshqinlari bilan bogʻliq ssenariylarning modellarini yaratish uchun texnik shartlarni ishlab chiqish.2. Raqamli muhitda suv toshqinlari bilan bogʻliq ssenariylarning modellarini yaratish va amaliyotga joriy etish.3. Modellarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimiga integratsiya qilish.2028-yil noyabrSuv xoʻjaligi vazirligiga,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga,Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarSuv xoʻjaligi vazirligi,Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,Favqulodda vaziyatlar vazirligiII. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimiga sunʼiy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish7.Robotlashtirilgan yongʻin oʻchirish platformasini yaratish.1. Yengil turdagi robotlashtirilgan yongʻin oʻchirish qurilmasining texnik shartini ishlab chiqish.2. Yengil turdagi robotlashtirilgan yongʻin oʻchirish qurilmasining prototipini ishlab chiqish.3. Robotlashtirilgan yongʻin oʻchirish platformasini sinovlardan oʻtkazish va amaliyotga joriy qilish.2027-yil dekabrMudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Mudofaa sanoati agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar8.Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslarning hisobini yuritishni raqamlashtirish.1. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslar hisobining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.2. Monitoring qilish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi uchun texnik shartni ishlab chiqish.3. Monitoring qilish imkoniyatini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.2028-yil sentabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar,mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari9.Respublika va transchegaraviy hududlarda hamda muhim obyektlarda seysmik xavfni SeisComP dasturi orqali monitoring qilish tizimini yaratish.1. Respublika va transchegaraviy hududlarda hamda muhim obyektlarda seysmik xavfni SeisComP dasturi orqali monitoring qilish tizimini yaratish uchun texnik shartni ishlab chiqish.2. Respublika va transchegaraviy hududlarda hamda muhim obyektlarda seysmik xavfni SeisComP dasturi orqali monitoring qilish tizimini yaratish va amaliyotga joriy etish.2028 yil sentabrMablagʻ talab etilmaydiFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Fanlar akademiyasi10.Monitoring va prognoz maʼlumotlarining raqamli platformasini ishlab chiqish.1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda monitoring va prognoz maʼlumotlari bazasini shakllantirish.2. Monitoring va prognoz maʼlumotlarini raqamlashtirish hamda yagona platforma asosida maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.2029-yil oktabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar11.Robotlashtirilgan razvedka majmuasini yaratish.1. Favqulodda vaziyatlarda xavfli yoki borish imkoni boʻlmagan hududlarni koʻzdan kechirish uchun moʻljallangan robot qurilmasiga texnik shartni ishlab chiqish.2. Robotlashtirilgan razvedka majmuasining prototipini ishlab chiqish.3. Robotlashtirilgan razvedka majmuasi prototipini sinovlardan oʻtkazish va seriyali ishlab chiqarish.2029-yil dekabrMudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,homiylik hayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Mudofaa sanoati agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar12.Zilzila va seysmik xavf haqida barvaqt xabar berish tizimini takomillashtirish.1. Zilzila va seysmik xavflar haqida avtomatik xabar berish tizimi uchun algoritmni yaratish boʻyicha texnik shartni ishlab chiqish.2. Zilzila va seysmik xavf haqida avtomatik xabar berish tizimi uchun algoritmni ishlab chiqish va raqamlashtirish.3. Seysmik stansiyalar tarmogʻini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan avtomatik xabar berish algoritmini joriy etish.2030 yil oktabrMablagʻ talab etilmaydiFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Fanlar akademiyasining Gʻ.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiIII. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion texnologiyalar, shuningdek, muhofaza vositalarini ishlab chiqish va joriy etish13.Favqulodda vaziyatlar sohasida milliy standartlar tizimini shakllantirish.Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha davlat standartlari kompleksining asosiy qoidalarini belgilovchi milliy standartni ishlab chiqish.2026-yil dekabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi14.Qutqaruvchilarning qidiruv-qutqaruv tadbirlarini tashkil etishdagi amaliy koʻnikmalarini, ruhiy, kasbiy, jismoniy va maxsus tayyorgarligini oshirish.1. Favqulodda vaziyatlarda avariya va qidiruv-qutqaruv tadbirlarini tashkil etishda zamonaviy talablarga asoslangan, oʻquv, ruhiy tayyorgarlik, issiq-tutunxona va gʻavvos-qutqaruvchilarni tayyorlash uchun moʻljallangan majmualarni tayyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.2. Majmualarni tayyorlash uchun texnik shartlarni ishlab chiqish.3. Majmualarning loyiha-smeta hujjatlarini va 3D-modellarini ishlab chiqish.2026-yil dekabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Mudofaa vazirligi,Milliy gvardiya,manfaatdor vazirlik va idoralar15.Virtual mashqlar orqali tinglovchilarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmasini oshirib borish.1. Favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmasini oshirish uchun virtual mashqlarni oʻtkazishga qaratilgan xorijiy dasturiy taʼminotlarni oʻrganish.2. Favqulodda vaziyatlarda (zilzila, suv toshqini, yongʻin) toʻgʻri harakat qilish boʻyicha VR-koʻzoynakka moʻljallangan dasturiy taʼminot uchun texnik shartni ishlab chiqish.3. Favqulodda vaziyatlarda (zilzila, suv toshqini, yongʻin) toʻgʻri harakat qilish boʻyicha VR-koʻzoynakka moʻljallangan dasturiy taʼminot ishlab chiqish va oʻquv jarayonlariga joriy etish.2027-yil iyunFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar16.Aholining favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish tartibiga oid oʻquv materiallarni raqamlashtirish.1. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishga oid elektron (QR-kodli) qoʻllanmalar uchun texnik shartlarni ishlab chiqish.2. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishga oid elektron (QR-kodli) qoʻllanmalarni ishlab chiqish.3. Tayyorlangan elektron qoʻllanma, eslatma va boshqa oʻquv materiallarini rasmiy veb-saytlar orqali keng jamoatchilik orasida tarqatish.2027-yil noyabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar17.Is gazi, tabiiy gazdan zaharlanish va chaqnash bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha profilaktika dasturini (telegram-bot) yaratish.1. Profilaktika dasturini (telegram-bot) yaratish uchun texnik shartni ishlab chiqish.2. Profilaktika dasturini (telegram-bot) yaratish va amaliyotga tatbiq etish.2027-yil dekabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar18.Yongʻin sabablarini aniqlash boʻyicha yongʻin-texnik ekspertiza tadqiqotlarini takomillashtirish. 1. Elektr simlarining yongʻinga taalluqliligini va yongʻin oʻchogʻini aniqlashda dala tadqiqot qurilmalarini qoʻllash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.2. Yongʻin sabablarini aniqlash boʻyicha yangi uslubiyotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.2027 yil dekabrFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Adliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar19.Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarini nafas olish uchun yaroqsiz muhitda sinovdan oʻtkazishga moʻljallangan trenajyorlarni ishlab chiqish.1. Zamonaviy gaz-tutundan himoya apparatidan foydalanish trenajyorlari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.2. Zamonaviy gaz-tutundan himoya apparatidan foydalanish trenajyorining texnik shartini ishlab chiqish.3. Zamonaviy gaz-tutundan himoya apparatidan foydalanish trenajyorini ishlab chiqish va joriy etish.2028-yil avgustFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar20.Favqulodda vaziyatlar zonalarini monitoring qilish va xabardor qilish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish.1. Favqulodda vaziyatlar koʻlamini baholash va favqulodda vaziyatlar hududlarida aholini xabardor qilish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchish apparatlarining texnik shartlarini ishlab chiqish.2. Uchuvchisiz uchish apparatlarining prototipini ishlab chiqish.3. Uchuvchisiz uchish apparatlarini sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy qilish.2028-yil dekabrMudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi vaFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Mudofaa sanoati agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar21.Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida yongʻinning tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi laboratoriyasining oʻquv-amaliyot (laboratoriya) sinfini tashkil etish.1. Yongʻinning tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.2. Yongʻinning tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi laboratoriyasining oʻquv-amaliyot (laboratoriya) sinfi boʻyicha texnik shart ishlab chiqish.3. Yongʻinning tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi laboratoriyasining oʻquv-amaliyot (laboratoriya) sinfini tashkil etish.2029-yil aprelFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar22.Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilari uchun favqulodda vaziyatlarga moʻljallangan avtotrenajyorni ishlab chiqish.1. Favqulodda vaziyatlarga moʻljallangan zamonaviy avtotrenajyorlar boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.2. Zamonaviy avtotrenajyor boʻyicha texnik shartni ishlab chiqish.3. Zamonaviy avtotrenajyor ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.2029-yil mayFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi,Transport vazirligi,Mudofaa vazirligi23.Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilari uchun zilzilani simulyatsiya qilish trenajyorini ishlab chiqish.1. Zilzilani simulyatsiya qilishning zamonaviy trenajyorlari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.2. Zilzilani simulyatsiya qilish trenajyori boʻyicha texnik shartni ishlab chiqish.3. Zilzilani simulyatsiya qilish trenajyorini ishlab chiqish va joriy etish.2030-yil martFavqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi
