Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1292-son)
20.12.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 20-dekabrda 1292-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-avgust 2003-yil 350-sonli qarorini bajarish maqsadida qaror qilamiz:
1. Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin,
2. Ushbu qaror Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr ,
125-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi X. ShERIMBETOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr ,
02-1212-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri A. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr ,
01/22-142-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125, 02-1212, 01/22-142-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 350-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin boʻlgan barcha tabiiy suv havzalaridan (dengiz, daryolar, suv omborlari, koʻllar va ularga yondosh suv havzalari — koʻl xoʻjaliklari va baliq pitomniklaridan tashqari) olinadigan ijara haqlarining miqdori va uni undirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomga asosan tabiiy suv havzalari kamida 10 yil muddatga ijaraga berilib, ijaraga olgan baliq ovlash korxonalari suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi toʻlaydilar.
II. Ijara haqini hisoblash tartibi
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tabiiy suv havzalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasini joriy yilda toʻlanadigan ijara haqi miqdorini belgilab, tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash korxonasi bilan tuzadi;
xar yili fevral oyining 15-sanasigacha ijara haqini qayta aniqlab, shartnomaning ijara haqi bandiga tegishli oʻzgartirish kiritadi.
3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdorini hisoblash uchun:
a) ijaraga berilgan suv havzalarining umumiy maydoni (gektarda);
b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutib olingan (sotilgan) mahsulotning oʻrtacha miqdori;
v) mutasaddi tashkilotlar (davlat statistika organlari, monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlari va boshqalar) maʼlumotlariga asosan hudud (viloyat)da baliqning oʻtgan yildagi isteʼmol bozoridagi oʻrtacha narxi aniqlanadi.
4. Ijara haqini hisoblashda ilovada keltirilgan stavkalar qoʻllaniladi.
5. Yuqorida qayd qilingan maʼlumotlarga asosan ijara haqi quyidagi tartibda aniqlanadi.
Ih = H1 x Noʻ x Mu x Is : 100
Bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektardan olingan oʻrtacha hosildorlik;
Noʻ — oʻrtacha narx;
Mu — suv havzasining umumiy maydoni;
Is — ijara haqini hisoblash stavkasi, foizda.
5-1. Ijaraga berilgan suv havzasining bir gektarida oʻtgan yili tutilgan baliq va suv jonivorlarining hosildorligi 4,2 kilogrammdan kam boʻlsa, ijara haqini hisoblashda bu koʻrsatkich 4,2 kilogramm miqdorida olinadi.
5-2. Joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi oʻtgan yili uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasini 1,05 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan miqdoridan kam boʻlsa, ijara haqi oʻtgan yilgi ijara summasini 5 foizga koʻpaytirib aniqlanadi.
III. Ijara haqini undirish tartibi
6. Ijara haqi baliq ovlash korxonalari tomonidan yil davomida 2 qismga boʻlib toʻlanadi. Bir qismi (ijara haqining 40 foizidan kam boʻlmagan) yilning 1-apreligacha, qolgan qismi 1-oktabrgacha toʻlab beriladi.
7. Suv havzasi ijaraga berilgan birinchi yilda joriy yil uchun ijara haqi ushbu yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar miqdoriga teng ulushlarda quyidagi tartibda belgilanadi:
Ix = Yix /12 x Tm
Ix — ijara haqi;
Yix — yillik ijara haqi;
Tm — joriy yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar soni.
8. Ijarachi ijara haqining:
a) 68 foizini tegishli mahalliy budjetlarga, shu jumladan baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish tadbirlariga;
b) 20 foizini “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi”ga;
v) 12 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yoʻnaltiradi.
9. Ijarachi tomonidan ijara haqining oʻz vaqtida toʻlab borilishi tegishli idoralar tomonidan nazorat qilinadi.
IV. Javobgarlik
10. Ijarachi ijara haqini belgilangan muddatlarda toʻlab bermasa, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,5 foiz miqdorida, lekin ijara haqining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya undiriladi. Penya ijara haqi summasini toʻlashdan ozod qilmaydi.
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ijara haqini hisoblashda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1292-1, 15.02.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 57-modda)
