SHNQ 2.04.02-2019 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” (439-son)
27.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik normalari va qoidalari
Ushbu meʼyorlarga aholi yashaydigan manzillar va xalq xoʻjaligi obyektlarining markazlashgan doimiy tashqi suv taʼminoti tizimlarini loyihalashtirishda rioya qilish lozim.
Suv taʼminoti loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida” va “Tabiatni muhofaza qilish haqida”, “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida” va “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining shunga oʻxshash amaldagi meʼyoriy hujjatlariga amal qilish kerak.
Ushbu meʼyorlardagi yongʻinga qarshi talablar portlagach moddalar ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi yoki ularni saqlovchi korxonalar, sigʻimi 10 ming m3 dan ortiq boʻlgan yogʻoch materiallari omborlari, neft gaz qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati suv quvurlariga tatbiq etilmaydi, qachonki oʻt oʻchirish talablari tegishli meʼyoriy hujjatlarda belgilangan holatda.
1. UMUMIY HOLATLAR
1.1. Suv taʼminoti obyektlarini tasdiqlangan shahar va qishloq aholisi joylashgan manzillarning bosh rejalari, sanoat tizimlari, shuningdek suvni muhofazalash hamda majmuaviy foydalanish tarzlari asosida loyihalash lozim.
Loyihalashda obyektlarni ularning rasmiy idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, suv tizimlarini birlashtirish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish zarur.
Bu borada obyektlar suv loyihalarini suvoqova loyihalari, chiqindi suvlarni chiqarib tashlash va suv isteʼmoli tengligini majburiy tahlili bilan bogʻliq ravishda ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Suv, elektr va issiqlik energiyasi bilan bir qatorda, energetik mahsulot hisoblanadi, va shu sababli undan foydalanishning iqtisodiy samaradorligiga qoʻyiladigan tegishli talablarni hisobga olish zarur.
1.2. Xoʻjalik-ichimlik suvi va birlashgan sanoat-ichimlik suv quvurlari loyihalarida suv taʼminoti manbalarida, suv quvurlari inshootlari, suv oʻtkazgichlarda sanitariya muhofazasi hududlarini inobatga olish lozim.
1.3. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun uzatiladigan suvning sifati Oʻzbekiston Respublikasining OʻzDSt 950:2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifat ustidan nazorat” va OʻzDSt 951:2011 “Markazlashgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbalari. Gigiyenik texnik talablar va tanlash qoidalari” davlat standartlari talablariga mos boʻlishi kerak.
Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarni joʻnatish va uni saqlashga tayyorlashda tegishli reagentlar, ichki zanglashga qarshi qoplamalar, shuningdek sanitariya qoidalari va normalari talablariga mos boʻlgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti amaliyotida qoʻllaniladigan filtr ashyolardan foydalanish.
Ishlab chiqarish ehtiyojlariga uzatiladigan suvning sifati chiqariladigan mahsulotga uning taʼsirini hisobga olgan holda, texnologik talablarga mos boʻlmogʻi, xizmatchilar uchun sanitariya-gigiyena shartlari taʼminlangan boʻlishi kerak.
Mustaqil sugʻoruv suv quvurlari yoki ishlab chiqarish shoxobchalari suv quvurlaridagi suvning sifati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining agrotexnik talablarini qondirmogʻi shart.
1.4. Loyihalarda qabul qilinadigan asosiy texnik yechimlar va ularni amalga oshirishning ketma-ketligi mumkin boʻlgan variantlar koʻrsatkichlarini solishtirish bilan asoslab berilishi kerak.
Hisob-kitoblarsiz afzalligi va kamchiligini belgilash mumkin boʻlmagan variantlar boʻyicha texnik-iqtisodiy hisoblarni bajarish nazarda tutiladi.
Eng kichik keltirilgan xarajatlar, xom ashyo zaxiralari, mehnat sarfi, elektr quvvati va yonilgʻi sarfini qisqartirish hisobiga eng optimal variant belgilanadi.
1.5. Suv taʼminotini loyihalashda ilgʻor texnik yechimlar, mehnat talab ishlarni mexanizatsiyalash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish nazarda tutilishi lozim.
1.6. Aholi uchun suv taʼminoti manbalarini tanlash OʻzDSt 951:2011 “Markazlashgan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbalari. Gigiyenik texnik talablar va tanlash qoidalari” davlat standartlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
1.7. Atrof-muhitga boʻlgan taʼsirini baholash. Suv taʼminoti tizimini atrof-muhitga boʻlgan taʼsirning oqibatlarini inobatga olgan holda tashkil etish kerak va ularni aniqlashda Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori) rioya qilish lozim.
2. SUVNING “HISOBIY SARFI VA ERKIN BOSIMLAR
Suvning hisobiy sarfi
2.1. Aholi yashaydigan joylarning suv taʼminoti tizimlarini loyihalashda aholining solishtirma oʻrtacha bir sutkali (yilgi) xoʻjalikichimlik ehtiyojlari uchun suv isteʼmoli 1-jadvaldan olinishi mumkin.
* Eslatmalar:
1. Suv isteʼmoli 1-jadvalda keltirilgan doiralarda tanlanishi suv sifati, obodonlashtirish darajasi, mahalliy va iqlimiy sharoitlarga qarab amalga oshiriladi.
2. Umumiy binolarda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun 1 yashovchining oʻrtacha bir sutkali (bir yilgi) solishtirma suv isteʼmoli l/sut. SHNK 2.04.01-2014 (3-ilova) boʻyicha olinsin.
3. Aholini mahsulotlar bilan taʼminlovchi sanoatning ehtiyojlari uchun, tegishli asoslar mavjud boʻlganda, suv sarfi yigʻindisining 10 — 20% ni aholi yashaydigan joylarda xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun qoʻshib olishga ruxsat etiladi.
4. Aholi yashaydigan joylarda suv quvurlaridan foydalanadigan tashkilotning maʼlumotlari boʻyicha qoʻshimcha hisobga olinmagan sarf qabul qilinadi. Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda xoʻjalik-ichimlik va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv sarfi yigʻindisining 10 — 15% ni olishga ruxsat etiladi.
5. Markazlashgan uccuq suv taʼminotiga ega boʻlgan binolar qurilgan hududlar (kichik hududlar) uchun issiqlik tarmoqlaridan bevosita issiq suv olinishi oʻrtacha bir sutkali xoʻjalik ichimlik ehtiyojlariga sarflanadigan umumiy suvning 40% ni va eng koʻp suv tarqatish soatlarida ushbu sarf 55% mi orda qabul qilinadi. Aralash qurilishlarda koʻrsatilgan binolarda yashovchi aholining sonidan kelib chiqish lozim.
2.2. Aholi yashaydigan joylarda xoʻjalik-ichimlik va maishiy ehtiyojlarga bir sutkali (oʻrtacha yillik) hisobiy sarfi Qcyt.m, m3/sut. quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Qcyt.m = (q1 + q2)·N / 1000, (1)
bunda q1 va q2 — solishtirma suv isteʼmoli, 1-2-jadvallardan olinadi;
Nj — aholining hisobiy soni.
Bir sutkada eng koʻp va eng kam suv isteʼmolining hisobiy suv sarfi Qcyt.m, m3/sut. quyidagicha aniqlanishi lozim:
Aholining yashash tarzi, korxonaning ishlash tartibi, binoning obodonlashtirilganlik darajasi, hafta kunlari va yil mavsumlarida suv isteʼmoli oʻzgarishini hisobga oluvchi sutkali suv isteʼmoli notekisligi Ksut koeffitsiyenti quyidagi miqdorlarga teng qilib qabul qilinadi:
Bir soatdagi hisobiy suv sarfi quyidagi formulalar boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Suv isteʼmolining soatdagi notekisligi koeffitsiyenti Kch quyidagi ifodalardan aniqlanadi:
bunda α — binoning obodonlashtirilganlik darajasini, korxonaning ishlash tartibini va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga oluvchi koeffitsiyent αmax = 1,2-1,4; αmin = 0,4-0,6 teng qilib qabul qilinadi;
β — aholi yashaydigan joylardagi yashovchilar sonini hisobga oladigan koeffitsiyent, 3-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
2.3. Aholi yashaydigan joylarda va sanoat korxonalari hududlarida sugʻorish uchun sarflanadigan suv hisobi hududning qoplamasiga, uni sugʻorish usullariga, ekinlar turlariga, iqlimiy hamda boshqa mahalliy sharoitlarga bogʻliq holda 4-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
* Eslatma:
1. β koeffitsiyentini aniqlashda suv oʻtkazgich inshootlari va tarmoq yoʻllari uchun suv sarfi ular xizmat koʻrsatadigan yashovchilar soniga, zonaviy suv taʼminotida esa — har bir zona aholisining soniga bogʻliq.
2. Tarmoqlarda bir sutkadagi yuqori suv isteʼmolini eng koʻp suv tarqatish davrida talab etiladigan erkin bosimlarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan βmin koeffitsiyenti nasos stansiyalaridan chiqishdagi yoki minoralarning yuqori holatdagi (bosimli sigʻimlardan) bosimlarni aniqlayotganda, βmax koeffitsiyenti esa tarmoqlarda bir sutkadagi past suv isteʼmolini eng kam suv tarqatish davrida ortiqcha bosimlarni aniqlashda qabul qilish nazarda tutiladi.
* Eslatma:
1. Yuzalarning obodonlashgan turlari (yashil ekinlar, oʻtish yoʻllari va boshqalar) toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, sugʻorish mavsumidagi oʻrtacha bir sutkali solishtirma suv isteʼmolidan sugʻorish uchun suv taʼminoti manbalarining quvvatiga, iqlimiy va boshqa mahalliy sharoitlarga koʻra bir yashovchi 50 — 60 l/sut. hisobida qabul qilinadi.
2. Sugʻorish-sepishlar soni 1 sutkada bitta etib olinadi.
2.4. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari va sanoat korxonalarida dushdan foydalanishga suv sarfi SHNQ 2.04.01 hamda SHNQ 2.09.02 talablariga binoan aniqlanishi lozim.
Bunda bir sutkadagi suv isteʼmoli notekisligi koeffitsiyenti sanoat korxonalarining xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlariga xuddi aholi yashaydigan joylardagi xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari kabi, bir soatdagi notekisligini:
2,5 — 1 m3/soatda 80 Kaj (20 akal) don ortiq issiqlik chiqaruvchi sexlar uchun;
3 — qolgan sexlor uchun qabul qilish lozim.
2.5. Chorvachilik xoʻjaliklari hamda majmualarida mollarni, qush va jonivorlarni boqish, sugʻorish uchun suv sarfi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi idoralarining meʼyoriy hujjatlaridan olinishi kerak. Aholiga tegishli boʻlgan mol va parrandalarni boqish hamda sugʻorish uchun suv sarfini quyidagicha qabul qilish lozim: qora mol — 65; yosh qora mol — 25; otlar — 55; choʻchqalar — 15; qoʻy va echkilar — 8; parrandalar — 0,8 l/sut.
Aholiga tegishli boʻlgan yengil avtomobillarni yuvish uchun suv sarfini bir avtomobilga 100 l oʻlchamda qabul qilish lozim.
2.6. Sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalarining ishlab chiqarishlari ehtiyojlari uchun suv sarfi texnologik maʼlumotlar asosida aniqlanishi kerak.
2.7. Aholi yashaydigan joylarda, sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalarida bir sutkaning har soatida suv sarfini taqsimlash foydalanuvchi tashkilotning maʼlumotlari hisobga olingan suv isteʼmoli hisobiy jadval chizmasi asosida qabul qilinadi.
2.8. Hisobiy jadval chizmasini chizishda tarmoqdan eng koʻp suv tarqalishi vaqti boʻyicha turli ehtiyojlarga (yirik sanoat korxonalarida rostlovchi sigʻimlar oʻrnatish, berilgan jadval chizmasi boʻyicha qoʻshimchalar, hududlarni suv sepish uchun berilgan suvlar va maxsus rostlash sigʻimlari yoki qurilmalari orqali suv sepish mashinalarini toʻldirish uchun, erkin bosimlar pasayishi bilan belgilangan chegaragacha suv uzatishni toʻxtatish va shunga oʻxshashlar) mos tushib qolishni loyihada bartaraf etuvchi texnik yechimlarni qoʻllash kerak.
Tarmoqlardan turli ehtiyojlar uchun nazoratsiz suv olinishi hisobiy jadval chizmasi xoʻjalik-ichimlik suv isteʼmolini jadval chizmasi bilan mos tushish vaqti qabul qilinishi lozim.
2.9. Aholida turar joy va umumiy binolarda solishtirma suv isteʼmoli hisobiy suv sarflarini aniqlash uchun sarflarning jamlangan hisobiga zarurat boʻlsa SHNQ 2.04.01 talablariga binoan qabul qilish lozim.
2.10. Suv taʼminoti boʻlimlarini ishlab chiqishda suvdan foydalanuvchi tarzlar, 1.1-bandida koʻrsatilganidek tumanlarni rejalashtirish va bosh rejalar oʻrtacha bir sutkadagi (yilgi) solishtirma suv isteʼmolini 5-jadvaldan qabul qilish lozimdir.
Sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarining ehtiyojlari uchun isteʼmol qilinadigan suvlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining yiriklashtirilgan meʼyorlari, bunday meʼyorlar boʻlmasa, aynan oʻxshash loyihalar asosida belgilanishi kerak.
* Eslatma:
1. 1-jadvalda keltirilgan doiralardagi solishtirma suv isteʼmoli suv sifati, obodonlashtirilganlik darajasi va iqlimiy sharoitlarga qapab tanlanadi.
2. Solishtirma suv isteʼmoli umumiy binolarda xoʻjalik-ichimlik va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun (SHNQ 2.09.04-09 da qabul qilingan tasnif boʻyicha) suv sarfini oʻz ichiga oladi (bir vaqtda koʻp sonli kishilarni toʻploydigan katta supermarketlar, restoranlar, koʻngilochar inshootlar bundan mustasno).
3. Aholini mahsulotlar bilan taʼminlovchi sanoatning ehtiyojlari uchun, tegishli asoslar mavjud boʻlganda, suv sarfi yigʻindisining 10 — 20% ni aholi yashaydigan joylarda xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun qoʻshib olishga ruxsat etiladi.
4. Aholi yashaydigan joylarda suv quvurlaridan foydalanadigan tashkilotning maʼlumotlari boʻyicha qoʻshimcha hisobga olinmagan sarf qabul qilinadi. Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda xoʻjalik-ichimlik va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv sarfi yigʻindisining 10 — 15% ni olishga ruxsat etiladi.
5. Aholi soni 1 mln. kishidan opmuq boʻlgan aholi yashash joylarida har bir alohida holatda asoslab berilgan taqdirda solishtirma suv isteʼmolini koʻpaytirishga ruxsat etiladi. Solishtirma xoʻjalik-ichimlik suv isteʼmoli meʼyorlarining anuq qiymati mahalliy organlar qapoplapu asosida qabul qilinadi.
6. Mahalliy sharoitlar va obodonlashtirilganlik darajasiga qapab, solishtirma suv isteʼmolini 10 — 20% ga oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
Tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti, tashqi yongʻinni oʻchirishga suv sarflari va bir vaqtdagi yongʻinlarning hisobiy soniga oid talablar
2.11. Yongʻinga qarshi suv quvuri (vodoprovod) aholi yashash joylarida, tashkilotlarda nazarda tutilgan boʻlishi va, odatda, xoʻjalik-ichimlik yoki ishlab chiqarish suv taʼminoti bilan birlashtirilishi lozim.
* Eslatma: 9.27 — 9.33-bandlardagi talablarni hisobga olgan holda, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminotini sunʼiy va tabiiy suv manbalaridan (rezervuarlar va suv havzalaridan) hamda, quyidagilar uchun, yongʻin joyiga kirib kelish yoʻllari, quduqlar yoki pirslarni tashkil qilgan holda, eng kichik miqdori yongʻinni oʻchirish uchun hisobiy sarfni taʼminloydigan daryolardan olishga ruxsat etiladi, bular:
aholi soni 5 ming kishigacha boʻlgan aholi yashash joylari;
aholi yashash joylaridan tashqarida alohida turgan va har qanday vazifaga moʻljallangan binolar, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti uchun talab etiladigan suv sarfi meʼyorlarini taʼminloydigan xoʻjalik-ichimlik yoki ishlab chiqarish suv taʼminoti tizimi mavjud boʻlmagan holda;
turli vazifalar uchun moʻljallangan binolar, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti uchun talab etiladigan sarfi 10 l/s dan ortiq boʻlmaganda;
turli vazifalar uchun moʻljallangan 1 va 2-qavatli binolar, bunday binolar uchun ruxsat etiladigan meʼyorlar doiralarida, qurilish maydoni yongʻin maydonidan katta boʻlmagan holda.
quyidagi aholi yashash joylarida tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminotini nazarda tutmaslikka ruxsat etiladi:
ikki qavatligacha boʻlgan balandlikdagi binolar qurilayotgan aholi yashash joydagi aholi soni 50 kishigacha boʻlganda;
alohida turgan, aholi yashash joylaridan tashqarida joylashgan, maydoni 150 m2 gacha va funksional yongʻin xavfi klassi F3.1 boʻlgan, hajmi 1000 m3 gacha va funksional yongʻin xavfi klassi F3.2 boʻlgan, hajmi 250 m3 gacha va funksional yongʻin xavfi klassi F1.2, F2, F3, F4, oʻtga chidamliligi I — IV darajada boʻlgan bino va inshootlar;
binolar hajmi 1000 m3 gacha boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qiluvchi-tayyorlovchi mavsumiy universal shoxobchalari;
maydoni 50 m2 gacha, funksional yongʻin xavfi klassi F5.2 boʻlgan binolar.
2.12. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalari suvlarining sifati yongʻin oʻchirish uskunalaridan foydalanish shartlariga va qoʻllaniladigan oʻt oʻchirish usullariga muvofiq boʻlishi lozim.
Yongʻinga qarshi suv quvuri, qoidaga koʻra, past bosimli qilib yaratish lozim. Yongʻinga qarshi yuqori bosimli suv quvuri faqat tegishlicha asoslab berilganida tashkil etiladi. Yuqori bosimli suv quvuri statsionar yongʻin nasoslari yongʻin yuzaga kelganligi toʻgʻrisida xabar berilganidan soʻng kechi bilan 5 daqiqa ichida nasoslar ishga solinishini taʼminloydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
* Eslatma. Aholi soni 5 ming kishigacha boʻlgan va yongʻindan muhofaza qilish boʻlinmalari tashkil etilmaydigan aholi yashash joylari uchun yuqori bosimli yongʻinga qarshi suv quvurini yaratish kerak.
Oʻt oʻchirilayotgan vaqtda yongʻinga qarshi past bosimli suv quvuri tarmogʻida eng kichik erkin bosim (yer yuzasi sathida) kamida 10 m ga teng boʻlishi kerak. Yuqori bosimli yongʻinga qarshi suv quvuri tarmogʻida, oʻt oʻchirish uchun zarur boʻlgan eng katta suv sarfida va oʻt oʻchirish stvoli eng yuqori binoning eng baland nuqtasida suv oqimi balandligi kamida 20 m boʻlishini taʼminlashi lozim. Birlashgan suv quvuri tarmogʻida erkin bosim kamida 10 m va koʻpi bilan 60 m ga teng boʻlishi kerak.
2.13. Tashqi yongʻinni (bir yongʻinni) uchirish uchun suv sarfi va suv quvuri tarmogʻining magistral (hisobiy aylanma) liniyalarini hisoblab chiqish uchun aholi yashash joylarida bir vaqtdagi yongʻinlar hisobini 6-jadvaldan olish lozim.
2.14. Funksional yongʻin xavfi klasslari F1, F2, FZ, F4 boʻlgan binolarda tashqi bir yongʻinni oʻchirishga sarflanadigan suv, suv quvuri tarmogʻining biriktiruvchi va taqsimlovchi liniyalarini hamda mikrorayon yoki mavze ichidagi suv quvuri tarmogʻini hisoblab chiqish uchun 7-jadvalga binoan eng koʻp suv talab etiladigan bino uchun qabul qilinishi kerak.
2.15. Funksional yongʻin xavfi F5 boʻlgan binolardagi tashqi yongʻinni oʻchirishga ketadigan suv sarfi 8 va 9-jadvallarga muvofiq bitta yongʻinni oʻchirish uchun eng katta miqdorda suv ishlatilishini talab qiladigan bino uchun boʻlgani kabi qabul qilinishi kerak.
2.16. Yongʻinga qarshi devorlar bilan qismlarga boʻlingan binolardagi tashqi yongʻinni oʻchirishga ketadigan suv sarfini eng katta miqdordagi suv ishlatishni talab qiladigan bino qismi boʻyicha qabul qilish lozim.
2.17. Yongʻinga qarshi devorlar bilan qismlarga boʻlingan binolardagi tashqi yongʻinni oʻchirishga ketadigan suv sarfini binoning umumiy hajmi hamda yongʻin va portlash-yongʻin xavfi boʻyicha eng yuqori toifaga ega boʻlgan xonalar boʻyicha aniqlash kerak.
2.18. Balandligi 18 m dan yuqori boʻlmagan, asosiy yukni koʻtarib turgan konstruksiyalari poʻlatdan yasalgan, toʻsib turuvchi konstruksiyalari profilli poʻlatdan yoki yonuvchan isituvchi moslamalari mavjud asbestsement tunukalardan yasalgan bir va ikki qavatli ishlab chiqarish binolarida, bir qavatli omborlardagi tashqi yongʻinni oʻchirishga suv sarfini 8 va 9-jadvallarda koʻrsatilgan meʼyorlarga nisbatan 10 l/s ga koʻproq miqdorda qabul qilish toʻgʻri boʻladi.
Bunday binolar uchun tashqi yongʻin narvonlari joylashtiriladigan joylarda ustunning yuqoridagi va pastdagi uchlarida oʻt oʻchirish biriktiruvchi golovkalari mavjud diametri 80 mm ga teng tik ustun-quruq quvurlar nazarda tutilishi lozim.
* Eslatma: Eni 24 m dan katga boʻlmagan va karniegacha balandligi 10 m gacha boʻlgan balandlikdagi binolar uchun ustun-quruq quvurlarni nazarda tutmaslikka ruxsat beriladi.
* Eslatma.
1. Aholi yashash joylarida mashqi yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfi 7-jadvalda koʻrsatilgan binolarda oʻt oʻchirish uchun sarflanadigan suv miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
2. Hududiy (zonaviy) suv taʼminotida mashqi oʻt oʻchirish va har bir hududda bir vaqtdagi yongʻinlar soni uchun suv sarfi ushbu hududda (zonada) yashaydigan aholi soniga qapab qabul qilinishi kerak.
3. Aholi soni 1 mln. kishidan opmuq boʻlgan aholi yashash joylarida bir vaqtdagi yongʻinlar soni va bir yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfi maxsus texnik shartlarda asoslab berilishi talab etiladi. Guruhli suv quvuri uchun bir vaqtdagi yongʻinlar sonini ushbu suv quvuriga ulangan aholi yashash joylardagi aholining umumiy soniga qapab qabul qilish lozim.
4. Guruhli suv quvuri boʻyicha yongʻinni oʻchirish uchun zarur boʻlgan suv hajmini tiklash uchun suv sarfi muqdopunu, yongʻin oʻchirishning talab etiladigan meʼyoriy davomiyligiga va yongʻinni oʻchirish uchun suv zaxirasini tiklashning maksimal muddatiga muvofiq, aholi yashash joyi uchun (bir vaqtdagi yongʻinlar soniga mos holda) yongʻin oʻchirishga eng katta suv sarfini talab qiladigan suv sarflarining yigʻindisi sifatida aniqlash kerak.
5. Aholi yashash joylarida bir vaqtdagi yongʻinlarning hisobiy soniga ushbu aholi yashash joyi doirasida joylashgan ishlab chiqarish va omborxona binolaridagi yongʻinlar qoʻshib hisoblangan. Shu bilan birga, hisobiy suv sarfiga muvofiq ravishda koʻrsatilgan binolarda oʻt oʻchirish uchun tegishli suv sarfini hisoblash lozim, bupoq 6-jadvalda miqdordan kam boʻlmasligi kerak.
6. Aholi soni 100 ming kishidan opmuq va 2 qavatlidan baland boʻlmagan binolari mavjud aholi yashash joylarda mashqi yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfi 1 yongʻinni oʻchirish uchun 3 qavamlu va undan baland binolar qurilgan aholi yashash joylari uchun boʻlgani kabi miqdorda qabul qilinadi.
* Qishloq aholi yashash joylari uchun 1 yongʻinga 5 l/s suv sarflanadi.
** Davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishilgan holda.
* Eslatma: 1. Tashqi suv quvurlari tarmogʻining quvvati yongʻin oʻchirish uchun hisobiy miqdordagi suvni yetkazib berish uchun yetarli boʻlmagan yoki boshi berk tarmoqqa ulangan taqdirda rezervuarlarni tashkil qilish nazarda tutish kerak va ularning cugʻumu, QMQ 2.04.01 talablariga muvofiq tashqi yongʻinni uch soat davomida oʻchirish, va ichki yongʻinni oʻchirish uchun jamlama suv sarfini taʼminlashi lozim.
2. Qishloq hududlarida funksional yongʻin xavfi F2 va F3 boʻlgan binolardagi yongʻinni oʻchirish uchun suv mavjud boʻlmaganda, uch soat davomida yongʻin oʻchirishni taʼminloydigan va shunga moʻljallangan suv havzasi yoki oʻt oʻchirish rezervuari nazarda tutilishi lozim.
* 2.18-bandida koʻrsatilgan binolar elementlari mavjud boʻlganda 8-jadvalda va 2.18-bandida koʻrsatilgan suv sarflari qoʻshiladi.
** Davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishuv asosida.
* Eslatma. Funksional yongʻin xavfi klassi F5, yongʻin va portlash-yongʻin xavfi boʻyicha ishlab chiqarish toifasi D, oʻtga chidamlilik boʻyicha 1 va II darajaga ega boʻlgan, hajmi 1000 m3 dan katta boʻlmagan bino va inshootlarda (metalldan yasalgan himoyalanmagan yoki yogʻochli yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar hamda hajmi 250 m3 dan katta boʻlgan polimerli isitgichlari mavjud boʻlgan konstruksiyalar bundan mustasno), tashqi yongʻinni oʻchirish uchun moʻljallangan suv taʼminotini koʻzda tutmaslikka ruxsat etiladi.
* Eslatma:
1. Ikkita hisobiy yongʻinda oʻt oʻchirish uchun hisobiy suv sarfini eng katta miqdordagi suv ishlatishni talab qiladigan ikkita bino boʻyicha qabul qilish lozim.
2. Alohida turgan yordamchi binolardagi tashqi yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfini 7-jadval boʻyicha, funksional yongʻin xavfi F2, F3, F4 boʻlgan binolar uchun aniqlanadigani kabi, ishlab chiqarish binolar ichiga qurilgan yordamchi binolar uchun esa — binoning umumiy hajmiga qapab, 8-jadval boʻyicha aniqlash lozim.
3. Oʻtga chidamliligi I va II darajali, hajmi 5 ming m3 dan katta boʻlmagan, yongʻin va portlash-yongʻin xavfi boʻyicha G va D boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalaridagi tashqi yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfini 5 l/s miqdorda qabul qilish lozim.
4. Radiotelevizion, retranslyatsion va tuman uzatish stansiyalaridagi tashqi yongʻinni oʻchirish uchun (binolar hajmidan va aholi yashaydigan joyda istiqomat qilayotgan odamlar sonidan qatʼu nazar) suv sarfini kamida 15 l/s miqdorda qabul qilish kera, qachonki 8 va 9-jadvallarda bundan kammapoq suv sarfi talab etilmasa. Aytib oʻtilgan talablar mavjud va loyihalashtirilayotgan aloqa obyektlarida oʻrnatiladigan radiotelevizion retranslyatorlarga tarqalmaydi.
5. Hajmlari 8 va 9-jadvallarda koʻrsatilganidan kammapoq boʻlgan binolardagi tashqi yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfi maxsus texnik shartlarda asoslab berilishi talab etiladi.
6. Oʻtga chidamliligi II darajaga teng boʻlgan yogʻoch konstruksiyali binolar uchun tashqi yongʻinni oʻchirishga sarflanadigan suv miqdorini 8 va 9-jadvallarda koʻrsatilgan miqdorlardan 5 l/s ga koʻnpoq miqdorda qabul qilish lozim.
7. Ozuq-ovqam mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan sovutgich bino va inshootlardagi tashqi yongʻinni oʻchirish uchun hisobiy suv sarfini yongʻin va portlash-yongʻin xavfi boʻyicha V toifali binolar uchun boʻlgani kabi qabul qilish kerak.
2.19. 30 t gacha yuk ortilgan kanteynerlar saqlanadigan ochiq maydonlardagi tashqi yongʻin oʻchirish uchun suv sarfini kanteynerlar soniga qarab quyidagicha qabul qilish lozim:
30 dan boshlab, 50 tagacha — 15 l/s;
51 dan boshlab, 100 tagacha — 20 l/s;
101 dan boshlab, 300 tagacha — 25 l/s;
301 dan boshlab, 1000 tagacha — 40 l/s,
1001 dan boshlab, 1500 tagacha — 60 l/s,
1501 dan boshlab, 2000 tagacha — 80 l/s, 2000 dan ortiq — 100 l/s.
2.19.1. Yopiq va ochiq yogʻoch materiallarini saqlash omborlaridagi tashqi yongʻinni oʻchirishga suv sarfini kamida 10-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarga teng qilib qabul qilish lozim.
2.20. Purkovchi yoki drencher uskunalari uchun, ichki yongan joʻmraklari va tashqi gidrantlar birlashgan suv quvurida oʻt oʻchirishga sarflanadigan suvni, SHNQ 2.04.01 talablari va ushbu boʻlimga muvofiq aniqlangan, oʻt oʻchirish boshlangan vaqtdan 1 soat mobaynidagi eng koʻp suv sarfi yigʻindisi deb qabul qilinsin.
Purkovchi yoki drencher uskunalari oʻchirilgandan keyin yongʻinni oʻchirish davri uchun zarur boʻlgan suv sarfi 2.15, 2.20, 2.22 va 2.23-bandlariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
* Eslatma: Yongʻinni oʻchirish sharoitlariga qarab, purkovchi va drencher uskunalari bir vaqtda ishlatilishini hisobga olish lozim.
Tashqi yongʻinni oʻchirish uchun koʻpikli moslamalar, lafet armaturali moslamalar yoki purkalangan suv uzatish yoʻli bilan oʻt oʻchirishdagi suv sarfi, 2.15-bandiga muvofiq gidrantlardan 25% miqdorda qoʻshimcha suv ishlatilishini eʼtiborga olgan holda aniqlanishi kerak. Shunda umumiy jamlama suv sarfi miqdori 8 yoki 9-jadvallarda koʻrsatilgan suv sarfidan kam boʻlmasligi lozim.
2.21. Ichki yongʻin joʻmraklari bilan jihozlangan binolardagi yongʻin oʻchirilayotganda 6 — 9-jadvallarida koʻrsatilgan sarflarga qoʻshimcha suv sarfi hisobga olinishi zarur, va uning miqdorini SHNQ 2.04.01 talablariga muvofiq, eng katta suv sarfini talab qiladigan binolar uchun qabul qilish kerak.
2.22. Quyida koʻrsatilgan boshqa ehtiyojlarga eng koʻp miqdorda suv sarflanayotgan sharoitlarda ham oʻt oʻchirish uchun hisobiy suv sarfi taʼminlanishi lozim:
xoʻjalik-ichimlik suv isteʼmoli;
kommunal-maishiy korxonalar;
sifatli ichimlik suvi talab etiladigan yoki alohida suv quvurini tashkil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmagan sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarining ishlab chiqarish ehtiyojlari;
suvni tayyorlash stansiyalarining oʻz ehtiyojlari, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarini yuvish va h.k.
Bunda sanoat korxonasida hududlarni suv bilan sugʻorish (suv sepish), dush qabul qilish, pol yuvish va texnologik uskunalarni yuvish hamda issiqxonalardagi oʻsimliklarni sugʻorish uchun suv sarfi hisobga olinmaydi.
Texnologik jarayon shartlari boʻyicha ishlab chiqarish suvlarini qisman yongʻin oʻchirish uchun ishlatish mumkin boʻlgan hollarda, oʻt oʻchirish uchun talab etiladigan suv sarfini taʼminlovchi yongʻinga qarshi suv quvuri tarmogʻiga oʻrnatilgan gidrantlarga qoʻshimcha ishlab chiqarish suv quvuri tarmogʻida gidrantlarni oʻrnatishni nazarda tutish lozim.
2.23. Avtomobil transporti korxonalarining ochiq va yopiq turdagi yer ustidagi avtoturargohlarda (avtoparkinglar) tashqi yongʻin oʻchirish uchun hisobiy suv sarfini 11-jadval boʻyicha olish kerak.
Boshqa turdagi avtoturargohlarda (avtoparking) yongʻin oʻchirishga hisobiy suv sarfini quyidagicha qabul qilish lozim:
koʻp qavatli yer ustidagi va yer ostidagi avtoturargohlar — 40 l/s;
yer ostidagi ikki qavatligacha boʻlgan avtoturargohlar — 20 l/s;
boks turida, bevosita boksdan tashqariga chiqish imkoni bilan, bokslar soni 50 dan 200 gacha boʻlganda — 5 l/s, 200 dan ortiq boʻlganda — 10 l/s;
avtomobillarni saqlash uchun ochiq maydonlarda, avtomobillar soni 200 gacha boʻlganda — 5 l/s, 200 dan ortiq boʻlganda — 10 l/s.
2.24. Avtomobil transporti korxonasining avtomobillarni saqlash maydonlarida yongʻin oʻchirishga hisobiy suv sarfini 12-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
Ochiq maydonda aralash avtomobillar parki saqlanayotganda, tashqi oʻt oʻchirishga suv sarfini avtomobillarning umumiy soni uchun, har bir toifadagi avtomobil uchun belgilangan oʻrtacha arifmetik meʼyor boʻyicha aniqlash kerak.
Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash korxonasi ayvon ostida joylashganda tashqi oʻt oʻchirishga suv sarfini 11-jadval boʻyicha, ishchi postlari yoki saqlash joylarining umumiy soni hisobidan kelib chiqib va ularni avtomobillarni ochiq saqlash joylarining soniga tenglashtirgan holda qabul qilish lozim. Bu holda oʻt oʻchirish joʻmraklarini oʻrnatish talab etilmaydi.
2.25. Avtomobillar toifalarini ularning gabarit oʻlchamlariga qarab, 13-jadval boʻyicha qabul qilish kerak.
2.26. Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va koʻchma yoqilgʻi qoʻyish vositalarini joylashtirish maydonlarida tashqi oʻt oʻchirishga hisobiy suv sarfini kamida 10 l/s miqdorda qabul qilish lozim. SHNQ 2.09.2 ning 8.13-bandiga muvofiq oʻt oʻchirishga sarflanadigan umumiy suv miqdori tashqi oʻt oʻchirish uchun xarajatlar va rezervuarlarni (sigʻimlarni) sovutish uchun suv sarfi uchun xarajatlar yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.
* Eslatma. Uzunligi va kengligi 12-jadvalda keltirilgan avtomobillar uchun toifa eng katta gabarit oʻlchamlar boʻyicha belgilanadi.
Avtopoyezdlar toifasi avtomobil-tyagachlarning gabarit oʻlchamlariga qarab belgilanadi.
Biriktirilgan avtobuslar III toifaga kiritiladi.
Yoqilgʻi quyish shoxobchasi avtomobil transporti korxonasi hududidan tashqarida joylashganda oʻt oʻchirish uchun yongʻinga qarshi rezervuarlardan foydalanishni nazarda tutishga ruxsat beriladi. Yongʻinga qarshi suv quvuri tarmogʻida yongʻin gidrantlari oʻrnatilgan joylardan 200 metrdan uzoq boʻlmagan masofada joylashgan yoqilgʻi quyish shoxobchalarida yongʻinga qarshi rezervuarlar nazarda tutilmaydi.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida va yongʻinga qarshi suv quvuri mavjud boʻlmagan aholi yashaydigan joylarda joylashgan yoʻnalishli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida, ana shu shoxobchalardan 200 m dan uzoq boʻlmagan masofada tabiiy suv manbalari mavjud boʻlgan holda, yongʻinga qarshi suv taʼminotini (shu jumladan rezervuarlarni ham) koʻzda tutmaslikka ruxsat etiladi, ayni paytda ularning oldiga olib boradigan yoʻl va oʻt oʻchirish mashinalari uchun maydan nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Qolgan holatlarda yoqilgʻi quyish shoxobchalari va turli AYQSHda tashqi oʻt oʻchirishga suv sarfini hisob-kitob qilishda SHNQ 2.09.20 talablariga amal qilish lozim.
2.27. Korxonalarning yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarini (suv oʻtkazgichlar, nasos stansiyalari, oʻt oʻchirish uchun suv zaxiralari rezervuarlari) suv uzatish taʼminlanganligi darajasiga qarab, suv taʼminotining I toifasiga quyish lozim.
2.28. Sanoat korxonasida bir vaqtda sodir boʻladigan yongʻinlarning hisobiy sonini u egalloydigan maydonga qarab qabul qilish kerak: bir yongʻin — maydoni 150 ga gacha boʻlganda, ikkita yongʻin — maydoni 150 ga dan ortiq boʻlganda.
* Eslatma: Ochiq va yopiq yogʻoch materiallari omborlari hududidagi bir vaqtda roʻy beradigan hisobiy yongʻinlar sonini quyidagicha qabul qilish lozim: ombor hududining maydoni 50 gektargacha boʻlganda — bitga yongʻin, 50 gektardan ortiq boʻlganda — ikkita yongʻin.
2.29. Aholi yashash joyining va aholi yashash joyidan tashqarida joylashgan sanoat korxonalarining yongʻinga qarshi suv quvuri birlashgan boʻlganda bir vaqtdagi yongʻinlarning hisobiy soni quyidagicha qabul qilinsin:
sanoat korxonasi hududining maydani 150 ga gacha boʻlganda va aholi yashash joyida 10 ming nafargacha odamlar yashaganda — bir yongʻin (korxona hududida yoki aholi yashash joyida eng katta suv sarfi boʻyicha); sanoat korxonasi hududining maydani 150 gektargacha boʻlganda va aholi yashash joyida 10 ming nafardan ortiq va 25 ming nafargacha boʻlganda — ikkita yongʻin (biri korxona hududida va ikkinchisi aholi yashash joyida);
sanoat korxonasining maydani 150 ga dan ortiq va aholi yashash joyida 25 ming nafargacha odamlar yashaydigan boʻlsa — ikkita yongʻin (ikkitasi korxona hududida va ikkitasi aholi yashash joyida eng katta suv sarfi boʻyicha);
aholi yashash joyida 25 ming nafardan ortiq odamlar yashaydigan holatda — 2.30-bandi va 6-jadval boʻyicha olinadi. Shu bilan birga, suv sarfini zaruriy katta sarf (korxona hududida yoki aholi yashash joyida) va zaruriy kichik sarfning 50% (korxonada yoki aholi yashash joyida) yigʻindisi sifatida aniqlash lozim.
2.30. Yongʻinni oʻchirish davomiyligi 3 soatga teng qilib qabul qilinishi kerak;
oʻtga chidamliligi I va II darajali, koʻtarib turuvchi konstruksiyalari yonuvchan emas, isitgichli, yongʻin va portlash-yongʻin xavfi boʻyicha G va D toifali binolar uchun — 2 soat;
yopiq yogʻoch materiallari omborlari uchun — kamida 3 soat;
ochiq yogʻoch materiallari omborlari uchun — kamida 5 soat.
2.31. Oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan suv hajmini tiklash uchun ketadigan eng katta vaqt quyidagi muddatlardan ortiq boʻlmasligi lozim:
24 soat — aholi yashash joyida va xonalari A, B, V toifali sanoat korxonalarida;
36 soat — yongʻin xavfi boʻyicha G, D va E toifali ishlab chiqarishlari mavjud sanoat korxonalarida;
72 soat — aholi yashash joylarida va qishloq xoʻjalik korxonalarida.
* Eslatma:
1. Tashqi oʻt oʻchirish uchun suv sarfi 20 l/s gacha boʻlgan sanoat korxonalari uchun yongʻinni oʻchirishga moʻljallangan suv hajmini tiklash muddatini quyidagicha oshirishga ruxsat etiladi:
48 soatgacha — G va D toifali xonalar uchun;
36 soatgacha — V toifali korxonalar uchun.
2. Oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan suv hajmi tiklanayotgan davrda I va II toifali suv taʼminoti tizimlari xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suv uzatishning hisobiy miqdorini 70% gacha qisqartirishga, III toifali suv taʼminoti tizimlari — 50% gacha qisqartirishiga va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun avariya jadvaliga muvofiq qisqartirishga ruxsat etiladi.
Oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan suv hajmini meʼyorlangan muddatda tiklashning imkoni boʻlmaganda yongʻinni oʻchirish uchun tayyorlab qoʻyiladigan suv zaxirasini 1,5, 2, 2,5, 3 baravar oshirishni koʻzda tutish lozim (uni tiklashga chindan ketadigan vaqtga (n) qarab): n=tfakt/tnorm, bunda tfakt — yongʻinni oʻchirish uchun tayyorlab qoʻyiladigan suv hajmini tiklashga chindan ketadigan vaqt, tnorm — yongʻinni oʻchirishga moʻljallangan suv hajmini tiklash uchun ketadigan vaqt (2.30-bandiga muvofiq).
Erkin bosimlar
2.32. Aholi yashash joylaridagi suv quvur tarmoqlaridagi eng kam erkin bosim binoga kiraverishda eng koʻp xoʻjalik ichimlik suv isteʼmoli bir qavatli imoratlar uchun yer yuzidan 10 m dan kam boʻlmagan, koʻp qavatlilarda har qavatiga 4 m dan qoʻshib borish koʻzda tutiladi.
* Eslatma:
1. Suv isteʼmoli eng kam soatlarda birinchi qavatdan tashqari har bir qavatdagi bosim 3 m ga teng deb qabul qilish joiz boʻladi. Bunda sigʻimlarda saqlash uchun suv yuborish taʼminlanishi kerak.
2. Ayrim koʻp qavatli binolar yoki ular guruhlari uchun, kam qavatli yoki tepalik yerlarda qurilgan imoratlar uchun bosimni oshirish maqsadida mahalliy nasos qurilmalarini koʻzda tutish joizdir.
3. Tarmoqlardagi erkin bosim suv tarqatgich kolonkasida 10 m dan kam boʻlmasligi kerak.
2.33. Ishlab chiqarish suv quvurlari tashqi tarmoqlarida erkin bosimni texnologik maʼlumotlar boʻyicha qabul qilish kerak.
2.34. Xoʻjalik-ichimlik suv quvuri tashqi tarmoqlarida erkin bosim isteʼmolchilarda 60 m dan oshmasligi kerak.
Tarmoqda bosim 60 m dan ortiq boʻlsa, bino yoki tumanlar suv taʼminoti tizimlarida bosimlar rostlagichlarini oʻrnatish yoki zonalashni koʻzda tutish lozim.
2.35. Yongʻinga qarshi suv quvurlarning past bosimlilarini qabul qilish kerak yongʻinga qarshi suv quvurlarda yuqori bosimlarni faqat isbotlangan dalillarga muvofiq qabul qilishga ruxsat etiladi.
Yuqori bosimli suv quvurlarda oʻt oʻchirish boʻyicha doimiy nasoslar yongʻin chiqqani haqida signal berilganidan keyin 5 daqiqadan kechikmagan holda nasoslarni ishga tushirishni taʼminlovchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
*Eslatma: Yashovchilar soni 5 minggacha boʻlgan yongʻindan saqlash mutaxassislari koʻzda tutilmagan aholi yashash joylarida yongʻinga qarshi yuqori bosimli suv quvurlari qabul qilinishi kerak.
2.36. Oʻt oʻchirishda yongʻinga qarshi past bosimli (yer yuzi sathida) suv quvur tarmoqlaridagi erkin bosim 10 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻt oʻchirishda yongʻinga qarshi yuqori bosimli suv quvuri tarmoqlaridagi erkin bosim, oʻt oʻchirish shlangi binoning eng yuqori nuqtasida boʻlganda va oʻt oʻchirishga suv toʻliq sarflanganda, suvning gʻuj oqimini 10 m dan ortiq boʻlmagan balandlikka yetkazishni taʼminlashi kerak.
Birlashgan suv quvur tarmoqlaridagi eng yuqori erkin bosim 60 m dan oshmasligi lozim.
3. SUV TAʼMINOTI MANBALARI
3.1. Suv manbalari, qaysiki suvning sifati tozalik-ozodalik talablariga muvofiq boʻlganlari birinchi navbatda xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti uchun taqdim etiladi, bu borada yer osti manbalaridan eng koʻp foydalanish kerak. Tabiiy yer osti suvlari zaxiralari ehtiyojlarni qanoatlantira olmasa, texnik-iqtisodiy dalillar asosida yer osti suvlari zaxiralarini sunʼiy ravishda toʻldirish koʻzda tutiladi. Yuza suvlari manbalarining yoʻqligi va yer osti ichimlik suvi zaxiralari miqdori bisyor boʻlgan hollarda xoʻjalik suv taʼminotida ushbu suvlardan boshqa maqsadlarda (ishlab chiqarish-texnik sugʻorish va boshqalar) foydalanishga suv zaxiralarini muhofaza qiluvchi hamda tartibga soluvchi idoralar roziligi bilan ruxsat etiladi.
3.2. Manbalardan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti uchun foydalanish imkoniyatlari quyidagilar asosida belgilanadi:
suv olish inshootlari joylashgan yerlar va ularga tutashgan hududlarning sanitariya ahvoli — suv taʼminoti yer osti manbalari uchun;
suv chiqarish yerlari va yuqoridagi hamda pastki suv olish manbalari oʻzining sanitariya ahvoli — suv taʼminotining yuza manbalari uchun;
suv taʼminoti manbalari suvlarining sifati;
tabiiylik va sanitariya boʻyicha ishonch darajasi hamda ularning sanitariya holatining prognozi.
3.3. Suv taʼminoti manbai suv olish inshootlari amaldagi qonunchilikka muvofiq sanitariya muhofazasi hududlarini tashkil qilish yoʻli bilan ifloslanishdan saqlangan boʻlishlari kerak.
3.4. Suv taʼminoti manbalarini tanlash topografik, gidrogeologik, ixtiologik, gidrologi, gidrokimyoviy, gidrobiologik, gidrotermik va boshqa qidiruv hamda sanitariya tekshiruvlari natijalari bilan asoslab berilishi lozim. Qaysi tashkilot uchun suv taʼminoti manbalari tanlanayotgan boʻlsa, oʻsha tashkilot sanitariya, gidrogeologik, gidrologik, topografik qidiruv va tekshiruvlarni tashkil etishi lozim.
Suv taʼminoti manbalarini oʻrganish dasturga binoan olib boriladi (A-ilova).
3.5. Suv taʼminoti manbalari sifatida yer yuzasidagi va yer ostidagi (tabiiy va sunʼiy) suv manbalari xizmat qiladi.
Suv taʼminoti manbalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
a) yuza suvlari, jumladan oqar suvlar (daryolar, sunʼiy ariqlar), hovuzlar (qoʻllar, suv havzalari, sunʼiy qoʻllar);
b) yer osti suvlari, jumladan yer osti buloqlari, oʻzanlar, sizishlar, quduqlar, sunʼiy toʻldiriladigan va boshqa suvlar, ishlab chiqarish korxonalari suv taʼminoti uchun tozalangan chiqindi suvlardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqish lozim.
Suv taʼminoti manbasi sifatida toʻldirilgan suvxonalar, tabiiy yuza manbalaridan suv ulangan hovuzlardan foydalanish mumkin boʻladi.
* Eslatma: Suv taʼminoti tizimida turli gidrologik va gidrogeologik xususiyatli bir necha manbalardan foydalanish joizdir.
3.6. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbalari SanQvaM № 02000-06 “Oʻzbekiston aholisini markazlashgan xoʻjalik-ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun suv manbalarini gigiyenik baholash, yuza va yer osti suv manbalarining klassini belgilash va tanlash” talablariga muvofiq tanlanishi lozim.
“Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli obyektlari boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga taqdim etilishi mumkin”.
3.7. Ishlab chiqarish suv taʼminoti uchun maʼdanli va geotermal suvlarni muvofiq qayta tozalab hamda sanitariya talablariga rioya qilgan holda foydalanishga ruxsat etiladi.
3.8. Yuza manbalari oʻrtacha oylik suv sarfining taʼminlanganligi 4.4-bandiga binoan suv taʼminoti tizimlari toifasiga qarab 14-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
3.9. Suv zaxiralaridan suv taʼminoti maqsadlarida foydalanishni baholashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
manbalar boʻyicha hisobiy tartib va suv xoʻjaligi muvozonatining 15 — 20 yillik istiqboli;
isteʼmolchilar tomonidan suv sifatiga qoʻyilgan talablar;
manbalardagi suvlarning sifat xususiyatlari koʻrsatilgan suvning tajovuzkorligi va mumkin boʻlgan sifat oʻzgarishi prognozi, chiqarma quvur — zovur hamda chiqindi suvlar oqimini rostlash hisobi bilan;
nasoslarni sifat va sonli xususiyatlari va ularning tartibi, oʻzanlarning oʻzgarishi, qirgʻoqlar chidamliligi;
manbalarni muzlash va qurib qolish ehtimoli, qor uyumlari borligi, nurash hamda sel quyishi (togʻli qismdagi suv oqimi), shuningdek manbaning suv yigʻiladigan hovuzlarida boshqa tabiiy ofat koʻrinishlari;
manbalarning kuzgi-qishki tartiblari va unda muzlash xususiyatlari;
yil oylari boʻyicha suv harorati va turli chuqurlikdagi fitoplanktonlarning rivojlanishi;
bahorgi-yozgi toshqinlarning oʻziga xos xususiyatlari;
yer osti suvlari zaxiralari va oziqlanish sharoitlari, shuningdek ularning tabiiy sharoitlar oʻzgarishi natijasida nurashi va antropogen taʼsirlari (suvxonalar, zovurlar, sugʻorish, suvni sunʼiy ravishda tortib chiqarish va h.k.);
yer osti suvlarining sifati va harorati;
yer osti suvlari zaxiralarini sunʼiy toʻldirish yoki shakllantirish imkoniyatlari;
suvni muhofazalash va undan foydalanishni tartibga solish boʻyicha sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari talablari va h.k.
3.10. Suv taʼminotining yuza manbalarini suv zaxiralariga yetarli baho berishda suv tarqatish joylaridan pastda suv sarfining kafolatini taʼminlash, yilning har mavsumida suv oʻzanining nishabida aholi yashash joylarida ularning suvga boʻlgan ehtiyojlarini qoniqtiradigan, sanoat korxonalari, qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, kemasozlik va boshqa suvdan foydalanadigan, shuningdek suv taʼminoti manbalarini muhofazalash boʻyicha sanitariya talablarini taʼminlash lozim.
3.11. Yuza suvlari manbalarida suv sarfi yetarli boʻlmagan hollarda bir gidrologik yil mobaynida tabiiy suvlar oqimini iega solish (mavsumiy iega solish) yoki koʻp yil mobaynida (koʻp yillik iega solish), shuningdek texnik-iqtisodiy dalillarga asoslanib, boshqa yuza manbalaridan suv oqizishni nazarda tutmoq lozim.
* Eslatma: Manbalarda suv sarfi yetarli boʻlmaganda ayrim suv isteʼmolchilarni taʼminlash darajasi va suvni koʻpaytirish uchun yuqori narxlori yoki mashaqqatlarini suv zaxiralarini muhofazalash va undan foydalanishni tartibga solish idoralari hamda Oʻzbekiston Respublikasi SSV bilan kelishilgan holda belgilanadi.
3.12. Yer osti suvlari boyliklari va zaxiralarini baholash Oʻzbekiston Respublikasining geologiya va maʼdan zaxiralari boʻyicha Davlat qoʻmitasining “Yer osti suvlari zaxiralaridan foydalanish tasnifi” va “Yer osti suvlari zaxiralaridan foydalanish tasnifini ichimlik hamda texnik suv kon havzalarini qabul qilish boʻyicha qoʻllanma”lari kabi hujjatlar, gidrogeologik qidiruv (izlash, oldindan, qisman ajratishlarni iega solish asosida ishlab chiqish lozim. Kon havzalarining Oʻrganilganligi yer osti suvlari zaxiralarini toʻliq ishonchli baholashni taʼminlashi, ularning sifati va ulardan foydalanishda atrof-muhitni muhofazalash boʻyicha shartlarga rioya qilish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish borasida izlab topilgan konlar (maydonlar) foydalanishga topshiriladigan ichimlik va texnik suv zaxiralari Oʻzbekiston Respublikasi poytaxt va Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyat markazlari va respublika qaramogʻidagi shaharlarning yirik sanoat korxonalari, shuningdek alohida murakkab gidrogeologik sharoitlar va muhim ahamiyatga ega boʻlgan texnogen taʼsirli quvvati 15 ming m3/sut. dan yuqori boʻlgan loyihadagi suv olgichlar suv taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi (OʻzR DZQ) tomonidan tasdiqlanishi talab etiladi.
* Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan avval tasdiqlangan ishga tushiriladigan zaxiralarni qayta baholash lozim boʻlib qolgan holda, agar ishga tushiriladigan zaxiralar oʻsishi 15 ming m3/sut. dan oshmasa, ishga tushiriladigan zaxiralarni qayta tasdiqlash talab etilmaydi.
Yer osti suvlari foydalanishga tushiriladigan zaxiralar oʻrganilgan darajasi boʻyicha A, V, S1 izlab topilgan va S2 — prognozli toifalarga boʻlinadi.
Tabiiy (gidrogeologik) sharoitlarni murakkabligiga, kon havzalari (kon havzasi uchastkalari) texnogen taʼsiri darajasi va iqtisodiy koʻrsatkichlariga koʻra, quyidagi guruhlarga boʻlish lozim:
I guruh. Qayta qidiriladigan oddiy gidrogeologiq gidrokimyoviy va gidrotermik sharoitli, ahamiyatsiz texnogen taʼsirli kon havzalari (uchastkalari) ushbu guruh V toifasini, A, V va S1 toifalari foydalanilayotgan kon havzalari (uchastkalari) zaxiralarini baholash hamda qidirish afzalligi imkoniyatlarini belgiloydi;
II guruh. Murakkab gidrogeologik sharoitli, quvvatning, suv oʻzanlari tuzilishi, suv oʻzanlaridagi tuproqning sizish xususiyatlarini yoki oʻzgaruvchanligi murakkab gidrokimyoviy, gidrotermik sharoitlar bilan;
I guruh. Kon havzalari (uchastkalari) oʻrtacha texnogen taʼsirli V va S1 toifalari boʻyicha zaxiralarni asosan qidirish va baholash, yangi qidiriladigan kon havzalari uchun A, toifasi, foydalanilayotgan kon havzalari uchun V toifalarini belgiloydi;
III guruh. Juda murakkab gidrogeologik sharoitlar bilan quvvatning, suv oʻzanlari tuzilishi, suv oʻzanlaridagi tuproqni sizish xususiyatlarini va ularni muayyan oziqlantirish, juda murakkab gidrokimyoviy va geotermik sharoitlar boʻyicha: I guruh kon havzalari (uchastkalari) ahamiyatli texnogen taʼsirli va II guruh oʻrtacha texnogen taʼsirli; murakkab suv olish tizimlarida (yotiq nurli va boshqalar) qabul qilishda tekshiruv — tajriba suv olgichlar qurish zarurati va yer osti suv zaxiralarini sunʼiy toʻldirishda S1 va V toifalari boʻyicha qidirish va baholash afzalligini, yangidan qidiriladigan kon havzalari va zaxira toifasi — V, foydalanilayotgan kon havzalari uchun — A toifalarini belgiloydi;
Foydalanish zaxiralari xalq xoʻjaligidagi ahamiyati boʻyicha alohida hisob-kitoblarga asoslangan ikki guruhga boʻlinadi:
muvozanatli, qaysiki hozirgi vaqtda mavjud zaxiralardan foydalanish Iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yoki sanoat tomonidan ilgʻor texnikani oʻzlashtirish va erishilgan texnologiyalar, yer osti suv boyliklaridan unumli foydalanish talablariga binoan suvlarni tozalash yoki qayta tozalash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;
muvozanatdan tashqari, qaysiki hozirgi vaqtda aniqlangan sabablarga koʻra (iqtisodiy, ekologik yer osti suv zaxiralari miqdorini chegaralanganligi va boshqalar) maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki texniktexnologik sabablarga koʻra mumkin boʻlmagan, bu borada ulardan foydalanish mumkinligi isbotlangan va keyinchalik muvozanatli zaxiralarga oʻtkaziladigan zaxiralardir. Topilgan kon havzalari (uchastkalari) sanoatni oʻzlashtirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilinganda tayyorlangan hisoblanadi:
a) yer osti suvlari muvozanatli zaxiralari Oʻzbekiston Respublikasi zaxiralar Davlat qoʻmitasi yoki suvning gidrogeologik izlanishlarini bajaruvchi qidiruv tashkilotlarining ilmiy-texnik kengashi (ITK) tomonidan tasdiqlanishi;
b) loyihalanayotgan yangi va faoliyatdagi xoʻjalik-ichimlik suv chiqarish inshootlari yoki boshqa yer osti suvlarini qazib chiqarib, isteʼmol qiluvchi korxonalar foydalanadigan yer osti suvlari muvozanatli zaxiralari oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishi 15-jadvaldagi turli toifalar koʻrsatkichlariga mutanosib boʻlishi kerak.
* Eslatma:
1. Bildirilgan birinchi navbatdagi suvga boʻlgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun suv olish inshootlari loyihalanayotganda 15-jadvalda koʻrsatilgan yer osti suvni muvozanatli zaxiralari hisobga olinadi.
2. Sanoatning barcha guruhlar kon havzalarini (qismlarini) izlab-topib, oʻzlashtirish imkoniyatlari turli toifali muvozanat zaxiralarining kichik nisbati bilan taqqoslash boʻyicha koʻrsatilganlar Oʻzbekiston Respublikasi DZK, (ITK qidupyv tashkilotlari) tomonidan tahlilchilarning zaxiralarni hisob-kitob qilgan hujjatlari asosida zaxiralarni tasdiqlashda belgilanadi.
3. Kon havzalari (uchastkalari) chegaralarida topilgan zaxiralarni S2 toifasi loyihalash jarayonida suv olgich (suv oʻtkazgich kesimlarini tanlash, nasos stansiyalari quvvati, foydalaniladigan quduqning chuqurligi va qurilmalarini aniqlash, suv olgich maydonlarini qurish va ifloslanishlardan saqlash boʻyicha choralarni ishlab chiqish hamda maxsus qoʻriqlanadigan hududlar sanitariya muhofazasi hududlarini belgilash) inshootlarini kengaytirish istiqbollarini hamda texnik-iqtisodiy asoslar (TIA), texnik-iqtisodiy hisoblar (TIH), suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirishning istiqbolli sxemalarini (tarzlarini) tuzish imkoniyatlarini hisobga olish zarur.
4. Suvni muhofazalash va undan foydalanishning kompleks sxemalarini, suv xoʻjaligi muvozanatlarini tuzishda hamda kelajakda suv gidrogeologik qidiruvlarini rejalashtirishda S2 toifa zaxiralari hisobga olinadi.
4. SUV TAʼMINOTI SXEMALARI VA TIZIMLARI
4.1. Suv taʼminoti sxemalarini (tarzlarini) va tizimlarini tanlashni obyektlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yoki obyektlar guruhlari rivojlanishining turli bosqichlarida suv sarfi, suv taʼminoti manbalari, talab etiladigan bosimlar, suv sifati va suv uzatishni taʼminlashlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan usullarni solishtirish asosida olib borish lozim.
4.2. Usullarni solishtirish asoslangan boʻlishi kerak:
suv taʼminoti manbalari va ulardan foydalanish u yoki bu isteʼmolchilar uchun;
tizimlarning markazlashganlik darajasi va suv taʼminoti tizimlarini mahalliy jihatdan boʻlishning maqsadga muvofiqlash;
inshootlar, suv oʻtkazgichlar va turli vazifalarga moʻljallangan tarmoqlarni birlashtirish yoki ajratish;
suv taʼminoti tizimlarini zonalash, rostlash sigʻimlaridan foydalanish, rostlash stansiyalari va tortish nasos stansiyalarini qoʻllash;
aylanma suv taʼminotining birlashgan yoki mahalliy tizimlarini qoʻllash;
ayrim korxonalar (sexlor, qurilmalar, texnologik tarmoqlar), boshqa korxonalarning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (sexlor, konstruksiyalar, texnologik tarmoqlar ), shuningdek ishlatgan suvdan hududni va yashil ekinlarni sugʻorishda foydalanish;
sanoat va maishiy chiqindi suvlarini tozalash, shu bilan birga ishlab chiqarish suv taʼminoti uchun yuza suv oqimlarini toʻplash, sugʻorish va hovuzlarni toʻldirish;
suvdan foydalanishning berk tizimlarini yoki berk davriy tizimlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi;
ishga tushiriladigan majmua boʻyicha qurilishlar va tizim unsurlarini navbatma-navbat ishga tushirish.
4.3. Aholi yashash joylaridagi markazlashgan suv taʼminoti tizimlari mahalliy sharoitlar va qabul qilingan suv taʼminoti tarzlariga koʻra quyidagilarni taʼminlashi kerak:
turar joy va umumiy binolarda xoʻjalik-ichimlik suv isteʼmoli, kommunal-maishiy korxonalar ehtiyojlarini;
korxonalarning xoʻjalik-ichimlik suv isteʼmolini;
sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish ehtiyojlari, qayerda ichimlik suvi sifati yoki qaysiki alohida suv quvurini qurish iqtisodiy maqsadga muvofiqligi;
oʻt oʻchirishni;
suv tayyorlash stansiyalarining uz ehtiyojlari, suv oʻtkazgich tarmoqlarning yuvish, shuningdek kanalizatsiya tarmoqlarini yuvish (bu maqsadlarda foydalanish uchun sugʻorish suvlari boʻlmagan yoki bu suvdan foydalanishning iloji boʻlmagan hollarda).
Quyidagi asoslangan hollarda mustaqil suv quvurini oʻrnatish ruxsat etiladi:
Hududni yuvish va suv sepish (koʻchalar, yoʻllar, maydonlar, yashil ekinlar), favvoralar ishi va shunga oʻxshashlar;
issiqxonalarda, butxonalarda va ochiq maydonlarda, shuningdek tomorqa maydonlarida ekinlarni sugʻorish.
4.4. Markazlashgan suv taʼminoti tizimlari suv uzatishni taʼminlash darajasi boʻyicha uch toifaga boʻlinadilar:
xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlariga uzatiladigan hisobiy sarfni 30% dan koʻp boʻlmagan miqdorda va ishlab chiqarish ehtiyojlariga korxonaning nosozlik (avariya) jadvalida belgilangan chegaragacha suv uzatishni pasaytirish ruxsat etiladi. Suv uzatishning pasayishi 3 sutkadan oshmasligi lozim;
suv uzatishni toʻxtatish yoki koʻrsatilgan chegaradan past uzatilishi, vaqtincha shikastlangan qismni uchirish va ehtiyot unsur tizimlarni (jihozlar, armaturalar, inshootlar, suv quvurlari va boshqalar) yoqishga ruxsat etiladi, lekin 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
II — suv uzatishni pasaytirishga ruxsat etilgan oʻlchami I toifadek; suv uzatishning pasayishi davomiyligi 1O sutkadan oshmasligi lozim. Suv uzatishni toʻxtatish yoki koʻrsatilgan chegaradan past uzatilishi vaqtincha shikastlangan qismini oʻchirish va ehtiyot unsurlarni yoqish yoki taʼmirlash ruxsat etiladi, lekin 6 soatdan oshmasligi lozim;
III — suv uzatishni pasayish ruxsat etilgan oʻlchami I toifadek; suv uzatishni pasayishi davomiyligi 15 sutkadan oshmasligi kerak. Suv uzatishni toʻxtatish yoki pasayishi koʻrsatilgan chegaradan past boʻlishiga taʼmirlash vaqtida ruxsat etiladi, lekin 24 soatdan oshmasligi lozim.
Yashovchilar soni 50 mingdan ortiq boʻlgan aholi yashash joylardagi birlashgan xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlarini — I toifa: 5 mingdan 50 minggacha kishi — II toifa; 5 mingdan kam kishi — III toifaga kiritish lozim boʻladi.
Qishloq xoʻjalik guruhiy suv quvur toifasini aholi yashash joylarining eng koʻp aholi soni boʻyicha qabul qilinadi.
Sanoat va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish korxonalarining (ishlab chiqarish, sexlor, konstruksiyalar) ehtiyojlari uchun oshirilgan suv uzatish bilan taʼminlanishi zarur boʻlsa, mahalliy suv taʼminoti tizimlarini nazarda tutish lozimdir.
Obyektlarning texnologik talablarini taʼmiilovchi mahalliy tizimlar loyihalari ushbu obyektlar loyihalari bilan birga koʻrib chiqilishi va birga tasdiqlanishi kerak.
Suv taʼminoti tizimlaridagi ayrim unsurlarning toifalari ularning umumiy suv taʼminoti tizimidaga vazifalariga bogʻliq ravishda belgilanadi.
Suv taʼminoti tizimlaridagi II toifali unsurlarning nosozligi oʻt oʻchirishda suv uzatishga toʻsqinlik qilsa, ular I toifaga kiritilishi kerak.
4.5. Suv taʼminoti sxemalari (tarzlari) va tizimlari ishlab chiqilayotganda mavjud inshootlar, suv oʻtkazgichlar va tarmoqlarning texnik iqtisodiy va sanitariya jihatdan baholash hamda kelgusida qayta tiklash va ularning ishlarini jadallashtirish boʻyicha sarflanadigan xarajatlar hisobini, ulardan foydalanish darajasini asoslab berish lozim.
4.6. Yongʻinga qarshi suv ehtiyojlarini taʼminlovchi suv taʼminoti tizimlarni 2-boʻlimdagi koʻrsatmalarga muvofiq loyihalash kerak.
4.7. Aylanma suv taʼminotini 11-boʻlimdagi koʻrsatmalarga muvofiq loyihalash lozim.
4.8. Ishlab chiqarish suv taʼminoti tizimlarining afzal usullarini tanlashda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini oʻzgartirish bilan asosiy tutilishlarning oʻsishi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarining keltirilgan qiymatini pasayishiga olib kelish imkoniyatlarini hamda maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish kerak.
4.9. Suv olish inshootlari, suv oʻtkazgichlar, suv tayyorlov stansiyalari, qoidaga koʻra, suv isteʼmolini bir sutkaga oʻrtacha 1 soatgi eng koʻp sarfi sifatida koʻrib chiqish lozim.
4.10. Suv oʻtkazgichlari, suv quvur tarmoqlari, nasos stansiyalari va kerakli hajmlardagi rostlash sigʻimlari birgalikdagi ishlari hisobi uzatish tizimlari hamda suvni hisobiy muddatga taqsimlash, buni amalga oshirishda ketma-ketlikni belgilash, nasos jihozlarini tanlash, rostlash sigʻimlari talab etadigan hajmlar, ularni har bir qurilish navbatida joylashtirishni belgilash zarurligini asoslab beradi.
4.11. Aholi yashash joylarida suv taʼminoti tizimlari uchun suv oʻtkazgichlar, suv quvur tarmoqlari, nasos stansiyalari va rostlash sigʻimlarining birgalikdagi ishlarining hisobi, odatdagidek suv uzatishning quyidagi xususiyatli tartiblari uchun bajariladi:
bir sutkadagi eng koʻp suv isteʼmoli — oʻrtacha eng koʻp va bir soatdagi eng kam sarflar, jumladan eng koʻp bir soatli sarflar va oʻt oʻchirishga hisobiy suv sarfi;
bir sutkadagi oʻrtacha suv isteʼmoli — bir soatdagi oʻrtacha sarflar; bir sutkadagi eng kam suv isteʼmoli — 1 soatdagi eng kam sarflar.
Suv oʻtkazgichlar, nasos stansiyalari, rostlash sigʻimlari va suv taqsimlash tarmoqlarini birgalikdagi ishlari suv isteʼmolini barcha xususiyatli tartiblarida olib borilgan hisoblar yetarli ekanligi isbotlab berilgan sharoitda boshqa tartibdagi suv isteʼmoli uchun, shuningdek bitta yoki bir nechta koʻrsatilgan tartiblar uchun hisob-kitoblardan voz kechishga ruxsat etiladi.
Ishlab chiqarish suv taʼminoti tizimlari uchun ular ishlarining xususiyatli sharoitlari ishlab chiqarish texnologiyasi xususiyatlari va yongʻinga qarshi xavfsizlikni taʼminlash bilan muvofiq ravishda oʻrnatiladi.
* Eslatma: Inshootlar, suv oʻtkazgichlar va tarmoqlar hisoblanayotganda oʻt oʻchirish davrida suv oʻtkazgich va halqa yoʻllar tarmoqlari, shu jumladan, inshootlar boʻlimlari va qismlarida nosozlikdan uchib qolishlar hisobga olinmaydi.
4.12. Maʼlum obyekt loyihasi tuzilayotgan bosqichda suv taʼminoti tizimlarini ishlab chiqishda oʻlchamlar roʻyxatini tuzish lozim, qaysiki keyinchalik tizimlardan foydalanilayotgan ishchilar tomonidan loyihadagi sarflar bilan haqiqiy sarflarni mutanosibligini muntazam nazorat etish va suv isteʼmoli notekisligi koeffitsiyenti, shuningdek jihozlar, inshootlar va konstruksiyalarning haqiqiy tasniflarini tekshirish zarurdir. Nazoratni amalga oshirish uchun loyihaning tegishli boʻlimlarida buning uchun zarur boʻladigan asboblar va apparatlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
4.13. Guruhiy va zonaviy suv quvurini qurishda suvni uzoq masofaga joʻnatishda, ayniqsa ushbu tizimlarni ishga tushirilishdagi boshlangʻich davrida, qachon suv oʻtkazgichlarda suvning oqish tezligi hisobdagidan ancha pastligida suv sifatini saqlab qolish uchun chora-tadbirlarni koʻrib chiqish lozim.
4.14. Qishlok xoʻjaligi suv taʼminoti sxemalari (tarzlari) va tizimlarini ishlab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:
markazlashgan suv taʼminoti tizimlarini faqat istiqbolli aholi yashash joylari va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish obyektlari uchun loyihalash;
hisobiy muddatgacha saqlanayotgan qishloq aholi yashash joylarida mavjud suv olgich inshootlarini (suv oluvchi quduqlar, buloqlardan suv yigʻish va shunga oʻxshash) qayta tiklash, ularni suv koʻtargich mexanizmlari bilan jihozlash va ayrim madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish binolarida ichki suv quvurlar oʻtkazish;
xoʻjalik-ichimlik sifatida suv taʼminotiga yaramaydigan mahalliy suv manbalari va sugʻorish tizimlaridan foydalangan holda tomorqalarda sugʻorish uchun mavsumiy suv quvurlarni koʻzda tutish maqsadga muvofiq;
shoʻr suv tarqolgan hududlar uchun suv taʼminoti tizimlarini loyihalashda (chuchuk suvning mahalliy yoki zonaviy manbalari mavjud boʻlmagan holda) teskari osmos va elektrodializ texnologiyasidan foydalangan holda, chuchuklashtiruvchi konstruksiyalari mavjud mahalliy suv olgichlardan foydalanish mumkin, shu bilan birga ichimlik ehtiyojlari uchun chuchuklashtirilgan suvdan, noichimlik ehtiyojlari uchun esa — minerallashtirilgan suvdan foydalanish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish lozim. Bir qavatli imoratlar qurilgan aholi yashash joylarida chuchuklashtirilgan suv tarqatish shoxobchalarini tashkil qilish tavsiya etiladi. Suv tarqatuvchi shoxobchalar orasidagi masofa 200 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
5. SUV OLISH INSHOOTLARI
Yer osti suvlarini olish inshootlari Umumiy koʻrsatmalar
5.1. Suv olish inshootlarining turi va sxemasini hududning geologik gidrogeologik va sanitariya sharoitlaridan kelib chiqish lozim.
5.2. Yangi va mavjud suv olgichlarni kengaytirishni loyihalashda ularni mavjud hamda loyihalanayotgan suv olgichlarni qoʻshni joylarga, shuningdek hududlarning tabiiy muhitiga hamda ekologiyasiga taʼsirini (yuza va yer osti oʻzanlar, yer-tuproq holati, oʻsimliklar va boshqalar) hisobga olish lozim.
5.3. Yer osti suvlari suv olgich inshootlarining asosiy turlarini quyidagilar tashkil qiladi: burgʻilangan quduqlar, kon quduqlari, yotiq murakkab, nurli suv olgichlar, buloqlar suvini toʻplashdir.
Suv olish quduqlari
5.4. Burgʻilangan quduqlar loyihalarida burgʻilash usullari va burgʻilangan quduqning qurilmalari, uning chuqurligi, ustun quvur diametri, suv qabul qilish qismining turi, suv koʻtargich va burgʻilangan quduq kallasi, shuningdek ularni sinash tartiblari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
5.5. Quduqlarni burgʻilash usullari tavsiya etilayotgan S-ilovada keltirilgan.
5.6. Burgʻilangan quduqlar konstruksiyalarida lozim boʻlgan oʻlchovlarni olish, belgi va suvdan namunalar olish, shuningdek impulsli reagentlarni qoʻllagan holda, taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun hamda qayta tiklashning murakkab usullari bilan burgʻilangan quduqlardan foydalanishlarni koʻrib chiqish zarurdir.
5.7. Burgʻilangan quduqlarni jihozlash uchun, qoidaga koʻra, markazdan koʻchma elektr dvigateli yuklangan quduq nasoslari qoʻllaniladi.
Foydalaniladigan ustun (suzgich) diametrini qabul qilishda — tanlangan nasos agregati uchun eng kichik ruxsat etilgan qiymat olinadi. Nasosni filtr ustiga oʻrnatishning iloji boʻlmasa, uni tindirgichda yoki filtrda (filtrning bu qismi “berk quvur” usulida toʻsilganlik sharti bilan) joylashtiriladi. Nasos filtrda oʻrnatilganda filtrning tagi nasosdan 1-2 m past boʻlishi kerak. Yuqorida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilish imkoni boʻlmasa yoki nasosni tindirgichda joylashtirish zarurati boʻlsa, loyihada quduqqa tushuvchi elektr dvigateli atrofida sovutilgan suvning aylanishini taʼminlovchi qobiq konstruksiyani koʻzda tutish lozim. Burgʻilangan quduq nasosi tindirgichga joylangan holda, tindirgichni chuqurligi nasos balandligi hisobi boʻyicha chuqurlashtirilishi kerak.
5.8. Burgʻilangan quduqlar ogʻzi yer osti boʻlmalari yoki isbotlangan holda yuza pavilyonlarida joylanishi koʻzda tutiladi.
5.9. Pavilyon va yer osti kamerasi tarxining oʻlchamlarini ularda elektr dvigatellari, elektr uskunalari hamda nazorat-oʻlchov asboblarini (NOʻA) joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi lozim. Yuza pavilyoni va yer osti kamerasining balandligi uskunalar oʻlchamlariga koʻra qabul qilinadi, lekin 2,4 m dan kam boʻlmasligi kerak.
5.10. Oʻralgan quvur ustunining yuqori qismi yerdan 0,5 m dan kam boʻlmagan holda chiqib turishi lozim.
5.11. Burgʻilangan quduqning kalla va ogʻiz qismi konstruksiyalari (konstruksiyalari) burgʻilangan quduqlarga quvurlararo va quvurlar ortidagi boʻshliklarga yuza suvlari hamda ifloslovchi chiqindilar kirmasligi uchun mutlaq zichlikni taʼminlashlari lozim.
5.12. Burgʻilangan quduq nasoslari qismlarini yigʻish va buzishni burgʻilangan quduq ogʻzida mexanizmlar bilan oʻrnatiladigan choʻyan qopqoq orqali amalga oshirish koʻzda tutiladi.
5.13. Suv olgichdagi ehtiyot burgʻilangan quduqlardan yer osti suvlarini 16-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
* Eslatma:
1. Gidrometeorologiya sharoitlariga qapab va tegishlicha asoslab berishda zaxira quduqlar soni koʻpaytirilishi mumkin.
2. Suv olgichlar toifasi, 4.4-bandiga muvofiq, suv uzatishni taʼminlash darajasi boʻyicha qabul qilinadi.
3. Barcha toifadagi such olgichlar uchun omborda zaxira nasoslarini mavjud boʻlishini nazarda tutish kerak:
ishchi quduqlar 3 gacha boʻlganda — bitta;
3 dan 8 gacha — ikki;
8 dan 12 gacha — uch;
yanada katta sonda — ishchi quduqlar sonining 25%.
5.14. Foydalanishga yaramaydigan suv olgich burgʻilangan quduqlari berkitib yoʻq qilishga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va maʼdan zaxiralari boʻyicha Davlat qoʻmitasi hududiy tashkilotlari bilan kelishilgan xatda kuzatuv boʻlinmalariga aylantirib qayta jihozlanadi. Berkitib, yoʻq qilib tashlash uchun SES vakili ishtirokida burgʻilangan quduqning ishdan chiqish sabablari koʻrsatilib, dalolatnoma tuziladi.
5.15. Burgʻilangan quduqlarda filtrlarni mustahkam boʻlmagan gʻovakli xarsang va yarimxarsang qatlamlariga oʻrnatish lozim.
5.16. Filtrning oʻlchamlari va konstruksiyalarini gidrogeologik sharoitlarga, debetga hamda foydalanish tartibiga koʻra tavsiya etilayotgan D-ilovaga muvofiq qabul qilish lozim.
5.17. Zarbli burgʻilashda oʻralgan quvurning uchidagi ichki diametri filtrning tashqi diametridan 50 mm dan kam boʻlmasligi, filtr tuproq bilan koʻmiladigan boʻlsa, 100 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Rotorli burgʻilashda dolotoning yakuniy diametri filtrning tashqi diametridan kamida 100 mm ga kattaroq boʻlishi lozim.
5.18. Filtr diametri burgʻilangan quduqlar loyiha debetidan kelib chiqqan holda suv olgich jihozlari oʻlchamlari va tuproq bilan koʻmish imkoniyatlarini hisobga olib oʻrnatiladi. Burgʻilangan quduqlarni taʼmirlash shartlari boʻyicha filtr karkasining eng kichik diametri 100 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
5.19. Filtrning ishchi qismi uzunligini bir turli bosimlarda suvli qatlamlarning quvvati 10 m gacha boʻlganda qatlam quvvatiga teng: bosimsizida — qatlam quvvati burgʻilangan quduqda (filtr qoidaga koʻra choʻktirilgan boʻlishi kerak) suvdan foydalanishda suvning darajasi pasayishini ayirib tashlash hamda 5.20-bandini hisobga olgan holda, qabul qilish lozim.
Suvli qatlam quvvati 10 m dan ortiq boʻlsa, ishchi qismini gidrogeologik qidiruvlar quduqlarni haqiqiy sinalgan maʼlumotlariga muvofiq qabul qilish yoki qatlamni suv oʻtkazuvchanligini hisobga olgan holda hisob-kitoblarini, quduqlar va filtrlar unumdorligini aniqlash kerak.
5.20. Filtrning ishchi qismini suvli qatlam usti va tubigacha 0,5-1 m dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatish lozim.
5.21. Bir necha suvli qatlamlardan foydalanishda filtrning ishchi qismini har bir suvli qatlamida oʻrnatish va kuchsiz suv oʻtkazuvchi quvvati 3 m gacha boʻlgan qavatlarni oʻzaro filtrlarni birlashtirish yoki quvvati 3 m dan ortiq boʻlsa, berk quvurlar oʻrnatish bilan belgilanadi.
5.22. Filtrni oʻrnatishda (zich) filt ustidan quvurning yuqori qismi burgʻilangan quduqning chuqurligi 50 m gacha boʻlganda oʻralgan ustun quvurning poyidan 3 m dan kam boʻlmasligi, burgʻilangan quduq chuqurligi 50 m dan ortiq boʻlganda 5 m dan kam boʻlmasligi kerak. Filtrni suzuvchi va mayda donli qumlarga zich oʻrnatishda istalgan chuqurlikdagi burgʻilangan quduqlarning filtr ustidagi quvurlar 5 m dan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi lozim. Zarurat boʻlsa oʻralgan ustun va filtr ustki quvur orasiga salnik oʻrnatilishi lozim.
5.23. Tindirgich uzunligini kutilayotgan jinslar zarralari choʻkindisining miqdoriga koʻra, 2 m dan kam boʻlmagan holda qabul qilish lozim. Agar gidrogeologik qidiruv maʼlumotlari boʻlsa, ular koʻrsatmalari boʻyicha qabul qilinadi.
5.24. Yer osti suvlarini olish uchun filtrsiz konstruksiyalar burgʻilangan quduqlar turgʻun jinslar mavjud boʻlgan :hollarda qabul qilish lozim boʻladi. Bunda burgʻilangan quduqlar uzunligi yuzadan nasosdan kamida 2 m gacha chyqyppoq boʻlgan berk quvur bilan mahkamlashni nazarda tutish lozim.
5.25.quduqlar burgʻilangandan va filtr bilan jihozlangandan keyin tortib tozalashni, rotorli burgʻilashda esa suv butunlay tiniqlanishigacha loyli qorishma bilan tozalashni nazarda tutish kerak.
5.26. Loyihada qabul qilingan suv olgich burgʻilangan quduqlarini haqiqiy debetiga muvofiq oʻrnatish uchun ularni tortish yoʻli bilan sinash taqdim etilayotgan E-ilovadagi koʻrsatmalarga binoan nazarda tutish lozim.
Shaxtali quduqlar
5.27. Shaxta quduqlarini, asosan, gʻovak jinslar bilan qoplangan yuzadan birinchi bosimsiz suvli 30 m gacha chuqurlikdagi qatlamlarda ishlatish qilish kerak.
5.28. Qalinligi 3 m gacha boʻlgan suvli qatlamlarda qatlamning bor qalinligini ochish bilan mukammal turdagi quduqlarni; qalinligi katta boʻlganda bir qism qalinligini ochib mukammal va nomukammal quduqlarni koʻzda tutish lozim.
5.29. Gidrogeologik sharoitlar va chuqurligiga koʻra quduqlarning suv qabul qIlish qismi faqaT tubida yoki devorida yo boʻlmasa qoʻshilgan quduqning tubi :hamda devorida oʻrnatiladi. Suv qabul qilish qismi qumli tuproqda joylashgan boʻlsa, quduqning tubida qum-shagʻalli qaytaruv filtr yoki gʻovak betondan filtr (taxta), suv qabul qiluvchi qismi devorida esa — gʻovak beton yoki shagʻaldan (devorda deraza sifatida shagʻal bilan toʻldirilgan) filtrni koʻzda tutish zarur.
5.30. Qaytaruv filtrni qum va shagʻallarni bir necha qatlamlaridan, har bir qatlam 0,1-0,15 m dan, umumiy qalinligi 0,4-0,6 m qabul qilish lozim, filtr tubiga mayda, yuqorisiga yirik qum-shagʻal yotqiziladi.
5.31. Filtrning alohida qatlamlarining mexanik tarkibi va filtr qatlamlari oʻrtacha diametri orasidagi nisbatni tavsiya etilayotgan D-ilovada keltirilgan koʻrsatmalarga muvofiq qabul qilish lozim.
5.32. Shaxta quduqlarining yuqori qismi yer yuzidan kamida 0,8 m ga yuqori boʻlishi kerak. Bunda quduq atrofida 1-2 m kenglikda quduqdan 0,1 nishablikda toʻshama nazarda tutilishi; xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlariga suv uzatuvchi quduqlar atrofida undan tashqari (yerda) quyuq loydan 1,5-2 m chuqurlikda va 0,5 m kenglikda qulf tashkil qilish yoki betonlash kerak.
5.33. Quduqlarda yer yuzidan 2 m dan kam boʻlmagan balandlikka CHIqarilgan ventilyator quvurlarini nazarda tutish lozim. Ventilyator quvurlarining teshigi sim turli qalpoqcha bilan :himoyalangan boʻlishi kerak.
5.34. Suv olgichlardagi shaxta qudugʻidan zaxiralarni suv olgichlardagi burgʻilangan quduqdan zaxira kabi qabul qilish lozim.
Gorizontal suv chiqargichlar
5.35. Gorizontal suv olgichlarni asosan yuza oqar suvlariga mumkin qadar yaqin boʻlgan chuqurligi 8 — 10 m gacha bosimsiz suvli qatlamlarda qabul qilish koʻzda tutiladi. Gorizontal suv olgichlarning suv qabul qilish turlari quyidagicha:
tosh-shagʻalli;
quvurli;
suv toʻplovchi yoʻlak;
suv toʻplovchi gʻop;
murakkab (kuchaytiruvchi quduqlar yoʻlagi bilan).
5.36. Tosh-shagʻalli suv olgichlarni vaqtincha suv taʼminoti tizimlari uchun yer osti suvlarini olish yer yuzidan 3-4 m chuqurlikda boʻlgan hollarda koʻzda tutish tavsiya etiladi. Nayli yotiq (gorizontal) suv olgichlarni 5 — 8 m chuqurlikda II-III toifa suv olgichlar uchun loyihalash kerak. Suv olgich yoʻlagi asosan I-II toifa suv olgichlar uchun, shuningdek gidrogeologik yoki boshqa sharoitlarga koʻra foydalanish davrida suv qabul qilish qismiga kuzatish uchun kirishni taʼminlash lozim boʻlgan hollarni nazarda tutish zarur. Yer osti suvlari 8 m dan ortiq chuqurlikda boʻlsa, yotiq (gorizontal) yoʻlaklarni utish mumkin boʻlgan yer osti yoʻlaklari usulini qoʻllash mumkin. Yer ostidan utish usulli suv yigʻish gʻorlari yer osti suvlari 8 m dan chuqur, orografik sharoitlari (masalan, tik qoyali daryo qirgʻoqlarida) quloy boʻlganda qabul qilish lozim.
5.37. Suvli qatlamdan zarralari chiqishining oldini olish uchun gorizontal suv olgichning suv qabul qilish qismi loyihalanayotganda ikkiuch qatlamli qaytarish filtrini koʻzda tutish zarur.
5.38. Qaytaruv filtri alohida qatlamlarining mexanik tuzilishi hisoblash natijasida aniqlanadi. Filtrning alohida qatlamlari qalinligi 15 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
5.39. Tosh-shagʻalli suv olgichlarda suv qabul qilish xandaklar tubiga yotqizilgan oʻlchami 30 x 30 yoki 50 x 50 sm li tosh-shagʻal prizmadan utuvchi qayta filtr oʻrnatish koʻrib chiqilishi lozim. Tosh-shagʻal prizmani suv yigʻuvchi quduq (boʻlma) tomon nishabni 0,01-0,05 qilib qabul qilish lozim.
5.40. Gorizontal naysimon suv olgichning suv qabul qilish qismining yon tomonida va yuqori qismida dumaloq yoki yoriqsimon teshikli sopol, asbest-sement, temir-beton hamda plastmassa quvurlarini qabul qilish lozim; quvurning pastki qismi teshiklarsiz (balandligi boʻylab 1/3 dan ortiq emas). Quvurlarning minimal oʻlchamini 150 mm qilib qabul qilish kerak.
* Eslatma: Teshikli metall quvurlardan foydalanishga asoslab berilgandagina ruxsat etiladi.
5.41. Gorizontal suv olgichlar suv quvurlari diametrini aniqlashda tuproqdagi suv sathini past davri uchun hisobiy toʻldirishni quvur diametrining yarmiga (0,5) teng qilib qabul qilish lozim.
5.42. Quvurlarning suv toʻplovchi quduq tomon nishabligi quyidagi qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim:
0,007 — quvur diametri 150 mm
0,005 — “ “ 200 mm;
0,004 — “ “ 250 mm;
0,003 — “ “ 300 mm;
0,002 — “ “ 400 mm;
0,001 — “ “ 500 mm boʻlganda;
Quvurlar ichidagi oqim tezligi kamida 0,7 m/sek ga teng qilib qabul qilinishi kerak.
5.43. Suv yigʻish yoʻlaklari (galereya) yigʻma temir beton yoki toʻgʻri burchakli, dumaloq teshikli temir-beton quvurlaridan qabul qilish joiz.
5.44. Yoʻlakning (galereya) temir-beton qismlari (quvur boʻlimi) tagida bir-biriga nisbatan namlikni bartaraf etuvchi asos koʻzda tutilishi kerak. Yoʻlakning yon tomonlaridan suv qabul qiladigan qismi chegarasida qayta filtr oʻrnatish joiz.
5.45. Gorizontal suv olgichlar ularga yuza suvlari tushishidan himoyalangan boʻlishlari kerak.
5.46. Naysimon va yoʻlakli suv olgichlar ishini kuzatish, ularni shamollatish hamda taʼmirlash uchun tekshiruv quduqlarini qabul qilish lozim. Tekshiruv quduqlari orasidagi masofa quyidagilardan katta boʻlmasligi kerak:
diametri 150 — 500 mm boʻlgan naysimon suv olgichlar uchun — 50 m;
diametri 500 mm dan ortiq boʻlgan naysimon suv olgichlar uchun — 75 m;
yoʻlakli suv olgichlar uchun — 100 — 150 m.
Shuningdek tekshiruv quduqlarining suv qabul qilish qismining tarx va kesimda yoʻnalish oʻzgargan joylarda koʻzda tutish lozim.
5.47. Tekshiruv quduqlarning diametri gorizontal suv olgich quvurlar (qismlar) oʻlchamiga qarab qabul qilinishi lozim. Quduqning yuqori qismi yer yuzasidan 0,25 m dan kam boʻlmagan holda koʻtarilib turishi; quduq atrofida suv oʻtmas toʻshama va kengligi 1 m dan kam boʻlmagan loyli zulfin 5.33-bandiga muvofiq quduqlarni shamollatish quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
5.48. Gorizontal suv olgichlarida nasos stansiyalarini asosan suv yigʻish quduqlari bilan birga qoʻshish kerak.
5.49. Aralash suv olgichlarini ikki qatlamli tizimlarida — tepadagi bosimsiz va pastdagi bosimli suvli qatlamlardan iborat qilib qabul qilish zarur.
5.50. Gorizontal suv olgichlardagi zaxirani unumdorligining hisobiy sarfidan 25% dan ortiq boʻlmagan holda koʻzda tutish lozim.
Nurli suv olgichlar
5.51. Nurli suv olgichlarni tomi yer yuzasidan 10 — 20 m gacha chuqurlikda joylashgan, suv qatlamining quvvati 20 m dan oshmaydigan qilib koʻzda tutiladi.
* Eslatma: Fraksiyalar yirikligi D 60>70 mm boʻlgan shagʻal, balchiqli mayda jinslar, suvli qatlamlarning 10% dan ortigʻini xarsang toshlar tashkil qilgan qatlamlarda nurli suv olgichlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
5.52. Bir jinsli boʻlmagan yoki qalin bir jinsli qatlamlarda nurlari turli belgilarda joylashgan koʻp pogʻonali nurli suv olgichlarni qabul qilish lozim.
5.53. Suv olgich quvvati 150 — 200 l/s gacha boʻlganda va quloy gidrogeologik hamda gidrokimyoviy sharoitlarda bir seksiyali suv yigʻish quduqlarini qabul qilish kerak;
suv olgich quvvati 200 l/s dan ortiq boʻlganda suv yigʻish quduqlari ikki seksiyaga boʻlingan boʻlishi kerak. Suv yigʻish (kon) quduqlarining ichki diametri gorizontal quduqlarni oʻrnatish usullari va qurilish va foydalanish uskunalarini oʻlchamlariga koʻra qabul qilish lozim.
5.54. Uzunligi 60 m va undan ortiq boʻlgan nurlarni quvur diametri kichraytirilgan teleskopik konstruksiya yordamida qabul qilish kerak.
5.55. Nurlar uzunligi 30 m dan kichik boʻlganda bir turdagi suvli qatlamlarda nurlar oʻrtasidagi burchak 30 dan kichik boʻlmasligi lozim.
5.56. Burgʻilanganlik miqdori 20% ortiq boʻlmaganda suv qabul qiluvchi nurlar dumaloq yoki kavakli teshilgan poʻlat quvurlardan qabul qilinadi: suv yigʻish quduqlaridagi suv qabul qilish nurlarida zulfinlar oʻrnatilishini koʻzda tutmoq kerak.
5.57. Nurli suv olgichlarda zaxira miqdorini 17-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
Buloq suv yigʻgichlar
5.58. Yer osti buloqlar suvlarini olmoq uchun ochiq yoki botirilgan usuldagi suv yigʻish boʻlmalar yoki botirilgan usuldagi suv yigʻish boʻlma yoki quduqlari koʻrinishida suv qabul qilish koʻzda tutiladi.
5.59. Suv chiqayotgan manbalardan suv olish boʻlma (kamera) tubi orqali, suv chiqmaydiganlaridan boʻlma (kamera) devoridagi teshik orqali suv olish amalga oshiriladi.
5.60. Seryoriq qatlamlardan buloqlarga suv yigʻish boʻlmalariga filtrlarsiz suv qabul qilishni, gʻovak qatlamlardan qayta filtrlar orqali amalga oshirish ruxsat etiladi.
5.61. Suv yigʻgich boʻlmalar ifloslanishidan, muzlashidan, yuza suvlari bosishidan himoyalangan boʻlishlari kerak.
5.62. Suv yigʻgich boʻlmasida buloqlar eng katta debiti hisoblangan, oxirida qattiq yopiladigan qopqoqli quyilish quvuri, 5.33-bandiga muvofiq shamollatish quvuri va diametri 100 mm dan kam boʻlmagan tushirish quvurini nazarda tutish lozim.
5.63. Suv yigʻgich boʻlmalardan suvni nasos bilan olishda, boʻlmani quyiluvchi devor bilan ikki boʻlimga ajratish kerak: bittasi — suv tinishi, keyinchalik uni choʻkindilardan tozalash uchun, ikkinchisi — suvni nasos bilan olish uchun.
5.64. Yer osti suvlari uyushgan holda chiqadigan boʻlsa, suv yigʻgich inshootini boʻlma-quduq shaklida suv chiqadigan manba ustiga; suv chiqmaydigan manbalarda suv chiqishdan oldin joylashtirib qabul qilish joiz. Yer osti suvlarini yer yuzasiga uyushmagan holda alohida manbalar shaklida, bir-biridan 5 m dan ortiq masofada orqada qolib chiqsa, ular suvlarini yigʻish alohida umumiy suv toʻplash boʻlmasiga yigʻishni amalga oshirish lozim. Yaqinida suv chiqmaydigan buloqlar bir necha suv chiqishlarda suv yigʻish boʻlmalarida mayda shagʻal toʻkmasidan hosil boʻlgan tutib qoluvchi alohida suv chiqishlar oqimini taʼminlovchi devor moslama nazarda tutilishi lozim.
Yer osti suvlari zaxiralarini sunʼiy toʻldirish
5.65. Yer osti suvlari zaxiralarini quyidagi maqsadlarda sunʼiy toʻldirish lozim:
yer osti suvlarining amaldagi va loyihalashtirilayotgan suv olgichlarining unumdorligini oshirish va barqaror ishlashini taʼminlash;
isteʼmolchilarga uzatilayotgan suv sifatini oshirish;
yer osti suvlarining mavsumiy zaxiralarini yaratish;
yer osti suvlari zaxiralari kamayib ketishi va ifloslanishining oldini olish;
atrof-muhitni muhofaza qilish (oʻsimliklar nobud boʻlishi, tuproqyer sharoitlari oʻzgarishi va shu kabilarga olib keladigan sizot suvlari shoʻrlanib qolishi va sathi ruxsat etilgan darajadan pasayib ketishiga yoʻl quymaslik).
5.66. Yer osti suv zahiralarini sunʼiy toʻldiruvchi manba sifatida yuza va yer osti suvlaridan foydalanish kerak. Sunʼiy toʻldirish uchun foydalanadigan suv sifati SanQMQ № 0200-06 talablariga javob berishi lozim. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimlarining infiltratsiya (sizib utish) inshootlariga uzatiladigan suv sifati OʻzDSt 950:2011 davlat standartining “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifat ustidan nazorat” talablariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining shunga oʻxshash hujjati talablariga javob berishi kerak (uni suvli qatlamga infiltratsiya qilishda oxirigacha tozalash va yer osti suvlari bilan aralashtirishni hisobga olgan holda).
5.67. Yer osti suvlari zaxiralarini ochiq yoki yopiq turdagi infiltratsiya (sizib utish) inshootlari orqali toʻldirishni koʻzda tutish lozim.
5.68. Ochiq turdagi infiltratsiya (sizib utish) inshootlari sifatida suv havzalari, kanallar, zovurlar, ariqlar, yer yuzasidagi tabiiy va sunʼiy chuqurliklarni (jarliklar, soylar, eski oʻzanlar, qurib qolgan qoʻllar, karyer va hovuzlar) hamda vaqtinchalik va doimiy suv oqimlari oʻzanlarini (ular tegishlicha tozalanganda, uyumlar, tuproqli va toshli toʻsiqlar tashkil qilinganda) qabul qilish kerak.
5.68.1. Ochiq infiltratsiya inshootlarning yer osti suv zaxiralarini birinchi suvli qatlamlarda quvvati yoʻq yoki kam (3 m gacha), sust oʻtkazuvchan choʻkindi yotqiziqlar yuzasidan toʻldirish uchun qabul qilish lozim.
5.68.2. Infiltratsiya hovuzlarini loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish kerak:
asos tubiga yaxshi filtrlovchi jinslardan 0,5 m dan kam boʻlmagan qalinlikda oʻyish;
suv chiqaradigan joy tubini mustahkamlash va nishabliklarni yuvilib ketishidan saqlash;
infiltratsiya inshootlariga uzatiladigan suv sarfini sozlash va oʻlchash konstruksiyalari;
mashina va mexanizmlar uchun kirib kelish va chiqib ketish yoʻllarini nazarda tutmoq lozim.
5.68.3. Infiltratsiya hovuzlari tubining kengligi 30 m dan katta boʻlmasligi, hovuzlar uzunligi 500 m dan ortib ketmasligi, suv qatlami kamida 2 m boʻlishi va hovuzlar soni kamida ikkita boʻlishi kerak.
5.68.4. Hovuzlarga suv uzatish suv chiqaruvchi, sachratuvchi moslamalar yoki erkin quyiluvchi sharsharalar orqali amalga oshirilishi lozim.
5.68.5. Hovuzlarni yirik toʻldirgichli shagʻal qatlamlarda oʻrnatishda tubiga 0,5 — 0,8 m qalinliqda yirik qum toʻkishni nazarda tutish kerak.
5.68.6. Yer yuzasining tabiiy chuqurliklaridan foydalanilganda filtrlovchi yuzani tayyorlash koʻzda tutilishi lozim.
5.69. Ochiq turdagi infiltratsiya inshootlari sifatida quduqlar (shimuvchi va singib-shimuvchi) va shaxta quduqlarini qabul qilish joiz.
5.69.1. Shimuvchi va singib-shimuvchi quduqlar va shaxta quduqlarini loyihalashda uzatilayotgan suv sarfini oʻlchaydigan va sozloydigan hamda inshootlarda va suvli qatlamda dinamik sathlarni oʻlchaydigan konstruksiyalarni nazarda tutish kerak.
5.70. Infiltratsiya inshootlari konstruksiyasi ochiq infiltratsiya konstruksiyalarida filtrlovchi yuzadan kolmatatsiyalangan qatlamni gidravlik koʻchirish, yopiq infiltratsiya konstruksiyalarida esa — suv olgich quduqlari uchun qoʻllaniladigan usullar yordamida ularni tiklash imkoniyatini taʼminlashi lozim.
* Eslatma: Tashqi havo harorati manfiy darajalarda boʻlgan (sovib ketgan) davrda ochiq infiltratsiya inshootlarini boʻshatish va qayta tiklash ruxsat etilmaydi.
5.71. Infiltratsiya inshootlarini joylashtirish sxemasini tanlash, ularning soni va quvvatini aniqlashda gidrogeologik hamda texnikiqtisodiy hisob-kitoblar majmualari asosida yer osti suv zaxiralarini sunʼiy toʻldirish vazifalari, suv olgich inshootlarini joylashtirish sxemasi, uzatilayotgan suv sifati hamda infiltratsiya va suv olgich inshootlaridan foydalanish afzalliklarini inobatga olish lozim.
5.72. Infiltratsiya va suv olish inshootlari orasidagi masofalar, infiltratsiyaga uzatilayotgan suvni oxirigacha tozalash va uni yer osti suvlari bilan aralashtirishni inobatga olgan holda, olinayotgan suv sifatining prognozi asosida qabul qIlinishi zarur.
Yuza suvlarini olish inshootlari
5.73. Suv olish inshootlari (suv olgichlar) quyidagilarni taʼminlashi lozim:
suv manbaidan hisobiy suv sarfi miqdoridagi suv olishni va uni isteʼmolchiga uzatishni taʼminlash;
suv taʼminoti tizimini biologik qoplagichlardan va uning ichiga turli choʻkindi, axlat, plankton, shugold va shu kabilar kirib qolishidan himoya qilish;
baliqchilik xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan suv havzalarida baliq resurslarini muhofaza qilish borasidagi talabga amal qilish.
5.74. Suv olgichlarni, suv uzatishni taʼminlovchi darajasiga qarab, 4.4-bandiga muvofiq uch toifaga boʻlish lozim.
5.75. Suv olgichning konstruktiv sxemasi talab etiladigan toifa, suv manbaining gidrologik xususiyatlari, 18-jadvalda keltirilgan suvning eng katta (maksimal) va eng kichik (minimal) sathlari hamda suvdan foydalanishni tartibga solish va suvlarni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik xizmati va suv transportining talablariga qarab qabul qilinishi kerak.
5.76. Asosiy suv olgich inshootlarining klassi uning toifasiga muvofiq holda belgilanadi.
Ikkinchi darajali suv olgich inshootlari klassi bitta birlik pastraq qabul qilinadi.
* Eslatma:
1. Asosiy inshootlar deb, qaysiki shikastlanganda suv olgich isteʼmolchilarga hisobiy suv sarfini yetkazib berishni taʼminloy olmaydigan, ikkinchi darajalilarga — shikastlanganda ham isteʼmolchilarga suv yetkazib berilishi pasaymaydigan inshootlarni nazarda tutish lozim.
2. Suv olgichning suv tuguni tarkibiga kiruvchi suv koʻtargich va suv omborlari toʻgʻonlarini klassini QMQ 2.06.01-86 koʻrsatmalariga muvofiq, lekin quyidagilardan past boʻlmagan darajada qabul qilish lozim:
II klass — I toifali;
III klass — II toifali;
IV klass — III toifali suv olgichlar uchun.
5.77. Suv olgichning joylashish sxemasi va joyini tanlash quyidagi prognozlar bilan asoslab berilishi lozim:
manbadagi suv sifati;
oʻzan va qirgʻoqni qayta shakllantirish;
gidrotermik rejim.
5.78. Kemalar harakati zonalari doirasida, yotqiziqlar va choʻkindilar harakati zonalarda, baliqlar koʻpayib, qishlaydigan joylarda, yemirilgan sohillarda, suv oʻtlari hamda baliqlar toʻplanadigan yerlarda suv qabul qiluvchi inshootlarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
5.79. GES quyi byeflarida suv tugunlariga birikadigan yerlarda, suv omborlari yuqorisida, shuningdek suv oqimi irmoqlari etagida va suv oqimi tiralgan etaklarda suv olgichning suv qabul qiluvchisini joylashtirish tavsiya etilmaydi.
5.80. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti suv olgichlari uchun suv qabul qiluvchisi oqimdan yuqorida suv oqimi chiquvchi oquvchan suvlarda aholi yashash joylarida, shuningdek mol-nakliyot omborlari va sanitariyani muhofazalovchi zonani tashkil etuvchini taʼminlovchi tumanlarda joylashtirish lozim.
5.81. Yirik kul va suv omborlarida suv olgich suv qabul qiluvchilarni:
suv sathi eng kichik boʻlgan toʻlqin uriladigan zonalardan tashqari;
toʻlqinlanishdan berkitilgan yerlar:
toʻlqin qirgʻoqqa uriladigan yerlardan chiqib ketadigan, uyushgan oqimlardan tashqarisida.
Oʻzi oquvchan va sifonli suv oʻtkazgichlari mavjud suv olgichlarda suv qabul qiluvchi turli quduqni, nasos stansiyasini va boshqa inshootlarni, qirgʻoqlarni himoyalovchi qoplamlarni tashkil qilmagan holda, ishlov berilishi kutilayotgan qirgʻoqning tashqarisiga olib chiqish maqsadga muvofiq.
5.82. Yuza manbalardan suv olish sharoitlari qirgʻoqlarni mustahkamligiga va manbalar oʻzani, suv oʻzani tartiblari, 19-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarga koʻra ifloslanganligiga bogʻliq ravishda boʻlinishi kerak.
* Eslatma: Suv olish sharoitlarining umumiy tavsifi qiyinlashtiruvchi sharoitlarning eng ogʻir turi boʻyicha belgilanadi.
5.83. Suv qabul qilish konstruksiyalarini 20-jadval boʻyicha, talab etiladigan toifa va suv olish boʻyicha tabiiy sharoitlarning murakkabligiga qarab (19-jadval) qabul qilish lozim.
* Eslatma:
1. Ushbu jadval quyuda koʻrsatulgan uchta sxemalar boʻyicha tashkul qilinadigan suv olgichlar uchun tuzulgan: “a” sxemasi — bir tavaqada; “b” sxemasi — xuddi shu, lekin bir necha suv qabul qilgichlari mavjud va ular shuga, choʻkindular va suv olishni qiyinlashtiruvchi boshqa omillarga qarshi kurashish vositalari bilan jihozlangan; “v” sxemasi — bir-biridan suv olishni bir vaqtda toʻxtatib qoʻyishga umkon bermaydigan masofada joylashgan ikki tavaqada.
2. I va II toifali suv olish inshootlarida suv qabul qilish qismini seksuyalarga (boʻlmalarga) boʻlishni nazarda tutish lozim.
5.84. Suv qabul qilish vositalari choʻktirilgan suv olgichning toifasini quyidagi holatlarda bir birlikka koʻtarishga ruxsat etiladi:
suv qabul qilish vositalarini suv bosgan, oʻzini-oʻzi yuvadigan suv qabul qilish kavshga joylashtirganda;
suv qabul qilish teshishga olinadigan suv sarfining 20% dan kam boʻlmagan miqdorda iliq suv yuborilganda va choʻkindilardan himoyalovchi maxsus moslamalar qoʻllanilganda;
has-choʻp tutish panjaralarini ishonchli qayta yuvish tizimi, suv qabul qiluvchi vositalarda baliqlardan toʻsiqlar va oʻzi oqap suv oʻtkazgichlar bilan taʼminlanganda.
5.85. Suv olgich inshootlarining suv isteʼmolini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda loyihalash lozim.
5.86. Suv omborlaridan suv olinishida suv qabul qiluvchi vosita sifatida ushbu suv tushirish minoralaridan yoki suv chiqarib tashlash bosh inshootidan foydalanish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish lozim.
5.87. Suv oluvchi inshootlar bilan suv koʻtaruvchi toʻgʻon qoʻshilganda toʻgʻonni suv uzatishni toʻxtatmasdan taʼmirlash imkoniyatlarini koʻrib chiqish kerak.
5.88. Suv olish inshootlarining asosiy elementlari oʻlchamlari (suv olgich teshiklari, turlar, baliqlarni himoyalash moslamalari, quvurlar, sunʼiy ariqlar), shuningdek sohildagi suv olish turli qudugʻining va hisobiy eng kichik sathi va meʼyoriy foydalanishda hamda nosozlik tartibidagi ishlar manbadagi eng kam suv sathini gidravlik hisob-kitoblar bilan nasos oʻqining belgisi aniqlanishi lozim.
* Eslatma: Nosoz tartibda (oʻzi oquvchan egik nayli suv oʻtkazgichning oʻchirilishi yoki suv olish boʻlimlarini taʼmirlashda yoki tekshirishda) II va III toifa suv olgich inshootlari uchun suv yigʻishni 30% ga pasaytirishga ruxsat etiladi.
5.89. Suv olish teshiklari oʻlchamlarini has-choʻp ushlab qoluvchi panjara teshiklari, turlari yoki filtr gʻovaklariga oqib keladigan suvning oʻrtacha tezligi boʻyicha baliqlarni himoyalash talablarini hisobga olgan holda aniqlash lozim.
Suv olish teshiklaridan oqib utadigan suvning ruxsat etilgan tezligi baliqlarni himoyalash talablarini hisobga olmagan suv olgichning oʻrtacha va ogʻir sharoitlariga muvofiq:
0,6-0,2 m/s — qirgʻoqdagi choʻktirilmaydigan suv olgichlar; 0,3-0,1 m/s — suvga choʻktirilgan suv qabul qilish vositalari. Baliqlarni himoyalash talablarini hisobga olgan holda:
oqim tezligi 0,4 m/s dan yuqori boʻlgan suv oqimlarida ruxsat etilgan oqib kirish tezligi — 0,25 m/s;
oqim tezligi 0,4 m/s dan yuqori boʻlmagan suv oqimlarida va suv havzalarida — O,1 m/s.
5.90. Suv olish teshiklarining bir seksiyasi yuzasini (brutto) aniqlash Ωbr, m2 bir vaqtda barcha suv olgich boʻlimlar ishlashida (zaxiradagidan tashqari ):
(5)
bunda:
νvt — suv qabul qilish teshiklariga oqib kirish tezligi, m/s, uning yorugʻlikka qUyilgan kesimi;
1,25 — teshiklar tUlib qolishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
qp — bir seksiyaning hisobiy sarfi, m3/s;
Kss — teshiklarning panjaralar tayoqchalari yoki turlar bilan qisilishini hisobga oluvchi koeffitsiyent, quyidagi qiymatda qabul qilinadi:
bunda: Sst — yorugʻlikda tayoqchalar orasidagi masofa, sm;
αst — tayoqchalar qalinligi, sm.
Kst koeffitsiyentining qiymati Kst = 1/RF ga teng boʻlganda filtrlovchi turdagi suv qabul qilgichlarda suv qabul qiluvchi filtrning yuzasini (5) formula boʻyicha hisoblash lozim,
bunda RF — filtrning gʻovakliligi bOlib, shagʻal-mayda toshli filtrlar uchun 0,3-0,5 m va gʻovak-elastli filtrlar uchun — 0,25-0,35 m ga teng qilib qabul qilinadi.
5.91. Suv qabul qilish teshiklarining pastki qismi suv havzasi yoki suv oqimining tubidan kamida 0,5 m balandroq joylashgan boʻlishi, suv qabul qilish teshiklarining yoki choʻktirilgan inshootlarning tepa qismi esa muzning quyi qirrasidan kamida 0,2 m masofada boʻlishi lozim.
5.92. Suv olishda muzlash va shugalar tiqilib qolishga qarshi koʻrashish uchun panjarani elektr isitish, suv olish teshiklariga iliq suv yuborish yoki siqilgan havo yoxud qaytgan suv qoʻshilgan holda impulsli yuvishni nazarda tutish lozim. Has-choʻplar tutib qoluvchi panjaraning armaturalari gidrofob materiallardan tayyorlangan yoki ular bilan qoplangan boʻlishi kerak.
* Eslatma: Qirgʻoqdagi suv olish quduqlari va turli boʻlmalardan shugalarni olib tashlash uchun tegishli moslamalarni koʻzda tutish lozim.
5.93. Zarur boʻlgan hollarda suvga xlor yoki mis kuporosi eritmasi bilan ishlov berib, suv olgich inshootlari elementlarini dreysena, balyanus, midiyalar va shu kabilar bilan oʻsib, oʻrolib ketishiga qarshi kurashish choralarini koʻrish lozim.
Suvga reagentlar bilan ishlov berishda ularni miqdori, davriyligi va davomiyligini texnologik tadkiqotlar maʼlumotlari asosida aniqlash lozim.
Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda xlor miqdorini suvni xlor singdirishiga 2 mg/l koʻproq qabul qilish lozim, biroq 5 mg/l dan kam boʻlmasligi kerak.
Xlorlash davriyligi va davomiyligini suv xlorni singdirishida quyidagi qiymatlarda qabul qilish tavsiya etiladi:
3 mg/l gacha — bahor va kuzda 7 — 10 kun davomida;
3 mg/l dan yuqori — maydan oktabrgacha, qachonki bir sutkada oʻrtacha havo harorati +10°S dan yuqori boʻlsa.
Mis kuporosi (mis boʻyicha) miqdorini 1-1,5 mg/l miqdorda qabul qilish lozim.
Kuporoslash davriyligi va davomiyligini har ikki sutkadan keyin 1 soat davomida qoʻllashni nazarda tutish kerak.
* Eslatma:
1. Suv olgich inshootlari elementlarini lok-boʻyoq va plastmassa bilan qoplashga ruxsat etiladi.
2. Suv olgichlarni va oʻzi oqap suv oʻtkazgichlarini qayta yuvish davrida suv qabul qilgichlarga reagentlarni yuborishga ruxsat etilmaydi.
5.94. Suv olish inshooti normal rejimda ishlayotganda suv oʻzi oqar va sifonli suv oʻtkazgichlarda suv harakatlanishing taxminiy tezliklarini 21-jadvaldan olish mumkin.
* Eslatma: Suv oʻtkazgichlar ustida dreysena, balyanus, midiyalar koʻplab oʻsib ketishi ehtimoli mavjud boʻlganda suv oʻtkazgichdagi yoʻqotishlar hisob-kitobini notekisliklar koeffitsiyentini 0,02 ga teng qiymatda olib, aniqlash lozim.
5.95. Sifonli suv oʻtkazgichlarni II va III toifali suv olgichlarda qoʻllashga ruxsat etiladi.
Sifonli suv oʻtkazgichlarni I toifali suv olgichlarda ishlatish asoslab berilgan boʻlishi kerak.
5.96. Sifonli va oʻzi oqar suv oʻtkazgichlarda asosan poʻlat quvurlardan foydalanish joiz. Plastmassa va temir-betonli quvurlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
5.97. Oʻzi oqar suv oʻtkazgichlar yer osti qismiga ulanadigan yerlaridagi suv olishni botirish usuli bilan bajarilgan quduqlari va nasos stansiyalari uchun transheyasiz quvur yotqizish usuli tavsiya etiladi.
5.98. Poʻlatli oʻzi oqar va sifonli suv oʻtkazgichlarni suzib chiqishga tekshirish va korroziyaga (zanglashga) qarshi yelimli himoya, zarur boʻlsa — katodli yoki protektorli himoyalar bajariladi.
5.99. Suv oqimi oʻzani atrofidagi oʻzi oqar va sifonli suv oʻtkazgichlarni tashqaridan suv tubidagi choʻkindilar va langarlardan siyqalanib shikastlanishlardan suv oʻtkazgichlarni mahalliy sharoitlarni hisobga olib, 0,5 m dan kam boʻlmagan holda chuqurlashtirish yoki tuproq toʻkib mustahkamlash yoʻli bilan himoyalash zarur.
5.100. Suvni oldindan tozalash uchun toʻr turini suv havzalari xususiyatlari va suv olgich quvvatini hisobga olgan holda tanlash kerak.
Aylanuvchi turlarni oʻrtacha, ogʻir va juda ogʻir sharoitli manbalar ifloslanganligida 15-jadvalga muvofiq, shuningdek suv olgich quvvati 1 m3 s dan ortiq boʻlganda qoʻllash lozim.
5.101. Suv olish joyida baliqlarni himoyalash konstruksiyasi mavjud boʻlsa yassi yoki aylanadigan turlarning ish yuzasini turli quduqdagi eng kam suv sathi va tur teshiklaridagi 1 m/sek. dan koʻp olinmaydigan tezligiga koʻra aniqlanadi.
5.102. Ayrim hollarda filtrli suv olish turi konstruksiyalari yoki filtrlovchi elementlar baliqlarni himoyalash uchun qoʻllanilishida suvni tozalovchi turlardan voz kechish imkoniyatlarini koʻrib chiqish lozim.
5.103. Suv olgich inshootlarining nasos stansiyalarini 7-boʻlimda keltirilgan koʻrsatmalarga muvofiq loyihalash kerak.
5.104. Suv olgich inshootlari loyihalanayotganda suv olish kameralaridan (quduqlardan) chiqindilarni chiqarib tashlash moslamalarini nazarda tutish lozim.
Toʻrni yuvish uchun bosimli suv oʻtkazgichlar suvlarini ishlatish joiz. Agar ularni yuvish uchun bosim yetarli boʻlmasa, tortuvchi nasoslar oʻrnatishni koʻzda tutish kerak.
6. SUVNI TAYYORLASH
Umumiy koʻrsatmalar
6.1. Ushbu boʻlim talablari issiqlik quvvati obyektlarining suv tayyorlash konstruksiyalariga tarqalmaydi.
MPa (40 kgs/sm2 gacha) bosim ostida ishlaydigan qozonxonalarni qozonlari bilan suv tayyorlash qurilalari, shuningdek issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti tizimlarini loyihalash SHNQ 2.04.16 va SHNQ 2.04.07 koʻrsatmalariga muvofiq olib borilishi kerak.
6.2. Suvga ishlov berish usullarini, suv tayyorlash inshootlarining tarkibi va hisobiy parametrlarini hamda reagentlarning hisobiy miqdorlarini suv taʼminoti manbasidagi suv sifati, suv quvurining vazifasi, stansiyaning unumdorligi va mahalliy sharoitlari, texnologik qidiruvlar asoslari va shunga oʻxshash sharoitlarda ishlaydigan inshootlardan foydalanish tajribasiga qarab belgilash lozim.
6.3. Sifatli ichimlik suvni tayyorlash uchun faqat gigiyenik xulosalari ijobiy boʻlgan usullar qabul qilinishi mumkin.
6.4. Filtrlarda tozalangan suvlardan qaytadan foydalanish, suvsizlantirishdagi suvlardan va suv tayyorlov stansiyalarida choʻkindilarni toʻplashlarni koʻrib chiqish zarur. Yetarli asoslar keltirilganda ularni SanQvaM № 03.18-05 va “Yuza suvlarini chiqindi suvlar bilan ifloslanishdan asrash qoidalari” talablariga rioya qilgan holda suv oqimiga yoki suv havzalariga yoki boʻlmasa kanalizatsiya tozalash inshootlariga chiqarib tashlash ruxsat etiladi.
6.5. Suv tayyorlash stansiyalarining uskunalari quvur oʻtkazgichlari va armaturalarini loyihalashda 12-boʻlimdagi talablarni hisobga olish lozim. Suv tayyorlash stansiyalari inshootlari 13-boʻlimga muvofiq, ular ishlarining asosiy oʻlchamlarini aniqlash uchun asboblar va konstruksiyalar, shuningdek har qaysi inshootdan oldin va keyin namunalar olish uchun konstruksiyalar bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
6.6. Stansiyaga kelib tushuvchi suvning toʻliq sarfini stansiyaning oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadigan suvni hisobga olgan holda aniqlash lozim.
Berilgan suvning taxminiy oʻrtacha bir sutkadagi (yilgi) stansiyaning oʻz ehtiyojlariga, tindirishga, temirsizlantirishga va boshqa sarflarini quyidagicha qabul qilish lozim: yuvilgan suvdan qayta foydalanishda isteʼmolchilarga uzatiladigan suv miqdorini 3-4% hisobida qayta foydalanmaslik — 10 — 14 % loyqaligi yuqori boʻlgan suvni tindirishda 20% gacha, yumshatish stansiyalari uchun — 20 — 30%. Stansiyaning oʻz ehtiyojlariga sarflanadigan suvni hisob-kitoblar bilan aniqlashtirish joiz.
6.7. Suv tayyorlash stansiyalari bir sutka davomida eng koʻp suv isteʼmoli davrida bir tekis ishlashini hisobga olish lozim, shu bilan birga nosozliklarning oldini olish maqsadida tekshirish, tozalash, joriy va mukammal taʼmirlash uchun ayrim inshootlarni oʻchirish imkoniyatlarini nazarda tutish zarur. Quvvati 5000 m3/sut gacha boʻlgan stansiyalar uchun sutka davomining bir qismidagi ishini nazarda tutish ruxsat etiladi.
6.8. Suv tayyorlash stansiyalar kommunikatsiyalari (tarmoqlari) hisobiyga nisbatan 20 — 30% koʻproq suv oʻtkazishi imkoniyati boʻyicha hisoblab chiqish lozim.
SUVNI TINDIRISH VA RANGSIZLANTIRISH
Umumiy koʻrsatmalar
6.9. Suv taʼminoti manbalarining suvlari quyidagicha boʻlinadi:
a) hisobiy maksimal loyqaligiga qarab (muallaq moddalarning taxminiy soni):
kam loyqalangan — 50 mg/l gacha;
oʻrtacha loyqalangan — 50 dan yuqori 250 mg/l gacha;
loyqalangan — 250 dan yuqori 1500 mg/l gacha;
yuqori loyqalangan — 1500 mg/l dan yuqori;
b) suvning rangdorligiga taʼsir qiluvchi gumus moddalarining hisobiy maksimal miqdoriga qarab:
past rangdorli — 35° gacha;
oʻrtacha rangdorli — 35 dan yuqori 120° gacha;
yuqori rangdorli — 120° dan yuqori.
Suv tayyorlash stansiyalarining inshootlarini loyihalash uchun loyqalanganlik va rangdorlikning hisobiy maksimal qiymatlarini suv taʼminoti manbai tanlab olinishidan avval kamida keyingi uch yil davomida qilingan suv tahlillari maʼlumotlari boʻyicha aniqlash lozim.
6.10. Suvni tindirish va rangsizlantirish uchun inshootlarni tanlashda 6.2 va 6.3-bandlarining koʻrsatmalariga amal qilish, dastlabki tanlov uchun esa — 22-jadval maʼlumotlariga rioya etish tavsiya qilinadi.
* Eslatma:
1. Jamlama loyqaligi koʻrsatulgan, shu jumladan reagenmlar kiritulishi sababli yuzaga keladigan loyqalanish hisobga olingan.
2. Suv olish inshootlarida yoki suv tayyorlash stansiyalarida kataklari 0,5 — 2 mm ga teng boʻlgan turlarni oʻrnatishni nazarda tutish lozim. Suvda planktonning oʻrtacha oylik mitqori 1000 kl/ml dan opmuq boʻlsa va plankton “gullashi” davri 1 oydan opmuq davom etsa, suv olgichdagi turlarga qoʻshimcha suv olgichda yoki suv tayyorlash stansiyasida mikrofultrlarni oʻrnatishni nazarda tutish lozim.
3. Suvga ishlov berish asoslab berulganda 18-jadvalda koʻrsatulmagan inshootlardan (suzuvchi suv olgich-rangsuzlantiruvchular, gidrotsiklonlar, flotatsion konstruksiyalar va h.k.) foydalanishga ruxsat etuladi.
4. Muallaq choʻkindulari mavjud rangsuzlantiruvchulardan suv inshootga bir tekis uzatuladiganda yoki suv sarfi 1 soat davomida ±15% dan koʻp boʻlmagan doiralarda asta-sekin oʻzgarganda va suv harorati 1 soat davomida + 1°S dan koʻnpoq boʻlmagan doiralarda oʻzgarganda foydalanish kerak.
Toʻr chambarakli filtrlar
6.11. Toʻr chambarakli filtrlar suvni yirik suzib yuruvchi va muallaq aralashmalardan (chambarakli turlar) hamda shunday aralashmalar va planktonni chiqarib tashlash (mikrofiltrlar) uchun qoʻllanilishi lozim.
Toʻr chambarakli filtrlarni suv tayyorlash stansiyalarining maydonida joylashtirish kerak asoslab berilgan taqdirda suv olish inshootlarida joylashtirishga ruxsat etiladi.
Toʻr chambarakli filtrlarni suvga reagentlarni qoʻshishdan oldin oʻrnatish talab etiladi.
6.12. Zaxiradagi toʻr chambarakli filtrlar sonini quyidagicha qabul qilish lozim:
1 — ishchi reagentlar soni 1 — 5 ta boʻlganda;
2 — “ “ “ 6 — 10 ta boʻlganda;
3 — “ “ “ 11 va undan ortiq boʻlganda.
6.13. Kameralarda (boʻlmalarda) toʻr chambarakli filtrlarni oʻrnatishni nazarda tutish kerak. Ishchi reagentlar soni 5 dan ortiq boʻlganda, bir kamerada ikkita reagentlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Kameralar tushirish quvurlari bilan jihozlanishi lozim. Kameralarning olib keluvchi kanalida olib qoʻyish quvurini nazarda tutish lozim.
6.14. Toʻr chambarakli filtrlar ular orqali oʻtgan suv bilan yuvilishi kerak.
Oʻz ehtiyojlari uchun suv sarflari quyidagicha qabul qilinadi: hisobiy unumdorlikdan olganda, chambarakli toʻrlar uchun — 0,5% va mikrofiltrlar uchun — 1,5%.
Reagentlar xoʻjaligi
6.15. Reagentlarning hisobiy miqdorlarini, yilning turli davrlari uchun dastlabki suv sifatiga qarab belgilash lozim, va inshootlarni sozlash va ulardan foydalanish davrlarida ularni toʻgʻrilash kerak. Shunda ishlov berilgan suvda OʻzDSt 950:2011 standarti va texnologik talablar bilan koʻzda tutilgan, ruxsat etilgan qoldiq konsentratsiyalarini hisobga olish lozim.
6.16. Rangli suvlarga ishlov berishda koagulyant miqdorini (dozasini), metall ioniga dme mg!l qayta :hisoblashda (6) formula boʻyicha qabul qilish kerak:
(6)
bunda:
K — koeffitsiyent, quyidagiga teng AI+3 – 0,15, Gʻe-2 – 3,37, Gʻe+3 – 0,35;
S — ishlov berilayotgan suvning rangdorligi, daraja.
Koagulyant dozasi Dq mg!l aluminiy yoki temir tuzlariga ega boʻlgan tovar mahsulotlarga (koagulyantlar) qayta hisoblab chiqilganda 6a formulasi boʻyicha aniqlanadi:
(6a)
Bunda Dk — koagulyant dozasi, tovar mahsulotlarga qayta hisoblab chiqilganda, mg/l;
Dme — loyqa suvga ishlov berish uchun koagulyant dozasi, metall ioniga qayta hisoblab chiqilganda, mg/l;
K — koeffitsiyent, quyidagiga teng AI+3 – 0,53, Gʻe+2 – 3,37, Gʻe+3 – 0,35;
S — tovar tuzlari tarkibida AI2O3, GʻeSO4, GʻeCL3,% miqdori, %
* Eslatma: Suv tarkibida bir vaqtning ham muallaq moddalar ham rangdorlik mavjud boʻlganda, 19-jadval va (6) formula boʻyicha aniqlangan koagulyant dozalarining kattarogʻi qabul qilinadi.
* Eslatma: 1. Dozalarning bundan kichik qiymatlari dagʻal tarkibda muallaq moddalar mavjud boʻlgan suvlarga taalluqlidir.
2. Kontaktli rangsizlantirgichlar yoki filtrlovchi yuklama zonasida koagulyatsiya tamoyili boʻyicha ishlaydigan filtrlardan foydalanishda, koagulyant dozasini 19-jadval va (6) formula boʻyicha aniqlanganiga nisbatan 10 — 15% kamroq miqorda qabul qilish lozim.
3. Loyqanganligi 1500 mg/l dan yuqori boʻlgan dastlabki suv uchun koagulyant dozasi ikki bosqichli tindirish sxemalarida (22-jadval, 10-band) birinchi bosqich uchun keltirilgan.
6.17. Flokulyantlar miqdorini (koagulyantlar dozalariga qoʻshimcha) quyidagicha qabul qilish lozim:
a) poliakrilamid (PAA) suvsiz mahsulot boʻyicha:
muallaq choʻkindilari mavjud boʻlgan tindirgichlar yoki rangsizlantirgichlardan oldin kiritiladiganda — 24-jadval boʻyicha;
ikki bosqichli tozalashda filtrlardan oldin kiritiladiganda — 0,05 — 0,1 mg/l;
kontaktli tindirgichlar yoki filtrlardan oldin bir bosqichli tozalashda hamda prefiltrlardan oldin kiritiladiganda — 0,2 — 0,6 mg/l;
b) faol kremniy kislotasi (SiO2):
muallaq choʻkindisi mavjud boʻlgan tindirgichlar yoki rangsizlantirgichlardan oldin kiritilganda, suv harorati 5 — 7° S dan yuqori boʻlganda — 2-3 mg/l, suv harorati 5 — 7° S dan past boʻlganda — 3-5 mg/l;
ikki bosqichli tozalashda filtrlardan oldin kiritilishida — 0,2 — 0,5 mg/l;
rangsizlantirgichlar yoki filtrlardan oldin kiritilishida bir bosqichli tozalashda hamda prefiltrlardan oldin kiritilishida — 1 — 3 mg/l.
Flokulyantlarni koagulyantlardan keyin kiritish lozim. Oʻta loyqalangan suvlarni tozalashda, ishlov berilayotgan suvning sifatiga qarab, flokulyantlar va koagulyantlarni kiritishda oraliqdagi vaqt boʻyicha 0,25 dan 2-3 daqiqagacha tanaffus bilan kiritish imkoniyatini nazarda tutish lozim.
6.18. Tarkibida xlor mavjud boʻlgan reagentlar dozasini (faol xlor boʻyicha,) atrof-muhitning sanitariya ahvolini yaxshilash uchun, 3 — 10 mg/l miqdorda qabul qilish kerak (6 soatdan uzoq boʻlmagan vaqt davomida).
Reagentlarni koagulyantlarni kiritishdan 1 — 3 daqiqa oldin kiritish tavsiya etiladi.
6.19. Pagʻalar shakllanishi jarayonini yaxshilash uchun zarur boʻlgan ishqorlovchi reagentlar dozalarini Dsh, mg!l, quyidagi formula boʻyicha aniqlash mumkin:
(7)
bunda:
Dk — ishqorlash davridagi suvsiz koagulyantning maksimal dozasi, mg/l;
ek — koagulyantning (suvsiz) ekvivalent massasi, mg/mg — ekv, Al2(SO4)3 — 57, GʻeCl3 — 54, Gʻe2(SO4)3 — 67 uchun qabul qilinadi;
Ksh — koeffitsiyent, ohak uchun (SaO boʻyicha) — 28, soda uchun (Na2SO3 boʻyicha) — 53 qiymatda qabul qilinadi;
Sh0 — suvning minimal ishqorligi, mg — ekv/l.
Reagentlarni koagulyantlar bilan bir vaqtda kiritish lozim.
6.20. Reagentlarni tayyorlash va dozalashni eritmalar va suspenziyalar koʻrinishida nazarda tutish lozim. Dozatorlar soni kiritish nuqtalari va dozatorning unumdorligiga qarab, lekin kamida ikkitadan iborat boʻlishi lozim (biri zaxira uchun).
Granulalangan va kukunsimon reagentlarni, qoidaga koʻra, quruq shaklda qabul qilish kerak.
6.21. Eritmalar baklarida koagulyantlar eritmalari konsentratsiyasini, toza va suvsiz mahsulot boʻyicha hisoblab, quyidagicha qabul qilish lozim: 17% gacha — tozalanmagan, 20% gacha — tozalangan boʻlak-boʻlak 24% gacha — tozalangan granulalangan; sarflanuvchi baklarda — 12% gacha.
6.22. Koagulyant eritmasini toʻliq tayyorlash (yuklash, eritish, tindirish, tortib uzatish, zarur boʻlsa poddonni tozalash) vaqtini, suv harorati 10° S gacha boʻlganda, 10 — 12 soat sifatida qabul qilish lozim.
Koagulyant tayyorlash vaqtini 6 — 8 soatgacha tezlashtirish uchun harorati 40°S gacha boʻlgan suvdan foydalanish tavsiya etiladi.
Eritma baklarining sonini koagulyantni bir martalik yetkazib berish hajmi, yetkazib berish va tushirish usullari, uning turi hamda uni eritish vaqtini hisobga olgan holda qabul qilish kerak va uchtadan kam boʻlmasligi lozim. Sarflanuvchi baklar soni ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
6.23. Koagulyantni eritish va uni baklarda aralashtirish uchun quyidagi tezlikda siqilgan havo yuborishni nazarda tutish joiz:
8 — 10 l/(s·m2 — eritish uchun;
3 — 5 l/(s·m2 — sarflanuvchi baklarda kerakli konsentratsiyagacha suyultirishda aralashtirish uchun.
Havo taqsimlanishini teshikli quvurlar orqali nazarda tutish kerak.
Koagulyantni eritish va uni aralashtirish uchun mexanik aralashtirgichlar va sirkulyatsion nasoslardan foydalanishga ruxsat etiladi.
6.24. Quyi qismdagi eritish baklarini qiya devorli qilib, gorizontal chiziqqa nisbatan tozalanmagan koagulyant uchun 45° daraja ostida, tozalangani uchun — 15° daraja ostida qiya qilib loyihalash lozim. Baklarni boʻshatish va choʻkindi toʻkish uchun diametri kamida 150 mm ga teng quvurlarni nazarda tutish kerak.
Boʻlakli koagulyantdan foydalanilganda baklarda kataklari 10 — 15 mm boʻlgan olib qoʻyiladigan kolosnik panjaralari nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Granulalangan va kukunsimon koagulyant qoʻllanilganda kolosnik panjarasida 2 mm li teshiklari mavjud boʻlgan kislotaga chidamli materialdan yasalgan toʻrni koʻzda tutish joiz.
* Eslatma: Baklarning kolosnikosti qismlarini gidroyuvish tizimi bilan jihozlayotganda va bir vaqtning oʻzida siqilgan havo beriladiganda tozalanmagan koagulyant uchun baklar devorlarining qiyaligi burchagini 25° darajagacha kamaytirishga ruxsat etiladi.
6.25. Sarflanadigan bak tubida CHIqarib tashlovchi, diametrli 100 mm dan kam boʻlmagan quvur oʻtkazgich tomonga 0,01 dan kam boʻlmagan nishablik boʻlishi kerak.
6.26. Eritma va sarflanadigan idishlardan koagulyant eritmalarini yuqori sathdan olishni nazarda tutish lozim.
6.27. Baklarning ichki yuzalari kislotaga chidamli materiallar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
6.28. Koagulyant sifatida quruq xlorli temirdan foydalanilsa, eritish idishlarini yuqori qismida kolosnik panjarasini nazarga olish zarur.
Baklar tortuvchi ventilyatorlari boʻlgan ajratilgan xonalarda (bokslarda) joylashtirilishi kerak.
6.29. Koagulyant eritmasini transportirovka qilish uchun kislotaga chidamli materiallar va uskunalardan foydalanish lozim.
Reagent tashish konstruksiyalari ularni tezda tozalash va yuvish imkonini taʼminlashi kerak.
6.30. Poliakrilamidni polimer konsentratsiyasi 0,1 — 1% qiymatlarda boʻlgan eritma sifatida qoʻllash lozim.
Eritmani texnik poliakrilamiddan tayyorlashda mexanik parrakli aralashtirgichlari mavjud baklardan foydalanish joiz. PAA gelidan eritmani tayyorlash davomiyligi — 25 — 40 daqiqa, quruq PAA dan — 2 soat. PAA eritmasini tayyorlashni tezlashtirish uchun harorati 50°S dan yuqori boʻlmagan issiq suvdan foydalanish kerak.
6.31. Aralashtirgichlar soni hamda PAA eritmasi uchun sarflanuvchi baklar hajmlarini 0,7 — 1% eritmalarini 15 sutkadan ortiq, 0,4 — 0,6% — 7 sutkadan ortiq, 0,1 — 0,3% eritmalarni — 2 sutkadan ortiq saqlab boʻlmasligidan kelib chiqqan holda belgilash lozim.
6.32. Faol kremniy kislotasi (FK) eritmasini tayyorlash suyuq shishani sulfat kislotali aluminiy yoki xlor bilan ishlov berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Sulfat kislotali aluminiy yoki xlor bilan faollashtirishni uzluksiz yoki davriy harakat konstruksiyalarida amalga oshirish lozim.
6.33. Suvni ishqorlash va barqarorlashtirish uchun ohakdan foydalanish kerak. Asoslab berilgan taqdirda sadani qoʻllashga ruxsat etiladi.
6.34. Suv tayyorlash stansiyalarining ohak xoʻjaligi texnologik sxemasini tanlashda zavod mahsulotlarining turi va sifati, ohakka ehtiyoji, ishga tushirish joylari va hokazolarni hisobga olib ishlab chiqish lozim. Soʻndirilmagan qotishma holidagi ohaklardan foydalanish hollarida uni xamir holida hoʻl saqlash joiz boʻladi.
50 kg/sut gacha ohak sarfida SaO boʻyicha ohak eritmasidan foydalanish sxemalarini qabul qilishda, ikki karra toʻyingan saturatorlardan olinishi ruxsat etiladi.
6.35. Ohak suti yoki eritmasi uchun baklar soni 2 tadan kam boʻlmasligi lozim. Sarflash baklaridaga ohak sutining quyuqligi 5% dan ortiq boʻlmasligi SaO boʻyicha qabul qilinadi.
6.36. Ohak sutini erimay qolgan choʻkindilardan tozalash uchun suvga barqarorlashtiruvchi ishlov berilganda vertikal tindirgichlar yoki gidrotsiklonlardan foydalanish lozim.
Tik tindirgichlarga kiruvchi oqim tezligini 2 mm/s qabul qilish joiz.
Ohak sutini gidrotsiklonlarda tozalash uchun uni ikki marta suv siklonidan oʻtkazish zarur.
6.37. Ohak sutini toʻxtovsiz aralashtirib turish uchun gidravlik (nasoslar yordamida) yoki mexanik aralashtirgichlarni qoʻllash joiz.
Gidravlik aralashtirishda sutning idishdagi :harakatining dastlabki tezligi 5 mm/s dan kam qabul qilinmasligi kerak. Baklarning tubi konussimon 45° li nishabga, diametri 100 mm dan kam boʻlmagan chiqarib tashlash quvur oʻtkazgichga ega boʻlishi kerak.
* Eslatma: Ohak sutini aralashtirishda siqilgan havoning jadal uzatishni 8 — 10 l/(sek.m2) qoʻllash ruxsat etiladi.
6.38. Ohak sutini uzatuvchi quvur oʻtkazgichning diametrlari: tozalangan mahsulotni uzatishda bosimli 25 mm dan kam emas, tozalanmagan — 50 mm dan kam emas, oʻzi oqar — 50 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Quvur oʻtkazgichlarda ohak sutining tezligi 0,8 m/s dan kam boʻlmasligi lozim. Ohak suti quvur oʻtkazgichlari burilishlarda radiusi 5d dan kam boʻlmasligi lozim, bunda d — quvur oʻtkazgich diametri. Bosimli quvur oʻtkazgichlar nasos tomonga 0,02 dan kam boʻlmagan, oʻzi oqar quvur oʻtkazgichlar chiqishga 0,03 dan kam boʻlmagan nishab bilan loyihalanadi.
Bu borada quvur oʻtkazgichlarni yuvish va tozalash imkoniyatlarini koʻrib quyish lozim.
6.39. Sodaning quyuqligini 5 — 8% doirasida qabul qilish joiz. Soda eritmasini tayyorlash va mikdorlash 6.20-bandiga muvofiq olib borish kerak.
Qorishtirgich konstruksiyalar
6.40. Qorishtirgich konstruksiyalar reagentlarni ishga solish, quvur oʻtkazgich yoki suv uzatish sunʼiy ariqlarida reagentlarni tezda bir tekisda suv tayyorlash inshootlariga tarqatishni taʼminlovchi moslamalarni oʻz ichiga olgan, ishlov beriladigan suv bilan reagentlarni jadal aralashtirishni taʼminlovchi aratashtirgichlar boʻlishi lozim.
6.41. Qorishtirgich konstruksiyalari 6.17 — 6.19-bandlarga muvofiq reagentlarni ishga tushirish vaqtida zarur boʻlgan uzilishning ketmaketligini va taqdim etilayotgan F-ilovaga binoan reagentlarni ishga tushirish konstruksiyalari bilan quvur oʻtkazgich yoki sunʼiy ariqlar oraligʻidagi suv kelishi davomiyligini hisobga olgan holda taʼminlashi kerak.
6.42. Reagentlarni ishga tushirish konstruksiyalarining teshikli quvur taqsimlagichlar yoki quvur oʻtkazgichda mahalliy qarshilik sodir etuvchi oʻrnatmalar koʻrinishida bajarish lozim. Reagent taqsimlagichlar suvga ishlov berish jarayonlarini toʻxtatmay turib tozalash va yuvish mumkin boʻlishi kerak. Quvur oʻtkazgichda bosim yoʻqotish quvur moslamasi tarqatgichda 0,1-0,2 m, qoʻshimcha ashyo oʻrnatishda — 0,2-0,3 m qabul qilish lozim.
6.43. Reagentlarni suv bilan qorishtirishda gidravlik turdagi (quyunli, pardevorli) qorishtirgichlarni nazarda tutish kerak. Asoslab berilganda mexanik turdagi qorishtirgichlardan (aralashtirgich) foydalanishga ruxsat etiladi.
6.44. Qorishtirgichlarning (boʻlimlar) soni ikkitadan kam boʻlmasligi, jadal pagʻa paydo boʻlishi davrida uchirish imkoni boʻlishi lozim.
Zaxira qorishtirgichlarni (boʻlimlarni) qabul qilish kerak emas, lekin qorishtirgichlar 6.42-bandiga muvofiq reagentlarni ishga tushirishdagi zaxira moslamalarni quvur oʻtkazgichlarga oʻrnatib, qorishtirgichlarni oʻrash zarur.
6.45. Quyunli qorishtirgichlarni yirik boʻlaklarga boʻlingan muallaq moddalar bilan suvni stansiyaga tushishida va reagentlarni quyqa yoki qisman tindirilgan eritmalar holda ishlatishda qoʻllash lozim.
Quyunli qorishtirgichlarni konussimon yeki piramidasimon tik diffuzor holida nishab devor orasidagi burchak 30 — 45°, yuqori qismi balandligi vertikal devor bilan 1 dan 1,5 m gacha qorishtirgichga kiraverishdagi suv tezligidan 1,5 m/sek gacha, chiqishdagi suv toʻplagich qurilmasi ostidagi suv harakati tezligi 30 dan 40 mm/sek gacha, suv toʻplagich novining oxirida suv harakati tezligini 6 m/sek deb qabul qilish kerak.
6.46. Pardevorsimon qorishtirgichlarni suvning gorizontal yoki vertikal harakatini 180° burchakli burilishlar bilan taʼminlovchi pardevorli suniy ariqlar koʻrinishida qabul qilish joizdir. Burilishlar soni 9-10 ga teng qilib qabul qilinadi.
6.47. Pardevor qorishtirgichlardagi bir burilishda yoʻqotilgan bosim h quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
h = ςv 2 / 2g, (8)
bunda:
ς — gidravlik qarshilik koeffitsiyenti, 2,9 ga teng qilib qabul qilinadi;
v — qorishtirgichdagi suv harakatlanishi tezligi, 0,7 dan 0,5 m/s gacha kamayib borayotgan sifatida qabul qilinadi;
g — erkin tushish tezligi, 9,8 m/s2 ga teng.
6.48. Qorishtirgichlar quyuvchi va chiqaruvchi quvurlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Jadal pagʻalanish sodir boʻlayotgan davrda qorishtirgichlarda suv kelish vaqtini qisqartirish uchun pardevorlar sonini kamaytirish choralarini koʻrish lozim.
6.49. Qorishtirgichlardan pagʻalanish va muallaq chiqindilari boʻlgan tindirgichlar boʻlmacharigacha quvur oʻtkazgichlar yoki navlardagi suv harakati tezligi kamayuvchi 1 dan 0,6 m/s gacha qabul qilinadi. Bunda ularda suv yetib kelishi vaqti 1,5 daqiqadan oshmasligi kerak.
Havo ajratgichlari
6.50. Havo ajragichlari muallaq choʻkindilar parchalari hosil boʻluvchi kameralari, muallaq choʻkindilar bilan tindirguvchilar, tutashuv tindirgichlar va kontaktli prefiltrlari boʻlgan tindirgichlar qoʻllanilishini nazarda tutish lozim.
6.51. Havo ajratgich yuzasini kirib kelmagan suv oqimining tezligi 0,05 m/s dan ortiq boʻlmagan, yetib kelgan vaqti 1 daqiqadan kam boʻlmagan qiymatlar hisobidan qabul qilish lozim.
Havo ajratgichlarning barcha inshoot turlariga umumiy yoki har bir inshoot uchun alohida qabul qilish ruxsat etiladi.
Qorishtirgich konstruksiyalari suvdan havo pufakchalari ajralishini taʼminloy olsa va qorishtirgichlardan inshootlargacha suv harakati yoʻlida suv havo bilan toʻyinishi istisno boʻlsa, havo ajratgichlarni nazarda tutish lozim emas.
Pagʻa hosil boʻlishi kameralari
6.52. Tindirgichlarda gidravlik turda qurilgan pagʻa hosil qilish kameralarini eʼtiborga olish kerak. Asoslab berilgan taqdirda, mexanik turdagi pagʻani hosil qilish kameralarini qabul qilish ruxsat etiladi.
6.53. Gorizontal tindirgichlarda pagʻa hosil qilish kameralarini pardevorli, quyunli yoki muallaq choʻkindilar qatlamlilarini nazarda tutmoq lozim.
6.54. Pagʻalar hosil boʻladigan pardevorli kameralarda gorizontal yoki vertikal harakatdagi suvlarni qabul qilish lozim. Yoʻlaklarda suv harakatining tezligi kameraning boshida 0,2-0,3 m/s, kameraning oxirida 0,05-0,1 m/s yoʻlakning kengaya borishi hisobiga kattalashgan.
Pagʻa hosil boʻlish kameralarida suvning turish vaqti 15 — 20 daqiqaga teng (kichik qiymati dagʻal muallaqlari boʻlgan suvlar uchun).
Yoʻlak eni 0,7 m dan kam boʻlmasligi kerak. Pardevorli kameralarda oqim burilishlar sonini 8 — 10 miqdorda qabul qilish lozim.
Ikki qavatli kameralarni qoʻllash ruxsat etiladi.
Kamerada bosim yoʻqotishni 6.47-bandiga muvofiq aniqlash zarur.
6.55. Toʻfonli pagʻalanish kameralarini vertikal yoki nishab devorli (devorlar orasidagi burchakni kameraning balandligiga koʻra 50 — 70° atrofida qabul qilish lozim) qilib loyihalash kerak. Kamerada suvning turish vaqti 6 — 12 daqiqaga teng qilib qabul qilish lozim (pastki qiymati — loyqa suv uchun, yuqori qiymati — tindirilgan suv uchun).
Kameraga kirishdagi suv tezligini 0,7 — 1,2 m/s, chiqishdagi oqim tezligini 4-5 m/s qilib qabul qilish kerak.
Pagʻalanish kamerasidan tindirgichga suvni chiqarishda yigʻma tarnovlar, quvurlar va teshiklarda suvning harakat tezligini loyqa suvlar uchun — 0,1 m/s dan ortiq boʻlmagan hamda tindirilgan suvlar uchun 0,05 m/s tezlikda nazarda tutish lozim.
Kamerada bosim yoʻqolishini 6.47-bandiga muvofiq aniqlash kerak.
6.56. Muallaq choʻkindi qatlamli pagʻalanish kameralarini oʻrtacha loyqalikdagi va loyqa suvlar uchun qoʻllash lozim. Loyqa suvlarni va oʻrtacha loyqalikdagi 0,8-2,2 mm/s suvlarni tindirishda suv harakatining chiqishdagi tezligi 0,65-1,6 m/s qabul qilish zarur.
Muallaq choʻkindi qatlamli pagʻalanish kameralarni qoʻllashda tindirgichda loyqa suvlarga ishlov berish, muallaq choʻkindilarni choʻktirishning hisobiy tezligini 25-jadvalda koʻrsatilgandan loyqa suvlarga ishlov berishda 20% ga, oʻrtacha loyqalikdagi suvlarga ishlov berishda 15% ga ortiqroq qabul qilish lozim.
* Eslatma:
1. Suvni koagulyatsiyalash uchun flokulyantlardan foydalanilganda muallaqlar choʻkishi tezligini 15 — 20% ga oshirish lozim.
2. U0 ning pastki chegaralari xoʻjalik-ichimlik suv quvurlari uchun koʻrsatilgan.
6.57. Muallaq choʻkindili pagʻalanish kameralari yuzasi boʻyicha suv tarqalishini pastga 45° burchak ostida yoʻnaltirilgan bosimli teshik quvurlar yordamida eʼtiborga olish kerak. Teshik quvurlar oraligʻini 2 m, kamera devoridan — 1 m qilib qabul qilinadi.
Teshikli quvurlarda bosim yoʻqolishini 6.86-bandiga xas ravishda aniqlash lozim.
Tarqatgich quvur boshidagi suv harakatining tezligini 0,5-0,6 m/s, teshiklar yuzasi tarqatgich quvurlar kesimi yuzasining 30 — 40%, teshiklar diametri 25 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
6.58. Suvning pagʻalanish kameralaridan tindirgichga oʻtkazishda loyqa suvlar uchun suv harakati tezligini 0,1 m/sek dan ortiq boʻlmagan, tindirilgan suvlar uchun 0,05 m/sek qabul qilish zarur. Tindirgichga suv kirishida tindirgichning balandligini 1/4 qismigacha botirilgan osma pardevorlar oʻrnatishni nazarda tutish lozim. Devor va pardevor oraliGʻidagi suv harakati tezligi 0,03 m/sek dan ortiq boʻlmasligi kerak.
6.59. Vertikal tindirgichlarda tindirgich markaziga joylashtiriladigan gidravlik suv aylanishing turli pagʻalanish kameralarini inobatga olish lozim. Pagʻalanish kamerasiga suvni soplo orqali surkalish yoʻnalishi boʻyicha uzatish kerak. Boʻyamaning pastki qismida O,5x0,5 m katakchali, balandligi 0,8 m boʻlgan panjarani nazarda tutish kerak.
Soplodagi bosim yoʻqotishni 6.47-banddagi (8) formula boʻyicha aniqlash lozim. Soplodan chiqayotgan suv harakati tezligini 2-3 m/sek va gidravlik qarshilik koeffitsiyenti =1.18 qilib qabul qilinadi.
Soploni kamera devoridan 0,2 d8 (d8 — pagʻalanish kamerasi diametri) suv yuzasidan 0,5 m chuqurlikda joylashtirish lozim.
6.60. Suv aylanish turidagi pagʻalanish kameralarining yuzasini unda suvning turish vaqtini 15 — 20 daqiqa va balandligini 3,5-4 m qabul qilinganlik hisobidan aniqlash lozim.
6.61. Pagʻalanish kameralari ustida 6 m dan ortiq boʻlmagan kenglikdagi shiyponlarni nazarda tutish zarur.
6.62. Tindirgichlarda oʻrnatilgan pagʻalanish kameralarining soni oltitadan kam boʻlsa, bitta zaxira kamerasini eʼtiborga olish lozim.
Vertikal tindirgichlar
6.63. Yupqa qatlamli bloklar oʻrnatilmagan vertikal tindirgichning choʻktirish yuzi maydonini Gʻv.o, m2 (9) formula boʻyicha quyidagi ikki davr uchun aniqlash lozim:
minimal loyqalikdagi suv qishda eng kam miqdorda sarflanishida;
eng yuqori loyqalikdagi suv ushbu davrga mos keladigan eng katta miqdorda sarflanishida.
Choʻktirish yuzining hisobiy maydoni quyidagi eng katta qiymatga mos boʻlishi kerak
(9)
bunda: q — bir sutkada suvning maksimal va minimal miqdorda isteʼmoli davrlari uchun hisobiy sarf, kub. m/ch.;
Vp — koʻtariluvchi oqimning hisobiy tezligi, mm/s, texnologik qidiruvlar maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda 21-jadvalda koʻrsatilganlaridan kattaroq boʻlmagan qiymatda qabul qilinadi;
Np — ishchi tindirgichlar soni;
Vob — tindirgichdan hajmli foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent, qiymati 1,3-1,5 teng qilib qabul qilinadi (quyi chegarasi — diametrining balandligiga nisbati — 1,5).
Tindirgichlar soni oltitadan kam boʻlganda, bitta zaxira tindirgichni nazarda tutish joiz.
6.64. Choʻktirish zonasida yupqa qatlamli bloklar oʻrnatilganda, ushbu zonaning maydoni yupqa qatlamli bloklar bilan band etilgan suv yuzasi maydoniga qoʻyilgan solishtirma yuklamalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
koagulyant bilan ishlov berilgan kam loyqalangan va rangdor suvlar uchun — 3 — 3,5 m3/(ch m2) , oʻrtacha loyqalangan suv uchun — 3,6 — 4,5 m3/(ch m2), loyqalangan suvlar uchun — 4,6 — 5,5 m3/(ch m2) .
6.65. Choʻkindilar yigʻilgan va zichlashgan zonada vertikal tindirgich devori qiya holda boʻlishi lozim. Qiya devor oraligʻidagi burchakni 70 — 80° qabul qilish kerak.
Choʻkindilarni chiqarib tashlash jarayoni tindirgichni uchirmasdan bajariladi. Choʻkindilarni chiqarib tashlash oraligʻidagi ish davrini, Tr, ch, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(10)
bunda: Wos·ch — choʻkindini yigʻish va zichlash zonasi hajmi, m3;
d — butun chOʻkish balandligi qismi boʻyicha choʻkindidagi qattiq fazadagi oʻrtacha konsentratsiyasi, g/m3, suvning loyqaligiga va tashlashlar orasidagi intervallar davomiyligiga qarab, 26-jadval maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi;
Mayev — tindirgichdan chiqadigan suvning loyqaligi, g/m3, 8 dan 15 g/m3 gacha qabul qilinadi;
Sv — tindirgichga kelib tushadigan suvdagi muallaq moddalar konsentratsiyasi, g/ m3, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(11)
bunda: M — dastlabki suvdagi muallaq moddalar miqdori, g/ m3 (suv loyqaligiga teng qilib qabul qilinadi);
dk — suvsiz mahsulot boʻyicha koagulyant dozasi, g/ m3;
Kk — sulfat kislotali aluminiy uchun — 0,5, nefelinli koagulyant uchun — 1,2, xlorli temir uchun — 0,7 qiymatda qabul qilinadi;
S — dastlabki suvning rangdorligi, daraja;
Vn — ohak bilan kiritiladigan erimaydigan moddalar soni, g/ m3, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(12)
bunda Ki — ohakda SaO ning hissali miqdori;
di — ohakning SaO boʻyicha dozasi, g/m3.
Tindirgichning choʻkindilarni tashlash orasidagi ishlash davri kamida 6 soat boʻlishi lozim.
6.66. Vertikal tindirgichlarda tiniq suvlarni yigʻish uchun aylana boʻylab va radial boʻyicha dumaloq yoki uchburchak teshikli tarnovlarni nazarda tutmoq lozim.
Tarnovlar kesimining suv harakati tezligi 0,5-0,6 m/s uchun hisoblash lozim.
Gorizontal tindirgichlar
6.67. Gorizontal tindirgichlarning suv yigʻish maydonlari boʻyicha joylashtirib loyihalash lozim. Tindirgichlar hisob-kitobini 6.63-bandiga muvofiq ikki davr uchun hisoblab chiqish kerak.
Gorizontal tindirgichlarning tarxdagi yuzini quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
Fgo = aobq I 3,bua, (13)
bunda: q — suvning hisobiy sarfi, m3/ch, 6.63-bandiga muvofiq qabul qilinadi;
i0 — muallaq choʻkishi tezligi, mm/s, 25-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
a06 — tindirgichlardan hajmli foydalanish koeffitsiyenti, 1,3 ga teng qilib qabul qilinadi.
Yupqa qatlamdagi bloklarning choʻkish zonasida oʻrnatilganda tindirgichning yuzini 6.64-bandiga qarab aniqlash kerak. Bloklarni tindirgichning butun uzunligi boʻylab oʻrnatishni nazarda tutish lozim.
6.68. Tindirgichlar uzunligini L, m, quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqish kerak:
L = NsrVcpUa, (14)
bunda: Nsr — choʻkish zonasining oʻrtacha balandligi, m, stansiyaning balandlik sxemasi boʻyicha 3-3,5 m qilib qabul qilinadi;
Vcp — kam, oʻrtacha va kuchli loyqalangan suvlar uchun suv gorizontal harakatlanishining hisobiy tezligi, tegishligicha, 6 — 8, 7 — 10 va 9 — 12 mm/sek qiymatlarda qabul qilinadi.
Tindirgich boʻylama toʻsiqlar bilan kengligi 6 m dan katta boʻlmagan mustaqil ishlovchi seksiyalarga boʻlinishi lozim.
Seksiyalar soni oltitadan kam boʻlgan taqdirda, bitta seksiyani zaxira sifatida nazarda tutish kerak.
6.69. Gorizontal tindirgichlarni mexanik yoki gidravlik choʻkindi yoʻqotuvchi (tindirgichga yuborilayotgan suvni uchirmasdan) yoki ularda kam harakatli choʻkindilar hosil qiluvchi tindirilgan loyqa suvlar tindirgichga suv uzatishni baʼzida oʻchirib, choʻkindini yuvishning gidravlik tizimini loyihalashni nazarda tutish lozim. Tindirgich tubi va devorlarini yuvish uchun shlang ulanuvchi ventilli quvur oʻtkazgichni koʻzda tutish kerak.
6.70. Tindirgichlarda choʻkindilarni mexanizmlar bilan yoʻqotishda tuplovchi mexanizmlar bilan choʻkindilarni yigʻish va zichlash zonasining hajmi toʻplagichni oʻlchamiga koʻra aniqlash, toʻplangan choʻkindilarni chuqurchaga sidirib tashlash lozim.
Gidravlik yoki bosim bilan choʻkindilarni yuvishda choʻkindilarni yigʻish va zichlash zonasining hajmi (10) formula boʻyicha aniqlanadi. Tindirgichni tozalash oraligʻidagi ishining davomiyligi 24 soatdan ortiq va 12 soatdan kam boʻlmasligi kerak.
Zichlangan choʻkindining oʻrtacha quyuqligini 26-jadval boʻyicha aniqlash lozim.
6.71. Choʻkindilarni gidravlik yoʻqotish uchun teshikli quvurlardan iborat, choʻkindilarni 20 — 30 daqiqa davomida yoʻqotishni taʼminloydigan yigʻma tizimni nazarda tutish lozim.
Choʻkindilarni yigʻish tizimi quvurlari orasidagi tindirgich tubini tekis yoki qirralari qiyaligi burchagi 45°li prizmasimon qilib qabul qilish kerak.
Quvur oʻqlari orasidagi masofa tubi prizma shaklidagisi — 3 m dan ortiq boʻlmagan, tekisi — 2 m qilib qabul qilish lozim.
Quvur oxirida choʻkindi harakati tezligini 1 m/s dan kam boʻlmagan holda, teshiklarda — 1,5-2 m/s; teshik diametri 25 mm dan kam boʻlmaydigan qilib, teshiklar orasidagi masofa — 300 — 500 mm qiymatda qabul qilinadi.
Teshiklarni pastga qarab shaxmat tartibida, quvur oʻqiga nisbatan 45° burchak ostida joylashtirish joiz.
Teshiklar yuzasining yigʻindisining quvur kesimi yuziga nisbatini 0,5 — 0,7 ga teng qilib qabul qilish lozim.
Quvur boshida havo chiqib turishi uchun diametri 15 mm dan kichik boʻlmaydigan teshik nazarda tutilishi kerak.
Choʻkindilar yigʻma tizimlarining gidravlik hisob-kitobini 6.86-bandiga muvofiq bajarish lozim.
6.72. Tindirgichda yuqori loyqali va loyqa suvlarni tindirishda hosil boʻladigan ogʻir, ketishi qiyin choʻkindilarni yoʻqotish uchun nasos konstruksiyalari, suv yuvish sigʻimi va suvsizlantirish inshootiga choʻkindilarni yuborishdan oldin yigʻish hamda zichlash sigʻimlariga oʻrnatilgan teleskopik teshikchali quvur kiydirilgan bosimli gidravlik tizimlarni loyihalash kerak.
6.73. Tindirgichlar balandligini choʻktirish zonasi va choʻkindilarni yigʻish zonasi balandliklari yigʻindisi kabi hisobiy suv sathidan 0,3 m dan kam boʻlmagan qurilish balandligidan oshuvchi kattalikni hisobga olgan holda aniqlash lozim.
6.74. Tindirgichdan chiqarib tashlanadigan choʻkindi suv miqdorini suyultirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlash kerak:
choʻkindilarni gidravlik ketkazishda;
choʻkindilarni mexanik ketkazishda:
2-3 — choʻkindilarni bosim bilan yuvishda.
Choʻkindilarni gidravlik ketkazishda tindirgich tubining uzunasiga qabul qilingan nishabi 0,005 dan kam boʻlmasligi kerak.
6.75. Tindirilgan suvlarni yigʻish tindirgichni orqa yon devoridan yoki yupqa qatlamli bloklar bilan taʼminlangan tindirgichlarni bor uzunligining 2/3 qismida joylashgan teshikli quvurlar yoki teshikli tarnovlar yoki boʻlmasa uchburchak suv quygichlar oʻrnatilgan gorizontal tizimlarni nazarda tutmoq lozim.
Tindiralgan suv harakatining tarnov va quvurlar oxiridagi tezligi 0,6 — 0,8 m/seq teshiklarda 1 m/sek qilib qabul qilinadi.
Teshiklari botirilgan tarnovlarning yuqorisi tindirgichdagi eng yuqori suv sathidan 10 sm yuqori boʻlishi kerak quvurning suv sathi tubidagi chuqurligini gidravlik hisob-kitoblar orqali aniqlash lozim.
Tarnovlardagi teshiklarni tarnov tubidan 5 — 8 sm yuqori, quvurlarda — oʻq boʻyicha gorizontal yoʻnalishda joylashtirish lozim. Teshiklar diametri 25 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Tarnov va quvurlardan suv yigʻish choʻntaklariga suv quyilishi erkin (botirilmagan) boʻlishi kerak.
Tarnovlar yoki quvurlar oʻqlari orasidagi masofa 3 m dan kam boʻlmasligi kerak.
6.76. Tindirgichlar tomida tindirgichga tushish uchun tuynuklar, namunalar olish uchun teshiklar bir-biridan 10 m oraliqda ventilyator quvurni nazarda tutish lozim.
Muallaq choʻkindili tindirgichlar
6.77. Tindirgichlarning hisob-kitobini ishlov beriladigan suvning sifat koʻrsatkichlarining yillik oʻzgarishini hisobga olgan amalga oshirish lozim.
Texnologik tadqiqotlar maʼlumotlari mavjud boʻlmagan taqdirda tindirgich zonasiga koʻtarilishdagi suv oqimining tezligi Vosv va suvni tindirgich hamda choʻkindini boʻlish zonalari orasida taqsimlanadigan suvlar koeffitsiyentini Kr.v 27-jadvalda belgilangan maʼlumotlar boʻyicha 25-jadvalga qilingan eslatmani eʼtiborga olgan holda qabul qilish lozim.
6.78. Suvni tindirish va choʻkindilar ajralishi zonasi uchun 6.63-bandi boʻyicha ikki davr uchun hisob-kitob qilinganda olingan yuzalarning eng katta qiymatlarini qabul qilish joiz.
Suvni tindirish zonasi yuzasini Fosv, m2 quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
(15)
bunda: Kr.v — suvni tindirish va choʻkindi ajralishi zonalari orasida suv taqsimlanishi koeffitsiyenti (choʻkindini zichlantirish), 27-jadval boʻyicha qabul qilinadi;
Vosv — tindirish zonasida koʻtariluvchan suv oqimi tezligi, mm/sek 26-jadval boʻyicha olinadi.
Choʻkindi ajralib chiqishi yuzasini Gʻatd, m2 quyidagi formula asosida hisoblab chiqish lozim:
Gʻotd = q (1-Kr.v) / 3,6v (16)
Choʻkindi tushishi va ajralishi zonalarida yupqa qatlamli bloklar oʻrnatilishida, ushbu bloklar bilan band qilingan zonalar yuzasi 6.64-bandiga muvofiq aniqlanishi talab etiladi.
* Eslatma: Vosv ning quyi chegaralari xoʻjalik-ichimlik suv quvurlari uchun koʻrsatilgan.
6.79. Muallaq choʻkindi qatlamining balandligi 2,5 m gacha qabul qilinadi.
Choʻkindini qabul qiluvchi deraza yoki choʻkindi chiqaruvchi quvur uchini muallaq choʻkindi zonasi qiya devoridan vertikal turdagigacha oʻtishdan 1 — 1,5 m yuqorida joylashtirish lozim.
Qiya devor bilan muallaq choʻkindi zonasining quyi qismi orasidagi burchak 60 — 70° qilib qabul qilinadi.
Tindirish zonasining balandligi 2 — 2,5 m qilib qabul qilinishi kerak.
Tindirgich zonadagi yigʻma nov yoki quvurlar orasidagi masofa 3 m dan oshmasligi kerak.
Tindirgich devorlarining balandligi undagi hisobiy sathning 0,3 m ga ortiq olinishi kerak.
6.80. Choʻkindilarni yigʻish va zichlash zonalarining hajmi (10) formula boʻyicha aniqlanadi, zichlash vaqti stansiyada alohida choʻkindilarni quyuqlashtirgichlar boʻlmaganda 6 soatdan kam quyuqlashtirgichlari boʻlganda va choʻkindilarni avtomatik tarzda chiqarib tashlashda 2-3 soat qilib qabul qilish kerak.
6.81. Choʻkindilarni zichlagichlardan koʻchirib tashlashni teshikli quvurlar orqali amalga oshirish lozim. Choʻkindi bilan chiqarib tashlanayotgan suv miqdorini 27-jadval boʻyicha, choʻkindini suyuqlantiradigan 1,5 qilib olinuvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda aniqlanadi.
6.82. Tindirish yuzasi boʻyicha suv taqsimlash, bir-biridan 3 m dan ortiq boʻlmagan masofada yotqiziladigan teshik quvurlardan foydalanish lozim.
Taqsimlash quvurlariga kiraverishdagi suv harakatining tezligi 0,5-0,6 m/sek chiqishdagi tezligi — 1,5-2 m/sek boʻlishi kerak.
Teshiklar diametri 25 mm dan kichik teshiklar orasidagi masofa 0,5 m dan ortiq boʻlmasligi, teshiklarni pastda 45° burchak ostida quvurning ikkki tomoni boʻylab, shaxmat tartibda joylashtirish kerak.
6.83. Suvni choʻkindi bilan harakat tezligini choʻkindi olish derazalarida 10 — 15 mm/sek choʻkindi chiqarish quvurlarida 40 — 60 mm/sek (katta qiymatlar maʼdanli tashkil etuvchilari koʻp boʻlgan suvlarga tegishli) qabul qilish lozim.
6.84. Tindirish zonasida tindirilgan suvlarni yigʻish balandligi 40 — 60 mm boʻlgan uchburchakli suv quygichli suv quygichlar oʻklari orasidaga masofa 100 — 150 mm va suv quygich cheti orasidagi burchak 60° boʻlgan tarnovlar nazarga olinishi joiz. Tarnovlardagi suv harakatining hisobiy tezligi 0,5-0,6 m/sek.
6.85. Choʻkindi zichlagichlardan tindirilgan suvalarni yigʻish uchun botirilgan teshikli quvurlar nazarda tutiladi.
Vertikal choʻkindi zichlagichlarda yigʻma teshik quvurlar tepasi tindirgich suv sathidan 0,3 m past joylashgan va choʻkindi zichlagich deraza tepasidan 1,5 m baland boʻlishi kerak.
Taglik choʻkindi zichlagichlardagi tindirilgan suvni chiqarish yigʻma teshikli quvurlar tom tagiga joylashtirilishi lozim. Tindirilgan suvni chiqarish quvurining diametri suv harakati tezligi 0,5 m/sek dan ortiq boʻlmagan, suvni quvur teshigiga kirishdagi tezligi 1,5 m/sek dan kam boʻlmagan, teshiklar diametri 15 — 20 mm boʻlgan qiymatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Yigʻma quvurlar chiqishda yigʻma sunʼiy ariqlarga oʻtishida toʻsqich armatura oʻrnatishni nazarda tutish kerak.
Yigʻma quvur tagi bilan suv sathi orasidagi belgining ogʻishi 0,4 m dan kamroq qabul qilinmasligi lozim.
6.86. Taqsimlagich teshik yigʻma quvurlar va tarnovlarda suv hamda choʻkindilar uchun yoʻqotilgan bosimlarni, m, suv harakatini eng katta tezligidan kelib chiqib (8) yoki (22) formulalar boʻyicha, gidravlik qarshilik koeffitsiyenti qiymatlarini qabul qilib aniqlash kerak:
ς = 2,2 / K2p + 1 — tarmoqlari dumaloq teshikchali boʻlgan toʻgʻri taqsimlovchi quvur yoki kollektor uchun;
ς = 4 / K2p + 1 — xuddi shuning oʻzi, lekin tirqishli;
ς = 3,3 / K1,8p — butun kesimi boʻyicha ishlaydigan toʻgʻri yigʻma quvur uchun;
ς = 3,2 / K1,7p + 3 — erkin yuzali suv va botirilgan teshikli yigʻma tarnovlar uchun,
bunda, Kp — perforatsiya koeffitsiyenti — teshiklar yoki tirqishlar yuzasi yigʻindisini toʻgʻri chiziqli quvur yoki toʻplagich zovurlar, yoki boʻlmasa yigʻma tarnov oxiridagi kesim yuziga nisbatidir, 0,15 ≤ Kp ≤ 2.
Quvurlar va tarnovlar qismlarini teshishdan oldin va keyin kommunikatsiyalarda yoʻqoladigan bosimni, shuningdek koʻrsatilgan qismlarda mahalliy gidravlik qarshiliklarni qoʻshimcha hisoblash joiz.
Muallaq choʻkindi qatlamida, uning balandligining har 1 m da, bosim yoʻqolishi — 0,01 — 0,02 m.
6.87. Choʻkindi zichlagichdan choʻkindilarni yoʻqotish uchun yigʻilib qolgan choʻkindilarni 15 — 20 daqiqadan ortiq boʻlmagan vaqt ichida chiqarib tashlash shartiga koʻra quvurlar nazarda tutilishi lozim. Choʻkindilarni yoʻqotish uchun quvur diametri 150 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Qoʻshni quvur yoki sunʼiy ariq devori orasidagi masofa 3 m dan ortiq qabul qilinmasligi lozim.
Teshik quvurlarda choʻkindi harakatining oʻrtacha tezligi 3 m/sek dan ortiq, teshikli quvur oxiridagi tezlik 1 m/sek dan kichik, teshiklar diametri 20 mm dan kichik teshiklar orasidagi masofa 0,5 dan ortiq boʻlmasligi kerak.
6.88. Choʻkindi zichlagichning nishabli devori orasidagi burchak 70° ga teng qilib qabul qilinadi.
Tindirgichlarni taglik choʻkindi zichlagichlar bilan qoʻllanishda muallaq choʻkindi ishtahasini choʻkindi zichlagich bilan birlashtiruvchi tuynuk tindirgichda suv sathi choʻkindi chiqarib tashlovchi quvur tepasidan past boʻlganda (choʻkindi chiqarilayotganda va boʻshatilayotganda) avtomatik ravishda ochiluvchi konstruksiyalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
6.89. Tindirgichlar soni oltitadan kam boʻlsa, bitta zaxira tindirgich nazarda tutiladi.
Yuqori loyqalangan suvlarni tindirish inshootlari
6.90. Yuqori loyqali suvlarni tindirish uchun ikki bosqichli tindirishni suvni birinchi va ikkinchi bosqichli tindirgichlardan oldin reagentlar bilan qayta ishlashni nazarda tutish lozim.
Birlamchi tindirilishdan soʻng 50 — 80% rangsizlantirilganda, muallaq moddalar quyuqligi (suv loyqaligiga teng) 1500 mg/l dan oshmasligi kerak.
Birinchi bosqichli tindirgichlar sifatida:
kurakli aylanuvchan fermali radial tindirgichlar;
kurakli zanjir mexanizmli vertikal tindirgichlar. Choʻkindilarni yoʻqotish uchun ularning yuvuvchi gidravlik tizimini qoʻllashga ruxsat etiladi;
chambarakli turlardagi yirik suzuvchan va muallaq aralashmalarni oldindan chiqarib tashloydigan suv havza — tindirgichlari;
reagentlarni qoʻllamagan holda yupqa qatlamli elementlar bilan suzuvchi suv toʻsqich — tindirgichlaridan foydalanish mumkin.
6.91. Birinchi va ikkinchi bosqichli tindirgichlarga yuboriladigan suvlarga qoʻshiladigan reagentlarning turi hamda miqdorini 6.16-6.17-bandlariga asosan belgilash lozim.
6.92. Gorizontal tindirgichlardan oldingi pagalovchi kameralari yuqori loyqalikdagi suvlarni tindirishda, asosan, 30 daqiqadan ortiq vaqt turib qolmaydigan mexanik turini loyihalash lozim. Radial tindirgichlardan oldin pagʻalovchi kameralar eʼtiborga olinmaydi.
Gorizontal tiddirgachlarni 6.67 — 6.76-bandlarga muvofiq loyihalash joiz.
6.93. Radial tindirgachlar yuzasi Gʻpo, m2 ular yuqori loyqa suvlarni tindirish uchun birinchi bosqich sifatida foydalaniladigan boʻlsa, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Fpo = 0,2 (q / u0)1,07 + f , (17)
bunda, q — hisobiy sarfi, m3/ch;
U0 — muallaq choʻkishi tezligi, 0,5-0,6 mm/sek qiymatda qabul qilinadi;
f — radial tindirgichning uyurma zonasi maydoni boʻlib, uning radiusi taqsimlovchi konstruksiya radiusidan 1 m kattaroq qilib qabul qilinadi, m2.
Markaziy taqsimlovchi konstruksiyaning tubi berk qilinadi, uning yuqorisi esa aylana boʻylib, devor oldidagi suv balandligiga teng, radiusi 1,5 — 2,5 m ga teng qiymatda qabul qilinadi. Suv taqimlagich konstruksiya yon devoridagi teshiklar yuzasi teshiklar diametri 40 — 50 mm boʻlganda, ular orqali oʻtadigan suv tezligi 1 m/sek hisobida aniqlash joiz.
Tindirilgan suvni yigʻish aylana boʻylab tarnovlarda botirilgan teshiklar yoki uchburchak suv quygichlarni 6.84-bandiga binoan nazarda tutish kerak.
6.94. Birinchi bosqichdagi tindirgichlardagi zichlangan choʻkindining oʻrtacha quyuqligini 150 — 160 g/l qiymatda qabul qilish lozim.
Toʻxtovsiz choʻkindilarni ketkazuvchi radial tindirgachlar uchun — 25 l/g qabul qilinadi.
Tezkor filtrlar
6.95. Filtrlar va ularning kommunikatsiyalarining meʼyoriy va jadal (filtrlarning bir qismi taʼmirlanayotgan) tartibda ishlash uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Filtrlar soni 20 gacha boʻlgan stansiyalarda bitta, koʻp sonlilarida — ikkita filtrni taʼmirlash uchun oʻchirish imkoniyatlarini koʻrib chikish lozim.
6.96. Filtrlarga yuklash uchun kvarsli qum, maydalangan antratsit va keramzit hamda boshqa materiallarni qoʻllash lozim. Barcha filtrlovchi materiallar texnologik jarayonlarni taʼminlashlari va talab qilinadigan kimyoviy chidamlilik hamda mexanik jihatdan mustahkam boʻlishlari kerak. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminotida 1.3-bandining talablari inobatga olinishi lozim.
6.97. Meʼyoriy va jadal tartibdagi filtrlash tezligi, texnologik qidiruv maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, 28-jadvalga muvofiq qabul qilinadi, yuvish orasidagi filtrlash ishlarining davomiyligini taʼminlovchi meʼyoriy tartibda 8 — 12 soat, jadallashgan tartibda yoki toʻliq avtomatik filtrlarni yuvishda — 6 soat va xoʻjalik-ichimlik suv oʻtkazgich OʻzDSt 950:2011 talablarini taminlashni hisobga olish lozim.
6.98. Umumiy maydonni FF, m2 quyidagi formula boʻyicha aniqlash kerak:
Gʻf = Q / (Tcm vn – nnp qnp – nnp τnp vn) (18)
bunda, Q — stansiyaning foydali unumdorligi, m3/sut.;
Tct — stansiyaning bir sutka davomidagi ishlash davomiyligi, soat;
Vn — normal ishlatish rejimida filtrlashning hisobiy tezligi, m/soat, 28-jadval boʻyicha qabul qilinadi, (20) formula boʻyicha hisobkitoblarni inobatga olgan holda (20);
npr — normal ishlatish rejimida bir filtrni bir sutka davomida yuvishlar soni;
qnp — bir filtrni bir marta yuvish uchun solishtirma suv sarfi, m3/m2, 6.110-bandini hisobga olgan holda qabul qilish lozim;
τpr — yuvish sababli filtr bekor ishlamay turishi vaqti, suv bilan yuviladigan filtrlar uchun — 0,33 soat, suv va havo bilan yuviladigan filtrlar uchun — 0,5 soat qiymatida qabul qilinadi.
* Eslatma: Suv va havo bilan yuvishda qpr kattaligi yuvishning alohida bosqichlarida tegishli kattaliklarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
6.99. Unumdorligi 1600 m3/sut. dan yuqori boʻlgan stansiyalarda filtrlar soni kamida turtta boʻlishi lozim. Unumdorligi 8 — 10 ming m3/sut. dan ortiq boʻlsa filtrlar sonini yaxlitlash (toq yoki juft filtrlar qanday yigʻilishiga koʻra) quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
(19)
Shu bilan birga quyidagi nisbat taʼminlanishi kerak:
(20)
bunda, N1 — taʼmirlanayotgan filtrlar soni (6.95-bandiga qaralsin);
Vf — jadal rejimdagi filtrlash tezligi, 28-jadvalda koʻrsatilgan qiymatdan katta boʻlmasligi kerak.
Bir filtrning maydonini (yuzasini) 100 — 120 m2 dan katta boʻlmagan qiymatda qabul qilish lozim.
6.100. Filtrdagi bosimning eng katta yoʻqotishlarini, filtrning turiga qarab, ochiq filtrlar uchun 3-3,5 m va bosimli filtrlar uchun — 6 — 8 m qiymatida qabul qilish kerak.
6.101. Ochiq filtrlarda yuklama yuzasi ustidagi suv qatlami kamida 2 m ga teng boʻlishi kerak; qurilish balandligi suvning hisobiy sathidan kamida 0,5 m ga balandroq boʻlishi kerak.
6.102. Filtrlarning bir qismi yuvish uchun oʻchirilganda qolgan filtrlarda suvni filtrlash tezligini doimiy yoki oshib boradigan qilib qabul qilish lozim; shunda filtrlash tezligi 28-jadvalda koʻrsatilgan Vf kattaligidan oshib ketishi mumkin emas. Filtrlar doimiy filtrlash tezligida ishlaganda normal suv sathi ustidan filtlarda qoʻshimcha balandlikni nazarda tutish kerak Ndop, m, va uning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(21)
bunda, W0 — bir vaqtda yuviladigan filtrlar bekor turib qolgan vaqt davomida toʻplanib qoladigan suv hajmi, m3;
∑GʻF — suv toʻplanishi amalga oshadigan filtrlarning umumiy yuzasi, m2.
Jadallashgan rejimda quvurlardagi (uzatuvchi va qochiruvchi filtrlarda) suv harakatlanishi tezligi 1-1,5 m/sek dan yuqori boʻlmasligi kerak.
6.103. Katta qarshilikli quvurli tarqatkichlar (zovurli) tizimlari suv chiqishdagi tutib turuvchi qatlamlari (shagʻal yoki boshqa shunga oʻxshash ashyolar) yoki bevosita filtrlovchi qatlam qalinligiga singishi nazarda tutiladi. Taqsimlagich tizimlarini tozalash, toʻplagich zovurlar diametri 800 mm dan ortiq boʻlsa, ularni taftish qilish imkonlarini koʻrib chiqish zarur.
* Eslatma:
1. Fultrlashning koʻrsatilgan chegaralardagi hisobiy tezligi suv taʼminoti manbalaridagi suv sifati, filtrlashdan oldin unga ishlov berish texnologiyalari va boshqa mahalliy sharoitlariga koʻra qabul qilinishi kerak. Xoʻjalik ichumlik ehtiyojlari uchun suvni tozalashda filtrlash tezligining kichik qiymatini qabul qilish kerak.
2. Yuklanmagan yirikligi 0,8 — 2 mm boʻlgan bir qatlamli jadal filtrlarni faqam ishlab chiqarish suv taʼminoti uchun qabul qilish lozim.
3. Fultrlar yuklamalarining yirikligi oʻzgaruvchanligi 10% gacha ruxsat etiladi.
4. 28-jadvalda eʼtiborga olinmagan filtr ashyolarini qoʻllaganda, tavsiya etilayotgan oʻlchamlarni sinov maʼlumotlari yoki mavjud tajribalar asosida aniqlab, qoʻllash zarur.
5. Donalarning ekvivalent diametrini de, mm, quyidagi formula yordamida aniqlash lozim: de = 100 / E (Ri / di,
bunda Ri — oʻrtacha diametrli danalar de, mm, yirikligini tashkil etuvchi %;
6. Yuklamalar bir jinsli emasligi koeffitsiyenti quyidagiga teng: Knz = d80 / d10,
d10 — elak teshiklaridan oʻtgan umumiy miqdorning 10% yuklamalar donalarining diametri, mm;
d80 — elak teshiklaridan oʻtgan umumiy miqdorning 80% yuklamalar donalarining diametri, mm;
7. Ikki bosqichli filtrlab suv tozalash sxemalarida filtrlardan foydalanishda ulardagi filtrlash tezligini 10 — 15% ga opmuq qilib qabul qilish lozim.
8. Maydalangan keramzit va antratsitlardan yuklamalar sifatida foydalanilganda suv-havoli yuvishga ruxsat etilmaydi.
6.104. Donalarning yirikligi va katta qarshilikli tarqatuvchi tizimlarda tutib turuvchi qatlamlar balandligini 29-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
* Eslatma:
1. Naysumon tizimdan havo yuborish bilan suv-havoli yuvishda yirikligi 10 — 5 mm va 5 — 2 mm boʻlgan qatlam balandligini 150 — 200 mm dan qabul qilish lozim.
2. Yuklagichi 2 mm dan kichik boʻlgan filtrlar uchun qoʻshimcha 2 — 1,2 mm donali, balandligi 100 mm tutib turuvchi qatlamni eʼtiborga olish lozim.
6.105. Quvurli zovoʻrning tarmoqlanishini: tutib turuvchi qatlam borligida teshik diametri 10 — 12 mm, yoʻqligida yoriq eni filtr yuklamasi donalari oʻlchamidan 0,1 mm dan kichik. Teshiklarning umumiy yuzasi filtrning ishchi yuzasining 0,25 — 0,5% ni tashkil etishi kerak; yoriqlar yuzasi filtrning ishchi yuzasi 1,5 — 2%; teshiklarni ikki qator shaxmat tartibida vertikalga nisbatan 45° burchak ostida joylashtiriladi. Yoriqlar koʻndalang oʻqi boʻyicha quvurning bor uzunligi boʻylab ikki qator bir tekisda joylashishi lozim. Tarmoqlar orasidagi masofani 250 — 350 mm, oʻqlar orasidaga teshiklar 150 — 200 mm, yoriqlar orasi 20 mm dan kam boʻlmagan, tarmoqlanish pastidan filtr tubigacha 80 — 120 mm qabul qilinadi.
Taqsimlash tizimidagi bosimni yoʻqotish quyidagi formula yordamida aniqlaniladi:
(22)
bunda, Vk — kollektor boshidagi tezlik m/sek;
Vb.o — tarmoqlanishga kirishdagi oʻrtacha tezlik m/sek;
ς — gidravlik qarshilik koeffitsiyenti 6.86-bandiga muvofiq qabul qilinadi.
Filtr yuvilayotganda taqsimlash tizimidagi bosim yoʻqotilishi 7 m suv ustunidan oshib ketmasligi kerak.
6.106. Toʻsqich zovurlar quvurli taqsimlagichlar tizimi koʻndalang kesim yuzi butun uzunligi boʻylab oʻzgarmas qilib qabul qilish lozim. Yuvishdagi suv harakati tezligini: toʻsqich zovur boshida 0,8 — 1,2 m/sek, tarmoqlanish boshida 1,6 — 2 m/sek qilib qabul qilish lozim.
Toʻsqich zovur konstruksiyasi tarmoqlarni vertikal va bir xil qadamlarda yotqazilishini taʼminlashi kerak.
6.107. Taqsimlagich tizimlarni tutib turuvchi qatlamsiz sunʼiy ariqlar koʻrinishida toʻsqich zovurga (chiqarib tashlanadigan sunʼiy ariqqa) tik va ustidan qalinligi 40 mm dan kam boʻlmagan polimer-betonli taxtalar bilan berkitilishi ruxsat etiladi.
6.108. Suvli va havoli yuvishda taqsimlagich tizimni qalpoqchali qabul qilish lozim; qalpoqchalar soni 1 m2 filtrning ishchi yuzasiga 35 — 50 ta boʻlishi kerak.
Yoriq qalpoqchalarida bosim yoʻqolishini (8) ifoda boʻyicha, suv yoki suv-havo aralashmasi harakati tezligini yoriq qalpoqchalarda 1,5 m/sek dan kam boʻlmagan va gidravlik qarshilik koeffitsiyenti ς = 4 ga teng qiymatda qabul qilib, aniqlanadi.
6.109. Quvur oʻtkazgichlarida filtrlarni yuvish uchun uzatiladigan suvdagi havoni yoʻqotish uchun havo chiqarishga toʻsqich armatura yoki avtomatik konstruksiyalar oʻrnatilgan, diametri 75 — 150 mm boʻlgan havo moʻrilarini: toʻsqich zovurlarda ham diametri 50 — 75 mm boʻlgan, filtr yuzasi 50 m2 — bitta, katta yuzaliga — ikkita (toʻsqich zovoʻrning boshiga va oxiriga), havoni chiqarib yuborish uchun ventillar yoki boshqa moslamalar oʻrnatilgan havo moʻrilarini nazarda tutmoq lozim.
6.110. Filtrlovchi yuklamani yuvish uchun filtrda tozalangan suvdan foydalanish kerak. Filtr yuklamasi yuzasini taqsimlagich tizim bilan ustki yuvishni qabul qilish ruxsat etiladi.
Kvars qumli yuklamalarni yuvishda oʻlchamlarni 29-jadval boʻyicha qabul qilish lozim
Keramzitli yuklashda yuvish jadalligini keramzitni belgisiga koʻra (keramzitning yuqori zichliliga uni yuqori jadalliligiga bogʻliq) 12 — 15 l/(s.m2 qabul qilish lozim.
6.111. Yuvilgan suvni yigʻish va chiqarib tashlash uchun yarim aylana yoki besh burchak kesimli tarnovlarni nazarda tutish lozim. Qoʻshni tarnovlar oʻqi orasidagi masofa 2,2 m dan ortiq boʻlmasliga kerak. Tarnov eni Vjel quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(23)
Bunda, ya qjel — tarnov boʻyicha suv sarfi, m3/sek;
ajel — tarnovning toʻgʻri burchakli qismi balandligining uning enining yarmiga boʻlgan nisbati 1 dan 1,5 gacha qabul qilinadi;
Kjel — quyidagi qiymatlarga teng qilib qabul qilinadi: yarim dumaloq shakldagi tarnovlar uchun — 2, besh burchakli tarnovlar uchun — 2,1.
Barcha tarnovlarning chetlari bir sathda turishi va aniq gorizontal holatni egallashi shart.
Tarnovlarning novlari suv yigʻiladigan kanalga nisbatan 0,01 ga teng nishablikka ega boʻlishlari kerak.
* Eslatma: 1. Yuvish intensivligining kammapoq qiymatlariga davomiylikning kichikroq qiymatlari toʻgʻri keladi.
2. Qoʻzgʻalmas qilib oʻrnatilgan ustki yuvish uchun uni jadalligini 3-4 l/(s.m2), bosimni 30 — 40 m qabul qilish lozim. Yuvish davomiyligi 5 — 8 daqiqa, ulardan 2-3 daqiqasi pastki yuvishni oʻtkazish uchun. Taqsimlagich quvurlarni yuklagich yuzasidan 60 — 80 mm masofada har 700 — 1000 mm orasida joylashtirish kerak. Taqsimlagich quvurlardagi teshiklar orasidagi yoki kiygizilgan quvur teshiklari orasidagi masofa 80 — 100 mm qilib qabul qilinadi. Aylanuvchan yuvishni jadalligini 0,5 — 0,75 l/(s.m2), bosimni 40 — 45 m qiymatda qabul qilish lozim.
6.112. Yigʻma sunʼiy ariqli filtrlarda tarnov tubidan sunʼiy kanal tubigacha boʻlgan masofa Nkan — quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(24)
bunda, qkan — kanal boʻyicha suv sarfi, m3/sek;
Vkan — kanalning eni, m, kamida 0,7 m qiymatda qabul qilinadi.
* Eslatma: Suniy ariqdagi suv sathi, yuvilgan suvni chiqarib tashlovchi quvur oʻtkazgichdagi bosimni hisobga olgan xalda, tarnov tubidan 0,2 m pastroq boʻlishi kerak.
6.113. Filtrlovchi yuklama yuzasidan tarnovning chetigacha boʻlgan masofann Nj quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
(25)
bunda, Nz — filtrlovchi qatlamning balandligi, m;
az — filtrlovchi yuklamaning nisbiy kengayishi foiz hisobida, 26-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
6.114. Suv-havoli yuvishni filtrlar kvars qumi bilan toʻldirilganda quyidagi tartibda qabul qilinadi: havo purkash jadalligi 15 — 20 l/(s.m2) 1-2 daqiqa davomida, soʻngra suv-havo bilan birgalikda yuvish, havo yuborish jadalligi 15 — 20 l/(s.m2) va suvniki 3 — 4 l/(s.m2) 4-5 daqiqa davomida hamda suv uzatish ketma-ketligi (purkashsiz) 6 — 8 l/(s.m2) jadallikda 4-5 daqiqa davomida.
* Eslatma: 1. Donalari yirikroq yuklamalarga suv va havoni uzatishning kattaroq tezligi toʻgʻri keladi.
2. Asoslab berilgan taqdirda aytib oʻtilgan yuvishdan farqlanadigan yuvish rejimlarini qoʻllashga ruxsat etiladi.
6.115. Suv-havoli yuvishda suv va havoni maxsus qalpoqchali taqsimlash tizimlari yoki ajratuvchi quvurchali taqsimlash tizimlari boʻyicha yuborishni eʼtiborga olish lozim.
6.116. Suv-havoli yuvishda qumni tutib qoluvchi tarnovli ikki yoqlama nishab devorli — suv quyiluvchi va qaytaruvchilardan hosil boʻlgan gorizontal yuvilgan suvni chiqarib tashlovchi tizimni qabul qilish kerak.
6.117. Yuvish uchun suv nasoslar yoki idishlardan yuborilishi lozim. Yuvish tizimlari stansiyasidagi filtrlar soniga qarab bir yoki bir necha filtrlarni bir vaqtda yuvishni hisobga olish kerak. Yuvish idishining hajmi bitta qoʻshimcha yuvishni hisobga olish lozim.
Filtrlari yuvish uchun suv bosimini taqsimlash tizimida, ulanuvchi kommunikatsiyalarda va filtrlar yuklamalarida bosim yoʻqolishini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
Idishga suv yuboruvchi nasos jadallashgan tartibdagi sizgichlarni yuvish oraligʻidagi vaqtdan koʻp boʻlmagan vaqt ichida idishni toʻldirishni taʼminlashi kerak. Nasos bilan suv toʻsish idishiga yuboriladigan suvni tindirilgan sigʻimdagi suvdan olish lozim. Suvni quvur oʻtkazgichdan tindirilgan suvdan olish ruxsat etiladi, qachonki tindirilgan suv sarfi 50% dan oshmasa.
Filtrlarni yuvish uchun suv toʻsish sigʻimlaridagi tindirilgan suvdan, qaysiki hisobiga qoʻshimcha yuvish uchun qoʻshilgan zaxira suvni hisobidan olib tashlash lozim.
Quvur oʻtkazgichlardagi uzatuvchi va chiqarib tashlanuvchi yuvilgan suv harakatining tezligini 1,5-2 m/s qiymatda qabul qilish lozim. Filtrlarga uzatiluvchi yuvilgan suvlar shuningdek quvur oʻtkazgichdagi chiqarib tashlanuvchi yuvilgan suvning bosimi, quvur oʻtkazgichdan havoni surish imkonini istisno qilish lozim.
Yirik donali filtrlar
6.118. Yirik donali filtrlarni ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanuvchi koagulyatsiyali yoki usiz qisman tindirilgan suvlar uchun qoʻllaniladi.
6.119. Sizgachlarni toʻldirish uchun, mexanik mustahkamlik hamda kimyoviy chidamlilik talablariga ega, texnologik jarayonlarni taʼminlovchi kvarsli qumlar va boshqa ashyolardan foydalanish lozim. Filtrlar yuklamalari tavsifi 31-jadvadda keltirilgan.
6.120. Yirik donali bosimli filtrlar filtr yuklamalarida yoʻqoluvchi bosim chegarasini va zovurlarda 15 m gacha, ochiqlarida — 3 — 3,5 m qiymatda hisobga olish lozim. Ochiq filtrlarda suv qatlami yuklama sathidan 1,5 m yuqori boʻlishini eʼtiborga olish shart.
* Eslatma: Suvni qisman tindirish uchun penopolistirol bilan toʻldirilgan suzuvchi maxsus konstruksiyali filtrlarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
6.121. Yirik donali filtrlarni yuvish uchun suv va havodan foydalanishni nazarda tutish lozim. Suv va havoli taqsimlash tizimi yoki birlashgan suv-havo taqsimlash tizimini hisoblash 6.108, 6.109, 6.115 — 6.117-bandlarga muvofiq suv va havoni 6.123-bandida keltirilganidek tezlikda uzatish joiz.
6.122. Yuvilgan suvni ochiq filtrlardan chiqarib tashlash uchun konstruksiyalarni loyihalash 6.116-bandiga binoan olib boriladi.
6.123. Yirik donali filtrlarni hisob-kitob qilishda quyidagi yuvish tartibini qabul qilish lozim: 15 — 25 l/(s.m2) jadallashgan havo bilan filtrlovchi yuklamani yumshatish — 1 daqika; 3,5 — 5 l/(s.m2) jadallashgan suvli yuvish va 15 — 25 l/(s.m2) havoli — 5 daqiqa; 7 — 9 l/(s.m2) jadallik bilan suvli yuvish — 3 daqika. Yuvish jadalligining katta qiymatlari yirikroq yuklamalarga taalluqli.
6.124. Yirik donali filtlar yuzasini 6.98-bandiga muvofiq aniqlash lozim.
6.125. Filtrlar soni 10 gacha boʻlsa — bitta filtrni, bundan ham koʻproq boʻlsa — ikkita filtrni taʼmir uchun oʻchirish imkonini eʼtiborga olish lozim. Bunda ishlashda qolgan filtrlarning filtrlash tezligi 30-jadvalda koʻrsatilgan katta qiymatlardan ortib ketmasligi kerak.
Kontaktli (tutashuvchi) tindirgichlar
6.126. Kontaktli tindirgich stansiyalarida talab etiladigan suv bosimini, suvning reagentlar bilan aralashuvi va tutashuvi hamda suvdan havo ajralishini taʼminlovchi toʻr chambarakli filtrlar va kirish boʻlmasini eʼtiborga olish lozim.
6.127. Kirish kamerasining hajmi unda suvni 5 daqiqadan kam turmasligi sharti bilan aniqlash zarur. Kamera ikkitadan kam boʻlmagan boʻlimlarga boʻlinishi lozim, har kaysinisida quyuvchi va chiqarib yuboruvchi quvurlar nazarga olingan boʻlishi kerak.
* Eslatma: 1. Toʻr chambarakli filtrlarni kirish kamerasi ustiga oʻrnatish lozim; ularni alohida turuvchi binoga joylashtirish asoslab berilganda ruxsat etiladi. Ularni loyihalash 6.11 — 6.14-bandlariga binoan bajarilishi lozim.
2. Qorishtirgich konstruksiyalar, davomiyligi va reagentlarni kiritish va uzilish orasidagi vaqt 6.40; 6.41; 6.17 — 6.19-bandlariga muvofiq qoʻllaniladi.
Shu bilan birga kirish kamerasidan keyin qoʻshimcha reagent kiritish imkoniyatini nazarda tutish lozim.
6.128. Kirish boʻlmalarida suv sathi tutashuv tindirgichlar sathidan oshib ketishini Nu, m, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Nu= 0,8hz + hc, (26)
bunda, hz — qum qatlamli yuklamada bosim yoʻqotishning ruxsat etilgan chegarasi, qatlam balandligiga teng qilib qabul qilinadi, m;
hc — suv harakati yoʻlidagi kirish kamerasidan boshlab tindirgich yuklamasigacha bosim yoʻqotishlar yigʻindisi, m.
Kirish kamerasidan suvni tutashuv tindirgichlariga qochirish tindirgichdagi suv sathidan 2 m dan kam boʻlmagan ravishda past belgida amalga oshirilishi kerak. Kamerada va quvur oʻtkazgichda suv havo bilan toʻyinishi imkonini bartaraf qilish lozim.
6.129. Tutashuv tindirgichlar suv bilan yuvishda tutib turuvchi qatlamlarsiz, suv va havo bilan yuvish — tutib turuvchi qatlamlar bilan nazarda tutish lozim.
Tutashuv tindirgichlar yuklamalarini 32-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
* Eslatma: 1. Ushlab turuvchi qatlamli tutashuv tindirgichlarda 40 —20 mm la shagʻalning yuqori chegarasi taqsimlovchi quvurning yuqori qismi bilan bir balandlikda boʻlishi lozim.
Umumiy toʻldirilish balandligi 3 m dan yuqori boʻlmasligi lozim.
2. Tutashuv tindirgichlarni toʻldirishda shagʻal va kvars qumining hamda boshqa materiallarning zichligi 6.96-band talablariga muvofik 2,5 — 3,5 g/sm3 miqdorida boʻlishi kerak.
6.130. Tutashuv tindirgichlarda filtrlash tezligi quyidagicha qabul qilinadi: tutib turuvchi qatlamsiz meʼyoriy tartibda — 4-5 m/sek; jadallashganda — 5 m/sek; tutib turuvchi qatlam bilan meʼyoriy tartibda 5 — 5,5 m/sek; jadallashganda — 5,5 — 6 m/s.
Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suvni tozalashda filtrlash tezligining kichik qiymatlarini qabul qilish lozim.
Oʻrtacha tezlik hisobiga teng boʻlgan sharoitda, tutashuv tindirgichlar ishini oʻzgaruvchan, filtrlash nihoyasigacha kamayuvchi tezligini nazarga olish ruxsat etiladi.
6.131. Tutashuv tindirgichning umumiy yuzasi Fko, m2 birinchi filtrlangan choʻkindini hisobga olgan holda, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(27)
bunda, τst — birinchi filtrlangan choʻkindini chiqarib tashlash davomiyligi, daq., 6.133-bandi boʻyicha qabul qilinadi, qolgan belgilar — (18) formula boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Stansiyadagi tindirgichlar soni 6.99-bandiga muvofiq aniqlanadi.
6.132. Yuvish uchun tozalangan suvdan foydalanish lozim. Tozalanmagan suvdan foydalanish quyidagi sharoitlarda ruxsat etiladi: uning loyqaligi 10 mg/l dan ortiq boʻlmaganligida, miqdor belgisi 1000 birlik/l, chambarak turlarida (yoki kichik sizgichlarda) suvni qayta ishlash va zararsizlantirishda. Tozalangan suvdan foydalanishda yuvilgan suvlar saqlanadigan sigʻimlarga suv uzatishdan oldin oqim uzilishini eʼtiborga olish lozim. Quvur oʻtkazgichlardan va sigʻimlardan yuvish uchun bevosita filtrlangan suvni uzatish ruxsat etilmaydi.
6.133. Kontaktli (tutashuvchi) tindirgichlarni suv bilan yuvish rejimini 33-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
Kontaktli tindirgichlarni suv-havoli yuvishni quyidagi rejimlarda nazarda tutish lozim: yuklagichlarni havo bilan jadalligi 18 — 20 l/(s.m2) bilan — 1-2 daqiqa davomida; birgalikdagi suv-havoli yuvishda havo yuborish 18 — 20 l/(s.m2) va suv yuborish — 3 — 3,5 l/(s.m2) — davomiyligi 6-7 daqika;
qoʻshimcha suv bilan yuvish jadalligi 6-7 l/(s.m2) davomiyligi 5-7 daqiqa.
Suv bilan yuvganda birinchi filtrlangan choʻkindini chiqarib tashlash davomiyligi, daq.: tozalangan — 5 — 10; tozalanmagan — 10 — 15.
6.134. Tutib turuvchi qatlamli tutashuv tindirgichlarda hamda suv havoli yuvishda suv va havo uzatish uchun naysimon taqsimlagichlar hamda yuvilgan suvlarni gorizontal tizimlarda chetlatishni qabul qilish kerak.
Tutib turuvchi qatlamsiz tutashuv tindirgichlarda quvur osti boʻshligʻini katakchalarga boʻluvchi koʻndalang pardevorlar uzunasiga payvandlangan teshikli quvurlar yon tomonidagi darpardali taqsimlovchi tizimlarni eʼtiborga olish lozim. Teshikli quvurlardagi teshiklarni ikki qator shaxmat tartibida joylashgan boʻlishini, ular 30° burchak ostida pastga quvurni vertikal oʻqiga yoʻnalgan boʻlishi kerak. Taqsimlagich diametri — 10 — 12 mm, qatorlarda oʻqlar orasidagi masofa — 150 — 200 mm. Taqsimlovchi tizimni 34-jadvalga muvofiq loyihalash lozim.
* Eslatma: 1. Yuvishda tarmoqlanish quvurigacha kirishdagi suv tezligini 1,4 — 1,8.m/s qabul qilish lozim.
2. Quvurlar oʻqlari orasidagi katta masofalar tindirgichlar tubidan parda tagigacha boʻlgan katta masofaga muvofiq.
6.135. Tutib turuvchi qatlam va tutashuv tindirgichlarda yuvilgan suvlarni yigʻish 6.111 — 6.113-bandlariga muvofiq tarnovlardan qabul qilish lozim. Tarnovlar chetida uchburchak qirqimli, balandligi va eni 50 — 60 mm dan, oʻqlar orasidaga masofa 100 — 150 mm yupqa taxtachalarni nazarda tutish kerak.
6.136. Sunʼiy ariqlar va kommunikatsiyalar suv uzatish va chiqarib tashlash uchun, idishlar va nasoslar tutashuv tindirgichlarni yuvish uchun loyihalash 6.107, 6.109, 6.117-bandlarga muvofiq, bunda tindirilgan suvni tutashuv tindirgichdan chiqaruvchi naycha yigʻma sunʼiy ariqda yuvishdagi suv sathidan 100 mm yuqori boʻlishi kerak.
Tindirilgan va yuvilgan suvni chiqaruvchi quvur oʻtkazgichlar ish davrida va yuvilish vaqtida tindirgichlar suvga choʻkishi imkonlarini bartaraf etuvchi belgini eʼtiborga olish lozim.
Tutashuv tindirgichlarni boʻshatishda zovoʻrning quyi qismidagi taqsimlagich tizimlar quvur oʻtkazgichlari toʻsiqli moslamalar bilan diametri tindirgich tomon suv oqimini tutib turuvchi qatlamli 2 m/sek dan ortiq boʻlmagan tezlikni, tutib turuvchi qatlamsizda 0,2 m/sek dan ortiq boʻlmagan tezlikni taʼminlanishi lozim. Tutib turuvchi qatlamsiz tindirgichlarni boʻshatishda yuklagichlarni chiqarishni bartaraf etuvchi moslamalarni eʼtiborga olish lozim.
Sust filtrlar
6.137. Sust filtrlarda filtrlashning hisobiy tezligini 0,1-0,2 m/s atrofida qabul qilish lozim, bunda 0,1 m/s dan yuqori tezlik — faqat filtr yuvilayotgan vaqtda. Filtrlar soni uchtadan kam boʻlmasligi kerak. Filtr eni 6 m dan ortiq, uzunligi — 60 m dan katta boʻlmasligi lozim.
Donalar yirikligi va filtrlar yuklamalari qatlamlarining balandligini 35-jadval boʻyicha qabul qilish kerak.
6.138. Sust filtrlarni mexanik yoki gidravlik qayta tiklangan qum yuklamalar bilan loyihalash lozim.
Filtr yuklagichi 1 m2 yuzasini ifloslanishdan bir marta yuvish uchun suv sarfini 9 l/sek qabul qilish lozim, har 10 m filtr uzunligidagi ifloslanishni yuvish davomiyligi — 3 daqiqa.
6.139. Sust filtrni qayta tiklash uchun suv maxsus nasosdan yoki maxsus idishdan tushishi kerak. Filtr tiklanishini suvni tindirgichga uzatuvchi nasoslar quvvati yoki filtrlash tartibida ishlovchi filtr sigʻimidan qisman foydalanish hisobiga nazarda tutish ruxsat etiladi.
6.140. Sust filtrlar yuklagichi yuzasidan suv qatlami 1,5 m baland qabul qilinishi kerak. Usti berkitilgan filtrlar yuklagich yuzasidan filtr tomigacha boʻlgan masofa tiklanish, shuningdek ifloslanishlarni yuvishni ayirboshlashni taʼminlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
Filtrlarda teshikli quvurlardan, gʻisht yoki beton taxtalar gʻovakli, boʻsh beton va boshqalar bilan yotqizilgan zovur oʻrnatish lozim.
Kontaktli (oldindan tutashuvchi) prefiltrlar
6.141. Kontaktli prefiltrlar ikki pogʻonali filtrlashda jadal filtrlardan (ikkinchi pogʻona) oldin suvni oldindan tozalash uchun qoʻllaniladi.
Oldindan tutashuvchi prefiltrlarning tuzilishi kontaktli tindirgichlarga oʻxshash, tutib turuvchi qatlamlar va suv-havoli yuvish bilan, ularni loyihalashda 6.126 — 6.136-bandlarga rioya qilinishi lozim. Bu borada oldindan filtr yuzasini ikkinchi bosqich jadal filtrlari yuvishi uchun sarflanadigan suv hisobiga koʻra aniqlash kerak.
6.142. Texnologik izlanishlar mavjud boʻlmaganda kontaktli prefiltrlarning asosiy parametrlarini quyidagicha qabul qilish lozim:
qum qatlamlari balandligi, donalar yirikligi quyidagicha boʻlganda, mm:
5 — 2 — 0,5 — 0,6 m
2-1 — 2 — 2,3 ”
ekvivalent(teng)diametrli
qum donlari — 1,1 — 1,3 mm
normal rejimda
filtrlash tezligi 5,5 — 6,5 m/ch
jadallashgan rejimda
filtrlash tezligi — 6,5 — 7,5 ”.
6.143. Bir vaqtda ishlovchi kontaktli prefiltrlar hamda filtrlarni aralashtirishni jadal filtrga uzatishdan oldin nazarga olishlozim.
Suvni zararsizlantirish
6.144. Suvni zararsizlantirish usullarini tanlash suv sarfi va sifati, uni tozalash samaradorligi, keltirilish sharoitlari, yetkazib berish, reagentlarni saqlash, jarayonlarni avtomatlashtirish hamda mashaqkatli ishlarni mexanizatsiyalash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish lozim.
Suvni zararsizlantirish uchun ushbu boʻlimda keltirilganlardan farqli ravishda, istalgan boshqa usullar, konstruksiyalar oʻrnatish faqat sanitariya-epidemiologik xizmati idoralarining ruxsati bilan foydalanish mumkin.
6.145. Suvni zararsizlantirish uchun xlorli reagentlarni toza suv rezervuarlardan oldin suv quvurlariga kiritishni nazarda tutish kerak.
6.146. Suvni zararsizlantirish uchun jadal xlor meʼyorini texnologik qidiruvlar maʼlumotlari asosida belgilash lozim. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda, oldindan hisob-kitoblar uchun yuza suvlarni tindirilgandan keyin 2-3 mg/s, yer osti suvlari manbalari uchun 0,7 — 1 mg/l qabul qilish lozim.
Qoldiq erkin va bogʻlangan xlorning toʻplanmasini OʻzDSt 950:2011 ga muvofiq qabul qilish kerak.
* Eslatma: Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suv sigʻimlarida saqlashganda bittasi vaqtincha yuvish yoki taʼmirlash xatlarida oʻchirilganda, qachon suvni xlor bilan tutashuv vaqti taʼminlanmaganda; xlor meʼyorini meʼyoriy ishlatishdan ikki marta ortiq uzatishni eʼtiborga olish lozim. Bunga ortiqcha xlor uzatish ehtiyotdagi xlorxonani ishga tushirish hisobiga nazarda tutish ruxsat etiladi.
6.147. Xlor xoʻjaligi xlorni qabul qilishni, saqlashni, suyuq xlorni parlanishini, gaz xolidagi xlorni meʼyorlab, xlorli suv hosil qilishni taʼminlashi kerak.
Xlorli suvni har qaysi kirish oʻrniga alohida uzatish lozim. Xlor xoʻjaligini alohida qurilgan xlor sarfloydigan ombor, parlantiruvchi va xlor meʼyorlagichlar yigʻilgan xlorxonalarda joylashtirish kerak. Xlor sarfloydigan omborlarni alohida turuvchi binoda yoki xlor meʼyorlagichga va xlor xoʻjaligining (dam bergichlar, ventilyator kameralari va shunga oʻxshaganlar) yordamchi xonalariga biriktirish ruxsat etiladi; bu borada u boshqa xonalardan teshiksiz devor bilan ajratiladi.
6.148. Xlorni sarfloydigan omborni 6.213 va 6.214-bandlariga muvofiq loyihalash joiz. Asoslangan holda xlorxonalar tarkibida xlor omborini nazarga olmaslik mumkin; bu holda xlor meʼyorlagichda ogʻirligi 70 kg dan oshmagan bitta suyuq xlorli ballon oʻrnatishga ruxsat etiladi.
6.149. Xlor bugʻlantirgichni xlor omborida yoki xlor meʼyorlash xonasida joylashtirish lozim. Xlorni bugʻlantirish maxsus bugʻlantirgichlarda yoki ballonlarda (ularda xlor keltirilganda) olib borish zarur.
Bugʻlatgichga yuboriladigan suv harorati 1O-30°S atrofida boʻlishi, bunda bugʻlatgichdagi sun haroratining pasayishi 5°S dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Bugʻlatgich suv haroratini, xlor va suv bosimini nazorat etuvchi konstruksiyalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bugʻlatgichdan keyingi xlorxona binosidan tashqarida gazsimon xlorni uzatishda gazni tozalash uchun konstruksiyalar, shuningdek oʻzidan soʻng havosiz boʻshliq tutib turuvchi qopqoqlar, qaysiki tashqi havoning pastroq haroratida xlor suyuqlanmasligini nazarga olish lozim.
Gazsimon xlor quvur oʻtkazgichining uzunligi 1 km dan oshmasligi lozim.
6.150. Bugʻlatgich xlor meʼyorlagichdan tashqari suv oʻtkazgich blokining boshqa binolarida yoki xlor xoʻjaligining yordamchi xonalarida joylashgan boʻlsa, derazasiz devor bilan boshqa xonalardan ajratilgan boʻlishi, tashqariga ikkita chiqish yoʻli bilan taʼminlangan, bu borada bitta yoʻl yoʻlak orqali oʻtishi kerak. Xlor meʼyorlagichni chuqurlashgan xonalarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
6.151. Xlorni meʼyorlash uchun vakuumli avtomatik xlorxonalardan foydalanish mumkin.
Xlorxonaga yuboriladigan suv bosimining hisobiy sarfi va undan keyingi xlorli suv bosimini xlorxonaning, shuningdek xlorni kiritish nuqtasiga nisbatan joylashganligi tavsifi boʻyicha aniqlash lozim.
Xlorxonalarda rostlashni qoʻlda bajarishga ruxsat etiladi, bunda xlor sarfi tortish usuli bilan nazorat qilinadi.
6.152. Bir xlor kiritish nuqtaga zaxira xlorxonalar sonini quyidagicha qoʻllash kerak: 1-2 ta ishchi xlorxonaga — 1, 2 tadan ortiq — 2.
Ikkita xlor kiritish nuqtaga umumiy ehtiyot xlorxonani nazarda tutish ruxsat etiladi.
Bitta xlorli suv quvur oʻtkazgichga 2 ta va undan ortiq ishlovchi purkagich konstruksiyali xlorxonalar ruxsat etilmaydi.
6.153. Suyuq va gazsimon xlorni joʻnatish uchun xlor oʻtkazgichlarni choksiz poʻlat quvurlardan bajarish lozim.
Xlor oʻtkazgichlar sonini ikkita qilib qabul qilish kerak ulardan bittasi zaxiradagi.
Xlor oʻtkazgich va ularning oʻzagini ishchi bosimi 1,6 MPa (16 kgs/sm2) va sinash bosimlarini 2,3 MPa (23 kgs/sm2)qiymatlarda nazarda tutish lozim.
Xlor oʻtkazgichlarni binolar ichida devor va stollarga oʻrnatilgan tayanchlarga; bino tashqarisida esa quyosh nuri taʼsiridan muhofazalangan estakadalarga mahkamlanishi lozim. Xlor oʻtkazgichlarni perxlorvinilli sirli boʻyoq bilan boʻyash kerak. Quvurlarni birlashtirishda payvandlash yoki ulagichlar, yoki boʻlmasa zanglamaydigan poʻlatdan bolt va xlorga chidamli qistirmalarni (paronit) qoʻllagan holda, “boʻrtiq-botiq” turdaga yuzaga zichlagich gardishlardan foydalanish lozim.
Suyuq xlorli quvur oʻtkazgichlar xlorli idish tomonga qarab 0,01 nishabga ega boʻlishi, bunda xlor oʻtkazgichdan gidravlik yoki gazli tikish paydo boʻlishi mumkin boʻlgan joylar boʻlmasliga kerak.
Xlor oʻtkazgich diametrini xlorning hisobiy sarfi koeffitsiyentini 3, suyuq xlorni hajmiy ogʻirligi 1,4 t/m3, gazsimon — 0,0032 t/m3, suyuq xlorning quvur oʻtkazgichdaga tezligi 0,8 m/sek, gazsimon uchun 2,5 — 3,5 m/sek qabul qilib hisoblagan holda nazarda tutish lozim. Bunda xlor oʻtkazgichning diametri 80 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Quti yoki ballonni qayta yoqishda tizimdan gazsimon xlorni yoʻqotish uchun konstruksiyalarni nazarga olish zarur, shuningdek quvur oʻtkazgichdan va parlatgichdan uch xlorli azotni ketma-ket yoʻqotish uchun, bunda quruq siqilgan azot, havo va boshqalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Purkatgich mahsulotlarni aralashmaydigan eritma orqali oʻtkazish yoʻli bilan zararsizlantirish kerak.
6.154. Xlorli suv uchun quvur oʻtkazgichlarni zanglashga chidamli ashyolardan: rezina, zichligi yuqori boʻlgan polietilen, polivinilxlor va boshqalardan tayyorlanishni nazarga olish lozim. Bino ichidagi xlorli suvning quvur oʻtkazgichlarini polda oʻrnatiladigan sunʼiy ariqcharda yotqizish yoki tayanchlarga va yaxlit tirgovuchlarga mahkamlash lozim.
Binodan tashqarida xlorli suv quvur oʻtkazgichlarini yerosti sunʼiy ariqlarda yoki zangga chidamli gʻilof-quvurlarda yotqizish kerak.
Sunʼiy ariqlarda va gʻilof-quvurlarda issiqlik uzatuvchidan tashqari boshqa vazifalar uchun quvur oʻtkazgichlarda yotqizish ruxsat etilmaydi.
Quvurlar haroratini muvozonatlashtirish, shuningdek gʻilofquvurlardagi va sunʼiy ariqlardagi quvurlarni almashtirish imkonini koʻrib chiqish zarurdir.
Xlorli suv tashqi quvur oʻtkazgichlarda quduqlarni nazarda tutish, qaysiki ularda gʻilof-quvurlar uzilib, xlorli suv oqishini kuzatish uchun imkoniyat boʻladi, bunda quduqlar tubi kimyoviy chidamli sirli qoplam bilan qoplanishi lozim. Quduqlar orasidagi masofa 30 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Issiqlik uzatuvchisiz gʻilof-quvur tubining chuqurligi tuproq qatlamining muzlash chuqurligidan kam boʻlmasligi lozim.
6.155. Doimiy faoliyatidagi xlor ombori va xlor meʼyorlagichlar shamollatish tizimdaridan havo atmosferaga quvur orqali chiqarib yuboriladi, quvur balandligi 14.38-bandiga muvofiq aniqlanadi.
Zarurat boʻlganda, hisob-kitoblar orqali aniqlanganda, ventilyator chiqarib tashlayotgan havoni tozalashni eʼtiborga olish kerak.
Xlor uchun qutilar omborida nosozlikda albatta havoni tozalash, bunda nosozlikda ventilyator chiqaradigan havodagi xlorning jamlanmasi tarqalayotgan yuzasi hamda pol yuzasidan jadal parlanishi 5-6 kg/s.m2 boʻlgan bir xlor qutisidan tarqalayotgan yuzasini aniqlash lozim.
6.156. Havoni tozalash uchun balandligi 3 m dan kam boʻlmagan sugʻorishda ishlatiladigan chang tozalagichlar, 1,2 m/sek dan ortiq boʻlmagan havo harakati tezligini 20 m3/(s.m2) dan kam boʻlmagan sugʻorish jadalligini qabul qilish kerak. Chang tozalagich kiygizmasi xlorli suv taʼsiriga bardoshli ashyolardan ishlangan boʻlishi lozim.
Chang tozalagichni sugʻorishda aralashmaydigan eritmalarni (suvli eritma — 3% soda va 2% natriy giposulfiti) eʼtiborga olish kerak.
6.157. Natriy gipoxloritni elektrolitik tayyorlashni osh tuzi eritmasidan yoki suv tayyorlash stansiyalarida xlor sarfi 80 kg/sut gacha boʻlgan, tarkibida xloridlar 40 g/l dan kam boʻlmagan tabiiy maʼdanli suvlardan foydalanish joizdir.
6.158. Tuzlarni 6.215-bandiga muvofiq saqlash kerak.
Tuzni quruq saqlashda uning toʻyingan eritmasini olish uchun sarflanuvchi idishlar nazarda tutiladi va ular elektrolix xonasida saqlanadi.
Toʻyingan osh tuzi eritmasini olish uchun eritma idishlar sonini ikkitadan kam qabul qilmasliq bunda idishlarning umumiy sigʻimi bitta elektrolizlagichni 24 soatdan kam boʻlmagan ishi uchun tuz eritmasi zaxirasini taʼminlashi kerak.
6.159. Elektrolizlagichlar quruq isitiladigan xonalarda joylashtirilishi lozim. Ularni elektrolizning boshqa jihozlari bilan bir xonada oʻrnatishga ruxsat etiladi. Elektrolizlagichlar soni uchtadan ortiq boʻlmasligi, ulardan biri — zaxira uchun boʻlishi kerak.
Elektrolizlagichlar gipoxloritni yigʻuvchi idishga oʻzi oqib chiqishini hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
6.160. Gipoxlorit yigʻuvchi idishning sigʻimi bitta elektrolizlagichni 12 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida toʻxtovsiz ishini taʼminlashi kerak. Yigʻuvchi idish shamollatiladigan xonalarda joylashtirilishi lozim. Suv oʻtkazish va oqim suvlarni ular yuvilgandan hamda boʻshatilgandan soʻng chiqarib tashlash taʼminlanishi lozim.
6.161. Kalsiy gipoxloritining kukunsimon aralashmasini tayyorlash uchun 1% li quyuqlikdagi va bir sutkada ikkita tayyorgarlikdan kelib chiqqan holda sarflanadigan idishning (ikkitadan kam emas) umumiy sigʻimini aniqlash zarur.
Idishlar aralashtirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Gipoxloritni meʼyorlash uchun tindirilgan eritmani qabul qilish lozim.
Vaqti-vaqti bilan idishlar va meʼyorlagichlardan choʻkindilarni chiqarib tashlashni nazarda tutish kerak.
6.162. Tuz eritmalari va gipoxloritlar uchun idishlar hamda quvur oʻtkazgichlar yemirilishga chidamli ashyolardan tayyorlangan yoki yemirilishga qarshi qoplamalar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
6.163. Suvni toʻgʻri elektroliz bilan zararsizlantirishda stansiyalar quvvati 5 ming m3/sut gacha boʻlgan 20 mg/l dan kam boʻlmagan va qattiqligi 7 mg-ekv/l dan ortiq boʻlmagan xloridlarni qabul qilish joiz.
6.164. Toʻgʻri elektroliz bilan suvni zararsizlantirish uchun konstruksiyalarni filtrlangan suv sigʻimiga suv uzatuvchi quvur oʻtkazgich yonidagi xonaga oʻrnatish lozim. Bitta konstruksiyani albatta zaxira uchun eʼtiborga olish zarur.
6.165. Suvni xlorlab zararsizlantirishda va xlorfenol hidlanishining oldini olishda stansiyalarda suvga gazsimon ammiak (ammiaklash uchun konstruksiya) uzatish uchun konstruksiyani nazarda tutish kerak.
Asoslab berilgan holda, ammiakning bakteriyalarga qarshi taʼsirini davomiyligini oshirish uchun ham ammiak qoʻllash ruxsat etiladi, masalan, uzoq saqlash yoki suvni tashishda.
6.166. Ammiakni sarflash omborlarida ballonlarda yoki yuk qutilarida saqlash lozim. Ammiak xoʻjaligi jihozlarini portlash xavfsizligi choralari bilan bajarish zarur.
Ammiak xoʻjaligi xuddi xlornikiga oʻxshab tashkil etilishi va alohida xonalarda joylashishi lozim. Ammiaklash konstruksiyalarini xlor xoʻjaligi binolari bilan birlashtirish ruxsat etiladi.
Ammiakni meʼyorlash konstruksiyalarini 6.151, 6.152-bandlariga muvofiq loyihalash lozim.
Ammiakni filtrlangan fenolli suvga xlorli reagentlarni kiritishdan 2-3 daqiqa oldin kiritish kerak.
6.167. Xlor yoki gipoxloritni suv bilan tutashuv oldidan aralashib, to yaqindagi isteʼmolchiga suv yetib borish davomiyligini OʻzDSt 950:2011 ga muvofiq ravishda qabul qilish lozim.
Xlor tarkibli reagentlarni suv bilan tutashtirishni toza suv sigʻimlarida yoki tutashuv sigʻimlarida amalga oshirish lozim. Yoʻlda suv olinishi istisno boʻlsa, suv oʻtkazgichlarda tutashuv davomiyligini hisobga olish ruxsat etiladi. Sigʻimdan keyingi zaxiradagi suvdagi qoldiq xlor quyuqligi 0,2 — 0,5 mg/l atrofida, boGʻlovchi xlor quyuqligi esa (suvni ammoniylash olib borilganda) — 0,8 mg/l dan kam boʻlmasligi kerak.
6.168. Suvni bakteriyalarga qarshi nurlash yordamida zararsizlantirishni lokal obyektlar yerosti suvlari uchun suvning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari boʻyicha OʻzDSt 950:2011 talablarini doimiy taʼminlash sharti bilan qoʻllash joiz.
Shunday ekan, qayta ishlanayotgan suvning xos raqami 1000 birlik/l, tarkibidagi temir 0,3 mg/l dan ortiq boʻlmasligi kerak.
6.169. Bakteriyalarga qarshi ishchi konstruksiyalar sonini ularning hujjatiy quvvatlaridan kelib CHIqqaN holda aniqlash lozim. Bu borada ishchi konstruksiyalar soni beshtadan koʻp boʻlmasligi kerak zaxira uchun — bitta olinadi.
6.170. Bakteriyalarga qarshi konstruksiyalar asosan, bevosita isteʼmolchilar tarmoqlariga uzatiladigan suvdan oldin bosimli yoki quvur oʻtkazgichlardan suradigan nasoslardan oldin joylashtiriladi.
6.171. Asoslab berilgan holda, suvni zararsizlantirishda ozonlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ozonlashtirish konstruksiyalarini loyihalashda ozonni va ozon-havoning suv bilan aralashmasini sintezlash konstruksiyalarini eʼtiborga olish lozim. Zararsizlantirish uchun ozonning zaruriy meʼyorini yer osti suv manbalari uchun — 0,75 — 1 mg/l, filtrlangan suvlar uchun — 3 mg/l qabul qilish lozim.
Organik moddalar, taʼm va hidlarni yoʻqotish
6.172. Suvni anʼanaviy usullar bilan tozalashda: oqibatda tindirib va filtrlab koagulyantlashda organik moddalar yoʻqolishi sodir boʻladi. Bunda 36-jadvalda keltirilgan natijalarga erishiladi.
KBEtoʻliq boʻyicha koagulyantlash, tindirish va filtrlashdagi tozalash samarasi 10 — 30 % ni tashkil etadi. Qoʻshimcha xlor bilan qayta ishlaganda, KBEtoʻliq boʻyicha tozalash samarasi 70 — 75 % ni tashkil etadi.
6.172.1. Erishilgan samaralar yetarli darajada boʻlmasa, suvga maxsus ishlov berish lozim.
6.172.2. Organik moddalarni yoʻqotish, shuningdek taʼmining keskinligi va hidlarni kamaytirish uchun suvga maxsus ishlov berishda uni tez-tez tiklash yoki almashtirish, suvni donalangan faol filtrlarda filtrlash yoʻli bilan amalga oshiriluvchi moddalar yutilishi — oksidlanishni qabul qilish joiz.
Qisqa muddat ichida jadal koʻmirdan foydalanish asoslab berilgan holatlarda ularni kukunsimon shaklda suvga koagulyantlab qayta ishlash yoki filtrdan oldin qoʻshish ruxsat etiladi.
* Eslatma: 1. Suvda yengil oksidlanadigan organik moddalar jamlanganligi unchalik katga boʻlmasa, sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari bilan kelishilgan holda oksidlanish natijasida nisbatan tanaga yopishuvchi va mahsulotlarga nisbatan zararli zaharli moddalar ajralib chiqmaslik shartiga koʻra bitta oksidlanishni yutilishsiz tozalashni qabul qilish ruxsat etiladi..
2. Reagentlarni kiritish va meʼyorlash qoidalari, shuningdek qurilmalarni hisobiy kattaliklarini taqdim etilayotgan F-ilovaga muvofiq qabul qilish lozim.
Uzun suv oʻtkazgichlar boʻylab suvni transportirovka qilish
6.173. Ichimlik suvini asrash va suv oʻtkazgichlarda ichki yuza suvlarni biologik oʻsimliklar oʻsib ketishidan muhofazalash uchun xlor qoldigʻi qolishi zarur.
Quvur oʻtkazgichlarning maʼlum qismining uzunligini oldindan hisoblash uchun texnologik qidiruvlar hisoblari boʻlmasa, qaysiki qoldiq xlor 50 — 70 km ni tashkil etadi (kichik qiymat bir marta xlorlash, kattasi esa qoʻshimcha ammiak kiritilishi uchun).
Kiritiladigan ammiakning miqdori tabiiy suvdagi ammiak miqdoriga bogʻliq. Ammiak bilan xlorning umumiy meʼyorining nisbati 1:3 — 1:6 ni tashkil etishi kerak.
Qachonki suv oʻtkazgichning umumiy uzunligi koʻrsatilgan kattalikdan oshib ketgan hollarda, qoʻshimcha xlorlash zarurdir.
Poʻlat va choʻyan uvurlar zangini (korroziyasini) bartaraf etish uchun suvga barqarorlashtiruvchi ishlov berish va ingibitorlar bilan ishlov berish
6.174. Ushbu boʻlimdagi koʻrsatmalar texnologik apparatlarni sovutish uchun ishlatilmaydigan xoʻjalik-ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlaridagi suvga ishlov berishga tegishlidir.
* Eslatma: 1. Ushbu boʻlimda issiq suv taʼminoti va issikliq taʼminoti tizimlari uchun yemirilishdan hamda oʻsimliklardan muhofazalash uchun suvni qayta ishlash usullari kurilmaydi.
2. Aylanma sovutish suvlarini qayta ishlashni 11-boʻlimga muvofiq bajarish lozim.
6.175. Suv quvurlarni va uskunalarni yemirilishdan hamda choʻqindilar hosil boʻlishidan muhofazalash uchun suvning barqarorligini baholovchi suvni barqarorlashtiruvchi ishlov berishni nazarda tutish zarur.
Suvning barqarorlik bahosini “karbonatli sinovlar” usuli boʻyicha texnologik tahlil asosida olib borish lozim. Barqarorlikning texnologik tadqiqotlari maʼlumotlari boʻlmagan taqdirda suv sifatini baholash uchun tavsiya etilayotgan G-ilovada keltirilgan qoʻllanmalar boʻyicha aniqlash ruxsat etiladi.
Suvga ishlov berib barqarorlashtirish usullarini va hisobiy oʻlchamlarini tavsiya etilayotgan G-ilovaga muvofiq qabul qilish lozim.
Suvni temirsizlantirish
6.176. Suvni temirsizlantirish usullari, hisobiy oʻlchamlari va reagentlar meʼyorlarini bevosita suv taminoti manbalarida bajarilgan texnologik qidiruvlar natijalari asosida qabul qilish kerak.
6.177. Yer osti suvlarini temirsizlantirishni oldindan suvga ishlov berishni biron usuli bilan filtrlashni birgaliqda olib borib, shamollatishni soddalashtirish, maxsus konstruksiyalarda shamollatish, oksidlovchi-reagentlarni kiritish, shuningdek ichki qatlamga tebratish yordamida tarkibida kislorod boʻlgan suvni quduqlar atrofida sunʼiy oksidlovchi geokimyoviy toʻsiqlar barpo qilish yoʻli bilan qayta ishlashni nazarda tutish lozim.
6.177.1. Ichki qatlamni temirsizlantirish texnologiyasi tarkibida kislorod boʻlgan suvni isteʼmolchiga uzatish singari uning tebratish imkoniyatlarini taʼminlash maqsadida maxsus jihozlangan burgʻilangan artezian quduqlar ogʻzini oʻrnatishni nazarda tutadi.
Suvni kislorod bilan bevosita burgʻilangan quduqlar shiyponida toʻyintirilgani kabi xuddi shunday, masalan, ejektorli bosimli konstruksiyalar yordamida suv tayyorlashning markazlashgan tugunlarida olib borilishi mumkin.
Tarkibida kislorod boʻlgan tebratiluvchi suv hajmi isteʼmolchiga uzatiluvchi suv sarfining 10% ni tashkil etadi.
6.177.2. 2 — 5 ta burgʻilangan quduqlardan iborat, uncha katta boʻlmagan suv toʻsqichlardagi ichki qatlamli temirsizlantirish suvli qatlamda temir tarkibi donali: qumlar, qumtoshlar, shagʻal jinslardan tashkil topgan 10 mg/l gacha temir boʻlganda qoʻllaniladi.
*Eslatma. Asoslab berilgan hollarda, SES organlari bilan kelishilgan ravishda boshqa usullarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
6.178. Soddalashgan shamollatishni suv sifatining quyidagi koʻrsatkichlarida qoʻllashga ruxsat etiladi:
temir (umumiy) miqdori — 10 mg/l gacha,
shu jumladan ikki valentli (Gʻe2+) — kamida 70%;
rN — kamida 6,8;
ishqorligi — kamida (1+Gʻe2+/28) mg-ekv/l;
serovodorod miqdori — kamida 2 mg/l.
6.179. Soddalashgan shamollatishni suvni karmonga yoki ochiq filtrning markaziy sunʼiy arigʻiga (quyilish balandligi suv sathidan 0,5-0,6 m yuqorida) quyilishini nazarda tutmoq lozim. Bosimli filtrni qoʻllashda uzatuvchi quvur oʻtkazgichga havo yuborishni nazarda tutish kerak. (1 g oksidlangan temirga 2 l havo sarflanadi).
Dastlabki tarkibida erkin uglerod miqdorining 40 mg/l dan va serovodorodning 0,5 mg/l dan ortiqligini eʼtiborga olib, bosimli filtrdan oldin quvur oʻtkazgichga suvni havo yubormasdan unga erkin quyiluvchi oraliq sigʻimini nazarda tutish kerak.
6.180. Maxsus konstruksiyalarda shamollatish (aeratorlarda) yoki oksidlovchi reagentlarni kiritish yoʻqotilayotgan temir miqdorini oshirish va suv rN koʻrsatkichini koʻtarish zarurati boʻlganda qabul qilish lozim.
Ventilyatorlarning (aeratorlarning) tuzilishi va hisobiy oʻlchamlarini degazatorlarga oʻxshash tavsiya etilayotgan G-ilovaga binoan qabul qilish zarur.
6.181. Oksidlovchi reagentlarning hisobiy dozalarini quyidagicha qabul qilish lozim:
xlor Dh mg/l:
Dx = O,7 (Fe2+); (28)
kaliy permanganati Dp, mg/l, KMnO4 boʻyicha hisoblaganda:
Dp = (Fe2+). (29)
Oksidlovchi reagentlarni uzatuvchi quvur oʻtkazgichga filtrdan oldin kiritish lozim.
6.182. Yer osti suvlarini temirsizlantirish uchun filtrlar tuzilishini suvni tindiruvchi filtrlar singari qabul qilish kerak: sizguvchi qatlam tavsifi va soddalashgan shamollatishda filtr tezligini 37-jadval, ventilyator (aerator) yoki oksidlovchi reagentlarni kiritishda 28-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
6.183. Yuza manbalari suvlarini temirsizlantirish bir vaqtning oʻzida uni tindirilganligi va tiniqlashtirilganligi (6.2 — 6.117-bandlar) bilan koʻrib chiqish, bunda ohak meyorini, Di, mg/l, SaO boʻyicha hisoblab, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Di = 28 (CO2/22 + Fe2+ + / 28 + Dk/ek), (30)
bunda, SO2 — dastlabki suvda erkin ikki oksidli uglerod miqdori, mg/l;
Fe2+ — dastlabki suvda ikki valentli temir miqdori, mg/l;
Dk — koagulyant dozasi (suvsiz modda boʻyicha), mg/l;
yek — koagulyantning (suvsiz) ekvivalent massasi, mg/mg-ekv.
6.184. Yuvilgan suvlardan qayta foydalanish tizimi va choʻkindilarni qayta ishlash stanpiyalarini temirsizlantirish uchun 6.197 — 6.202-bandlarga muvofiq qabul qilinishi kerak.
* Eslatma: 1. Suv tarkibida serovodorod, ammoniyli azot va kremniy kislotasining SiO2 boʻyicha miqdori 15 mg/l dan opmuq boʻlsa, filtrlash tezligining nacmpoq qiymatlarini qabul qilish lozim.
2. Filtrlar sonini kamida ikkitadan iborat qilib qabul qilish kerak.
3. Unumdorligi 100 kub. m/sut. gacha va bosimli filtlari mavjud stansiyalar uchun, asoslab berilgan holda, bitta filtrdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Suvni ftorlash
6.185. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suvni ftorlash zaruratini har qaysi alohida hollarda ham sanitariya-epidemialogiya xizmati idoralari tomonidan aniqlanadi.
Suvni ftorlash konstruksiyalarini loyihalashni N-ilovaga muvofiq bajarish lozim.
Suvdan marganets, ftor va serovodorodni chiqarib tashlash
6.186. Suv tozalash usullarini tanlash, inshootlarning hisobiy oʻlchamlarini, shuningdek reagentlarning turlari va meʼyorlarini bevosita suv taʼminoti manbalarida (tarkibida ortiqcha marganets va serovodorod boʻlgan suv uchun) oʻtkaziladigan texnologik qidiruvlar asosida amalga oshirish lozim.
Marganets va temir birgaliqda uchraydigan yerosti suvlaridan foydalanishda qoʻshimcha reagentlar qoʻllanmagan holda bevosita temirsizlantirish jarayonida marganetsni yoʻqotish imkonini tekshirib koʻrish zarur.
6.187. Suvdan marganets, shuningdek temir, serovodorodni yoʻqotish va tarkibidagi organik moddalarni kamaytirish uchun kaliy permanganatini soʻngida flokulyantlar yoki koagulyantlar bilan meyorlashda foydalaniladi. Kaliy permanganat dozasi quyidagicha:
Dkmp04 = 2 mg/l * 1 mg * MnO42+ + ga
Inshootlar tarkibi: qorishtirgichlar, filtrlar. Loyqaligi 20 mg/l dan ortiq boʻlsa, reagentlar kiritilishidan hosil boʻlishini istisno etgan holda, tindirgichlar nazarda tutiladi.
Marganetsni biologik yoʻqotishni uning dastlabki tarkibidagi tuz 0,5 mg/l gacha, I = 80-30°S, rN=7-9 boʻlganda amalga oshirish mumkin.
Inshootlar tarkibi: biologik oksidlash reaktori, filtrlar, suvni zararsizlantirish uchun konstruksiya.
Reaktorlardagi solishtirma gidravlik kuch 210 m3/m2 sut.
Havoning solishtirma sarfi 2 m3/m3
Jadal filtrlar, toʻldirgichlar yirikligi 0,8 — 1,8 mm, qatlam qalinligi 1,5 m dan ortiq. Filtrlash tezligi V = 5 m/s.
6.188. Suvni ftorsizlantirishni tindirgichda koagulyantlash yoki jadallashtirilgan aluminiy oksidini qoʻllagan holda, yuttirish usullarini olib borish, suvni barqarorlash uchun ishqorlash nazarda tutiladi. Faollashtirilgan aluminiy oltingugurt oksidining solishtirma sarfi — eng optimal koagulyantlarda
rN = 5,5 Dayu= 30 mg/l, rN = 7,5 boʻlganda Dayu= 60 mg/l 1 mg ftorga.
6.189. Suvni ftorsizlantirib, filtrlashdan soʻng jadallashtirilgan aluminiy oksidini tiklash aluminiy oltingugurt oksidi bilan amalga oshiriladi. Bir oyda bir marta aluminiy oltingugurt oksidi bilan tiklashdan avval yuklagichlarni 2% li Na2SO3 sodali eritma bilan yuviladi.
Yirikliga 1 — 3 mm donalarni yutilishning almashtirish sigʻimi 1,95 kg ftorga 1 t jadallashtirilgan aluminiy oksidini tashkil qiladi, eng optimal rN = 5,5; rN ni ortishi almashtirish sigʻimini pasayishiga olib keladi, rN = 8,0 — 1 kg — 1 t yuklagichga muvofiqdir.
Suvni koagulyantlashda ftor 5 mg/l gacha tashkil etsa, filtrlash usulida ftorning jamlanganligi 10 mg/l gacha boʻladi.
6.190. Suvni serovodoroddan tozalash uchun shamollatish (aeratsiya), kimyoviy va biologik usullarni qoʻllash lozim.
Shamollatish (aeratsiya) usuli — rN < 6,0 va serovodorod miqdori 3 mg/l gacha boʻlganda qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Inshootlar tarkibi: ventilyator (aeratorlar), zararsizlantiruvchi konstruksiyalar.
Kimyoviy usul. Serovodorodni xlor bilan oksidlash, soʻngra aluminiy oltingugurt oksidi bilan koagulyantlash va filtrlash. Serovodorodning miqdori 6 mg/l gacha boʻlganda qoʻllaniladi. 1 mg serovodorodga xlor dozasi MS1 = 5 mg/l.
6.191. Biologik usul — serovodorodni reaktorda mayda organizmlar bilan biologik oksidlash, jadal balchiqlarni filtrlardan yoʻqotish, suvni zararsizlantirish.
Biologak usulni serovodorodning miqdori 50 mg/l gacha; 1°= 80 — 30°S, rN=7-9 boʻlganda qoʻllash mumkin.
Serovodorod miqdori 5 mg/l gacha boʻlganda.
Reaktorning solishtirma gidravlik kuchi 210 m3/m2 sut.
Havoning solishtirma sarfi 2 m3/m3.
Jadal filtrlar, yuklagichning yirikligi 0,5 — 1,5 mm, qatlam qalinligidan ortiq. Filtrlash tezliga V = 5 m/s.
Suvni yumshatish
6.192. Suvni yumshatish uchun quyidagi usullarni qoʻllash lozim: karbonat qattiqligini bartaraf etish uchun — ohaklash vodorodkationitli “ochiqqan”lik bilan yumshatib, kationitli tiklash bilan karbonatni yoʻqotish;
karbonatli va karbonatsiz qattiqlikni bartaraf etish uchun — ohaksodali, natriy-kationitli yoki vodorod-natriy-kationitli yumshatish.
6.193. Yer osti suvlarini yumshatishda kationitli usulni qoʻllash lozim; yuza suvlarini yumshatish uchun, qachonki bir vaqtning oʻzida suvni tindirish ham talab etilsa, ohakli yoki ohak-sodali suvni chuqur yumshatish zaruratida esa — soʻngida kationlash usulini qoʻllaniladi.
Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suvlarni yumshatishda reagent usullari (ohakli yoki ohak-sodali) va qisman Na-kationlash usuli qoʻllaniladi.
Yer osti suvlarini reagentli yumshatishni yumshatish konstruksiyalarida hosil boʻlgan chiqindi va choʻkindilardan tozalashni hisobga olib qoʻllash lozimdir.
6.194. Yumshatish usullari va konstruksiyalarning hisobiy oʻlchamlarini tavsiya etilayotgan I-ilovaga muvofiq qabul qilish lozim.
Suvni chuchuklantirish va tuzsizlantirish
6.195. Suvni chuchuklantirish va tuzsizlantirish usullarini oldindan tanlashda 38-jadvaldagi maʼlumotlarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
6.196. Suvni ion almashish va elektrodializ bilan chuchuklantirish hamda tuzsizlantirish konstruksiyalarini loyihalash uchun tavsiya etilayotgan J-ilovada keltirilgan maʼlumot va hisobiy oʻlchamlar koʻrsatmalariga muvofiq qabul qilish lozim.
Yuvish suvlariga ishlov berish va suv tayyorlash stansiyalari choʻkindilari
6.197. Ushbu boʻlimdagi talablar yerosti suvlarini tindirish, temirsizlantirish va reagentlar bilan yumshatish stansiyalariga taalluqlidir.
6.198. Suvni tindirish va temirsizlantirish stansiyalarida filtr inshootlarda yuvilgan suvlarni filtrlashda ularni tindirib qoʻyish lozim. Tindirilgan suvni bir maromda qorishtirgichdan oldin quvur oʻtkazgichlarga yoki qorishtirgichlarga chiqarib olish zarur. 6.132-bandidagi talablarni hisobga olgan holda, tindirilgan suvni tutashuv tindirgichlarda foydalanish ruxsat etiladi.
Suvni tindirish stansiyalarida tindirib, keyinchalik filtrlash bilan va yuvilgan suvlarni reagentli yumshatish stansiyalarida suvni sifatiga koʻra tindirib yoki tindirmasdan bir maromda qorishtirgichlardan oldin quvur oʻtkazgichlarga yoki qorishtirgichlarga chiqarib borish lozim.
6.199. Filtrlarni yoki tutashuv tindirgichlarni yuvishda chiqadigan qumlarni tutib qalish uchun qum tutgichlarni nazarga olish lozim.
6.200. Barcha tindirish inshootlari va reagent xoʻjaligining choʻkindilarini suvsizlantirish hamda oldindan quyuqlashtirib yoki usiz toʻplash uchun yunaltirish zarur.
Choʻkindilarni quyuqlashtirish va suvsizlantirish jarayonida chiqqan tindirilgan suvni qorishtirgichdan aldingi quvur oʻtkazgichga yoki qorishtirgichga yunaltirish, shuningdek uni 6.4-bandi koʻrsatmalarini hisobga olgan holda, suv oqimiga yoki suv havzasiga, yoki boʻlmasa kanalizatsiyaning tozalash inshootlariga chiqarib tashlash ruxsat etiladi.
Qaytadan foydalanilayotgan suv dastlab oldindan xlorlanmagan boʻlsa, uni 2 dan 4 mg/l gacha meʼyorda xlorlash lozim.
6.201. Yuvilgan suvlarni va choʻkindilarni qayta ishlashning texnologik sxemasida quyidagi inshootlarni: sigʻimlar, tindirgichlar, qorishtirgichlar, (zarurat boʻlsa) toʻshagichlar yoki choʻkindilarni muzlatish va quritish maydonchalarini nazarga olish kerak.
Asoslab berilgan taqdirda choʻkindilardan koagulyantlarni qayta tiklash va quritishning mexanik usullarini qoʻllash ruxsat etiladi.
6.202. Yuvilgan suvlarni va choʻkindilarni qayta ishlash uchun inshootlarni hisobiy oʻlchamlarini va sharoitlarini taqdim etilayotgan K-ilavaga muvofiq qabul qilish lozim.
Suv tayyorlash stansiyalarining yordamchi imoratlari
6.203. Suv tayyorlash binolarida laboratariyalar, ustaxonalar, maishiy va boshqa yordamchi imoratlarni nazarda tutish zarurdir.
Imoratlar tarkibi va yuzalarini stansiyalarning vazifasi va quvvatiga, shuningdek suv taʼminoti manbalariga koʻra qabul qilish lozim.
Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlariga suv tayyorlash stansiyalari uchun suv taʼminotining yuza manbalardan imoratlar tarkibi va yuzasini 39-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
* Eslatma. 1. Jadvalda koʻrsatulgan laboratoriyalar va yordamchi xonalar yuzalarini umoratlarning qurilish yechumlariga nisbatan 15% gacha oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
2. Suv sifatining markazlashgan nazoratida laboratoriyalar va yordamchi xonalar tarkibi sanitariya-epidemiologuya xizmati organlari bilan kelishuv boʻyicha kamaytirilishi mumkin.
3. Yer osti suvi isteʼmolchilarga ishlov berishsiz, xlor yordamida zararsizlantirib uzatilishida qoldiq xlor miqdorini tahlil qilish uchun yuzasi 6 m2ga teng bitta xona boʻlishini nazarda tutish lozim.
Unumdorligi 300000 m3/sut. dan yuqori boʻlgan stansiyalar uchun har bir alohida holatda xonalar tarkibini aniqlash kerak.
Reagentlar va filtrlovchi materiallar omborlari
6.204. Reagentlar omborlarini 30 sutkali zaxiralarni saqlashga hisoblash, reagentlarni eng koʻp istemoli davri boʻyicha hisobga olish, lekin bir martalik keltirilgan hajmdan kam boʻlmasligi kerak.
* Eslatma: 1. Asoslab berilgan holda ombor hajmini boshqa saqlash muddatlari uchun ham qabul qilishga ruxsat etiladi, lekin 15 sutkadan kam boʻlmasligi lozim.
2. Markazlashgan omborlar mavjud boʻlsa, omborlar hajmi suv tayyorlash stansiyalarida 7 sutkadan kam boʻlmagan saqlash muddatini qabul qilishga ruxsat etiladi.
3. Bir martali yetkazib berishlar shartlari xlor omborlariga tarqalmaydi.
4. Ushbu boʻlimdagi talablar asosiy omborlarni loyihalash uchun taalluqli emas.
6.205. Ombor reagent turiga koʻra quruq yoki quyuqlashtirilgan hoʻl qorishma turida saqlashni loyihalash lozim. Bir bor tushirilgan hajm, hoʻl holda saqlanuvchi 30 sutkali reagentga boʻlgan ehtiyojdan ortib ketsa, qoʻshimcha bir qism reagentlarni quruq holda saqlash omborini qurishga ruxsat etiladi.
Reagentlar va boshqa kimyoviy moddalar omborlarini joylashtirish joyini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofazalanadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga amal qilish lozim.
6.206. Reagentlarni quruq holda saqlash yopiq omborlarda nazarda tutilishi lozim.
Koagulyantlar saqlanuvchi ombor yuzasini belgiashda qatlam balandligini 2 m, ohak uchun — 1,5 m; mexanizmlar bilan tekshirishda qatlam balandligi oshirilishi mumkin: koagulyant 3,5 m gacha; ohak — 2,5 m gacha.
Yetkazib beruvchi zavod tomonidan reagentlar qadoqlab idishlarda saqlanadigan boʻlsa, idishlarda saqlashni koʻrib chiqish kerak.
Poliakrilamidni muzlatib, 6 oydan ortiq saqlash, xlorli temir va natriy silikati zichlab berkitilgan idishlarini ochish ruxsat etilmaydi.
6.207. Koagulyantlarni eritma idishlarida hoʻl holda saqlashda, ulardan quyuqlashtirilgan eritma (15 — 20%) olinishida idishlar tuzilishi va reagent eritmalar quyuqligiga koʻra 1 t tozalanmagan koagulyantga 2,2 — 2,5 m3, 1 t tozalangan koagulyantga 1,9 — 2,2 m3 hisobida idishlar hajmini belgilash lozim.
Eritma idishlarining umumiy sigʻimi bir marta keltirilgan reagentlar hajmi bilan muvofiqlashgan boʻlishi kerak. Eritma idishlari soni uchtadan kam boʻlmasligi lozim.
6.208. Oylik ishlatilgan koagulyant hajmidan ortiqroq reagent qismi bir bor keltirilgan reagentni quyuqlashgan eritmasi idish-saqlagichlarda saqlanishi zarur, qaysiki uning hajmi 1 t koagulyantga 1,5 — 1,7 m3 hisobida belgilash lozim.
Eritma idishlarini va idish saqlagichlarni binodan tashqarida joylashtirish ruxsat etiladi. Bunda idishlar devorlari holatini nazorat qilish taʼminlangan boʻlishi va istisno etuvchi tadbirlar kurilishi lozim.
Idish-saqlagichlar soni uchtadan kam boʻlmasligi kerak.
6.209. Guvala holdagi ohakdan foydalanilganda uni soʻndirib va 35 — 40% li quyuqlikda xamir holida sigʻimlarda saqlashni nazarda tutish lozim. Sigʻim hajmini 1 t ohakka 3,5 — 5 m3 hisobida aniqlash lozim. Soʻndirish uchui sigʻimlarni ixotalangan xonalarda joylashtirish kerak.
Ohaklarni quruq holda maydalab va ohak soʻndirgich apparatlarda soʻndirib saqlash ruxsat etiladi.
Ohak xamiri yoki sutini markazlashtirilgan ravishda yetkazishning imkoni boʻlsa, ularni hoʻl holda saqlash joizdir.
6.210. Jadal koʻmir omborini alohida xonada joylashtirish lozim. Omborga portlash xavfi talablari qoʻyilmaydi, yongʻin xavfi boʻyicha B toifasiga kiritish lozim.
6.211. Kationit va anionitlarni zaxiraga saqlash uchun xonaning hajmini ikkita kationitli filtrlar toʻldirilishini, bitta anionitli filtr kuchsiz asosli va bittasi kuchli asosli anionitlarni qoʻllangan holda hisobga olish joiz.
6.212. Reagentlarni saqlash uchun omborlarni (xlorli va ammiakdan tashqari) ulardan eritmalar va quyqalar tayyorlanadigan xonalar yaqinida joylashtirish kerak.
6.213. Xlor sarflash omborining sigʻimi 100 t dan oshmasligi, butunlay ixotalangan bitta boʻlinmada — 50 t boʻlishi lozim. Ombor yoki boʻlinmalar bino yoki xonaning qarama-qarshi tomonida ikkita chiqish yoʻli boʻlishi kerak.
Omborni yer usti yoki yarmi yer ostida, yarmi yer ustida qurilgan (ikkita zina oʻrnatilgan) binolarda joylashtirish lozim.
Xlorni ballonlar yoki yuk qutilarda saqlash kerak; bir sutkadagi xlor sarfi 1 t dan oshsa, sigʻimi 50 t gacha boʻlgan zavodda tayyorlangan tanklarni qoʻllash ruxsat etiladi, bunda stansiyada xlorni ballon yoki yuk qutilariga qoʻyish man etiladi.
Omborda reagentlarni bir xil boʻlmagan idishlarda (yuk qutilari, ballonlar) joʻnatish uchun konstruksiyalarni nazarda tutish lozim.
Ombor xonalariga avtomobil transportlarida kirish ruxsat etilmaydi. Shikastlangan idishlarni ombor xonalarida saqlash lozim.
Xlorli idishlar tagliklar yoki ramkalarga joylashtirilishi, transportirovka qilishda straxovkalash va ilish uchun quloy turishi kerak.
6.214. Xlor ombori xonasida shikastlangan yuk qutilari yoki ballonlarni tez yuklash uchun aralashmaydigan eritmali sigʻimni nazarda tutish lozim. Sigʻim devoridan ballongacha boʻlgan masofa 200 mm dan kam boʻlmasligi, yuk qutisigacha — 500 mm dan kam boʻlmasligi, chuqurligi shikastlangan idishni eritma qalinligi 300 mm dan kam boʻlmagan holda qoplashi kerak.
Sigʻim tubida idishni mahkamloydigan tayanchlarini nazarda tutish lozim.
Yuk qutilari yoki ballonlarni tarozilarda oʻrnatish uchun ularni mahkamlashga tayanchlar eʼtiborga olingan boʻlishi kerak.
* Eslatma: Tanklardan foydalanilgan xlor sarflanadigan omborlarini loyihalash holatlariga ushbu meʼyorlar tarqalmaydi.
6.215. Tuzni saqlash usuli uni yetkazib berish shartlariga bogʻliq. Tuzning bir martalik yetkazib berilgan hajmi 30 sutkali ehtiyoj miqdoridan oshib ketgan holda, tuz hoʻl holatda saqlanadigan omborlarni nazarda tutish kerak 300 kg tuzni omborning 1 m3 hajmida saqlash hisobidan. Tuz saqlash uchun kamida ikkita idish boʻlishi kerak. 30 sutkali ehtiyoj miqdoridan kamroq tuzni saqlash uchun yopiq imoratlarda quruq holatda saqlash omborlarini nazarda tutish lozim. Shunda tuz qatlami 1,5 m dan oshib ketmasligi kerak. Tuzni quruq ahvolda saqlashda uning toʻyingan eritmasini olish uchun elektroliz xonasida joylashtiriladigan sarflash idishlari (baklari) nazarda tutiladi. Shu bilan birga, har bir shunday idishning sigʻimi tuzning bir sutkali zaxirasi (ehtiyoji) sigʻishini taʼminlashi, va ularning soni kamida ikkita boʻlishi lozim.
6.216. Stansiyalar filtr ashyolar va shagʻallar bilan taʼminlanmagan hollarda, saqloydigan, maydaloydigan, ajratadigan, yuvuvchi hamda ashyolarni transportirovka qiluvchi, filtrni zarur yetarli yuklagich bilan toʻldirishga maxsus xoʻjalikni nazarda tutish joiz.
6.217. Filtr ashyolarni saqlash uchun sigʻimlar hisob-kitobi va jihozlarni tanlash har yili 10% dan toʻldirilishi hamda yuklagichlarni almashtirish, stansiyada filtrlar soni 20 tagacha boʻlganda qoʻshimcha shikastlanganlik zahirasi uchun bitta filtr toʻldirgichi hamda soni koʻp boʻlganda ikkita hisobidan olib borish lozim.
6.218. Filtr ashyolarini transportirovka qilishda gidrotransport (suv purkagich yoki qumli nasoslar bilan) qabul qilish joiz.
Quyqani (pulpani) transportirovkalash uchun quvur oʻtkazgich diametrini pulpa harakati tezligi 1,5 — 2 m/sek hisobida aniqlash lozim, biroq 50 mm dan kam qabul qilinmasligi kerak; quvur oʻtkazgichlar burilishlari radiusini quvur oʻtkazgichning 8 — 10 diametridan kam boʻlmasligini nazarda tutish lozim.
6.219. Omborlarda va stansiyalarda reagentlarni tushirib olish va transportirovkalash ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Suv tayyorlash stansiyalarida inshootlarning joylashgan balandligi
6.220. Inshootlarni tabiiy qiyalik joylarda inshootlar, birlashtiruvchi kommunikatsiyalarida va oʻlchagich moslamalarida bosim yoʻqolishini hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
6.221. Inshootlarda va birlashtiruvchi kommunikatsiyalarda suv sathlari farqini hisob-kitoblar orqali aniqlash kerak; inshootlarni balandlikda joylashtirshda bosim yoʻqotishni oldindan quyidagicha qabul qilish ruxsat etiladi, m:
https://neolex.uz/uz/laws/law-8462995
