Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3932-son)
04.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3932]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Boshliq J. XATAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-avgust,
29-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 20-iyul
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 16-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2026-yil 18-avgustdagi 29-son buyrugʻiga ILOVA
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tomonidan alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Inspeksiya vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Inspeksiya tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
2. Inspeksiya tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
4. Tadbirkorlik subyektining qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektlarini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektlarining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
3-bob. Xavf darajalari tasnifi va ularni mezonlashga doir talablar
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
9. Xavf darajasini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritiladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Alkogol mahsulotlarining (mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
13. Xavfni tahlil qilish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Alkogol mahsulotlarining (mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan qonunchilik talablari buzilishi xavfini aniqlash
KOʻRSATKICHLARI
