Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-303-son)
26.08.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar asosida oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari va raqamli yechimlarini tatbiq etgan holda ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish (keyingi oʻrinlarda — kadrlar tayyorlash) boʻyicha maqsadli oʻquv mexanizmlarini joriy etish orqali taʼlim tizimini yaxlit transformatsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar sohada “maktab — litsey — texnikum — oliygoh — tarmoq — malaka oshirish” tizimi asosida joriy etiladigan taʼlim klasterining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning yaxlit va uzluksiz tizimini yaratish, sohaga nomzodlarni qabul qilish tartibini takomillashtirish va kadrlarni oʻqitish sifatini oshirish;
(b) taʼlim jarayonida manzilli huquq-tartibot choralarini amalga oshirish, protsessual harakatlar, nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish, jangovar tayyorgarlik, psixologik bardoshlilik, muomala madaniyati va boʻlinmalarni boshqarish kabi amaliy kompetensiyalarni shakllantirish;
(v) taʼlim va boshqaruv jarayonlarini sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish, ilgʻor xorijiy davlatlar bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy davlatlardan yetakchi mutaxassislarni oʻquv va ilmiy tadqiqot jarayonlariga keng jalb qilish;
(g) taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv-ilmiy laboratoriyalar sonini 20 foizga, ilmiy-amaliy loyihalar sonini 5 baravarga oshirish;
(d) taʼlim tashkilotlari taʼlim dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻqitish samaradorligini oshirish.
II. Kasbiy taʼlim va boshlangʻich tayyorgarlik tizimini rivojlantirish
2. Roʻyxati 1-ilovada keltirilgan kasbiy taʼlim tashkilotlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligining idoraviy texnikumlari sifatida qayta tashkil etilsin hamda 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy qilinsin:
(a) texnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash jarayoni 2-ilovaga muvofiq quyidagicha amalga oshiriladi:
(i) ikki yillik taʼlim dasturiga (“11+2”) muvofiq — ofitserlar tarkibi uchun kadrlar davlat granti asosida (ikkinchi va undan keyingi kasbiy taʼlim toʻlov-kontrakt asosida);
(ii) 6 oylik maxsus boshlangʻich tayyorgarlik dasturiga muvofiq — safdorlar tarkibi uchun kadrlar (oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar) texnikumlarning kasbiy tayyorgarlik markazlarida;
(iii) nomzodlar ikki yillik taʼlim dasturi va maxsus boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha oʻqishga belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi;
(b) ikki yillik taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga har yilgi 600 nafargacha umumiy qabul kvotasi hamda toʻlov-kontrakt qiymati ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi;
(v) ikki yillik taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga qabul qilingan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) oʻqishni tamomlaganidan keyin uch kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida mutaxassislik boʻyicha majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi;
(g) taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida dual taʼlim shaklida tashkil etiladi va taʼlim dasturlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
(d) texnikum direktori lavozimi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi lavozimiga, boshqa lavozimlar esa mazkur institutning tegishli lavozimlariga tenglashtiriladi.
3. Ichki ishlar vazirligining Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy oʻquv markazlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)ning Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiali (keyingi oʻrinlarda — filiallar) sifatida qayta tashkil etilsin. Bunda:
(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab tashkil etilayotgan filiallar boshliqlari, xodimlari va oʻqituvchilari uchun tegishlicha Institut boshligʻi oʻrinbosari, xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga belgilangan pul taʼminoti tartibi va miqdorlari qoʻllanadi;
(b) Institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oshirish instituti Nukus filialining Serjantlar tayyorlash markazi sifatida qayta tashkil etiladi;
(v) vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida (bir nafar tinglovchi uchun bir akademik soatga bazaviy hisoblash miqdorining 12 foizi miqdorida) amalga oshiriladi. Bunda tegishli vazirlik va idoralar har yili 1-dekabrga qadar Ichki ishlar vazirligiga keyingi yil uchun oʻqitish rejasini taqdim etadi va ijrosini taʼminlaydi.
4. Belgilansinki, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlardan kelib chiqib, kasbiy mahoratni yanada rivojlantirish maqsadida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning oʻrta boʻgʻin rahbarlari hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha joylarda 3-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich mobil kasbiy malaka oshirish kurslari oʻtkaziladi. Bunda:
(a) mashgʻulotlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya), Institut hamda Jamoat xavfsizligi universitetining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan amaliyot xodimlarini jalb etgan holda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtkaziladi;
(b) oʻquv mashgʻulotlarining sifatli tashkil etilishi uchun taʼlim muassasalari rahbarlari, xodimlarning toʻliq ishtiroki uchun esa Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalari rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
III. Oliy taʼlim tizimini transformatsiya qilish
5. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Akademiya taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich dunyoning top — 1000 talik reytingga kirgan universitetlari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida quyidagi tartibda tubdan takomillashtiriladi:
(a) Akademiyada “taʼlim — tadqiqot — amaliyot” integratsiyasini taʼminlash hamda kadrlar tayyorlash tizimini ilgʻor xalqaro akademik modellar asosida tashkil etish maqsadida maktablar (school) tizimi 4 va 5-ilovalarga muvofiq joriy etiladi;
(b) Akademiya fakultetlari va kafedralari maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va shoʻbalar tashkil etiladi. Bunda:
(i) maktablar ixtisoslik boʻyicha kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va huquqni qoʻllash amaliyoti integratsiyasini taʼminlovchi akademik tuzilma boʻlib, ularga masʼul direktor sifatida Ichki ishlar vazirligi departament (xizmat) boshliqlari rahbarlik qiladi, kundalik oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish esa ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi;
(ii) shoʻbalar maktab tarkibida muayyan taʼlim yoʻnalishi yoki fan sohasi boʻyicha oʻquv, oʻquv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish uchun masʼul boʻlgan akademik boʻlinma hisoblanadi;
(v) Akademiyaning maktablar va shoʻbalar professor-oʻqituvchilar tarkibi masʼul direktorlarning taqdimnomasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(g) Akademiyaning maktablari masʼul direktorlari maktablar (school) tizimi doirasida “taʼlim — tadqiqot — amaliyot” jarayonlarini samarali tashkil etish boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi;
(d) Akademiyaga oʻqishga qabul qilish tartibi va kadrlar tayyorlash jarayoniga quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
(i) vazirlik, respublika va xalqaro miqyosdagi xakaton hamda startap loyihalari gʻolibi boʻlgan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari oʻquvchilari Akademiya bakalavriati taʼlim yoʻnalishining kunduzgi taʼlim shakliga dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng belgilangan qabul kvotalari doirasida oʻqishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi;
(ii) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oliy taʼlim tashkilotlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar Akademiya bakalavriati taʼlim yoʻnalishining kunduzgi taʼlim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yoʻnalishiga “2+2” dasturi (davlat granti) asosida maqsadli tanlov orqali oʻqishga qabul qilinishi mumkin;
(iii) taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi va kursantlar 1-kursdan boshlab Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy boʻlinmalariga biriktiriladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlariga oʻqishni yakunlaguniga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi;
(iv) taʼlim dasturini oʻzlashtirmaganligi uchun kursantlar safidan chetlashtirilgan shaxslar ichki ishlar organlari tegishincha safdorlar yoki serjantlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni oʻtashga yoʻnaltiriladi hamda ularga bir yildan uch yilgacha muddatda qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi;
(j) har yili professor-oʻqituvchilar, ilmiy-pedagogik va oʻquv-uslubiy tarkibdagi xodim (xizmatchi)larning kamida 50 nafari “Yangi Oʻzbekiston” universitetida malaka oshirishi (stajirovka oʻtashi), shuningdek, 30 nafarini xorijiy taʼlim tashkilotlariga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimi joriy etiladi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Akademiyaning taʼlim dasturlaridagi dasturiy injiniring, kiberxavfsizlik injiniringi, kompyuter injiniringi: sunʼiy intellekt, uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish va maxsus dasturiy taʼminotlar fanlari boʻyicha auditoriya mashgʻulotlari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Toshkent shahridagi Inha, Turin va Vebster universitetlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida jalb etiladigan professor-oʻqituvchi (mutaxassis)lar (shu jumladan, xorijiy) hamda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkaziladi;
(b) 2026 — 2030-yillarda Akademiya boshligʻi oʻrinbosari maqomidagi taʼlim, texnologiya, innovatsiya hamda sunʼiy intellekt masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etilib, ushbu lavozimga xorijiy ekspert (mutaxassis) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
7. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) Akademiyaga kunduzgi, masofaviy va kechki taʼlim shakllarining bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha umumiy asoslarda yurisprudensiya va psixologiya sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish;
(b) Akademiyadagi umumiy asoslarda kadrlar tayyorlashni toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida amalga oshirish hamda bitiruvchilarga “zaxiradagi ofitser” harbiy unvoni va belgilangan namunadagi diplom berish tartibini joriy etish;
(v) Akademiya tuzilmasida mavjud shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida, shuningdek, amaldagi boʻlinmalar negizida quyidagi ofislarni tashkil etish hamda ular zimmasiga 6-ilovada belgilangan maqsadli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha qatʼiy masʼuliyatni yuklash:
(i) Rahbar kadrlarni baholash va malakasini oshirish ofisi;
(ii) Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisi;
(iii) Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va transfer ofisi;
(iv) Xorijiy tillar ofisi;
(v) Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish ofisi.
8. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
IV. Taʼlimda innovatsiya va startap ekotizimini muvofiqlashtirish
9. Belgilansinki:
(a) taʼlim oluvchilarning gʻoya va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda startap tizimini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida jamoatchilik asosida startap loyihalar va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi. Bunda:
(i) “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tomonidan har yili har bir idoraviy akademik litseyning 5 nafar mutaxassisi startap va xakaton loyihalarini amalga oshirish koʻnikmalariga qisqa muddatli kurslarda oʻqitib boriladi hamda tanlovlarni tashkil etishga koʻmaklashiladi;
(ii) idoraviy akademik litseylarning iqtidorli oʻquvchilari saralanadi hamda ularning jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga yoʻnaltirilgan startap loyihalari yoshlar ittifoqlari raislari va kafedra boshliqlari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(b) jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga oid ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish maqsadida ichki ishlar organlari taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:
(i) sohaviy xizmatlar va hududiy boʻlinmalarning takliflari asosida jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga oid ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxati har yili 1-dekabrga qadar ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
(ii) ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan har yili jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga oid kamida 5 ta ilmiy-tadqiqot loyihasi (grant) eʼlon qilinadi va tanlovda gʻolib boʻlgan ilmiy jamoaning bu boradagi ishlanmalari belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
(iii) ilmiy-tadqiqot loyihalari (grantlar) natijalarini hamda innovatsion ishlanmalarni sohaga samarali tatbiq etishga taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, sohaviy xizmatlar va hududiy boʻlinmalar boshliqlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ilmiy-pedagogik jarayonni amalga oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan amaliyotga yoʻnaltirilgan yechimlarni manzilli ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda institutsional va moliyaviy koʻmaklashishni amalga oshiradi:
(a) jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar uchun davlat buyurtmasi parametrlarini ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda maqsadli shakllantirish;
(b) mahalliy va xalqaro grant tanlovlarida huquq-tartibot idoralari taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ishtirokini taʼminlash;
(v) xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislarini oʻquv jarayoniga “viziting-professor” (Visiting Professor) sifatida, ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy maslahatchi (Scientific Advisor) sifatida shartnoma asosida keng jalb etishga koʻmaklashish;
(g) professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning nufuzli ilmiy-elektron bazalardan (Scopus, Web of Science va boshqalar) foydalanishiga koʻmaklashish;
(d) jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga oid ilgʻor tajribalarga asoslangan xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, tarjima qilish, tahrir qilish, ekspertizadan oʻtkazish va chop etish ishlarini tashkil etish hamda Ichki ishlar vazirligi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga begʻaraz foydalanish uchun taqdim etish;
(j) xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, tarjima qilish, tahrir qilish, ekspertizadan oʻtkazish va chop etish hamda ilmiy loyiha (grant)larni amalga oshirish xarajatlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy va xalqaro grantlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ustuvorlik asosida moliyalashtirish.
V. Taʼlim tizimining monitoringini rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni taʼlim va tadqiqot jarayoniga jalb etish
11. Belgilansinki, 2027-yil 1-avgustdan idoraviy texnikumlar va Akademiyada taʼlim oluvchilarning oʻqish davridan boshlab xizmat faoliyati yakuniga qadar boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oluvchi “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” (Professional Life-Cycle Monitoring) tizimi yoʻlga qoʻyiladi va bunda quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
(a) taʼlim oluvchilarning bilim darajasi, kasbiy koʻnikmalari, shaxsiy fazilatlari hamda oʻqish (xizmat) faoliyatidagi koʻrsatkichlarini real vaqt rejimida jamlab boruvchi yaxlit raqamli portfoliosi (keyingi oʻrinlarda — raqamli portfolio) yaratiladi;
(b) taʼlim oluvchilarning raqamli portfoliosi ichki ishlar organlari “oʻquv-karyera” axborot tizimi bilan integratsiya qilinib:
(i) bitiruvchilarning faoliyati 5 yil davomida kuzatib boriladi;
(ii) portfolio maʼlumotlari asosida bitiruvchilar uchun yakka tartibdagi “oʻquv-karyera” modeli yaratiladi va ehtiyojdan kelib chiqib, navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi;
(iii) portfolio maʼlumotlari asosida bitiruvchilarning xizmat faoliyatidagi oʻsish salohiyatini prognoz qilish va ularga “istiqbolli karyera” modeli boʻyicha tavsiyalar berish amaliyoti joriy etiladi;
(iv) uzluksiz kasbiy rivojlanish davrida shakllangan koʻnikma va erishilgan natijalar istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishda hamda lavozimlarga tayinlashda hisobga olinadi.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Akademiya va Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlarga nomzodlar tanlov asosida saralab olinib, tajriba tariqasida ularni bir yil muddatga shartnoma asosida pedagogik faoliyatga jalb qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
(a) erishgan natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytiriladi;
(b) professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytirilmagan taqdirda ular ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi;
(v) professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma salbiy sabablarga koʻra bekor qilingan yoki uzaytirilmagan hollarda ularni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan boʻshatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Belgilansinki:
(a) Akademiya va Institut professor-oʻqituvchilari faoliyati, kursant va tinglovchilarining oʻquv natijalarini baholash hamda reytingini shakllantirish boʻyicha yangi tizimni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Smart-reyting” platformasi joriy etiladi:
(i) professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning kompleks mezonlar asosidagi reyting natijalarini onlayn koʻrsatib turuvchi tahliliy (dashboard) jadvallarni namoyish etish;
(ii) baholash tizimida professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning tegishincha innovatsion metodik yondashuvlar, akademik koʻrsatkichlari, mashgʻulotlar samaradorligi, jismoniy tayyorgarlik darajalari hamda ilmiy-ijtimoiy va ijodiy faolliklarini inobatga olish;
(b) “Smart-reyting” platformasi orqali shakllantirilgan reyting natijalariga koʻra:
(i) oʻquv semestri yakunida eng yuqori oʻrinlarni egallab turgan 10 nafardan professor-oʻqituvchi va kursantlar tegishlicha Akademiya va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;
(ii) oʻquv yili yakunida eng past oʻrinlarni egallab turgan Akademiya va Institutning 10 nafar professor-oʻqituvchilari (xodimlar va xizmatchilar) bilan keyingi oʻquv yili uchun pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnomasi uzaytirilmaydi;
(iii) faoliyati KPI baholash asosida “qoniqarsiz” deb baholangan Akademiya va Institut professor-oʻqituvchilari bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma bekor qilinishi yoki uzaytirilmasligi mumkin.
14. Akademiya va Institutning buyurtmalariga koʻra:
(a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomani berish (uzaytirish)ni, shuningdek, mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish (uzaytirish)ni;
(b) Tashqi ishlar vazirligi — xorijdan jalb etiladigan Akademiya boshligʻining maslahatchisiga, xorijiy mutaxassis (ekspert)larga, Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibidagi chet el fuqarolariga (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga), shuningdek, ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirishga koʻmaklashishni;
(v) Ichki ishlar vazirligi — mazkur qaror doirasida jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
15. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi taʼlim jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yoʻnalishlari va amalga oshirish mexanizmlari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
16. Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligi mazkur qarorga asosan qayta tashkil etilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha ushbu oʻqishni yakunlashini taʼminlasin.
18. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy texnikumlar va Akademiya oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha tegishli oʻquv-tashkiliy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(b) Namangan va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mahalliy budjet mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan idoraviy texnikumlarning bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash orqali zamonaviy taʼlim standartlari hamda Ichki ishlar vazirligi taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga moslashtirish choralarini koʻrsin. Bunda 2027-yil 1-avgustga qadar hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida idoraviy texnikumlar boshliqlari lavozimlariga tayinlanishiga ruxsat etiladi;
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda idoraviy texnikumlarga aylantirilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishdan boʻshatilayotgan pedagog kadrlari va xodimlari mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini taʼminlasin;
(g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. 2028-yil 1-yanvarga qadar idoraviy akademik litseylar, idoraviy texnikumlar, Institut va uning filiallari hamda Akademiya uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, dasturiy va texnik vositalar, sarflanadigan laboratoriya materiallari, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar va inventarlar bojxona bojidan ozod etilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-avgust,
PQ-303-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 1-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi idoraviy texnikumlari etib qayta tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
Izoh: Vazirlik va idoralardan Ichki ishlar vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli hudud, bino va inshootlar hamda barcha mol-mulk (bunda ustaxona jihozlari va laboratoriya uskunalari tegishli texnikumlarga oʻtkaziladi), transport vositalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, mebellar va boshqalar yangi tashkil etilayotgan texnikumlar balansida saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 2-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi texnikumlaridagi kasbiy taʼlim mutaxassisliklari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 3-ILOVA
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning rahbar kadrlari va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi xodimlarini mobil kasbiy malaka oshirish kurslarida oʻqitishning
MAQSADLI PARAMETRLARI
Izoh: 1. Rahbarlar tarkibiga tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va boʻlim (boʻlinma) boshliqlari kiradi.
2. Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalari tarkibiga tuman (shahar) ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, probatsiya va qoʻriqlash xizmatlari xodimlari kiradi.
3. Mashgʻulotlarning 40 foizi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 25 foizi Jamoat xavfsizligi universiteti, 25 foizi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari, shuningdek, 10 foizi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya markaziy apparatlari xodimlari tomonidan sayyor shaklda 5 kunlik oʻquv dasturi asosida Ichki ishlar vazirligining hududiy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 4-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi maktablar (school) tizimining
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 5-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida maktablar (school) tizimini tashkil etish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 6-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tashkil etilayotgan ofislar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va ishlash mexanizmlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 7-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasini 2030-yilgacha rivojlantirishning
MAQSADLI koʻrsatkichlari (indikatorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 8-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi taʼlim jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yoʻnalishlari va amalga oshirish mexanizmlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 9-ILOVA
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Izoh: 1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi yoki birlashtirilishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar ijrosi uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oxirgi muddat belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorida:
(a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiya va Ichki ishlar vazirligi texnikumlari professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga (fakultetlar, maktablar, shoʻbalar, kafedralar, sikllar rahbarlari lavozimlaridan tashqari) tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi (faqat toʻliq stavkaga) mumkin”;
(b) 5-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Xorijiy tillar ofisi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlar (tinglovchilar)ning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etgan holda intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish;
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursant (tinglovchi)larni mahalliy va xorijiy tadbirlarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish, stajirovka va amaliyot oʻtashga tayyorlash;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonida xorijiy tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha dasturiy oʻqitishni tashkil etish orqali professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishda koʻmaklashish;
mahalliy yoki xorijiy tashkilotlarni shartnoma asosida jalb etgan holda kursantlar (tinglovchilar), tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarni xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarni olishga tayyorlash”;
(v) 6-bandning oltinchi xatboshisidagi “Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti” soʻzlari “Malaka oshirish instituti filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan shaxslar kursantlar safiga, masofaviy taʼlim shakliga, magistraturaga, idoraviy texnikumlarga oʻqishga kirganlar, shuningdek, Malaka oshirish instituti va uning filiallariga hamda Maxsus tayyorgarlik oʻquv markaziga oʻqishga kirgan (yuborilgan)lar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi”;
(d) 16-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlariga — idoraviy akademik litseylar, idoraviy texnikumlar va Malaka oshirish instituti filiallarining samarali faoliyat koʻrsatishi, oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
(a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “besh yil mobaynida” soʻzlaridan keyin “, Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) — oʻqishni tugatganidan keyin uch yil mobaynida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,” soʻzlari “boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini, Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 1-ilovada:
(i) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham” soʻzlari “oʻttiz beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz besh yoshdagi ham” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga oʻqishga (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) yoshi oʻn yettidan kichik va oʻttiz beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz besh yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalaridagi kunduzgi taʼlimga oʻqishga yoshi oʻn yettidan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasbiy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi”;
uchinchi xatboshidagi “qirq yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, qirq yoshdagi ham” soʻzlari “qirq beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, qirq besh yoshdagi ham” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markaziga harbiy xizmat oʻtagan (erkaklar uchun) va oliy maʼlumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham, Ichki ishlar vazirligi texnikumlari kasbiy tayyorgarlik markazlariga harbiy xizmat oʻtagan (erkaklar uchun) va oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy maʼlumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi”;
beshinchi xatboshidagi “oʻttiz yoshdan katta” soʻzlari “oʻttiz besh yoshdan katta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) va oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga yoxud oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumiga yoxud oliy taʼlim muassasasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “kasb-hunar” soʻzi “kasbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining texnikumlari yoki oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga yoki oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari hamda oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazi hamda Ichki ishlar vazirligi texnikumlari kasbiy tayyorgarlik markazlariga qabul qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
(v) 19-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “oliy maʼlumotga ega,” soʻzlari “oliy maʼlumotga ega yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarini (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) tamomlagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar, Ichki ishlar vazirligi texnikumlarining kasbiy tayyorgarlik markazlari safdorlar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha bitiruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “kasb-hunar” soʻzi “kasbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarining ikki yillik taʼlim dasturini tamomlagan xodimlarga faqat ikki yillik taʼlim dasturida nazarda tutilgan mutaxassisliklar doirasidagi lavozimlarda xizmat oʻtashga ruxsat etiladi (keyinchalik oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar bundan mustasno)”;
(vi) 25-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursantlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursant (tinglovchi)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining kursantlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining kursant (tinglovchi)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(vii) 26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(viii) 31-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakultetini serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi tomonidan Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ix) 32-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriati kursantlariga ularni bitiruvchi kursga oʻtkazish bilan bir vaqtda “katta serjant” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular oʻqishni yakunlaguniga qadar xizmat olib boradilar”;
(x) 33-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi texnikumlarini ikki yillik taʼlim dasturi asosida va oliy taʼlim muassasalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xi) 36-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Navbatdagi “katta serjant”, “kapitan”, “mayor” va “podpolkovnik” maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (shu jumladan, uning filiallari) yoki Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazining maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan xodimlarga beriladi, ragʻbatlantirish chorasi tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berilishi bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarini ikki yillik taʼlim dasturi asosida tamomlagan bitiruvchilar mazkur maʼlumot bilan “mayor” maxsus unvonigacha (“mayor” ham) boʻlgan unvonda xizmat qiladi, keyinchalik oliy maʼlumotga ega boʻlganda ularga “podpolkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlar ushbu Nizom talablariga muvofiq beriladi”;
(xii) 58-bandda:
“v” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida, shuningdek, xodimning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan ikki oydan oshmagan muddatga pul taʼminoti (oxirgi lavozimi boʻyicha) saqlangan va xizmat stajini bir kunni bir kunga hisoblagan holda ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinadi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimning ichki ishlar organlari ixtiyorida uzluksiz boʻlish muddati bir yildan oshmasligi lozim (bola parvarishlash taʼtilida boʻlish davri, xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda sudning hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar boʻlgan davr, shuningdek, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat boʻlganida) bundan mustasno)”;
“e” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlari professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot xodimlari lavozimlariga (fakultetlar, maktablar, shoʻbalar, kafedralar, sikllar, boʻlimlar rahbarlari lavozimlaridan tashqari) tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik, tibbiy yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi (faqat toʻliq stavkaga) mumkin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi shoʻbalarining professor-oʻqituvchilari tarkibidagi lavozimlariga tegishli sohada kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga yoki kamida besh yillik pedagogik stajga yoxud tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi”;
(xiii) 63-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“63. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga va oliy taʼlim muassasalariga, Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markaziga oʻqishga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va tegishincha kursant yoki tinglovchilar safiga kiritiladi”;
(xiv) 67-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xv) 68-bandda:
birinchi xatboshi “besh kalendar yili mobaynida” soʻzlaridan keyin “, Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) oʻqishni tamomlaganidan keyin uch kalendar yili mobaynida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “kursant (xodim)” soʻzlari tegishli kelishikdagi “kursant, tinglovchi yoki xodim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xvi) 69-banddagi “(kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno)” soʻzlari “(kursantlar va Ichki ishlar vazirligi texnikumlari, Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazi tinglovchilari bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xvii) 71-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xviii) 72-banddagi “rahbar kadrlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari “rahbar kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xix) 93-bandning birinchi xatboshisi “ish koʻrsatkichlari past boʻlgan,” soʻzlaridan keyin “qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtmagan,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xx) 96-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xxi) 107-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlarining akademik qarzdorligi boʻlmagan kursant (tinglovchi)lariga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek, oliy taʼlim muassasasini yoki texnikumni tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kun davom etadigan taʼtillar beriladi”;
ikkinchi xatboshi “sirtdan” soʻzidan keyin “yoki masofadan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xxii) 135-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xxiii) 148-bandning ikkinchi xatboshisi “layoqatsiz deb topilganda” soʻzlaridan keyin “(harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizlik toʻgʻrisidagi xulosasi asosida xizmatdan boʻshatish holatlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xxiv) 149-band “mumkin emas” soʻzlaridan keyin “(ushbu Nizomda nazarda tutilgan xizmatdan boʻshatish asoslari yetarli boʻlgan holatlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xxv) 151-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xodim boʻshashni rejalashtirgan kuniga qadar rahbar tomonidan uning oʻrniga munosib kadr tanlanishi, asosiy va qoʻshimcha taʼtillar berilishi yoki xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishi mumkin boʻladi.
Xodimning bildirgisida koʻrsatilgan sanadan uni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha xizmatdan boʻshatish haqida vakolatli rahbar tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi mumkin”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(xxvi) 152-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro shartnomalarga muvofiq), Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish,” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq yuborilgan) hamda Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy (harbiylashtirilgan) taʼlim muassasalarida oʻqish (maxsus yoki harbiy unvon berilgan kundan boshlab),” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xodim kadrlar bilan ishlash boʻlinmalaridan xizmatdan boʻshatilganligi haqidagi buyruqni yoki yozma xabarni olishi bilan moddiy va ishonib berilgan mulkni hamda xizmat yuzasidan biriktirilgan vositalarni topshirish choralarini koʻrishi shart. Shundan soʻng unga mehnat daftarchasi rasmiylashtirib beriladi.
Mehnat daftarchasi xodim yoki uning advokatining soʻroviga asosan beriladi. Agarda xodim mehnat daftarchasini olib ketmasa yoxud olib ketish imkoni boʻlmagan taqdirda mehnat daftarchasi ichki ishlar organlarining maxsus arxivida olib ketilguniga qadar saqlanadi.
Ichki ishlar organlarida mehnat daftarchalarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi”;
(xxvii) 159-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻn yildan ortiq” soʻzlari “besh yildan ortiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xxviii) 161-bandning ikkinchi xatboshisidagi “jumladan, kasbiy tayyorgarlik fakultetida va magistraturada” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy (harbiylashtirilgan) taʼlim muassasalarida, jumladan, ularning magistraturalarida, Ichki ishlar vazirligi texnikumlarida va Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3726-son qarorida:
(a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagi oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) qabul qilish uchun 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) amaldagi ofitserlari, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun besh foizli kvota, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilari hamda xodimlari (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya harbiylari va xodimlari)ning farzandlari uchun 0,7 foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining amaldagi xodimlari (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash departamenti xodimlari) farzandlari uchun 1,3 foizli kvota ajratiladi”;
(b) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlari, shuningdek, ajratilgan 0,7 foizli kvota chegarasida Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy xizmatchilari va xodimlarining farzandlari, ajratilgan 1,3 foizli kvota chegarasida Qoʻriqlash departamenti xodimlarining farzandlari tanlov asosida qabul qilinadi hamda joylar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3919-son qarorining 11-bandida:
(a) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joylarda Malaka oshirish institutining filiallari tashkil etiladi”;
(b) oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining oʻquv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorining 7-bandida:
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tuman va shahar ichki ishlar organi boshligʻini hamda undan yuqori darajadagi rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida, boshqa rahbar xodimlarni hamda profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti va uning filiallarida uzluksiz asosda amalga oshiriladi”;
(b) toʻrtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
(v) beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(g) toʻrtinchi xatboshidagi “idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning negizida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining samarali tashkil etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadilar” soʻzlari “idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, jumladan, zarur oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash va moddiy-texnik taʼminoti uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(d) beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “profilaktika (katta) inspektorlari” soʻzlari “profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(j) oltinchi xatboshidagi “sirtqi” soʻzi “masofaviy” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4212-son qarorida:
(a) 1-bandda:
(i) birinchi xatboshidagi “2019/2020 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari “2026/2027 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) ikkinchi xatboshi “jamoat xavfsizligini taʼminlash” soʻzlaridan keyin “yoki bevosita xizmat majburiyatlarini bajarish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 3-bandda:
(i) birinchi xatboshi “besh foizli kvota ajratiladi” soʻzlaridan keyin “(Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(ii) beshinchi xatboshi “kirish imtihonlarining” soʻzlaridan keyin “oliy taʼlim muassasalaridan va taʼlim yoʻnalishlari (fanlar bloki)dan qatʼi nazar respublika boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4375-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5016-son qarorida:
(a) qaror nomidagi “Ichki ishlar vazirligining oʻquv markazlari” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 1-bandda:
(i) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(iii) ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazini” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filialini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar vazirligining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazini Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Fargʻona filialiga aylantirish”;
(v) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy oʻquv markazini Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jizzax filialiga aylantirish”;
(vi) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Surxondaryo viloyati Denov tumani Fayzli mahallasi Fayzli koʻchasi 105-uy manzilida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Surxondaryo filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
(v) 2-bandda:
(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus, Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiallarining (keyingi oʻrinlarda — Filiallar) asosiy vazifalari etib belgilansin:”;
(ii) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibini maʼmuriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psixologik tayyorgarlik, jangovar maxsus tayyorgarlik boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda tor ixtisosliklar sirasiga kiruvchi safdorlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga birinchi marta tayinlangan xodimlarni boshlangʻich kasbiy tayyorlash”;
(iii) oʻninchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlaridan keyin “Ichki ishlar vazirligi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(g) 4-bandda:
(i) “a” kichik band chiqarib tashlansin;
(ii) “b” kichik banddagi “mintaqaviy oʻquv markazlari” soʻzlari “Filiallar” soʻzi bilan almashtirilsin;
(iii) “v” kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarida” soʻzlari “Filiallarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Fargʻona filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jizzax filiali — Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Surxondaryo filiali — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
“g” va “d” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(d) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari “Filiallarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
(j) 6-bandda:
(i) ikkinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari “Filiallarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(iii) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
(z) 7-bandda:
(i) ikkinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari “Filiallarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarida” soʻzlari “Filiallarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
(i) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining 9-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar vazirligi texnikumlari”;
(b) beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(v) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va uning filiallari”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarorida:
(a) 4-bandda:
(i) uchinchi xatboshidagi “Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida (keyingi oʻrinlarda — kasbiy tayyorgarlik fakulteti)” soʻzlari “Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazida (keyingi oʻrinlarda — Serjantlar tayyorlash markazi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “kasbiy tayyorgarlik fakulteti” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Serjantlar tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) oltinchi xatboshidagi “Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti va” soʻzlari “Malaka oshirish instituti va uning filiallari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 5-banddagi “Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi” soʻzlari “Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 7-bandda:
(i) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan va (yoki) nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan Akademiyaning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirayotgan nomzodlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizigacha miqdorda tabaqalashtirilgan qoʻshimcha ball beriladi. Eng yuqori ball toʻplagan besh nafar nomzod mazkur yoʻnalishning 2-bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi”;
(ii) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi bitiruvchilariga va (yoki) nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga Akademiyaning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar beradigan sertifikatlar turi va darajalari hamda beriladigan tabaqalashtirilgan qoʻshimcha ball miqdorlari ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi”;
(iii) oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2027-yil 1-iyundan boshlab ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar va Ichki ishlar vazirligi texnikumlarining kasbiy tayyorgarlik markazlari safdorlar tarkibini tayyorlash taʼlim dasturi boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar orasidan qabul qilinadi”;
(g) 9-bandning “a” kichik bandida:
(i) ikkinchi xatboshidagi “Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetining” soʻzlari “Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“idoraviy taʼlim tashkilotlarining iqtidorli oʻquvchi va kursant (tinglovchi)lariga ular huzurida tuziladigan komissiya (kengash)larning tavsiyalariga koʻra, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan idoraviy koʻkrak nishonlari va individual stipendiyalar berish”;
(iii) beshinchi xatboshidagi “kafedralariga” soʻzi “shoʻbalariga” soʻzi bilan almashtirilsin;
(d) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
ROʻYXATI
* bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida xorijiy kadrlarni tayyorlash muddati xalqaro shartnoma (bitim)larga asosan 4 yil etib belgilanishi mumkin;
** oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun — 4 yil, oliy maʼlumotlilar uchun — 3 yil;
*** kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash;
**** kunduzgi taʼlim shaklida oʻqish muddati — 1 yil, masofaviy taʼlim shaklida oʻqish muddati — 2 yil”;
(j) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazidagi taʼlim mutaxassisliklari
ROʻYXATI
(z) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga 3-ILOVA
Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni
TIZIMI
* Fuqaroviy oliy maʼlumotga ega boʻlganda.
** Fuqaroviy oliy maʼlumotga ega boʻlganlarni ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda.
*** Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida oʻqitilishi belgilangan boshqa mutaxassislik lavozimlariga oʻtishda.
**** Bitiruvchilar mazkur maʼlumot bilan “mayor” maxsus unvonigacha (“mayor” ham) boʻlgan unvonda xizmat qiladi.
***** Oʻzbekiston Respublikasi IIV Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamentining, Komplayens xizmatining, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasining boshqarmalari, axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlinmalari, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Tibbiyot boshqarmasi, Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik boshqarmasi, Harbiy-safarbarlik boshqarmasi, Nazorat-taftish inspeksiyasi, Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi bundan mustasno.
****** Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti, Komplayens xizmati, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasidan tashqari”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5077-son qarorining 3-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Universitetning sirtqi taʼlim shakliga Milliy gvardiya hisobidan qabul qilinib, tahsil olayotgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan amaldagi xodimlarining oʻqishni tugatguniga qadar bepul taʼlim olish huquqlari saqlab qolinadi”;
(b) oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qarorida:
(a) 1-band “sirtqi taʼlim shakliga” soʻzlaridan keyin “, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab mavjud masofaviy taʼlim shakliga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 2-bandda:
(i) ikkinchi, yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilar “sirtqi” soʻzidan keyin “yoki masofaviy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) oʻninchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 3-bandda:
(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov)”;
(ii) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2027/2028 oʻquv yilida yurisprudensiya sohasida bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun 100 nafar profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlariga tavsiyanoma bersin va 2028/2029 oʻquv yilidan boshlab profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlarini yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalarni 2 barobargacha oshirish yuzasidan Davlat komissiyasiga asoslantirilgan taklif kiritsin”;
(g) 4-bandning “a” kichik bandi “sirtqi” soʻzidan keyin “yoki masofaviy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(d) 5-bandda:
(i) “a” kichik bandda:
ikkinchi xatboshi “sirtqi” soʻzidan keyin “yoki masofaviy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2022/2023 oʻquv yili va undan keyingi oʻquv yillarida tavsiyanoma asosida profilaktika inspektorlari uchun yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga ajratiladigan umumiy qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari yuzasidan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shaklida, 2027/2028 oʻquv yili va undan keyingi yillarda masofaviy taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etsin”;
(iii) “v” kichik banddagi “sirtqi” soʻzi “masofaviy” soʻzi bilan almashtirilsin;
(iv) “g” kichik banddagi “Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qarorida:
(a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan (tor ixtisoslik sirasiga kiruvchi lavozimlarga) xodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida uch oylik boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng tegishli lavozimga tayinlanadi”;
(b) 1-ilovaning 35-bandi birinchi xatboshisi “oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan” soʻzlaridan keyin “(semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha GPA oʻtish balini toʻplay olmagan)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
