Qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish (2.07.04-2019-son)
23.12.2019
Shaharsozlik normalari va qoidalari
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu normalar va qoidalar (keyingi oʻrinlarda SHNQ deb yuritiladi) ishlab chiqarish faoliyati va mulkchilikning turli shakllaridagi yangi qishloq xoʻjalik korxonalarining loyihalashtirilishi va mavjudlarining rekonstruksiya qilinishiga tegishlidir;
hududlarning meʼmoriy rejalashtirilishi va tashkil qilinishiga nisbatan asosiy talablarni oʻz ichiga oladi va qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼiy nazar barcha loyiha tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
1.2. Qishloq fuqarolari yigʻinlari (keyingi oʻrinlarda QFY deb yuritiladi) va qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish boʻyicha loyiha hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda HMRT loyihasi deb yuritiladi) ishlab chiqishda hukumat qarorlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir istiqbolli prognozlar inobatga olinishi zarur.
Ushbu SHNQ amal qiluvchi shaharsozlik normalari va qoidalari tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va mazkur tizimning shaharsozlik va arxitektura, qurilish, ekologiya hamda yer tuzish sohasidagi boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishini taqozo etadi.
1.3. QFYning hududi — bu ochiq va yopiq turdagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, sanoat, tashqi va ichki infratuzilma obyektlari, aholining yashaydigan, mehnat qiladigan va dam oladigan joylarining tabiiy muhitda iqtisodiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiq ravishda, yagona meʼmoriy rejalashtirish gʻoyasi asosida hal qilingan shaharsozlik faoliyatining qoʻshib olib borilishidir.
QFYlar va qishloq xoʻjaligi korxonalarining hududlari ochiq shaharsozlik tizimi va shaharsozlik faoliyatining obyektlari sifatida koʻrilishi zarur.
1.4. QFYlar yoki qishloq xoʻjaligi korxonalari HMRT loyihasining asosiy shaharsozlik vazifalarini, barcha aholi punktlarining rejaviy tuzilmasini hal etadi va loyiha elementlarini ishchi loyihalashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Loyiha mazmuni 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Qishloq fuqarolar yigʻini hududini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish loyihasining tarkibi
* Ayrim obyektlar uchun qurilish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.
Asosiy vazifalar:
hududning istiqbolli rivojlanishi va rejalashtirish asoslarini, obyektlarning QFY hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbolli prognozi bilan bogʻlangan joylashtirish xususiyatini belgilash;
xoʻjalik ichida qaror topgan joylashuvning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining hududiy tashkil etilishi bilan uygʻunlashtirilgan holdagi rekonstruksiyasi;
QFY aholisining, shu jumladan, har bir aholi punkti boʻyicha aholining loyihadagi sonini belgilash;
QFY hududida madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish;
fuqarolar uchun uy-joylar va ishlab chiqarish maqsadidagi qurilish uchun zarur hajmlarni va ular joylashtiriladigan joylarni belgilash;
uy-joy-fuqarolik hamda ishlab chiqarish obyektlarining qurilishi boʻyicha talab etilgan hajmlarni va ularni joylashtirish uchun yerlarini belgilash;
xoʻjalik ichidagi transport-piyodalar kommunikatsiyalarini tashkil qilish;
qishloq aholi punktlarining QFY doirasidagi muhandislik taʼminoti, obodonlashtirilishi va landshaftini shakllantirilishi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi sonidan qatʼiy nazar aholi punktlarini rejalashtirishning prinsipial sxemalarini ishlab chiqish;
atrof-muhitni himoya qilish, tabiat yodgorliklari, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
1.5. Ushbu SHNQni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalar hisobga olindi:
bozor iqtisodiyotiga oʻtish, qishloq xoʻjaligi korxonalari mustaqil xoʻjalik yuritishining rivojlanishi, boshqaruvning markazlashmagan tizimga oʻtkazilishi, mulkchilikning turli shakllarining joriy etilishi;
koʻp tarmoqli iqtisodiyot va bozor munosabatlarining rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini xilma-xil shakllarining mavjudligi aholi joylashtirilishi ham turlicha shaklda (kichik qishloqlardan yirik qishloq aholi punktlarigacha) boʻlishini taqozo etadi va QFYning butun hududida aholining yashashi uchun qulay shart-sharoitlarning normativlarga muvofiq taʼminlanishini talab qiladi.
1.6. QFY obyektlarini yoki qishloq xoʻjaligi korxonasini rivojlantirishning meʼyorlashtirilishi quyidagi eng muhim prinsiplarga asoslangan:
QFY yoki qishloq xoʻjaligi korxonasi hududini aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini nazarda tutuvchi maqsadga muvofiq ravishda funksional zonalashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining yanada rivojlantirish, tabiiy, inson va moddiy resurslardan samarali foydalanish shartida atrof-muhitni muhofaza qilish, rekratsion xizmatni tashkil qilish va mavjud resurslarni rivojlantirish kabi chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi kompleks rivojlantirilishi;
turli darajalardagi elementlardan iborat joylashtirish tizimini tashkil etuvchi barcha aholi punktlarining oʻzaro bogʻliq holda rivojlantirilishini ragʻbatlantirish;
joyning tabiiy relyefi, irrigatsiya tizimi va transport-piyoda aloqalarini maksimal tarzda saqlab qolish;
barcha qishloq aholi punktlarini, ulardagi yashash qulayliklarini oshirishga qaratilgan koʻp omilli kompleks rivojlantirishni taʼminlash.
1.7. Quyidagilar loyihalashtirish normalariga tabaqalashtirilgan tarzdagi yondashuvning uslubiy negizi hisoblanadi:
aholi punktlarini loyihalashni joylashtirish tizimlarining hozirgi va istiqboldagi rivojlanishi bilan bogʻliq tarzda olib borishga imkon beradigan joylashtirish sxemalari;
aholi punktlarini aholining loyihadagi soni va ularning shaharsozlik nuqtai nazarida rivojlantirish rejimiga asoslangan tasniflanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududining mintaqalarni landshaft va iqlimning oʻxshash sharoitlariga koʻra ajratadigan hamda ularni hisobga olish va noxush omillarni rejalashtirish vositalari (koʻkalamlashtirish, suv bilan taʼminlash va shu kabilar) yordamida yaxshilashga doir tegishli tavsiyalarga ega boʻlgan landshaft-iqlimli rayonlashtirilishi;
yoʻl tarmogʻining qishloq fuqarolari yigʻini hududi tuzilmasini toʻgʻri shakllantirish va transport aloqalarini tashkil qilishga imkon beradigan tasniflash;
1.8. Hisob-kitoblarda zarur axborotning toʻliq boʻlishi uchun ushbu meʼyoriy hujjatning ayrim boʻlimlariga, manbalarga tegishli havolalar qilingan holda, boshqa meʼyoriy hujjatlarning jadvallari kiritildi.
2. XUDUDNI VA QISHLOQ XOʻJALIGI ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH
2.1. QFY ni turli hududiy darajalar tizimi, yaʼni: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining oʻz chegaralari doirasida, maʼmuriy qishloq xoʻjalik tumani, viloyati yoki uning bir qismi, mintaqa doirasida va, nihoyat, Respublika agrosanoat kompleksi doirasida tashkil etilishidan iborat agrosanoat kompleksining elementi sifatida loyihalashtirish lozim.
2.2. Qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari mintaqaning tarixiy qaror topgan va tabiiy shart-sharoitlari asosida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumrespublika prognozini hisobga olgan holda, quyidagi asosiy masalalarni hal qilib turib belgilanadi:
ishlab chiqarish obyektlarini QFY yoki qishloq xoʻjaligi korxonasi hududida joylashtirish;
xoʻjalik ichidagi transport va muhandislik infratuzilmasini joylashtirish.
2.3. QFY hududida joylashgan fermer xoʻjaliklarining yerdan va suvdan foydalanish sharoitlari, xoʻjaliklarning ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish hajmlari, joylashtirish tizimi va yoʻl aloqalarini oʻrganish asosida belgilangan chegaralari loyihada hisobga olinishi lozim.
2.4. Fermer xoʻjaliklari, chorvachilik va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini ulardagi qishloq xoʻjaligi yerlari (koʻp yillik mevali daraxtzorlar, uzumzorlar, sugʻoriladigan va lalmi yerlar, yaylov va pichanzorlar)ning maydonlari va hududlarini belgilagan holda joylashtirish rejasi QFY hududlarini tashkil qilish boʻyicha loyihaviy takliflarni ishlab chiqish uchun asos sifatida qoʻllanilishi lozim.
3. ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING ICHKI XOʻJALIK TARMOGʻINI SHAKLLANTIRISH
3.1. Ishlab chiqarish obyektlarining joylashtirilishi QFY aholisining ishlab chiqarishga oid faoliyatini puxta iqtisodiy tahlil etish asosida va qabul qilingan joylashtirish tizimiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarning rejaviy tuzilmasi xoʻjalik yuritishning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirishi va ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishga va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan barcha tadbirlarning muvaffaqiyatli bajarilishiga koʻmaklashishi zarur.
Ishlab chiqarish obyektlarini qishloq aholi punktlarining aholisi uchun piyoda yetib olish radiusida, yoʻllar, suv va elektr taʼminoti tarmoqlari yonida, mahalliy sharoitlar (iqlim, joyning relyefi, shamollarning asosiy yoʻnalishlari, ochiq suv havzalarining mavjudligi, yer osti suvlaridan foydalanish imkoniyati va boshqalar)ni hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
Ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarning quvvati va ixtisoslashuvi qishloq xoʻjaligi korxonasining xoʻjalik faoliyati yoʻnalishlarini (paxtachilik, gʻallakorlik, sholikorlik, bogʻdorchilik, chorvachilik va boshq.) hisobga olgan holda belgilanadi.
3.2. Quyidagilar ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar;
qishloq xoʻjaligi texnikasi va avtotransportini taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va saqlash korxonalari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari omborxonalari va saqlanadigan joylar;
issiqxonalar va issiqxona-parnik xoʻjaliklari;
chorvachilik, parrandachilik, hayvonotchilik fermalari, ozuqa tayyorlash punktlari, hovuzchilik (baliqchilik) xoʻjaliklari;
veterinariya muassasalari;
xalq isteʼmoli tovarlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar, xalq hunarmandchiligi ustaxonalari.
3.3. Atrof-muhitga zararli chiqitlarni va ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish manbalari hisoblangan texnologik jarayonlarga ega ishlab chiqarish obyektlari aholi istiqomat qiluvchi hududlardan sanitariya himoyalash mintaqalari (zonalari) bilan ajratilishi lozim.
3.4. Ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun uchastkalarni ajratishda aholi punktlarini sanitariya himoyalash zonalarini shamollar yoʻnalishini inobatga olgan holda yaratilishini (2-jadval), shuningdek loyihalashning veterinariya, yongʻinga qarshi va texnologik meʼyorlarini hisobga olish kerak boʻladi.
Sanitariya-muhofaza zonalari yerdan foydalanishdan chiqarib tashlanmaydi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun foydalanilishi kerak.
Sanitariya-muhofazalash zonasida turar joy binolari, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash va dam olish muassasalari, sport inshootlari, bogʻlar, xiyobonlar, bogʻdorchilik shirkatlari va polizlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chorvachilik fermalari va komplekslari qurilishi uchun yer uchastkalari maydonlari bogʻlanib boqiladigan fermalar uchun bir bosh qora molga — 100 — 150 m2; bogʻlanmasdan boqiladigan fermalar uchun — 125 — 175 m2 hisobidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish obyektlari va qishloq aholi punktlari oʻrtasidagi sanitariya-muhofaza zonalari
Izoh:
1. Sanitariya-muhofaza zonasining kengligi deb ishlab chiqarish zararlarining atmosferaga chiqarib tashlanadigan joylari bilan aholi punktlarida joylashgan turar joy va jamoat binolari oʻrtasidagi masofani hisoblash lozim.
2. Parrandalari dalada boqilmaydigan parrandachilik xoʻjaliklari uchun sanitariya-muhofaza zonasining kengligi 50% ga kamaytirilishi mumkin.
3. Goʻng saqlanadigan joylar (tezak saqlanadigan joylar) mustaqil sanitariya-muhofaza zonalariga ega boʻlmaydi va turar joy zonasiga nisbatan fermalarning tegishli turlari (tiplari) uchun belgilangan oraliqlarga rioya qilgan holda joylashtirilishi lozim.
4. XOʻJALIK ICHIDAGI JOYLASHTIRISHNING SHAKLLANTIRILISHI
4.1. Qishloq aholi punktlari joylashtirish boʻyicha yagona tizimning elementlari hisoblanib, qaror topgan hududiy tuzilmalar asosida shakllantiriladi:
maʼmuriy tuman;
qishloq (mahalla (MFY), ovul (OFY)) fuqarolari yigʻini (QFY);
qishloq aholi punktlari.
4.2. Joylashtirishning oqilona tizimi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish istiqbollariga va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining qabul qilingan tashkiliy tuzilmasiga javob berishi kerak. Bunda joylashtirish tizimi uchun yagona boʻlgan ijtimoiy, ishlab chiqarish, muhandislik-transport va boshqa infratuzilmalarning shakllantirilishi, shuningdek, qishloq xoʻjalik korxonasi doirasida istiqbolda rivojlantiriladigan mehnat, madaniy-maishiy va rekreatsion aloqalar hisobga olinishi lozim.
4.3. Qishloq aholi punktlari aholining loyihaviy soniga bogʻliq ravishda 3-jadvalga muvofiq guruhlarga boʻlinadi.
4.4. QFY hududida joylashtirish yuzasidan loyihaviy takliflarni ishlab chiqishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
joylashtirishning tarixiy qaror topgan tizimining ijobiy jihatlarini va kamchiliklarini va u bilan bogʻliq asosiy elementlarni, hududning zamonaviy rejalashtirilishini va xoʻjalik jihatdan tashkil etilishini hisobga olish;
mehnatkashlarning ish joylariga qatnashi uchun eng kam vaqt sarflanishini, shuningdek, aholiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish va ular dam olishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;
aholining istiqbolda turar joy bilan taʼminlanganligi oʻsishini hisobga olish;
qishloq aholi punktlarini rejalashtirish, qurish, muhandislik uskunalari bilan jihozlash va obodonlashtirishning yuqori sifatli darajasini saqlab qolgan holda ularni qurish va foydalanish qiymatini kamaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash;
amaldagi sanitariya-gigiyena, tabiatni muhofaza qilish va boshqa meʼyorlar hamda talablarga rioya qilish.
4.5. Aholi punktlarini rivojlantirish istiqbollari qishloq xoʻjaligi tumanining ixtisoslashuvi, viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari va tumanlarni rejalashtirish loyihalarini hisobga olib turib, agrosanoat kompleksini shakllantirish bilan uygʻunlashgan tarzda ushbu tumanning iqtisodiy rivojlanishi prognozlari asosida belgilanishi lozim.
4.6. Qishloq aholi punktlaridagi xizmat koʻrsatish korxonalari va muassasalarining tarmogʻi barcha qishloq va ovullar, ish joylari va dam olish zonalarini qamrab oladigan yagona tizimdan iborat boʻlishi kerak.
4.7. Qishloq aholi punktlarining fazoviy-rejaviy tuzilmasini shakllantirishning umumiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi hududining iqlimga doir rayonlashtirishni (sahrolar, sahrolar qurshovidagi vohalar, togʻ etaklaridagi vohalar, yangidan oʻzlashtirilayotgan yerlar va togʻlar) hisobga olgan holda SHNQ 2.01.01 ga muvofiq hal qilinishi lozim.
4.8. Qishloq aholi punktlarining rejaviy tuzilmasini shakllantirishda funksional zonalarning kompakt joylashtirilishi va oʻzaro bogʻliq boʻlishini, hududning jamoat markazlari, muhandislik-transport infratuzilmasi bilan uygʻun tarzda oqilona rayonlashtirilishini, hududning shaharsozlik nuqtai nazarida ahamiyatini hisobga olgan holda undan samarali foydalanishni, arxitektura-shaharsozlik anʼanalari, tabiiy-iqlim, landshaft, milliy-maishiy va boshqa mahalliy oʻziga xos xususiyatlarning kompleks tarzda hisobga olinishini taʼminlash lozim boʻladi.
5. AHOLINING LOYIHAVIY SONINING HISOB-KITOBI
5.1. QFY aholisi ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi va mehnat faoliyatining turiga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi: shahar tashkil qiluvchi, xizmat koʻrsatuvchi va faoliyat koʻrsatmaydigan.
Shahar tashkil qiluvchi ahamiyatga ega korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sirasiga quyidagilar kiradi:
qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalari, shu jumladan, barcha yengil, oziq-ovqat va mahalliy sanoat korxonalari, shuningdek, omborlar va moddiy- texnika taʼminoti bazalari;
qurilish tashkilotlari;
tashqi transport korxonalari va muassasalari;
tuman va viloyat, ahamiyatiga ega boʻlgan xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalari.
Aholining xizmat koʻrsatuvchi guruhiga quyidagilar kiradi: shu QFY hududida yashovchi, aholiga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar va korxonalarning ishchilari.
Oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan kishilar guruhlariga esa — bolalar, oʻquvchilar va nafaqahoʻrlar kiradi.
5.2. Aholining loyihadagi sonini QFY boʻyicha umuman hisoblab chiqib, keyinchalik aholi punktlari boʻyicha taqsimlash zarur.
Yangidan tashkil etilayotgan qishloq aholi punktlaridagi aholi sonini hisoblash uchun kadrlarning mehnat balansi uslubi qoʻllanilib, keyinchalik, bozor iqtisodiyotiga (kichik korxonalar, biznes sohasi va hokazo) oʻtilishini hisobga olgan holda bir qator parametrlar (aholining tabiiy koʻpayishi, yoshlarning oʻzgarib borishi) boʻyicha tekshiriladi.
Avvaldan mavjud aholi punktlaridagi aholi sonini hisoblash uchun aholini tabiiy koʻpayishiga asoslangan statistik uslub qoʻllaniladi. Bunday uslub qishloq xoʻjaligida ish joylari tanqisligiga qaramay aholi migratsiyasi nazarda tutilmagan hollardagina aniq natijalar beradi.
Aholi sonini mehnat balansiga asoslangan hisob-kitob qilish uslubiyoti D-ilovada keltirilgan.
5.3. Aholi sonining hisob-kitobi qurilishning birinchi 5 — 7 yillik navbatini ajratib koʻrsatgan holda 10 — 15 yillik muddat uchun bajarish lozim.
Aholi sonining hisob-kitobi, aholi punktlari hududlarini rivojlantirish, turar joy-fuqarolik va ishlab chiqarish qurilishi hajmlarini belgilash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
6. UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH
6.1. Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida qurilishning har xil turlarini: qoʻrgʻonlar, kam qavatli, zich joylashtirilgan, tekis hududlarda va murakkab relyefli uchastkalarda quriladigan uy-joy tuzilmalarini qoʻllash lozim, bunda uy-joy qurilishi qulay uy-joy muhitini shakllantirishning koʻp turdagi talablariga (shaharsozlik, demografik, tabiiy-iqlimiy, estetik) javob berishi kerak. Qishloqdagi manzilgohlarda uy-joy qurilishining elementlari tarkibi, oʻlchamlari va meʼmoriy-rejaviy tashkil etilishi oilalarning funksional-maishiy jarayonlari, jamoaning qoʻshnichilik munosabatlari (mahalla) va ijtimoiy uyushmalarning boshqa turlari bilan belgilanadi.
6.2. Uy-joy qurilishi hajmlari aholining hisoblangan sonidan kelib chiqib, har bir qishloq aholi punkti boʻyicha uy-joy fondining hozirgi holatini hisobga olgan holda belgilanadi va birinchi navbatda quriladigan uy-joy binolari nomenklaturasi taklif qilinadi.
Turar joy hududlari va uy-joy fondi hozirgi holatini baholash quyidagi jihatlarga tegishli boʻladi:
turar joy hududlarining sanitariya-gigiyenik xususiyatlari;
turar joyning anʼanaviy tipi va qurilishi prinsiplari (oʻziga xos milliy-maishiy xususiyatlari, madaniy anʼanalarning xilma-xilligi, qishloq joylardagi qurilishning moddiy-texnik bazasi, muhandislik taʼminotining darajasi);
tomorqa yer uchastkasining mavjudligi.
6.3. Turar joy binosi yuqori estetik talablarga, milliy anʼanalarga, turli kontingentlarni ularning maishiy ehtiyojlarini hisobga olib joylashtirishning demografik talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Takomillashgan namunaviy loyihalar boʻyicha turar joy binolarining qurilishi afzalroq hisoblanadi
Tomorqa yer uchastkasida bitta oila uchun imorat qurish uchun yer maydonining oʻlchami yakka tartibda uy-joy qurish toʻgʻrisidagi Nizomga asosan belgilanadi.
6.4. Oʻzbekistonning mintaqaviy shart-sharoitlari bilan shartlangan va turar joy fondi shakllanishiga taʼsir koʻrsatadigan barcha talablar rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti va turar joyga mulkchilikning har xil turlari bilan kompleks tarzda koʻrib chiqilishi lozim. Oʻz uchastkasida yakka tartibda mehnat faoliyatini yuritish imkoniyatlariga ega turar joy binolarining turlari tavsiya qilinadi: usta hunarmandning uyi (sopol, yogʻoch- taxta, metall, ip gazlama, gilam va shu kabilar); kichik va olisda joylashgan qishloqlardagi boshlangʻich maktab oʻqituvchisining uyi; tibbiy punkt va dorixonaga ega shifokorning uyi; oilaviy bolalar bogʻchasi boʻlgan uy; novvoyxona, choyxona, doʻkon, maishiy xizmatlar koʻrsatish punktiga ega uy; fermerning uyi va hokazo.
6.5. Turar joy va jamoat binolari oʻrtasidagi masofani insolyatsiya va aeratsiya, asosiy turar joy xonalari va tomorqa uchastkalarining koʻzdan panaroq boʻlishini hisobga olib, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablari (SHNQ 2.07.01, SHNQ 2.08.01, SHNK 2.09.01) ga muvofiq tarzda minimal qilib qabul qilish lozim.
7. XIZMAT KOʻRSATISH MUASSASALARI VA KORXONALARI TARMOGʻINI TASHKIL QILISH
7.1. Ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalari tarmogʻini tashkil etilishini ijtimoiy xizmat koʻrsatishning qaror topgan tizimlariga muvofiq tarzda, yashash joyida ijtimoiy xizmat koʻrsatish bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olib loyihalashtirish zarur.
7.2. Ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkil etilishi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
xizmatlarni olish uchun mablagʻ, kuch va vaqtni eng kam sarflagan holda xizmat koʻrsatishning ommaviy va yakka tartibdagi turlarining toʻliq kompleksini;
shaharsozlik rivojlanishining har bir bosqichida xizmat koʻrsatish darajasini izchil tarzda sekin-asta oshirilib borishini;
jamoat va xususiy xizmat koʻrsatishning yangi usullari, shakllari va turlarini joriy etish va ularni yanada takomillashtirish.
Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari tarmogʻining loyihalashtirilishi quyidagi shaharsozlik omillarini hisobga olib bajarilishi lozim:
QFY ning hududi joylashgan tumanning xalq xoʻjaligidagi ixtisoslashuvi;
qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqarishning rivojlanishi va ixtisoslashuvning asosiy yoʻnalishlari;
shahar tashkil qiluvchi bazaning xususiyatlari;
QFY hududining rejaviy tuzilmasi va funksional zonalashtirilishi;
tashqi va ichki transport aloqalari va muhandislik infratuzilma tizimi;
aholining zichligi, ishlab chiqarish, mehnat va madaniy-maishiy aloqalar tusi;
aholi punktining joylashtirish va manzilgohlararo xizmat koʻrsatish tizimidagi miqyosi va ahamiyati, aholi punktini rivojlantirish istiqbollari;
har xil toifadagi tizimlarning markazlariga vaqt oraligʻida transportda yetib borish imkoniyatlari;
xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻchma vositalar tarmogʻining keng joriy qilinishi.
7.3. Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalari tarmogʻining tashkil etilishi quyidagilar boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olishi lozim:
QFY ning butun hududida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari tarmogʻining tashkil qilinishi;
QFY aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkil etilishi;
QFY aholisiga madaniy-maʼrifiy va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻining tashkil etilishi;
QFY aholisiga rekreatsion xizmat koʻrsatilishi;
QFY ning hududida maʼmuriy va jamoat tashkilotlarining joylashtirilishi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari tarmogʻining tashkil qilinishi
7.4. Qishloqdagi mulkchilik shakllarining xilma-xilligi ishlab chiqarish faoliyati usullarini va buning oqibatida yashash shart-sharoitlarini oʻzgartirdi. Aholi punktlarini markazlashtirish va yiriklashtirish tendensiyasiga qarama-qarshi oʻlaroq qishloqlar, fermer xoʻjaliklari qoʻrgʻonlari va shu kabilarning tarqoq va siyraklashgan tarzda joylashishi tobora keng tus olmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari yashash va ishlash joylariga maksimal yaqinlashtirib joylashtirilishi lozimligi sababli kam sigʻimli, bogʻcha-yaslilarining guruhlari va maktablarning sinf xonalaridagi bolalar soni kamaytirilgan taʼlim muassasalariga ehtiyoj paydo boʻlmoqda.
7.5. Bolalar bogʻchalari-yaslilaridagi oʻrinlar sonini muayyan posyolka aholisining demografik tuzilishiga qarab belgilash kerak.
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: umumiy tipdagi bolalar bogʻchalari-yaslilari, sogʻlomlashtirish va ixtisoslashgan, idoraviy, shirkat shaklidagi va xususiy muassasalar.
Aholisining soni 1000 kishigacha boʻlgan aholi punktlarida kam sigʻimli bolalar bogʻchalari-yaslilarini joylashtirish koʻproq maqsadga muvofiqdir. Sogʻlomlashtirish va ixtisoslashgan bolalar bogʻchalari-yaslilarini aholisining soni 3000 dan ortiq boʻlgan yirik va katta qishloq aholi punktlarida joylashtirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan taʼminlanganlik darajasini 4-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
7.6. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun yer uchastkasi maydoni sigʻimga qarab qabul qilinishi kerak:
25 oʻringacha — har bir bolaga 50 kv.m.
90 oʻringacha — har bir bolaga 40 kv.m.
90 oʻrindan koʻp boʻlganida — har bir bolaga 35 kv.m.
7.7. Taʼlim tizimini Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga binoan, koʻrib chiqilayotgan QFY yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududida aholini joylashtirilishi xususiyatini hisobga olgan holda tashkil qilish kerak.
7.8. Umumtaʼlim oʻquv muassasalari maktab yoshidagi bolalarning taʼlimning u yoki boshqa bosqichi bilan qamrab olinganligiga oid koʻrsatkichlar asosida hisoblab chiqilishi lozim.
Oʻrinlar soni va yer uchastkasining oʻlchamlari 5-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablar, gimnaziyalar, litseylar, kollejlarning sigʻimi oʻrinlarning umumiy soniga, ularning joylashtirilishi esa loyihalashtirish topshirigʻiga asosan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridagi aholining yosh boʻyicha tuzilmasi D-ilovada berilgan.
Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi muassasalari hajmlarining hisob-kitoblari boʻyicha misol 6-jadvalda keltirilgan.
Izoh: 1. Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olinganlik foizi mahalliy shart-sharoitlarga muvofiq loyihalashtirish topshirigʻiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
2. Sogʻlomlashtirish va ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim muassasalari bilan taʼminlanganlik darajasi sogʻliqni saqlash organlari tomonidan aniqlashtiriladi.
Izoh: Oʻquv muassasalarining yer uchastkalari muayyan shart-sharoitlarga qarab loyihalashtirishga doir topshiriqqa koʻra aniqlashtirilishi mumkin.
6-jadval
Izohlar: 1. Rivojlanish darajasi past boʻlgan bolalar uchun maxsus maktab-internatning sigʻimi oʻquv muassasalaridagi oʻrinlarning umumiy soniga kiradi.
2. Sogʻlomlashtirish tipidagi bolalar bogʻchalari sigʻimi maktabgacha taʼlim muassasalaridagi oʻrinlarning umumiy soniga kiradi.
3. Oʻquv muassasalarining nomenklaturasi va ularning kasbiy yoʻnaltirilishi loyihalashtirish topshirigʻiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq mahalliy hokimiyat organlari qarorlariga koʻra aniqlashtiriladi.
Tibbiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkil etilishi
7.9. Sogʻliqni saqlash muassasalarini qishloq aholi punktlarining aholi yashaydigan hududlarida, sanitariya-gigiyena shart-sharoitlariga koʻra eng qulay yer uchastkalarida, aholining yashash va ishlash joylariga maksimal yaqinlashtirilishini hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
7.10. QFY ning butun aholisi tibbiy yordam bilan toʻliq taʼminlanishi kerak, tuman markazida yoki viloyat markazida yoxud shahar tipidagi yirik posyolkalarda joylashtiriladigan kasalliklarning turlari boʻyicha (yuqumli, onkologiya va hokazo) maxsus kasalxona va klinikalar bundan mustasno.
7.11. QFY aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatilishi quyidagi prinsipga koʻra tashkil qilinishi lozim:
1) Kasalliklarni davolash va ularning profilaktikasini oʻz ichiga oladigan kundalik tibbiy xizmat koʻrsatish. Bunday muassasalar piyoda yetib boradigan uzoqlikda, yaʼni deyarli barcha qishloq aholi punktlarida boʻlishi lozim.
2) Yengil va ogʻir kasalliklarning diagnostikasi va davolanishini oʻz ichiga oladigan davriy tibbiy xizmat koʻrsatish. Bunday muassasalar aholisi 1000 kishidan ortiq boʻlgan qishloq aholi punktlarida va transportda 30 daqiqa ichida yetib boriladigan tarzda joylashtiriladi, ularda ham kattalar, ham bolalar boʻlimlari boʻlishi kerak.
3) Ogʻir va surunkali xastaliklar bilan ogʻrigan kasallarga epizodik xizmat koʻrsatilishi (yuqumli, onkologik, sil va shu kabi kasalliklarni davolashga moʻljallangan ixtisoslashgan davolash muassasalari). Bunday muassasalar tuman va viloyatlar markazlarida hamda respublika poytaxtida joylashtiriladi.
7.12. Tibbiyot muassasalari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamlari SHNQ 2.07.01 ga binoan yoki loyihalashtir topshirigʻiga koʻra qabul qilinadi.
7.13. Aholisi 500 kishigacha boʻlgan qishloqlarda tibbiy punktning shifokorning turar joy binosida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi:
aholisi 1000 dan 2000 kishigacha boʻlgan qishloq aholi punktlarida keng profildagi tibbiyot xodimlari va dorixonasi mavjud qishloq vrachlik punktlari tashkil etiladi, olis qishloqlar aholisiga maslahatlar berilishi, ularni davolash uchun shu yerda yotqizilishi ham nazarda tutilishi kerak;
aholisining umumiy soni 3000 kishidan ortiq boʻlgan aholi punktlari guruhlari uchun tarkibida poliklinika, tugʻruqxona, laboratoriya va dorixona boʻlgan uchastka kasalxonalarini nazarda tutish lozim;
bolalarning salomatligini mustahkamlash maqsadida QFY hududida iqlimi va tabiiy sharoitlariga koʻra qulay zonalarda sogʻlomlashtirish komplekslarini, katta yoshdagi aholi uchun esa dam olish uylari va profilaktoriylarni nazarda tutish lozim;
asosiy qishloq aholi punktlarida dalada ishlaydigan aholi oʻsimlikshunoslik, bogʻdorchilik, chorvachilik va muhandislik infratuzilmasi xodimlariga ham profilaktik, ham tez yordam koʻrsata oladigan “mobil tibbiy punktlar” tashkil qilinishi nazarda tutilishi kerak.
QFY hududida veterinariya xizmatini, har bir chorvachilik korxonasi qoshida laboratoriya va dorixonasi boʻlgan veterinariya shifoxonasini nazarda tutish lozim.
Tibbiy muassasalarning aholi soniga bogʻliq ravishda tavsiya etiladigan nomenklaturasi 7-jadvalda keltirilgan.
Tibbiyot muassasalarini loyihalashtirish SanQvaM №0292 ga muvofiq boʻlishi lozim.
7-jadval
Madaniy-maʼrifiy va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻining tashkil etilishi
7.14. QFY aholisiga madaniy-maʼrifiy va savdo-maishiy xizmatlarni koʻrsatuvchi korxonalar va muassasalar tarmogʻining joylashtirilishi mavjud obyektlarning bu kabi obyektlarga ehtiyojni hisobga olib turib qilingan tahlili asosida, oʻziga xos milliy xususiyatlar va qaror topgan anʼanalarni inobatga olgan holda hal qilinishi lozim. Qishloq aholi punktlarida yashaydigan aholi sonidan qatʼi nazar aholini bunday xizmatlar bilan toʻliq qamrab olinishi, shuningdek SHNQ 2.07.02 talablariga muvofiq nogironlar uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Xizmat koʻrsatish korxonalari piyoda va transportda yetib borish mumkin boʻlgan radius chegarasida 8-jadvalga binoan joylashtirilishi kerak.
Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻini tashkil etish uchun statsionar binolardan tashqari koʻchma vositalarni va mavsumiy foydalaniladigan inshootlarni ham nazarda tutish va ular uchun tegishli maydonlarni ajratish zarur.
Izohlar:
1. Qishloq aholisiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarini loyihalashtirishda tegishli maqsaddagi muassasalar va korxonalar qoshidagi manzilgohlararo xizmat koʻrsatish markazlarida turadigan koʻchib yurish vositalarining keng rivojlantirilishini nazarda tutish zarur.
2. Xizmat koʻrsatishning istiqboldagi tizimini loyihalashtirishda joylashtirish tizimidagi har bir aholi punkti ushbu QFY aholisiga xizmat koʻrsatish boʻyicha yagona tizimning tarkibiy boʻgʻini boʻlishiga erishish muhimdir.
7.15. Xizmat koʻrsatish tarmogʻini loyihalashtirish quyidagi tizimga koʻra bajarilishi lozim:
1) kundalik xizmat koʻrsatish (mahalla markazi, doʻkon, choyxona, sartaroshxona, kiyim-kechak va poyafzallarni taʼmirlash, dorixona, dam olish va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish maskanlari va hokazolar).
Bunday muassasalar piyoda yetib olish doirasida boʻlishi va, faqat siyrak joylashtirish tizimi mavjud boʻlgan hollardagina, transportda 30 daqiqa ichida yetib olish mumkin boʻlgan joyda joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Xizmat koʻrsatishning I-bosqichli obyektlari 9-jadvalda keltirilgan.
2) davriy, vaqti-vaqti bilan xizmat koʻrsatish. Bunday obyektlar (madaniyat uylari, dam olish markazlari, univermag, bozorlar, restoranlar, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, kimyoviy tozalash punktlari, kir yuvish punktlari, hammomlar va boshqalar) katta va yirik qishloq aholi punktlarida joylashtiriladi.
3) cheklangan, tanlab olinadigan xizmatlarni koʻrsatuvchi obyektlar tumanlar, viloyatlar markazlarida va Respublika poytaxtida joylashtiriladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi: teatrlar, kino-konsert zallari, sirklar, muzeylar, lektoriylar, koʻrgazma zallari, universal sport majmualari, yirik savdo komplekslari, oliy (lyuks) toifadagi maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shu kabilar.
7.16. Savdo obyektlarini QFY yoki qishloq xoʻjalik korxonasining barcha qishloq aholi punktlaridagi boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda tovarlarni taqsimlanishiga qarab joylashtirish lozim.
7.17. Umumiy ovqatlanish obyektlarini aholining real ehtiyojlarini hisob olgan holda ikki asosiy guruh boʻyicha loyihalashtirish kerak:
ommaviy xizmat koʻrsatish korxonalari (aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallanadi va har bir aholi punktida 5 — 10 daqiqada piyoda yetib olish mumkin boʻlgan joyda joylashtiriladi). Ular mulkchilik shakllari boʻyicha davlatga qarashli, shirkat va xususiy korxonalar boʻlishi mumkin;
tanlab xizmat koʻrsatiladigan korxonalar (nafaqat ovqatlanish, balki dam olish va koʻngil ochish uchun moʻljallanadi — restoranlar, barlar, kafe va boshqalar).
7.18. Kommunal hamda maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va muassasalari har bir aholi punktidagi aholini eng zarur xizmatlar bilan taʼminlashni hisobga olib 30 daqiqada piyoda yetib olish mumkin boʻlgan joyda joylashtiriladi.
Aholi soni kam boʻlgan (1000 kishigacha) qishloqlarda maishiy xizmatlarni uylar qoshida (etikdoʻz, tikuvchi, maishiy asboblarni taʼmirlash boʻyicha usta va shu kabilarning uylarida) yoki mahalla markazida (maishiy xizmatlar bloki) tashkil etilishi tavsiya qilinadi. Maishiy xizmatlar blokini boshqa muassasalar (savdo obyektlari, mehmonxona, hammom va shu kabilar) bilan birlashtirish ham mumkin.
Xizmat koʻrsatishning yuqoriroq darajasidagi obyektlar bilan taʼminlash aholi punktlarining guruhlari uchun nazarda tutilishi lozim.
Oʻt oʻchiruvchilar deposini SHNQ 2.07.01 ning 30-jadvaliga muvofiq hisoblagan holda tashkil qilish lozim. Oʻt oʻchiruvchilari deposini xizmat koʻrsatish radiusi — 3 km, agar radius kattaroq boʻlsa, u holda 1 ta avtomashinaga moʻljallangan oʻt oʻchirish postini tashkil qilish koʻzda tutilishi lozim.
QFY aholisiga rekreatsion xizmat koʻrsatish
7.19. Rekreatsion xizmat koʻrsatish tizimining rivojlantirilishini aholi punktlarini rejalashtirish tuzilmasi, dam olish hududini funksional zonalashtirish va meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan holda nazarda tutish lozim.
7.20. Rekreatsion xizmat koʻrsatish tizimiga kiruvchi obyektlar, vazifalari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, quyidagi obyektlarga boʻlinishi kerak:
kundalik xizmat koʻrsatish obyektlari;
bolalar uchun oʻyin maydonchalari, katta yoshdagi aholi dam olishi uchun maydonchalar, mahalla markazlari uchastkalari, posyolka parklari, xiyobonlari, shuningdek, daryolar, tabiiy va sunʼiy suv havzalari yonidagi plyajlar. Bunday obyektlar aholi piyoda (30 daqiqagacha) yetib olishi mumkin boʻlgan radiusda joylashtiriladi. Rekreatsion uchastkalarning oʻlchamlari SHNQ 2.07.01 ning 15-jadvaliga asosan belgilanadi;
hafta oxirida davriy ravishdagi qisqa muddatli (1-2 kun) dam olish. Bunday dam olish turini tashkil qilish uchun tabiiy yoki sunʼiy barpo etiladigan va tabiiy komponentlarga (suv, yashil oʻsimliklar, relyef, yuksak estetik xususiyatlarga) boy boʻlgan, aholi punktidan transportda 1-1,5 soat ichida yetib olish mumkin boʻlgan maxsus hududlar ajratilishi lozim; qisqa muddatli dam olish tizimini ishlab chiqishda dam olish muassasalarida aholining kamida 42% oʻrinlar bilan taʼminlanishi hisobga olinishi zarur;
katta yoshdagi aholining har yilgi mehnat taʼtili va maktab yoshidagi bolalarning yozgi taʼtillari vaqtida epizodik, uzoq muddatli dam olishi uchun moʻljallangan dam olish maskanlari — sanatoriyalar, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar, motellar, bolalarning sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar muassasalarining yozgi bogʻ hovlilari.
QFY hududida tavsifnomasi tumanlarni rejalashtirish loyihasida koʻrsatiladigan tuman, viloyat yoki respublika ahamiyatiga ega qimmatli rekreatsion resurslar mavjud boʻlsa, ulardan mazkur QFY hududida yashaydigan aholining dam olishi uchun foydalanish imkoniyatini belgilash zarur.
7.21. Sport binolari va inshootlari tarmogʻi jismoniy tarbiya talablarini qondirish uchun zarur boʻlgan hajmda, QFYning butun aholisiga quyidagicha prinsipga koʻra xizmat koʻrsatilishini hisobga olib turib loyihalashtirilishi lozim:
har kuni sport bilan shugʻullanish uchun
maktab oʻquvchilari va katta yoshdagi aholi sport oʻyinlari va mashgʻulotlari bilan shugʻullanishi uchun moʻljallangan maydonchalar, ular 5 — 10 daqiqa ichida piyoda yetib olish radiusida (turar joy guruhlari ichida, maktab qoshida, mahalla markazi yonidagi rekratsion majmuada) joylashtirilishi kerak.
katta yoshdagi aholi va bolalarning mustaqil va murabbiy rahbarligida umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlari (salomatlik guruhlari)da va sport seksiyalarida muntazam ravishda shugʻullanish uchun.
tizimli tarzdagi mashgʻulotlar uchun moʻljallangan sport markazi 30 daqiqa ichida piyoda yetib borish radiusida joylashtirilishi lozim.
Sport inshootlarini loyihalashtirishda ulardan koʻp maqsadlarda foydalanish prinsipiga asoslanish zarur.
Maʼmuriy muassasalar va jamoatchilik tashkilotlari
7.22. Maʼmuriy binolar, moliya, aloqa muassasalari, jamoatchilik tashkilotlari, jamoat tartibi boʻlinmalari, qishloq kengashlari (diniy muassasalar bundan mustasno) qishloq aholi punktining ijtimoiy markazi hududida joylashtirilishi va maʼmuriy-ijtimoiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini taʼminlashi kerak.
Binolar imkoni boricha birlashtirilishi kerak.
Joylashtirishning hajmi va manzili har bir muayyan holat uchun loyihalashtirish topshirigʻiga binoan belgilanadi.
Binolar va muassasalarning tavsiya qilinadigan roʻyxati, ularning sigʻimi va QFYning aholi punktlari boʻyicha joylashtirilishi 10 — 13-jadvallarda keltirilgan.
Izoh: Tavsiya qilinadigan obyektlar roʻyxati va ularning joylashtirilishi loyihalashtirishga doir topshiriqqa koʻra aniqlashtirilishi mumkin.
8. XOʻJALIK ICHIDAGI TRANSPORT ALOQALARI
8.1. qishloq xoʻjalik korxonasi ichidagi transport aloqalarini joylashtirishning umumiy tizimida eng kam vaqt va iqtisodiy xarajatlar sarflab yuklarni va yoʻlovchilarni tashishni taʼminlaydigan yagona tizim sifatida loyihalashtirish kerak boʻladi.
8.2. Yoʻl tarmogʻining loyihalashtirilishi yoʻl transport tarmogʻining hozirgi ahvoli va xoʻjalik ichida transport aloqalarining tashkil etilishini hisobga olib amalga oshirilishi lozim.
8.3. Xoʻjalik ichidagi yoʻllar ularning funksional maqsadiga qarab aniq tabaqalashtirilgan boʻlishi kerak.
qishloq xoʻjalik texnikasini oʻtkazishga moʻljallangan yoʻllar seliteb hududlar chekkasidan loyihalashtirilishi lozim.
8.4. HMRT loyihasida yoʻllar qurilishining navbatliligini uni xoʻjalik hududidagi boshqa rekonstruksiyalash tadbirlari navbatliligi bilan uygʻunlashtirgan tarzda nazarda tutish lozim.
Transport tarmogʻini qurish va rekonstruksiyalash yuzasidan moʻljallangan ishlarning navbatliligi xoʻjalikda moʻljallanayotgan ishlab chiqarishni rivojlantirishning navbatliligi va joylashtirish tizimini yaxshilashga doir tadbirlar bilan uygʻunlashtirilishi kerak.
8.5. Qishloq xoʻjalik korxonasi hududidan chetga chiqib ketadigan trassalar aralash xoʻjaliklar transport tizimlari bilan uygʻunlashtirilishi lozim.
Yoʻl tarmogʻi amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq loyihalashtirilishi kerak. Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish boʻyicha asosiy texnik meʼyorlar 14-jadvalda keltirilgan.
Qishloq posyolkalaridagi koʻchalar va yoʻllarning hisob-kitob parametrlari 15-jadvalda keltirilgan.
8.6. Yashash joyidan mehnat qiladigan joygacha yetib olish uchun sarflanadigan vaqt 30 minutdan oshmasligi kerak.
8.7. I, II va III klassdagi umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari, odatda, posyolkalarni chetlab oʻtadigan qilib loyihalashtiriladi. Yoʻlning tuproqli cheti bilan uy-joy imorati oʻrtasidagi masofa 100 m lik (I va II klassdagi yoʻllar) va 50 m lik (III klassdagi yoʻllar) qilib qabul qilinishi lozim.
8.8. Koʻchalar va yoʻllar toifalarini harakatning intensivligi, tezligi, shuningdek, funksional maqsadiga qarab qabul qilish kerak. Tuproqli qatlam va yoʻlga toʻshamalarni SHNK 2.05.02 ga binoan loyihalashtirish zarur.
Izohlar:
* qishloqdagi yoʻllarning avtomobillar yuradigan qismi, odatda, yoʻlning oʻqiga nisbatan simmetrik joylashadi. Harakat tarkibida gusenitsali mashinalar boʻlgan taqdirda, shuningdek, qoramollarni olib oʻtish zarur boʻlganida yuriladigan qismni yoʻlning oʻqiga nisbatan nosimmetrik joylashtirish kerak boʻladi, bunda yoʻlning bir yoqasi 1-2 m lik kenglikka, boshqasi esa 3,5 — 4,5 m lik kenglikka ega boʻladi va gusenitsali mashinalarning yurishi va qoramollarni olib oʻtish uchun xizmat qiladi.
** Takomillashtirilgan yengillashtirilgan qoplamalar:
a) organi bogʻlovchi materiallar shimdirilgan (shimdirish usuli bilan ishlov berilgan shagʻal va har qanday toshli yoki bogʻlovchi materiallar bilan yaxshilangan tuproqli qatlam ustiga yotqizilgan shagʻal qatlami);
b) qora shagʻalli qoplamalar;
v) tuproq va asfaltli qoplamalar; g) klinkerli toʻshamalar;
d) yoʻl qoplamalariga ustidan ishlov berish
9. MUHANDISLIK USKUNALARI
9.1. Aholi soni, iqlim, geologik va boshqa shart-sharoitlardan qatʼi nazar hamma posyolkalarda zarur sanitariya-gigiyena shart-sharoitlarini, aholining mehnat qilishi va dam olishi uchun yuksak darajadagi qulayliklarni taʼminlaydigan muhandislik uskunalari va obodonlashtirishni nazarda tutish lozim.
9.2. Muhandislik kommunikatsiyalarining joylashtirilishida quyidagilarni taʼminlashi kerak:
yer ustidagi va yer ostidagi kenglikdan oqilona foydalanish;
muhandislik tarmoqlari qurilishining eng kam qiymatli boʻlishi, saqlanishi va ishonchli amal qilishi, ulardan foydalanishning qulayligi va xavfsizligi;
transport harakati uchun toʻsqinliklarning juda kam boʻlishi, yoʻl qoplamalari, yashil ekinzorlarning saqlanishi, aholi turmushi uchun normal shart-sharoitlar.
9.3. Suv taʼminoti, issiqlik bilan taʼminlash, aloqa va gaz taʼminoti manbalari va boshqalarning tanlanishi belgilangan muddatlarda hisob- kitobdagi miqdordagi suv, issiqlik energiyasi, gaz va shu kabilarning olinishi mumkinligini tasdiqlaydigan tashkilotlar bilan kelishilishi lozim.
Yetib borish qiyin boʻlgan tumanlarda (togʻlarda, choʻllarda joylashgan, yaylovlardagi chorvachilik va shu kabilar) joylashgan kichik aholi punktlarida (100-500 kishi) muhandislik taʼminotining lokal tizimlaridan foydalanish mumkin.
Bunday aholi punktlarida favqulodda hollardagina olib kelinadigan suv bilan taʼminlashga, issiq suv bilan taʼminlash uchun esa quyosh energiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
9.4. Muhandislik taʼminoti tizimlarining hisob-kitobi, shu jumladan, manbalarning tanlanishi tegishli tizimlarni loyihalashtirish boʻyicha SHNKning boblari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suv taʼminoti va kanalizatsiya
9.5. Suv taʼminoti tizimlarining hisob-kitobi, suv olinadigan inshootlarning joylashtirilishi, shuningdek, hisob-kitobdagi suv sarf- xarajatlari, shu jumladan, yongʻinga qarshi kurash ehtiyojlari uchun suv xarajatining belgilanishi suv taʼminotining tashqaridagi tarmoqlari va inshootlarini loyihalashtirish boʻyicha SHNKning bobi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. SHNK 2.04.02.
9.6. HMRT loyihasida suv taʼminoti va kanalizatsiyaning isteʼmolchilarning sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi va manbalarning oqova suvlar bilan ifloslanishining oldini olish zarurligini hisobga oladigan masalalarining birgalikda ishlab chiqilishi majburiy shart hisoblanadi.
9.7. Yirik aholi punktlari va ishlab chiqarish obyektlari suv taʼminoti va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tizimlariga ega boʻlishi lozim.
Kichik aholi punktlari, shuningdek, alohida joylashgan chorvachilik fermalari, yozgi lagerlar, qoʻychilik fermalari, qoramollar saqlanadigan joylar va shu kabilar ishlab chiqarish ehtiyojlari, yongʻinlarni oʻchirish va boshqa maqsadlar uchun ochiq suv manbalaridan foydalangan holdagi ichimlik va ishlab chiqarish suv taʼminotining alohida tizimlariga ega boʻlishi mumkin.
9.8. Suvni tozalash stansiyalari, kanalizatsiyaning tozalovchi inshootlari uchun yer uchastkalarining maydonlari SHNK 2.04.02 ga muvofiq qabul qilinishi kerak, kanalizatsiyaning tozalovchi inshootlari uchun esa SHNK 2.04.03 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
9.9. Loyihada qishloq xoʻjalik korxonasi doirasidagi yer osti va yer ustidagi suv resurslarini, ularga bogʻlanib turgan hududlarni aniqlash va posyolkalar, ishlab chiqarish va chorvachilik obyektlarining suv bilan taʼminlanishi, shuningdek, yerlarni sugʻorish, yerlarga suv chiqarish va yerlarning zaxini qochirish uchun suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir texnik tadbirlarni belgilash maqsadida suv resurslaridan kompleks foydalanish masalalarini suvdan foydalanuvchilar tomonidan suv resurslariga qoʻyiladigan talablarni hisobga olib hal qilish zarur.
Suv xoʻjaligini tashkil etish yuzasidan qabul qilingan qarorlar yer ustidagi va yer ostidagi suvlarning ifloslanish hamda zaxiralarning qurib qolishidan himoya qilishni nazarda tutishi lozim.
Elektr energiyasi taʼminoti
9.10. Qishloq xoʻjalik korxonasini elektr energiyasi bilan taʼminlash loyihasi quyidagi masalalarni hal etishi zarur:
qishloq xoʻjalik korxonasi doirasidagi barcha elektr energiyasini isteʼmol qiluvchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash manbalarining ehtiyojga doir quvvatlarini belgilash;
tayanch taʼminlovchi podstansiyalar joylashtiriladigan joylarni belgilash, bunday podstansiyalarni elektr energiyasi eng koʻp toʻplanadigan markazlarda elektr uzatish liniyalarini olib kelish qulayligini hisobga olib joylashtirish lozim boʻladi.
9.11. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari havodan tortib olib kelinishi nazarda tutilishi kerak. qoʻrgʻonlar, fermalar va boshqa ishlab chiqarish markazlari hududidagi past kuchlanishli elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlar ham havodan tortib olib kelinishi nazarda tutilishi lozim, ayrim hollardagina (maktablar, bolalar bogʻchalari) kabelli tarmoqlar nazarda tutilishi mumkin.
9.12. Elektr taʼminoti manbalarining ehtiyojga doir quvvatlarini belgilash xoʻjalikdagi barcha elektr energiyasi isteʼmolchilarining joylashgan joylarini hisobga olib ularga toʻgʻri keladigan elektr energiyasi quvvatlarini hisoblash natijalari asosida amalga oshirilishi zarur.
Ayrim isteʼmolchilarning elektr energiyasi quvvatlarining yiriklashtirilgan meʼyorlari 16 va 17-jadvallarda keltirilgan.
Taxminiy talab qilinadigan quvvat, bir yillik xarajat, podstansiyalarning quvvati va soni
Izoh: keltirilgan maʼlumotlar taxminiydir; muayyan loyihalashtiriladigan obyektda maʼlumotlar aniqlashtiriladi. Qavs ichidagi maʼlumotlar gazlashtirilmagan posyolkalar uchun keltirilgan.
9.13. Borish qiyin boʻlgan tumanlarda va yaylovlarda joylashgan aholisi 100 — 500 kishidan iborat boʻlgan posyolkalar uchun davlatning elektr energiyasi bilan taʼminlash tizimlari boʻlmagan hollarda dizel elektr stansiyalari va shamol energiyasidan foydalanish yoʻli bilan lokal elektr taʼminoti manbalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
9.14. qishloq posyolkalarining seliteb hududlarini va umumiy tarmoqdagi avtomobil yoʻllarining tashqaridan yoritilishini loyihalash SHNQ 2.01.05, SHNQ 2.04.18 va SHNQ 2.04.17 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Qishloq xoʻjalik obyektlari uchun elektr tarmoqlarining loyihalash Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalariga (“Oʻzdavenergonazorat” agentligining 2004-yil 13-fevraldagi 84-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan) muvofiq bajarilishi lozim.
Sanoat zonasining tashqaridagi yoritish qurilmalarini loyihalashda “qishloq xoʻjalik korxonalari, binolari va inshootlarini yoritishning tarmoqqa doir” meʼyorlardan foydalanish kerak boʻladi.
Issiqlik taʼminoti
9.15. Korxonalar, binolar, inshootlar va aholi punktlarining issiqlik taʼminoti tizimlarini loyihalashtirishda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan issiqlik taʼminoti tizimlarini qoʻllanish sohasini, issiqlik manbalari turlari, tizimlar sxemalari va tiplari, issiqlik tarmoqlari konstruksiyasini tanlash bilan bogʻliq masalalar kompleksi ishlar hajmlari va qurilishning navbatliligini belgilagan holda, shuningdek, ulardan foydalanishga doir takliflar taqdim qilinib hal etilishi lozim. Asosiy diqqat-eʼtibor atrof-muhitni himoya qilish, kapital qoʻyilmalar, yonilgʻi-energetika, moddiy resurslar va mehnat xarajatlarini tejashga qaratilgan qarorlarga qaratilishi kerak.
Issiqlik taʼminoti tizimlarini mintaqa (viloyat, tuman) ning yonilgʻi-energetika balansi tuzilishi va elektr hamda gaz taʼminoti tizimlarini rivojlantirishni hisobga olgan holda loyihalashtirish zarur. qoʻrgʻon tipidagi turarjoylar, odatda, issiqlik taʼminoti yakka tartibdagi manbalaridan loyihalashtiriladi.
9.16. qishloq xoʻjalik korxonasi obyektlarining issiqlik taʼminoti masalalarini hal etish uchun yoqilgʻining eng tejamli turlarini va barcha isteʼmolchilarning unga boʻlgan ehtiyojini, bunday ehtiyojni qoʻshni xoʻjaliklar va tumanning yoqilgʻi-energetika balanslari bilan uygʻunlashtirilgan tarzda mahalliy yoqilgʻi resurslari hisobiga qoplash imkoniyati belgilanishi zarur.
Gaz, termal suvlar tarzidagi tabiiy issiqlik manbalariga ega tumanlarda ulardan isteʼmolchilarning issiqlik taʼminoti uchun foydalanishni nazarda tutish lozim.
quyidagilar tegishli ravishda texnik-iqtisodiy asoslangani holda yonilgʻi sifatida nazarda tutilishi mumkin: toshkoʻmir, yirik va oʻrtacha klasslardagi navli koʻmir, suyultirilgan gaz, dizel yoqilgʻisi, kerosin, quyosh energiyasi, elektr energiyasi va yoqilgʻining boshqa turlari.
Maishiy ehtiyojlar uchun mazutning qoʻllanilishi texnik sabablarga koʻra inkor etiladi, undan faqat qozonxonadan markazlashtirilgan tartibdagi issiqlik taʼminotida foydalanish mumkin.
9.17. Qishloq xoʻjalik korxonasi obyektlari uchun isitish, ventilyatsiya va havoni tozalash, shuningdek, markazlashtirilgan tartibdagi issiq suv taʼminotiga issiqlik sarfi SHNKning issiqlik tarmoqlarini loyihalashtirishga doir bobiga binoan qabul qilinishi lozim.
18, 19-jadvallarga muvofiq issiqlik sarfining yiriklashtirilgan koʻrsatkichlarini qabul qilishga ham yoʻl qoʻyiladi.
Gaz taʼminoti
9.18. qishloq xoʻjalik korxonasi obyektlarining gaz taʼminoti tabiiy va suyultirilgan gaz bilan amalga oshirilishi mumkin.
Aholi punktlarining gaz taʼminoti uch usulda: bir bosqichli, ikki bosqichli va uch bosqichli usulda amalga oshiriladi.
Odatda, asosan ikki bosqichli tizimdan — oʻrtacha (yoki yuqori) va past bosimli gaz oʻtkazgichli tizimlardan foydalaniladi.
Uch bosqichli tizim — (yuqori — oʻrtacha — past bosimli gaz oʻtkazgichlar) alohida hollarda qoʻllanilishi mumkin.
Suyultirilgan gaz bilan gazlashtirish borish qiyin boʻlgan va olis aholi punktlari uchun tumanlardagi gaz toʻldirish stansiyalaridan posyolkalargacha maxsus avtomashinalarda ballonlarning (odatda — Vq27l) yetkazib berilishi yoʻli bilan tavsiya qilinadi. Suyultirilgan gaz meʼyori — 1 oylik muddatga 1 xoʻjalik uchun 3 ballon miqdorida hisoblanadi.
Gaz taʼminoti masalalarini hal etish uchun u yoki boshqa gaz turining qoʻllanilishi har bir aniq holda texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni hisobga olib hal etiladi.
9.19. Xoʻjalik-maishiy va kommunal ehtiyojlar, sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalari uchun gaz sarfi SHNQ 2.04.08 ning gaz taʼminotini loyihalashtirishga doir bobiga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Telefonlashtirish va radiolashtirish
9.20. HMRT loyihasida aloqa vositalarini (telefonlashtirish va radiolashtirishni) taʼminlash va rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirish kerak boʻladi:
koʻrib chiqilayotgan xoʻjalikning birinchi navbatdagi va hisob- kitobdagi muddatga aloqa vositalariga ehtiyojini va telefonlashtirish hamda radiolashtirish tizimini tashkil etish tamoyillarini belgilash;
qishloq xoʻjalik korxonalari va aholi punktlarini aloqa vositalari bilan taʼminlash yuzasidan butun hududda asosiy inshootlar va liniyalarning oqilona joylashtirilishini asoslash;
telefonlashtirish va radiolashtirish tarmoqlarini qurishda aloqa liniyalarining ilgari qaror topgan yoʻnalishlaridan maksimal foydalanishga intilish lozim;
xoʻjalikni telefonlashtirish masalasini hal etishda aloqa tizimlarini barpo qilishning hududiy-ishlab chiqarish tamoyiliga
rioya qilish maqsadga muvofiq boʻlib, bunda asosiy stansiyalar biriktiriladigan liniyalar orqali qishloq xoʻjalik korxonasining markaziy posyolkalarida joylashgan oxirgi yoki uzelli ATSlari bilan bogʻlanadi.
9.21. Hududning radiolashtirilishini hal etishda har bir belgilangan zona markazida quvvati hamma aholi punktlarini va zonadagi ishlab chiqarish obyektlarini radiolashtirish uchun yetarli boʻlgan radiouzel joylashadigan tarmoqlar qurilishi tamoyiliga rioya qilish kerak boʻladi.
Hamma obyektlar zona markazi bilan radiotranslyatsiya fider liniyalari orqali bogʻlanishi kerak.
Radiolashtirishning zonali tizimi mabodo xoʻjalikdagi barcha obyektlarni bir radiouzeldan sifatli eshittirish bilan taʼminlashning texnik imkoniyati boʻlmagani holda qoʻllanilishi mumkin. qishloqdagi telefonlashtirish va radiolashtirish tarmoqlarini barpo etishning tavsiya qilinadigan tuzilmalari 20, 21-jadvallarda keltirilgan.
10. HUDUDNING MUHANDISLIK TAYYORGARLIGI
10.1. “Qishloq xoʻjalik korxonasi hududini muhandislik tayyorgarligi” qismi HMRT loyihasi tarkibida bajariladi, bunda albatta loyihalashtirish topshirigʻi hamda topogeodezik, fiziko-geologik, gidrogeologik izlanishlar va loyihalashtirilayotgan hududni tuproq- meliorativ kartalari boʻlishi shart.
Qishloq xoʻjalik korxonasi hududining muhandislik tayyorgarligiga doir tadbirlarni ishlab chiqishda koʻrib chiqilayotgan korxona va uning tashqarisidagi doiradagi xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining talablarini hisobga olish kerak boʻladi. Tadbirlar tarkibi iqlimga oid tavsifnoma, fizik-geologik va gidrogeologik izlanishlar, radioekologik tekshiruvni hisobga olib belgilanadi.
10.2. Hududning muhandislik tayyorgarligiga doir tadbirlarga quyidagilar kiradi:
hududning vertikal rejalashtirilishi;
sunʼiy sugʻorish;
suvni qochirish, tabiiy yoki sunʼiy gidrografik tarmoqning tartibga solinishi;
seysmiklikka qarshi va yer koʻchishiga qarshi tadbirlar;
sizot suvlar darajasining pasaytirilishi;
oʻpirilish, yemirilish va daryo hamda kanallar qirgʻoqlarining buzilishidan himoya qilish;
sel oqimlari va suv toshqinlaridan himoya qilish.
Vertikal rejalashtirish.
10.3. Vertikal rejalashtirish yer ustidagi suvlarni qochirish boʻyicha suv oqiziladigan inshootlarni, sugʻorish tizimi kanallari va inshootlarini, obodonlashtirishning muhandislik tarmoqlarini, transport tarmoqlari va inshootlarni, turarjoy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va foydalanish uchun eng qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi lozim.
Aholi punktlarining vertikal rejalashtirilishini aholi punktlariga qoʻshilib ketgan dalalarning vertikal rejalashtirilishi bilan uygʻun tarzda hal etish zarur, SHNQ 2.07.01 ga muvofiq.
Hududning sugʻorilishi va quritilishi.
10.4. Sugʻorish tizimi inshootlar, binolar va qurilmalarning tabiiy namlantirish yetarli boʻlmagan sharoitda sugʻoriladigan massivning tuproq qatlami suvning ildizlarga yetib borishini, suvlarda optimal tuzlanish rejimi boʻlishini, qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuksak va barqaror hosil olinishini taʼminlaydigan oʻzaro bogʻliq kompleksini oʻz ichiga olishi lozim.
10.5. Sugʻorish tarmogʻi quyidagilarning taʼminlanishini hisobga olib loyihalashtirilishi kerak:
hisob-kitobdagi ehtiyojlarni sugʻorish uchun suvning oʻz vaqtida yetkazib berilishi;
yerlardan foydalanish va tizimning foydali amal qilishining optimal koeffitsiyentlarini.
Sugʻorish tarmogʻi joyning relyefi, muhandislik-geologik shart-sharoitlar bilan uygʻun tarzda loyihalashtirish lozim.
10.6. qishloq xoʻjalik ekinlarining suvni isteʼmol qilishi miqdorini oʻsimlikshunoslikdagi xoʻjalik faoliyatining yoʻnalishi, ekinlar tarkibi va iqlim, tuproq hamda gidrogeologik shart-sharoitlar, sugʻorish texnikasi usullariga qarab sugʻorish rejimi asosida qabul qilish lozim.
10.7. Sugʻorish tarmogʻini quvuroʻtkazgichlar shaklida yopiq yoki kanallar hamda lotoklar shaklida ochiq holida loyihalashtirish zarur.
Sugʻorish tarmogʻining optimal konstruksiyasini tanlash tarmoq variantlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini solishtirish asosida amalga oshirilishi lozim.
10.8. Ortiqcha suvlar (yer ustidagi yoki sizot suvlar) mavjud boʻlganida sugʻorish kanallaridan tashqari suvni yigʻib oladigan va chiqarib tashlaydigan hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini ham loyihalashtirish zarur.
Sugʻorish va quritish talab qilinadigan yerlar maydonlari tuproqlarning meliorativ xaritalari va agroiqtisodiy ishlanmalar maʼlumotlari asosida belgilanadi. Muntazam ravishda sugʻorish uchun suvning taxminiy sarfi 22-jadvalda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra belgilanishi mumkin.
10.9. Drenaj tizimini hisob-kitob qilish va loyihalashtirish SHNQ 1.02.07-15 va SHNQ 2.06.15 ga binoan muhandislik qidiruvlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Xavfli geologik jarayonlardan himoya qilish
10.10. Iqlimga doir parametrlarni va fizik-geologik maʼlumotlarni SHNQ 2.01.01 ga muvofiq qabul qilish kerak:
quyosh radiatsiyasi;
yogʻingarchiliklar, harorat va yaxlashning chuqurligi;
soz tuproqlarning koʻchuvlari;
deflyatsion va shamol taʼsiridagi jarayonlarning tarqalishi;
hududlarni suv bosishi;
koʻchkilar va oʻpirilish jarayonlarining tarqalishi, seysmik tumanlar, koʻchki tushish xavfi boʻlgan va seysmik tumanlar.
10.11. Xavfli geologik jarayonlardan himoya qilishga doir tadbirlar SHNQ 2.01.03, SHNK 2.01.15 ga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga binoan nazarda tutilishi kerak.
Seldan himoya qilish tadbirlari sel oqimlaridan himoya qilishning mintaqaviy sxemalari bilan uygʻun tarzda nazarda tutilishi lozim.
Qirgʻoqlarida nurash jarayonlari (koʻchkilar, jarliklar vujudga kelishi) yuz beradigan ochiq suv oqimlari yuzasidan qirgʻoqlarni mustahkamlaydigan tadbirlar nazarda tutilishi lozim.
11. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI.
11.1. HMRT loyihasiga koʻra atrof-muhitni muhofaza qilish va antropogen bosim barqaror oshib boradigan sharoitda joylashgan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha kompleks tadbirlar: shaharsozlik, muhandislik-texnik, texnologik va tashkiliy-maʼmuriy tadbirlar nazarda tutilishi lozim.
11.2. Atrof-muhitning ifloslanishi boʻyicha tanlangan va hududga nisbatan bir tizimga birlashtirilgan koʻrsatkichlarning kompleks tahlili tabiiy muhitning ahvolini va uning oʻzgarishi dinamikasini baholashga imkon beradi.
Atrof-muhitga taʼsirni baholash (ATB) boʻlimi vujudga kelgan ekologik vaziyatning sabablarini aniqlashga daʼvat qilingan.
ATB boʻlimini “ATBni oʻtkazish tartibi haqidagi yoʻriqnoma” RH 118.0027714.24-93 ga muvofiq bajarish lozim.
ATB boʻlimi asosida atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
11.3. Qishloq xoʻjalik korxonasining “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yaxshilash” boʻlimini ishlab chiqishda quyidagilar majburiy tartibda hisobga olinishi lozim:
tabiiy landshaftning tavsifnomasi (joyning relyefi, hududning tabiiy quritilishi tizimi, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi);
hududning fonga oid mikroiqlim shart-sharoitlari, yer yuzasidagi suvlarning (suv havzalari, ochiq suv oqimlarining) ifloslanganligi, tuproq va oʻsimliklar, yer yuzasidagi suvlarni yigʻib olish, tozalash va chiqarib tashlashning tashkil etilishi, atmosferaning yer yuzasidagi qatlamidagi havoning ifloslanganligining tavsifnomasi;
elektromagnit foni va radiatsiyaning asosiy manbalari (telemarkazlar, retranslyatorlar, radiolokatorlar, radiostansiyalar,
sanoat qurilmalari, elektr stansiyalari, elektr uzatish liniyalari) tavsifnomasi;
qattiq chiqitlar va chiqindilardan tozalashni tashkil etish;
umuman aholining va ayrim yosh tarkiblarining kasallanishi.
Suv resurslarining muhofazasi
11.4. Yer usti va yer osti suvlarining muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida” qonuniga muvofiq belgilangan muhofaza qilinadigan suv zonalari talablari doirasida amalga oshirilishi lozim.
Quyidagilar suv resurslarini himoya qilishga doir asosiy masalalar hisoblanadi:
asosiy ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish;
suv taʼminoti tizimlarini takomillashtirish (toʻliq oborotli suv taʼminotini, suvdan takroran foydalanish sxemalarini joriy etish, texnologik ehtiyojlar uchun xoʻjalik-ichimlik suvi isteʼmol qilinishini qisqartirish yoki toʻliq barham berish, barcha texnologik jarayonlarda suv sarfini avtomatik nazorat qilish, suvni isteʼmol qilishning texnik asoslangan meʼyorlari va normativlarini joriy qilish);
kanalizatsiya va oqova suvlarning tozalanishi tizimini takomillashtirish (hatto avariyali holatlarda ham suvlarning suv havzalariga oqib tushishiga yoʻl qoʻymaydigan suvlarni chiqarib tashlash usullarining joriy etilishi, tozalash jarayonlarining avtomatik nazorat qilinishi va tartibga solib turilishi, oqova suvlardagi ifloslantiruvchi aralashmalar miqdorlarini belgilash uslublarini takomillashtirish, agressiv suyuq moddalarning korroziya va abrazivli taʼsiriga chidamli uskunalar va suv quvurlarining qoʻllanilishi);
yer osti suvlarini himoya qilishga doir tadbirlar (hududning rejalashtirish belgilarini sunʼiy koʻtarish, himoyalash gidroizolyatsiyasi, dambalarni tiklash, suvni kam oʻtkazadigan tuproq va materiallar bilan toʻsiqlash, ishlab chiqarish chiqitlari va tayyor mahsulotlarning lozim darajada omborlarda taxlab qoʻyilishi, suvni oʻtkazmaydigan ekranlar va toʻsiqlarni barpo etish, yer osti suvlaridan foydalanishning hisobga olinishi).
Muhofaza qilinadigan suv zonalarida xoʻjalik faoliyatining oʻrnatilgan tartibiga rioya qilish.
Atmosfera havosi, yer ostini va oʻsimliklarni himoya qilish
11.5. Atmosfera havosining muhofazasi turarjoylar qurilgan tumanlarda zararli moddalar konsentratsiyasining meʼyoriy hujjatlarga muvofiq cheklanishiga asoslanishi lozim.
Yangi posyolkalarni qurish va mavjudlarini rivojlantirish hududlari Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlarda nazarda tutilishi kerak.
Qurilishlarning sugʻoriladigan va quritilgan yerlarda, shudgorda, koʻp yillik mevali daraxtlar band qilgan yerlarda, shuningdek, suvdan himoya qiladigan yashil daraxtzorlar band qilgan yerlarda joylashtirilishiga favqulodda hollarda yoʻl qoʻyiladi. qurilish taqiqlanadigan yerlar roʻyxati mahalliy boshqaruv organlari (viloyat va tuman hokimliklari) tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar atmosfera havosini himoya qilish tadbirlariga kiradi:
qishloq xoʻjalik korxonasi hududini zonalashtirishni takomillashtirish (turarjoylar, sanoat, kommunal-omborxonalar, qishloq xoʻjalik dalalari, transport), sanitariya-himoyalash zonalarining qurilishi;
transport vositalarida ichki yonish tizimini takomillashtirish;
tozalashning turli xillaridan foydalanib texnologik va ventilyatsiya chiqitlarini tozalash;
ifloslangan chiqitlarni tarqalishi radiusini hisobga olib katta balandliklarga chiqarib yuborish.
11.6. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda foydali qazilmalarning joylashuvini va sifatli yer osti suvlari mavjudligini hisobga olish lozim.
11.7. Tuproq va oʻsimliklarni himoya qilishni ifloslantiruvchilar tarkibi, sanoat chiqitlarining atmosferada qoldiqlar bilan tushishiga qarab, tuproqning gazga oʻxshagan birikmalarni bevosita shimib yuborishi va oʻsimliklarning soʻrib olishini hisobga olib amalga oshirish zarur.
11.8. Yoʻllar, chorvachilik fermalari qurilishi, qattiq chiqitlarni utillashtirishda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini nazarda tutish kerak boʻladi.
11.9. Tuproqning buzilishlar va ifloslanishdan himoya qilinishini nazarda tutish lozim (suv eroziyasi, shamol eroziyasi, tuproqning shoʻrlanishi, yer ostidagi muhandislik kommunikatsiyalari, neft va gaz saqlanadigan joylarning joylashtirilishi; qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalari; qishloq xoʻjalik texnikasini taʼmirlash korxonalari; paxtachilik dalalari, kam zaharli preparatlardan foydalanish, maʼdanli oʻgʻitlarni yopiq tarada tashish, oʻgʻitlantirishning aviatsiya vositalarini qoʻllanishni cheklash; qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, paxta tozalash zavodlari).
Tuproqni himoya qilishga doir tadbirlarni tuproqni himoya qilishga doir qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan sanitariya meʼyorlariga hamda yerlardan turlicha foydalanishda tuproqning tuproqdagi ifloslantiruvchi moddalar PDKning tasdiqlangan meʼyorlaridan ortiqcha ifloslantirilishining oldini olishni taʼminlaydigan boshqa idoralar talablariga muvofiq nazarda tutish lozim.
Shovqindan, elektr va magnit maydonlari vibratsiyasidan, nurlanishlardan himoya qilish
11.10. Turarjoy va jamoatchilik binolari va ular atrofidagi hududlar uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan shovqin darajalari, tashqaridagi shovqinning asosiy manbalarining shovqinga doir tavsifnomalari, shovqinni kamaytirishning meʼmorchilik rejalashtirish va qurilish-akustika vositalarining akustik samaradorligini hisoblash uslubiyoti hamda ularni loyihalashtirish yuzasidan asosiy talablar QMQ 2.01.08 ga muvofiq qabul qilinadi.
11.11. Radiotexnika obyektlari (radiostansiyalar, radiotelevizion, yetkazib beruvchi va radiolokatsion stansiyalar), havodagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va elektromagnit energiyasi chiqaradigan boshqa obyektlarni joylashtirishda aholini elektromagnit maydoni taʼsiridan himoya qilishning vaqtinchalik sanitariya meʼyorlari va qoidalari, elektr qurilmalarini (PUE) qurish qoidalariga amal qilish kerak boʻladi.
11.12. Radioaktiv moddalar va boshqa quvvatlantiruvchi nurlanish manbalarini ishlab chiqarish, ishlash, qayta ishlash, qoʻllash, saqlash, tashish, zararsizlantirish va koʻmib tashlashda radiatsiya xavfsizligining taʼminlanishi radiatsiya xavfsizligi meʼyorlari (NRB 76/87) va radioaktiv moddalar bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari (OSP-78/87) ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
11.13. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalarning taʼsir koʻrsatishi xarakteriga doir yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar, turli maqsaddagi korxonalarning ifloslantiruvchi moddalarga kvotalari E-ilovada keltirilgan.
A-ilovaTavsiyaviy
B-ilova Tavsiyaviy
ROʻYXATI
V1. Viloyat va tumanlar hokimliklarining rejalashtirish komissiyalari:
tuman iqtisodiyotini rivojlantirish rejasi va uning yillar boʻyicha bajarilishi;
iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari (tarmoqlar boʻyicha);
foydali qazilmalar;
qurilish resurslari, qurilish materiallari balansi.
V2. Statistika boshqarmasining mahalliy organlari:
xoʻjalikning ayrim tarmoqlarining hozirgi ahvoli;
aholi, jamoa xoʻjaliklari aʼzolari, ishchilar, xizmatchilar soni va ishchi kuchi balansining tavsifnomasi.
V3. Viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi va tumanlar yer qurilishi boʻlimlari:
qishloq xoʻjaligidagi yerdan foydalanuvchilar tavsifnomasi;
qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoq yoʻnalishi;
tuproqlarning tavsifnomasi;
qishloq xoʻjalik yerlaridan foydalanish tavsifnomasi;
melioratsiya tizimi tavsifnomasi;
yerdan foydalanuvchi boʻyicha kartografik material.
V4. Viloyat qurilish bosh boshqarmalari:
rejalashtirish va qurilish loyihalari bilan taʼminlanganlik, mavjudlari bilan tanishish;
asosiy posyolkalar, qurilishni tashkil qilish va mahalliy qurilish materiallaridan buyumlarni ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilgan jarayoniga doir qurilish bazalarining joylashishi haqidagi maʼlumotlar.
V5. Viloyat avtotransport va shosse yoʻllari boʻlimi:
tuman yoʻl tarmogʻi sxemasi, yoʻllarning tavsifnomasi;
yoʻl va koʻprik ishlari rejasi (umumiy soni), joriy yil uchun yoʻl ishlari rejasi ajratib koʻrsatilgani holdagi eng muhim obyektlar roʻyxati — tumanning yoʻl tarmogʻini rekonstruksiyalash va rivojlantirish sohasidagi eng muhim vazifalar toʻgʻrisida mahalliy xodimlarning axborotlari.
V6. Viloyat va tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari:
tumanning sanitariya tavsifnomasi;
atrof-muhitning sanitariya ahvolini yaxshilashga doir takliflar.
V7. Viloyat energetika boshqarmasi:
qishloq elektr stansiyalari roʻyxati, ularning tavsifnomasi, quvvati, qishloqni elektrlashtirishni rivojlantirish istiqbollari;
yuqori voltli tarmoqlar sxemasi, tarmoqlar trassalari, hududiy shaxobchalarni rivojlantirish istiqbollari va talab qilinadigan shoxobchalar.
V8. Tumanlar madaniyat, xalq taʼlimi, kommunal xoʻjaligi, savdo boʻlimlari.
tumanda va qishloq xoʻjalik korxonasi aholi punktlarida quyidagilarning mavjudligi: madaniyat uylari, kinoteatrlar, yoshlarning madaniy markazlari, kutubxonalar, bolalar bogʻchalari, maktab muassasalari, doʻkonlar, hammomlar, kir yuvish punktlari, novvoyxonalar va shu kabilar;
ularning tavsifnomalari va joylashganligi;
jamoatchilik foydalanadigan yashil daraxtzorlarning (parklar, xiyobonlar va shu kabilar) mavjudligi va ahvoli;
tumanda madaniyat yodgorliklari, muzeylar, qoʻriqxonalar, turistik va boshqa dam olish bazalari, sanatoriyalarning mavjudligi, ularning tavsifnomalari va joylashganligi;
madaniy-maishiy, kommunal va savdo muassasalari tarmogʻini rivojlantirish istiqbollari.
V9. Tuman soliqni saqlash boʻlimi:
tibbiy xizmat koʻrsatishning mavjud tarmogʻi tavsifnomasi (kasalxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar, tugʻruqxonalar, bolalar yaslilari, maslahatxonalar, dorixonalar va boshqalar). Joylashganligi, sigʻimi, davolash muassasalarining ahvoli, tibbiy uskunalar bilan jihozlanganlik;
qishloq xoʻjalik korxonasi va tumandagi tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻini rivojlantirish rejasi.
V10. Tuman “Suv-Oqova” tarmoqlari korxonasi:
tuman suv uzatish va oqova tarmoqlari, suvtaʼminoti manbaylari mavjud holatining tavsifnomasi;
tuman suv taʼminoti tarmoqlari va qishloq xoʻjaligi korxonasini rivojlantirish istiqbollari.
V11. Tuman gaz taʼminoti korxonasi:
tuman va qishloq xoʻjaligi korxonalarining gaz taʼminoti sxemasi. Gaz taʼminoti tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari.
V12. Yongʻinga qarshi nazorat organlari:
tuman va aholi punktlarining yongʻinga qarshi kurashish tavsifnomasi, yongʻinga qarshi kurashish uchun suv taʼminoti (daryolar, kanallar va sunʼiy suv havzalariga yaqin olib boradigan yoʻllarning mavjudligi), telefon aloqasining mavjudligi;
yongʻindan himoya qilish binolarining mavjudligi va ahvoli, yongʻinga qarshi kurashish postlaridagi yongʻinga qarshi kurashish texnikasi tavsifnomasi;
suv havzalari, yongʻinga qarshi kurashish depolari, momaqaldiroqdan himoya qilish qurilmalari, himoya qiladigan yashil daraxtzorlar, yoʻllar va koʻpriklar, yongʻindan himoya qiladigan boshqa tadbirlarni qurishning istiqboldagi rejasi.
V13. Veterinariya nazorati organlari:
veterinariya muassasalari tuman va uchastka veterinariya shifoxonalari, veterinariya-feldsherlik punktlari, izolyatorlarning mavjudligi va joylashganligi;
veterinariya xizmati boʻyicha takliflar.
V14. Baliq nazorati va baliq xoʻjaligi organlari.
baliq xoʻjaligi yoʻnalishi keng rivojlangan tumanlar uchun quyidagilarni tavsiflaydigan maʼlumotlar olinishi zarur:
a) baliq xoʻjaligi suv havzalari, ularning soni, maydoni, baliqlar turlari va shu kabilar;
b) suv havzalaridan foydalanish va baliq tayyorlash tizimi;
v) baliq pitomniklari;
g) hovuzlardagi baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari va uning qishloq xoʻjaligi bilan oʻzaro aloqadorligi.
C-ilova Majburiy
Loyiha hujjatlarini rasmiylashtirishga
UMUMIY TALABLAR
S1. HMRT loyihasiga grafik materiallar Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari va qurilish hamda loyihalashtirish uchun tasdiqlangan normativ hujjatlarni hisobga olib bajarilishi va rasmiylashtirilishi lozim.
Loyihaning asosiy chizmalari topogeodezik yoki kartografik negizda M1:10000, M1:25000 masshtabida bajarilishi kerak. Chizmalar toponegizni toʻliq yopib qoʻymaydigan tiniq boʻyoqlar bilan bezatilishi lozim. Loyiha tarkibiga kiradigan har xil chizmalarda takrorlanadigan bir xildagi elementlarni tasvirlash uchun bir xildagi shartli belgilar qoʻllanilishi zarur.
S2. Loyihaning asosiy chizmalari albatta quyidagi shaxslarning imzolariga ega boʻlishi lozim: loyiha tashkilotining direktori, bosh muhandisi, bosh meʼmori, boʻlim boshligʻi, loyihaning bosh meʼmori, loyihaning bosh muhandisi va loyiha mualliflari. Boshqa chizmalar va sxemalar loyihaning bosh meʼmori (muhandisi), boʻlim boshligʻi va boʻlimlar ijrochilari tomonidan imzolanadi.
S3. Tushuntirish xatida quyidagilar koʻrsatiladi: loyihani bajargan tashkilot nomi va uning qaysi idoraga qarashli ekanligi, loyiha, tushuntirish xatining toʻliq nomi, loyihaning chiqarilgan yili va oyi.
Tushuntirish xatlarining titul varaqalarida loyiha tashkilotining direktori, bosh muhandisi, bosh meʼmori, loyiha ishlangan boʻlim boshligʻi, loyihaning bosh meʼmori (muhandisi) imzolari boʻlishi kerak.
Tushuntirish xatining boshlanishida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim: umuman loyiha va uning alohida boʻlimlari boʻyicha mualliflar jamoasi va masʼul ijrochilar tarkibi; loyiha tarkibi, grafik va matnli materiallar roʻyxati; loyihaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar keltirilgan tushuntirish xati mazmuni.
Tushuntirish xatiga loyihalashtirishga doir topshiriq, boshlangʻich maʼlumotlar va loyihani oldindan koʻrib chiqish hamda kelishish hujjatlari ilova qilinadi.
S4. Alohida buyurtma boʻyicha (qoʻshimcha haq toʻlangani holda) asosiy chizmalar asl nusxalarining bir yoki bir necha nusxadagi dublikatlari, shuningdek, tushuntirish xati dublikatlari ham ishlanishi mumkin.
Chizmalar va tushuntirish xatlari dublikatlarida loyihani tasdiqlagan idora nomi, tasdiqlash sanasi va tasdiqlash haqidagi qaror raqami koʻrsatiladi.
D-ilova Tavsiyaviy
Qishloq xoʻjaligi korxonasi aholisi sonini hisob-kitob qilish
USLUBIYOTI
Aholi sonini hisob-kitob qilishda jamoatchilik ishlab chiqarishida ishtirok etish va mehnat faoliyati tusiga qarab aholini umumiy qabul qilingan uchta guruhga boʻlishga asoslanish kerak boʻladi:
I. Shaharlarni tashkil etuvchi guruh
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan band boʻlgan xodimlar, muhandis, texnik va kichik xizmat koʻrsatish xodimlari soni — shtatlar jadvali va texnologik kartalar boʻyicha belgilanadi.
Bunday hujjatlar boʻlmaganida ishchilar sonini mehnat bilan kompleks bandlik asosida hisoblash mumkin:
paxtachilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bir xodimga 4 — 5 ga;
sholichilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bir xodimga 6 — 8 ga;
qoʻychilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bir xodimga 1,5 — 2,0 ga;
bogʻdorchilik-tokchilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bir xodimga 1,0 — 1,5 ga.
Agar bunday ixtisoslashgan xoʻjaliklarda katta maydondagi lalmikor shudgor yerlar yoki ancha koʻp miqdordagi qoʻylar mavjud boʻlsa, sugʻoriladigan zonada ishchilar soniga xoʻjalikning bunday tarmoqlarida band boʻlgan ishchilar soni qoʻshib qoʻyiladi:
a) Lalmikor yerlar bilan taʼminlanmagan va kam taʼminlangan lalmikor oʻsimlikshunoslik zonalari uchun — bir ishlovchiga 100 ga, don ekilib — dam berilib — chopiq qilinadigan almashlab ekiladigan lalmikor yerlar bilan taʼminlangan va chala taʼminlangan lalmikor zonalari uchun — bir ishlovchiga 35 ga;
b) qoʻychilik uchun — bir ishchiga 250 ta qoʻy, togʻlik sharoitlarda — bir ishlovchiga 200 ta qoʻy;
v) muhandis, texnik va kichik xizmat koʻrsatish xodimlari soni — paxtachilik xoʻjaliklarida — ishlab chiqarishdagi ishchilar umumiy sonining 7%;
bogʻdorchilik va sabzavotchilik xoʻjaliklarida — paxtachilik xoʻjaliklarida — ishlab chiqarishdagi ishchilar umumiy sonining 5%.
II. Xizmat koʻrsatuvchi guruh
Xizmat koʻrsatish sohasi: xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, umumiy ovqatlanish, savdo, madaniy-maʼrifiy muassasalar, sport va boshqalarda ishlovchilar soni.
Xizmat koʻrsatuvchi guruh soni madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalarining loyihalashtiriladigan tarmogʻi va ularning shtatlar jadvali asosida belgilanadi. Bunday maʼlumotlar boʻlmagani holda xizmat koʻrsatuvchi guruh sonini teng miqdorda: asosiy posyolkalar uchun — aholi umumiy sonining 18%, yordamchi posyolkalar uchun esa — 16% qilib qabul qilish mumkin.
III. Oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan guruh
Bunday guruh soni maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, pensionerlar, uy xoʻjaligida band boʻlgan shaxslar, oliy oʻquv yurtlari, texnikumlar va hunar- texnika bilim yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqiydigan oʻquvchilardan iborat boʻladi.
Oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan aholi foizi muayyan obyekt uchun tuman statistika organlari maʼlumotlari boʻyicha, bunday maʼlumotlar boʻlmaganida esa respublikadagi oʻrtacha koʻrsatkichga teng boʻlgan miqdorda — umumiy aholi sonining 63% qilib qabul qilinadi.
Ana shu elementlar asosida aholi sonining hisob-kitobini quyidagi formula boʻyicha belgilash mumkin:
bunda:
N — jami aholi soni;
A — qishloq xoʻjaligi ishchilari;
Rn — xoʻjalikdagi sanoat korxonalari ishchilari soni;
S — muhandis-texnik xodimlar, butun xoʻjalikdagi xizmatchilar va kichik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni;
B — xizmat koʻrsatish sohasida ishlovchilar soni;
V — oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan aholi soni.
Izoh: Jadval maʼlumotlari loyihalashtirishga doir topshiriqqa koʻra aniqlashtiriladi.
E-ILOVA tavsiyaviy
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalarning taʼsir koʻrsatish tusiga qarab yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar
