Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari (2.09.01-19-son)
07.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik normalari va qoidalari
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1 Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (keyingi oʻrinlarda SHNQ deb yuritiladi) yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan), taʼmirlanayotgan, kengaytirilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari va ishlab chiqarish zonalarining bosh rejalarini loyihalashga quyiladigan talablarni belgilaydi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari (bundan keyin korxonalar deb yuritiladi) bosh rejalarini loyihalashda ushbu SHNQda qayd etilmagan boshqa shu kabi meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilish zarur.
1.2 Korxonalar bosh rejalarini loyihalashtirish topshirigʻiga asosan va tumanni rejalashtirish loyihalariga muvofiq (istiqbolli rivojlanish rejalari va iqtisodiyot tarmoqlari joylashuvi bilan bogʻliq holda) loyihalash zarur.
1.3 Korxonalar va alohida qishloq xoʻjaligi obyektlarining (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb yuritiladi) bosh rejalarini loyihalashda qurilish sifatini oshirish va qiymatini arzonlashtirishga imkonini beruvchi ilgʻor va iqtisodiy tejamkor rejaviy yechimlarga erishish lozim.
1.4 Korxonalar oʻzaro texnologik jarayon, umumiy transport va omborlar, energetika va sanitar-texnik qurilmalar bilan birlashgan bino va inshootlar majmuidan iborat.
1.5 Quyidagilar qishloq xoʻjaligi korxonalari va obyektlari hisoblanadi:
chorvachilik, parrandachilik, hayvonot va pilla-qurtchilik fermalari;
baliqchilik, quyon, ot , choʻchqa, tuya, tuyaqush va boshqalar;
veterinariya davolash muassasalari;
issiqxona (teplitsa) va bugʻxona (parnik) xoʻjaliklari;
omixta yem tayyorlash korxonalari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga birlamchi ishlov berish va qayta ishlash korxonalari — konserva, sut, kolbasa, vino, shakar va sh.k. mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish va saqlashga ixtisoslashgan korxonalar;
qishloq xoʻjaligi mashinalarini tuzatish va saqlash baza (xoʻjalik)lari;
xoʻjalik va qurilish hovlilari, qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish korxonalari, ishlab chiqarish xoʻjalik markazlari.
ESLATMA:
1. 1.5-bandda sanab oʻtilgan korxona va obyektlardan tashqari qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida dala shiyponlari, don yanchish inshootlari, paxta quritish punktlari, yozgi oromgohlar (chorva va parranda uchun) va boshqa qishloq xoʻjalik obyektlari koʻzda tutilishi mumkin.
2. Mexanik-taʼmirlash korxonasi tarkibida taʼmirlash ustaxonasi, temirchilik xonasi, qishloq xoʻjalik mashinalari va texnikasini saqlash uchun garaj va shiyponlar koʻzda tutilishi mumkin.
3. Qurilish hovlisida duradgorlik ustaxonasi, beton, temirbeton buyumlar va konstruksiyalar tayyorlaydigan inshoot va uskunalar, gʻisht, qamishit, shlakobloklar, gips, alebastr va sopoldan ishlangan buyumlarni ishlab chiqaradigan sexlar joylashishi mumkin.
4. Xoʻjalik hovlisi maydonida otxona, turli ustaxonalar, mashina va kombayn tuzatish ustaxonasi, qishloq xoʻjaligi anjomlarini saqlash ombori, qishloq xoʻjalik texnikasi va transport vositalari uchun shiyponlar joylashishi mumkin.
5. Qishloq xoʻjalik korxonasining ishlab chiqarish hududida qozonxona, transformator podstansiyasi, nasos stansiyalari va ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan boshqa bino va inshootlar joylashishi mumkin.
6. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari namunaviy loyihalarni va yakka tartibda ishlab chiqilgan loyihalarni qoʻllagan holda, ekologiya, sanitariya va yongin xavfsizligi, zooveterinariya, progressiv-texnologik, seysmik va boshqa meʼyorlar hamda tavsiyalarga rioya qilgan holda loyihalashtirilishi lozim.
2. QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINING JOYLASHUVI
2.1 Korxonalar va obyektlar qurilishini joylashtirish uchun yer maydonlari aholi punktlarining bosh rejalari yoki qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish loyihalariga muvofiq, bunday loyihalar boʻlmaganda esa qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazilgan kelishuvlar asosida tanlanadi.
2.2 Korxonalarni aholi punktlari, yoʻllar, energiya va suv taʼminlash tarmoqlari yaqinida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan, qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yoxud qishloq xoʻjaligining sifati yomon yerlarda joylashtirish lozim.
2.3 Korxonalarning qurilishi uchun yer maydonlarini tabiiy relyefni saqlab qolish, yer sathi suvlarini ochiq ariqlar tarmogʻi yordamida oqizib yuborish, ekinlarni sugʻorish uchun suv keltirishni taʼminlash hamda yer ishlari hajmini minimal darajagacha kamaytirish imkoniyatlarni inobatga olgan holda tanlash tavsiya qilinadi.
2.4 Korxonalarning qurilishi uchun qishloq xoʻjaligi yerlari qonunchiligida belgilangan holatlarda va tartibda ajratilishi mumkin.
2.5 Korxonalar, bino va inshootlarni joylashtirishda ular orasidagi masofa loyihalash sohasidagi sanitariya, yongin xavfsizligi va texnologik meʼyorlaridan kelib chiqib belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi binolarining qurilish zichligi 1-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlardan kam boʻlmagan qiymatlarda qabul qilinishi tavsiya etiladi.
2.6 Elektr, aloqa, suv, oqova suvlari, gaz tarmoqlari va boshqa chiziqli inshootlar odatda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarning chegaralari, yoʻllar, ixota daraxtzorlari, mavjud tarmoqlar boʻylab loyihalashtirilishi kerakki, bunda qishloq xoʻjaligi yerlari bilan band boʻlmagan hududlar orqali kommunikatsiyalarga bemalol oʻtadigan yoʻl qoldirilishi lozim.
2.7 Quyidagi joylarda korxonalar, bino va inshootlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
yer osti foydali qazilmalari joylashgan hududlarda,
konlar va boyitish fabrikalari chiqindi uyumlarining xavfli zonalarida;
korxonalar, bino va inshootlar qurilishi va ulardan foydalanishga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan koʻchki, sel oqimlari, qor koʻchkilari boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarda;
aholi punktlari suv taʼminoti manbalari sanitar-muhofaza hududlarining birinchi zonasida;
kurortlarning sanitar-muhofaza hududlarining birinchi va ikkinchi zonalarida;
shaharlarning koʻkalamzorlashtirish hududlarida;
odamlar sogʻligi va hayoti uchun xavfli radioaktiv va boshqa chiqindilar bilan ifloslangan yer maydonlarida;
qoʻriqxonalar yerlarida;
madaniy va tarixiy yodgorliklarning muhofaza zonalarida;
koʻl, daryo, kanal, buloq va soylarning qirgʻoqboʻyi muhofaza zonalarida.
2.8 Korxonalar, bino va inshootlarni daryo va suv havzalarining qirgʻoqboʻyi hududlarida joylashtirilganda korxonalar yer uchastkalarining rejadagi sathi toshqin mavsumida koʻtarilishi mumkin boʻlgan (maksimal) hisoblangan suv sathiga nisbatan kamida 0,5 m balandroq qabul qilinishi lozim. Hisoblangan suv sathini qabul qilishda uning eng yuqori belgisini 50 yilda bir marta takrorlanish ehtimoli bilan qabul qilinishi kerak.
2.9 Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
2.10 Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari omborlarini joylashtirishda zararli moddalarning tuproqqa, yer osti suvlari va suv havzalariga tushishining oldini olish chora-tadbirlari kuzda tutilishi lozim. Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari omborlari suv xoʻjaligi havzalaridan kamida 2 km masofada joylashtirilishi lozim.
2.11 Korxonalar, bino va inshootlarni radiostansiya va boshqa maxsus korxona va obyektlar zonalarida joylashtirganda loyihalanayotgan korxona bilan maxsus obyektlar orasidagi masofa tegishli meʼyorlarga muvofiq yoki ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishgan holda qabul qilinishi lozim.
2.12 Korxonalar, bino va inshootlar aerodrom (aeroport) yaqinida joylashganda, kuyidagi holatlarda, loyihalarini ishlab chiqish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi bilan kelishish lozim:
qush va yovvoyi hayvonlar (kemiruvchilar)ning ommaviy toʻplanishiga olib keluvchi, aerodromning nazorat nuqtasidan 15 km gacha radiusda joylashganda;
balandligi aerodrom sathiga nisbatan 50 m dan yuqori boʻlgan va aerodromning nazorat nuqtasidan 30 km gacha radiusda joylashganda;
radioaloqa va elektr uzatish tarmoqlari (shu jumladan yuqori kuchlanishli), shuningdek, radio va elektromagnit nurlanishli boshqa obyektlar aeroportoldi hududida joylashganda;
aerodromoldi hududda portlovchi obyektlar joylashganda;
aerodromoldi hududda balandligi yer sathidan 50 m dan yuqori boʻlgan, favqulodda gazni yoqish mashʼallari joylashganda;
parvoz koʻrinishini va aerodromning uchish yoʻlaklari holatini buzadigan obyektlar.
2.13 Texnologik jarayonlarida atrof-muhitga ifloslantiruvchi va zararli chiqindilarni chiqaruvchi korxonalar, bino va inshootlar turar joy va jamoa binolardan sanitariya zonalari bilan ajratilishi lozim.
Sanitariya-muhofaza zonalari oʻlchamlari sanoat korxonalarini loyihalash boʻyicha sanitariya meʼyorlariga asosan qabul qilinishi kerak.
Sanitariya-muhofaza zonalari maydonlari foydalaniladigan yer tarkibidan chiqarib tashlanmaydi va imkon qadar qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanilishi lozim.
2.14 Sanitariya-muhofaza zonalarida don, meva, sabzavot omborlarini, koʻchat yetkazish pitomniklari va ifloslantiruvchi hamda zararli moddalar manbai boʻlmagan boshqa shu kabi bino va inshootlarni joylashtirish mumkin.
2.15 Eni 100 m boʻlgan sanitariya-muhofaza zonasining chegarasida aholi yashaydigan zonalar tomonidan 30 m kenglikda, eni 50 m dan — 100 m gacha boʻlgan zonalar chegarasida esa kamida 10 m kenglikdagi daraxtzor va butazorlar tashkil qilish lozim.
2.16 Korxonalar va alohida obyektlar qurilishi uchun yer maydonini ajratishda zarur kenglikdagi sanitariya-muhofaza zonasini tashkil qilish nazarda tutilishi kerak. Sanitariya-muhofaza zonasining oʻlchami amaldagi shaharsozlik, ekologiya, sanitariya normalari va qoidalariga, shu jumladan SanPiN № 0350-17 va SanPiN № 0339-16 talablariga muvofiq belgilanadi.
2.17 Bosh rejalarni ishlab chiqishda chorvachilik, hayvonotchilik va parrandachilik korxonalari va dehqon (fermer) xoʻjaliklari uchun veterinariya obyektlarini texnologik loyihalashtirish meʼyorlarini inobatga olgan holda ular orasidagi masofa saqlanishiga rioya etilishi lozim.
2.18 Loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun yer maydonini tanlash boʻyicha asoslantiruvchi hujjatlar ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart. Ijobiy xulosa loyihalashtirishni davom ettirish uchun asos boʻladi.
3. QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINING BOSH REJALARI
3.1 Korxonalar va ishlab chiqarish zonalari bosh rejalari loyihasini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutiladi:
aholi punkti bilan rejali uygʻunligini, texnologik, sanitariya, zooveterinariya, ekologiya va yongʻin xavfsizligi talablarini hisobga olish hamda ular orasidagi eng kam masofaga amal qilgan holda joylashtirish;
texnologik va texnik-muhandislik talablar majmuasini bajarish, mahalliy sharoit va milliy anʼanalarini hisobga olgan xolda yagona meʼmorlik ansamblini yaratish;
korxonalar va ishlab chiqarish zonalarining atrof-muhitga taʼsirini baholash (2-ilovaga qaralsin);
korxonalarining ishlab chiqarish zonasi va aholi punkti hududlarni kengaytirish imkoniyatlarini oʻzaro bogʻlash;
yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlarini ulash va ularga xizmat koʻrsatish uchun toʻsiqsiz oʻtishi joylarni nazarda tutish;
qurilish ishlari jarayonida qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdor tuproq qatlamini kesib olish va qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish, buzilgan yerlarni tiklash (rekultivatsiya);
loyiha yechimlarida texnik-iqtisodiy samaradorligining oshirilishini taʼminlash;
yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, oʻt oʻchirish texnikasi harakati, kirish va burilish yoʻllarini taʼminlash, belgilangan meʼyorga muvofiq birlamchi oʻt oʻchirish vositalari, oʻt oʻchirish rezervuarlari, hovuzlar, suv quvurlarini SHNQ 2.04.02 boʻyicha joylashtirish.
3.2 Qishloq aholi punktlarida qayta qurilayotgan korxonalari va ishlab chiqarish zonalari bosh rejalarini ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutish tavsiya etiladi:
korxonalarning ishlab chiqarish obyektlarini bir joyga jamlash, ishlab chiqarish zonalarini rejalashtirish va qurishda qayta qurilayotgan korxonalarni kengaytirish uchun yer uchastkalarni aniqlash;
ishlab chiqarish va sanitariya-muhofaza zonalarida obodonlashtirish darajasini oshirish, korxona hududida avtomobil transporti uchun toʻxtash joylarini tashkil qilish, binolarning meʼmoriy sifatini yaxshilash.
3.3 Korxonalarni aholi punktlariga nisbatan, mineral oʻgit va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari omborlarini turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolariga nisbatan shamolga teskari qilib joylashtirish kerak.
3.4 Aholi punktlarida korxonalar, bino va inshootlar ularning ishlab chiqarish jarayonlarining bir xil va oʻziga xos boʻlgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, shuningdek sanitariya, zooveterinariya, ekologiya va yogʻin xavfsizligi talablariga rioya etgan holda ishlab chiqarish zonalariga birlashtirilishi hamda quyidagi uchastkalar tashkil etilishi lozim:
a) korxonalar maydonchalari;
b) umumiy boʻlgan yordamchi ishlab chiqarish obyektlar (qozonxona, transformator, gaz taqsimlash punkti, nasoslar va sh.k.);
v) omborlar.
3.5 Korxonalarning hududlari quyidagi funksional maydonchalarga taqsimlanadi:
a) ishlab chiqarish;
b) xom ashyo (ozuqa)ni saqlash va tayyorlash;
v) ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va qayta ishlash.
3.6 Korxonalari hududiga asosiy kirish joyi (proxodnoy)ni asosiy kirish tomonidan yoki yondash yoʻli tomonidan kuzda tutilishi kerak.
3.7 Kirish joyining old tomonida ochiq maydonchalar koʻzda tutish tavsiya qilinadi. Bunday maydonchalarni gulzorlar, chiroqdonlar va boshqa kichik meʼmorchilik shakllari bilan bezash tavsiya qilinadi.
3.8 Korxona ishchilariga tegishli avtomashinalar turadigan maydonchalar xoʻjalikning real ehtiyojlari va istiqboldagi rivojlanishidan kelib chiqib koʻzda tutiladi. Shaxsiy transport turar joyning oʻlchami bir avtomobil uchun 25 m2 hisobidan qabul qilinadi.
3.9 Korxonalarning bino va inshootlari joylashuvi texnologik loyihalash meʼyorlaridan kelib chiqib qabul qilinadi.
3.10 Uzun aeratsiya yoritgich (fonar)lari boʻlgan va havo almashtirish uchun devorida tuynuklari boʻlgan binolar yoz mavsumidagi kuchli shamol yoʻnalishiga nisbatan boʻylama oʻqi boʻyicha perpendikulyar yoki 45° dan kam boʻlmagan burchak ostida yoʻnaltirilishi kerak.
3.11 Hayvonlar (qora mol) uchun boqish va dam olish maydonchalari boʻlgan uch devorli shiyponni qurishda shiyponning chekka (torets) yoki berk tomonini shamolning kuchli esadigan (shamol esishining yillik oʻrtacha koʻrsatkichi asosida) tomonga qaratish tavsiya etiladi.
Bunda shiyponning ochiq tomoni ertalabdan shiypon xonalariga quyosh nurlari tushishi, pollar va toʻshamalarning quritilishi nuqtai-nazardan kelib chiqib sharq — janubiy-sharq oraligida boʻlgan tomonga yoʻnaltirilishi lozim.
3.12 Veterinariya muassasalari (sanitar koʻrigidan oʻtkazish punktidan tashqari), qozonxonalar, ochiq goʻng saqlash joylarini chorvachilik, parrandachilik, hayvonotchilik binolari va inshootlariga nisbatan shamolga teskari qilib joylashtirish kerak.
3.13 Qir-adirlik (togʻli) hududlarda issiqxonalar va bugʻxonalarni loyihalashda, odatda, yer osti suvlarining eng yuqori sathi yer ustidan kamida 1,5 m chuqurlikda boʻlgan, janubiy yoki janubi-sharqiy yonbagʻirlarda joylashtiriladi.
3.14 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash joylari va omborlari yer osti suvlarining eng yuqori sathi yer ustidan kamida 1,5 m chuqurlikda boʻlgan, sershamol yer uchastkalarida joylashtiriladi.
3.15 A, B va V ishlab chiqarish toifalarga oid bino va inshootlar, shuningdek mineral oʻgit va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari omborlarini boshqa ishlab chiqarish bino va inshootlariga nisbatan shamolga teskari qilib joylashtirilishi kerak.
Eslatma: Chorvachilik, parrandachilik va hayvonotchilik korxonalarini loyihalashda ozuqa sexlari va dagʻal yem-xashak omborlari texnologik loyihalash meʼyorlariga muvofiq joylashtirilishi lozim.
3.16 Korxona maydonchasida qarama-qarshi joylashgan binolarning joyiga koʻchirish chekka oʻqlari, odatda, bir chiziqda boʻlib, binoning meʼmoriy kompozitsiya majmuasini shakllantirish, shu bilan birga muhandislik-texnik taʼminotining iqtisodiy yechimiga imkon yaratishi lozim.
3.17 Oʻt oʻchirish depolari, odatda, umumiy yoʻllar tarmogʻiga chiqadigan, alohida yer uchastkalarida joylashtirilishi, bunda depodan chiqish yoʻli podani haydab oʻtish yoʻllari bilan kesishmasligi (toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi) kerak.
Oʻt oʻchirish deposi, odatda, A, B va V toifadagi ishlab chiqarish korxonalari joylashgan hududlarda — 2 km, G va D toifadagi korxonalar joylashgan hududlarda — 4 km xizmat koʻrsatish radiusidan kelib chiqib joylashtirilishi lozim.
Eslatma: Mazkur radius oraligi uzoqlashgan hollarda korxonalarning hududlarida bir avtomobilga moʻljallangan yotingdan saqlash posti koʻzda tutilishi kerak.
3.18 Oʻt oʻchirish depolari va postlarining yer uchastkalari oʻlchamlari SHNQ 2.07.01 va SHNQ 2.09.21 da belgilangan meʼyorlarga muvofiq qabul qilinadi.
3.19 Paxta xom ashyosi haramlari oʻrtasidagi yonginga qarshi oraliq masofa 3.1-jadval boʻyicha, paxta haramlaridan bino va inshootlargacha boʻlgan masofa 3.2-jadval boʻyicha belgilanadi.
3.20 Ayvonlar va yuk ortish platformalaridan, shuningdek, ochiq maydonda taxlangan paxta-tola toylaridan paxta tozalash zavodlari hududidagi bino va inshootlargacha boʻlgan yongʻindan saqlash oraligi 3.3-jadval boʻyicha belgilanadi.
3.21 Chigit omborlari va ular saqlanadigan ochiq maydonchalar orasidagi yongʻindan saqlash oraligʻi 3.4-jadval boʻyicha belgilanadi.
Eslatma: Paxta hom ashyosi harami saqlanadigan maydonchaning oʻlchami quyidagi boʻlganda haramlarni guruhlashtirishga ruxsat etiladi: 25x14 — koʻpi bilan 4 ta toygacha; 22x11 — koʻpi bilan 6 ta taygacha.
Eslatma:
Chigit saqlanadigan ochiq va yopiq omborxonalar paxta xom ashyosi haramlaridan kamida 30 m uzoqlikda joylashtirish kerak.
Don mahsulotlari omborlarini loyihalashda yongindan saqlash oraligini kamida 100 m, bino va inshootlardan 50 m uzoqlikda qurish koʻzda tutiladi.
Dala shiyponidan bugʻdoyzorgacha boʻlgan masofa 100 m dan kam boʻlmasligi shart.
Qishloq xoʻjalik texnikasini taʼmirlaydigan ustaxona binolari bugʻdoyzorlardan kamida 30 m uzoqlikda joylashtirish zarur.
4. BINO VA INSHOOTLAR ORASIDAGI MASOFALAR, CHIQISH-OʻTISH YOʻLLARI
4.1 Korxonalarning tashqi transport aloqalarini tumanni rejalash loyihasi va aholi punktining bosh rejasi bilan bogʻliq holda koʻzda tutish kerak. Yoʻllar tarmogʻi barcha korxonalar bilan transport aloqalarini taʼminlay olishi kerak.
4.2 Korxonalarning binolari va inshootlaridan umumiy tarmoq temir yoʻli oʻqigacha boʻlgan masofa texnologik loyiha meʼyorlariga muvofiq qabul qilinishi va kamida:
II-darajali oʻtga chidamli bino va inshootlardan — 40 m;
III-darajali oʻtga chidamli bino va inshootlardan — 50 m;
IV va V-darajali oʻtga chidamli bino va inshootlardan — 60 m boʻlishi kerak.
4.3 Yer sathi 5 ga dan ortiq boʻlgan korxonalar kamida ikkita kirish-chiqish yoʻliga ega boʻlishi, ular orasidagi masofa toʻsiqlar perimetri boʻyicha 1500 m dan oshmasligi kerak.
4.4 Korxonalar hududida transport harakati alohida: tayyor mahsulotlar uchun, yem-xashak va goʻng tashish uchun loyihalashtiriladi. Ularning qoʻshib harakatlanishi yoki oʻzaro kesishishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.5 Ochiq havodagi yoki isitilmaydigan imoratlardagi ish joylaridan sanitariya-maishiy xizmat koʻrsatish xonalarigacha (dam olish, isinish uchun va b., hojatxonadan tashqari) boʻlgan masofa 150m dan, hojatxonagacha — 75 m dan oshmasligi kerak.
4.6 Korxonalar hududidagi oʻtish yoʻllarining eni, transport, piyodalar yoʻli, podalarni haydab oʻtish yoʻl, muhandislik tarmoqlar, koʻkalamzorlarni ixcham joylashtirish sharoitiga qarab, biroq qarama-qarshi joylashgan bino va inshootlar orasidagi masofa yongin xavfsizligi, sanitariya, zooveterinariya jihatidan oraliq masofalaridan kam boʻlmasligi kerak.
4.7 Korxonalarning avtomobil yoʻllari va piyodalar yoʻlaklari avtomobil yoʻllari loyihalashtirishga doir SHNQga muvofiq loyihalash darkor.
4.8 Korxonalarning hududiga kiradigan darvoza eni bu korxonalar uchun qabul qilingan avtomobil yoki qishloq xoʻjaligi transport vositalari uchun belgilanganidan 1,5 m dan kengroq, lekin kamida 4,5 metr kenglikda qabul qilish kerak.
4.9 Bino va inshootlardan avtomobil qatnovi yoʻlining chekkasigacha boʻlgan masofa 4.1-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Korxona bino va inshootlaridan (oʻtga chidamlilik darajasidan qatʼiy nazar) bargli oʻrmonzor chegarasigacha boʻlgan masofa 20 m, ignabargli oʻrmonzorgacha — 50 m qilib qabul qilinishi kerak.
4.10 Eni 18 m gacha boʻlgan bino va inshootlarning butun uzunligi boʻylab bir tomonidan va eni 18 m dan ortiq boʻlganlarining ikki tomonidan oʻt oʻchirish mashinalarining bemalol kelib toʻxtash imkoniyati taʼminlanishi lozim.
4.11 Oʻt oʻchirish suv taʼminotining asosiy manbai boʻlgan hovuzlar hamda suv sovutish inshootlari, suv sachratish basseynlari va oʻt oʻchirishda ishlatiladigan boshqa inshootlarga boradigan oʻt oʻchirish mashinalari aylanishi uchun 12 x 12 m li maydonchalar koʻzda tutiladi.
4.12 Korxonalarning bino va inshootlari orasidagi masofa, oʻtga chidamlilik darajasiga bogʻliq tarzda, 4.2 va 4.3-jadvallariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Eslatma:
1. Jadvalda keltirilgan bino va inshootlar orasidagi masofa tashqi devorlar yoki konstruksiyalar asosida qabul qilinadi.
2. Bino va inshootlarning 1 m dan ortiq chiqib turgan konstruksiyasi boʻlib, yonuvchan materialdan yasalgan boʻlsa, oraliq masofa ushbu konstruksiyalar oʻrtasidagi eng qisqa masofa hisoblanadi.
Eslatma.
1. Materiallar bostirma ostida saqlanganda jadvalda keltirilgan masofa ikki barobar kamaytirilishi mumkin.
2. Jadvalda koʻrsatilgan masofalar hayd etilgan materiallarni joylashtirish uchun moʻljallangan maydoncha chegarasidan boshlab belgilanishi lozim.
3. Jadvalda koʻrsatilgan, omborlardan A, B va G toifali ishlab chiqarishga ega bino va inshootlargacha boʻlgan masofa 25% ga koʻpaytiriladi.
4. Jadvalda koʻrsatilgan omborlardan boshqa yonuvchi materiallar omborigacha boʻlgan masofa IV-V-darajali oʻtga chidamli bino va inshootlargacha boʻlgan masofa kabi qabul qilinishi kerak.
5. Jadvalda koʻrsatilgan mahsulotlar ochiq saqlanadigan omborlardan oʻrmon chegarasigacha boʻlgan masofa 100 m dan kam boʻlmasligi shart.
6. 4.2 va 4.3-jadvallarda koʻrsatilmagan omborlar hamda boshqa bino va inshootlardan boʻlgan masofalar sanoat korxonalarning bosh rejalarini loyihalashga doir SHNQ ga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi korxonalarini loyihalashda bevosita yongin xavfsizligi talablarini belgilaydigan yogʻinga qarshi meʼyorlardan foydalanish lozim.
5. MUHANDISLIK TAYYORGARLIK ISHLARI VA OBODONLASHTIRISH
5.1 Korxonalarning maydonlarini muhandislik nuqtai nazaridan tayyorlash (yer sathini tashkillashtirish) boʻyicha tadbirlar muhandislik-geologiya va iqlim shart-sharoitlaridan, maydonda joylashtirilayotgan bino va inshootlarning hajm-rejalash yechimiga koʻra belgilanadi.
Shu bilan birga, zarurat tugʻilganda, suv va sel bosishidan, qor koʻchkisi, koʻchki va oʻpirilishlardan saqlaydigan muhandislik talablarini ham koʻzda tutish zarur.
5.2 Yer sathini tashkillashtirish hamda korxonalar, bino va inshootlar qurilish maydonlarining loyiha sathini belgilashda yer yuzasining tabiiy shaklini, mavjud bino va inshootlarni, shuningdek, koʻkalamzorlar va tuproq qatlamini iloji boricha saqlab qolish, chuqurlik va koʻtarmalar hajmi oʻrtasidagi tafovutni iloji boricha kamaytirish imkoniyatini hisobga olmoq, yogʻingarchilik suvlarini yigʻish va korxona hududidan chetlatishni taʼminlash lozim.
5.3 Qurilish maydoni zichligi 25% dan ortiq boʻlganda past-balandlikni yoppasiga tekislash ishlarini qoʻllash, boshqa hollarda esa faqat bino va inshootlar joylashgan qismlaridagina tanlab tekislash va rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak.
Tekislash ishlarini tanlab bajarish toshli tuproqli yerlarda, koʻkalamzorlarni saqlab qolish zarurati tugʻilganda hamda noqulay gidrogeologik sharoitlarda ham qoʻllaniladi.
5.4 Korxona qurilishi maydoning qiyaligi kamida 0,003 va koʻpi bilan:
loyli gruntlar uchun — 0,5;
qumloq gruntlar uchun — 0,03, va tez yuvilib ketiladigan gruntlar (lyoss-sariq tuproqli yerlar, mayda qumlar) uchun 0,01 deb qabul qilinishi lozim.
II-turdagi choʻkma tuproqli sharoitda rejalashtirilayotgan maydon yuzasi qiyaligini kamida 0,005 deb qabul qilish kerak.
5.5 Jonivorlar uchun moʻljallangan ihota maydonchalarning qiyaligini kamida 0,02 va koʻpi bilan 0,06 deb qabul qilish tavsiya etiladi.
5.6 Bino ichidagi yem tarqatadigan mashina relsining yuqorigi belgisi toza polning balandligiga teng boʻlishi kerak.
5.7 Korxonalarni qiyaliklar yoki ular etagida joylashtirishda yuqoridan tushadigan suvlardan muhofaza qilish maqsadida, togʻ yonbagʻirlarida ariq yoki chuqurlar oʻtkazib, togʻ yonbagʻri ariqlari maydon chegarasiga 5 m dan yaqin boʻlmasligi kerak.
5.8 Korxonalarning qurilish maydonlarida suvlarni chetlatish ochiq tarmoqlarni qoʻllagan holda, shu bilan birga, koʻchatlarni sugʻorish masalalari ham hal etilishi kerak boʻladi. Bunda eng kichik oʻlchamli ariqlar yoki zovurlar tubining kengligi 0,3 m, chuqurligi 0,4 m qilib qabul qilinadi.
5.9 Qurilishdan va yoʻl qoplamasidan boʻsh yerlar hamda maydon atrofi boʻylab koʻkalamzorlashtirish ishlarini koʻzda tutish zarur. Koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan maydon qishloq xoʻjaligi korxonalarining 15% ni tashkil etishi, qurilish zichligi 50% dan ortiq boʻlganda kamida 10% boʻlishi kerak.
5.10 Korxonalar hududlari va sanitariya-himoya zonalari uchun koʻchatlarni ularni sanitariya-himoyalash va manzarali xususiyatlariga qarab mahalliy oʻsimlik turlari ichidan tanlash lozim.
Eslatma:
Havoning toza boʻlishini talab etgan binolar zonasida hamda havo olish qurilmalari yaqinida urugʻ va gullari toʻzgʻiydigan daraxtlarni ekish man etiladi.
Shovqindan himoya talab etuvchi ishlab chiqarish obyektlari atrofiga toʻsiq sifatida serbarg daraxtsimon butalar, orasiga esa ignabargli daraxtlar ham ekish kerak.
Yongʻindan saqlash masofasi doirasida ignabargli daraxtlarni ekish man etiladi.
5.11. Uch oy davomida shamol tezligi 10m/sekdan kuchli boʻlgan joylardagi korxonalar shamol yoʻnalishi tomonidan himoya tariqasida 30 m kenglikdagi daraxt koʻchatlari bilan toʻsilishi lozim.
5.12 Bino va inshootlardan daraxtlar va butalargacha boʻlgan masofa 5.1-jadvalga muvofiq, koʻkalamzor yerlarning eni 5.2-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak.
5.13 Korxonalarda ochiq dam olish maydonchalarini nazarda tutib, eng gavjum smenadagi xar bir ishlovchiga 1 m2 hisobidan joy ajratish lozim.
Eslatma: Havo orqali oʻtgan elektr tarmoqlaridan daraxtlargacha boʻlgan masofa elektr qurilmalarini joylashtirish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi (PUE).
Eslatma: Butalar koʻp qator qilib ekilganda qator eni qoʻshimcha har bir qator uchun jadvalda koʻrsatilganidan 40 — 50 % oshirish kerak.
5.15 Korxonalarning hududida buzilishi, ifloslanishi, suv bosishi va yaroqsiz holga kelishi mumkin boʻlgan yerlarning hosildor qatlami olinib undan tegishli ravishda foydalanish zarur.
5.16 Chorvachilik, parrandachilik va hayvonotchilikka ixtisoslashgan korxonalarning hududlari SHNQ 2.07.03 ga muvofiq toʻsiladi.
6. MUHANDISLIK TARMOQLARINI JOYLASHTIRISH
6.1 Bosh rejani ishlab chiqishda loyihachi-muhandis muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni birgalikda va ixcham joylashtirish, har bir bino va inshootga ulash imkoniyatini hisobga olish maqsadida ularning oʻtish joylari chizmasini loyihaning barcha boshqa qismlarini ishlab chiquvchi mutaxassislar bilan avvaldan kelishib olishi kerak.
6.2 Muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish joyni hisoblashda ushbu SHNQ talablari va loyihaning boshqa qismlarini ishlab chiquvchi mutaxassislarning tavsiyalarini hisobga olish zarur.
Bosh rejani ishlab chiqishda ushbu SHNQ ning 6.1 va 6.2-jadvallarida belgilangan meʼyorlarni qoʻllashda amalda boʻlgan maxsus SHNQlar va ularga kiritilgan oʻzgartirishlar inobatga olinishi lozim.
6.3 Yer osti muhandislik tarmoqlaridan bino va inshootlargacha boʻlgan oraliq masofa (yorugʻlikda) 6.1-jadvalda koʻrsatilganidan kam boʻlmasligi shart.
Yer osti muhandislik tarmoqlari yonma-yon (parallel) oʻtkazilganida ular orasidagi masofa 6.2-jadvalda koʻrsatilganidan kam boʻlmasligi kerak.
6.4 Havo elektr uzatish (VEL) tarmoqlarining eng chekka simlaridan korxona bino va inshootlarning chiqib turuvchi qismlarigacha boʻlgan masofa mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, lekin quyidagidan kam boʻlmasligi lozim: 20 kv uchun — 2 m, 35 — 110 kv uchun — 4 m, 150 kv uchun — 5 m, 220 kv uchun — 6 m, 330 kv uchun — 8 m va 500 kv uchun — 10 m.
* Faqat kuchlanishli kabellardan boʻlgan masofaga tegishli.
Aloqa kabellardan boʻlgan masofa mutasaddi vazirlik (idora) tomonidan tasdiqlangan maxsus meʼyorlar boʻyicha qabul qilinadi.
* PUE talablariga muvofiq
Eslatma:
1. Oqava suvlari kanalidan (kanalizatsiya) xoʻjalik-ichimlik suvi quvurlarigacha boʻlgan masofa quyidagi kabi olinishi kerak: loyli yerlardan oʻtkazilgan temirbeton va asbestotsementli suv quvurlarigacha — kamida 5m; yaxlit qattiq va qumloq yerlarda — kamida 10 m; diametri 200mm gacha boʻlgan choʻyan suv quvurlarigacha — kamida 5 m; diametri 200 mm dan oshiq quvurlargacha — kamida 3 m, plastmassa suv quvurlarigacha — kamida 1,5 m.
Oqava suv tarmoqlari va ishlab chiqarish suv quvurlari orasidagi masofa, quvurlarning materiali va diametri hamda turi va sifatidan qatʼiy nazar — 1,5 m dan kam boʻlmasligi shart.
2. Bitta zovurda ikkita va undan ortiq yonuvchan gaz quvurlarini birga joylashtirishda ular orasidagi (yorugʻlikda) masofa diametriga koʻra quyidagicha boʻlishi lozim: 300 mm gacha — kamida 0,4 m; 300 mm dan oshiq boʻlganda — kamida 0,5 m.
3. Jadvalda poʻlat gaz quvurlarigacha boʻlgan masofa koʻrsatilgan. Metalldan boʻlmagan yerosti gaz quvurlarni SHNKning ichki va tashqi gaz taʼminoti qurilmalarini loyihalash bobiga binoan joylashtirish koʻzda tutiladi.
1-ILOVA tavsiyaviy
Qishloq xoʻjaligi korxonalari qurilishi maydoni eng kam zichligi koʻrsatkichlari
(yangi qurilayotgan va qayta tiklanayotgan obyektlar uchun)
Eslatma:
1. Maydondagi qurilish eng kam zichligini kamaytirishga (texnik-iqtisodiy asoslash boʻlgan hollarda) ammo mazkur ilovada oʻrnatilganidan 10%, qishloq xoʻjaligi korxonalari qurilish maydonlarining nishabligi 3% dan ortiq boʻlgan choʻkuvchan gruntlarda va muhandis-geologik sharoiti murakkab yerlarda ruxsat etiladi.
2. Qishloq xoʻjalik korxonalari maydonni zichligi ushbu qurilish maydoning korxona umumiy qurilish maydoniga nisbati sifatida foizlarda aniqlanadi.
3. Bino va inshootlar egallagan maydonlar hisobi tashqi devorlar sirti boʻyicha rejalashtirilgan yer sathi darajasida devor atrofi toʻshamalari kengligini hisobga olingan holda qilinadi.
4. Korxonaning qurilish maydoniga har turdagi bino va inshootlar joylashgan barcha maydonlar kiritilib, jumladan:
ayvonlar, ochiqda oʻrnatilgan texnologik va santexnika uskunalari;
estakada va galereyalar joylashgan maydonlar;
yuk ortish-tushirish qoʻrilma maydonchalari;
yer osti inshootlari (ustida bino va inshootlarning joylashtirilishi mumkin boʻlmagan havza, yertoʻla yer osti boshpanalari, yer osti yoʻllari, muhandislik kommunikatsiyalari) hamda chorva, parranda va hayvonlar uchun maydonchalar;
avtomobilʼ, qishloq xoʻjaligi mashinalari va mexanizmlari toʻxtash joylari;
turli maqsadlarda ishlatiladigan ochiq omborlar, yaylovlar.
Avtomobilʼ toʻxtash joylari maydonlar va ochiq omborxonalarni uskunalari va oʻlchamlari texnologik loyihalashtirish meʼyorlariga koʻra qabul qilinishi sharti bilan.
5. Shuningdek, qurilishning ikkinchi navbatiga belgilangan bino va inshootlarni joylashtirish uchun loyihalash topshirigʻida koʻrsatilgan zaxira maydonlar ham qurilish maydoni tarkibiga kiritilishi kerak (koʻrsatilgan bino va inshootlarning kattaligi — gabariti miqyosida.).
6. Estakada va galereyalar egallagan maydonlarni hisoblashda qurilish maydoni tarkibiga hajmiga koʻra boshqa bino va inishootlarni joylashtirib boʻlmaydigan obyekt qismlarining (uchastka) gorizontal tekislikka tushgan proyeksiyasi kiritiladi, boshqa yer ustki qismlari uchun esa faqat konstruksiya ustunlari egallagan maydon yer sathining rejalashtirilgan balandligida hisoblanadi.
7. Qurilish maydoni tarkibiga bino va inshootlarning devor atrofi toʻshamasi (otmostka), yoʻlakchalar, avtomobilʼ yoʻllari, vaqtincha qurilgan bino va inshootlar ochiq maydonchalar, dam olish maydonchalari, koʻkalamzorlashtirilgan yerlar, fuqaro transporti uchun qurilgan ochiq toʻxtash joylari, suvni chetlashtiruvchi va boshqa ariqlar, tirgovuch devorlar, ustiga boshqa bino va inshootlar qurilishi mumkin boʻlgan yer osti inshootlari yoki ularning qismlari qoʻshilmaydi.
2-ILOVA tavsiyaviy
Atrof-muhit muhofazasi boʻyicha tavsiya etilgan materiallar
Atrof-muhit muhofazasiga doir tavsiya etilgan materiallar:
1. Atrof-muhitning asosiy xususiyatlari taʼrifiga oid:
1.1. Atrof-muhitga antropogen taʼsir koʻrsatadigan mavjud manbalar.
1.2. Holati:
havo atmosferasi;
yer usti va yer osti suvlari;
tuproq;
yer qaʼrisi;
oʻsimliklar va hayvonot olami;
landshafti (yer yuzini tuzilishi).
1.3. Ijtimoiy-iqtisodiy jabhalar.
1.4. Aholining salomatligi (sogʻligi) holati.
2. Muammoli zonalarni aniqlagan holda koʻrib chiqilayotgan hududda atrof-muhitning hozirgi holati.
3. Hududni rivojlantirish boʻyicha loyiha variantining loyihaviy yechimlari variantlarini tahliliy tavsifi.
4. Hududdan muqobil foydalanish variantlarini baholash va tahlil qilish.
5. Koʻrib chiqilayotgan hududda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining qabul qilingan koʻlamiga muvofiq atrof-muhit holatining oʻzgarishini avvaldan baholash.
6. Atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldini olishga qaratilgan asosiy variantlar boʻyicha taklif va yechimlar:
muhandislik;
texnologiya;
meʼmoriy-rejalashtirish;
shaharsozlik va h.k.
7. Atrof muhitni sogʻlomlashtirishning istiqbolli dasturi.
8. Koʻrib chiqilayotgan hududning ekologik xaritasi.
