Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (194-son)
12.08.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻining maʼmuriy ahamiyati oshganligini, yoʻllar tarmogʻini taʼmirlash, qurish va qayta qurib ishga tushirilishini, yoʻllardagi shahar va joylarning toponomik atalishidagi oʻzgarishlarni inobatga olib, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy (viloyat) ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1986-yil 29-dekabrdagi 613-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-avgust,
194-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 194-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 194-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 194-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy (viloyat) ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari
ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 250-modda)
