“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2323-V-son)
13.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 30-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-iyul,
2323-V-son
