Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2368-V-son)
22.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Kiberxavfsizlikni taʼminlash va raqamli muhitdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-196-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Kiberxavfsizlikni taʼminlash va raqamli muhitdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻrmon fondi yerlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va yuridik shaxslarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning, xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari tizimlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-232-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari, yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning yer uchastkalariga doir huquqlari tizimlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
5. QL-230, QL-232, QL-239 va QL-257-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
7. “Migratsiya sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-251-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxonaga oid jinoyatlar boʻyicha jazo choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-253-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
9. “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi joriy etilishi munosabati bilan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-259-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
10. “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasini tuzish haqida.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyul,
2368-V-son
