R.A. Maxmudovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida (2315-V-son)
10.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 9-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R. Maxmudovaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1470-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Maxmudova Robaxon Anvarovna (yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat) deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyul,
2315-V-son
