“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (471-son)
12.10.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi qisqartirilsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qarorida:
3-bandning beshinchi xatboshidagi “birinchi oʻrinbosar — vazirning birinchi oʻrinbosariga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorning 2-ilovasidagi “Raisning birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Rais oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
471-son
