«Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi QL-235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga yaroqlilik muddati oʻtgan va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotishning oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida») (2280-V-son)
06.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 16-iyunda birinchi oʻqishda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-moddasiga yaroqlilik muddati oʻtgan va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotishning oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi QL-235-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini «Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida» degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-iyul,
2280-V-son
