Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (213-son)
22.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyundagi 263-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yilgi parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshida “va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari “budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-sentabr,
213-son
