Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida (2351-V-son)
14.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-iyul,
2351-V-son
