“Yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan ijtimoiy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevning javobi haqida (2350-V-son)
14.07.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan ijtimoiy muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayev tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-iyul,
2350-V-son
