Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida (O‘RQ-1169-son) · Sana: 19.08.2026 · Amalda
Markaz hududida akkreditatsiya qilingan hamkorlar tomonidan Markazning subyektlari faoliyatini taʼminlashga va uning infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi yordamchi xizmatlar koʻrsatilishi mumkin:
yuridik xizmatlar;
auditorlik xizmatlari;
buxgalteriya xizmatlari;
konsalting xizmatlari;
infratuzilmani va Markazning subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir xizmatlar;
ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda va Markazning qarorlarida nazarda tutilgan boshqa xizmatlar.
Akkreditatsiya qilingan hamkorlarni yordamchi xizmatlar koʻrsatishga jalb etish tartibi hamda bunday xizmatlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar Markazning qarorlari bilan belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-8420999
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 69-modda. Yordamchi xizmatlar Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida (O‘RQ-1169-son). neolex.uz/uz/laws/law-8422566/69 (lex.uz/docs/-8420999)